Научная статья на тему 'OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA’SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI'

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA’SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

22177
1094
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ommaviy axborot vositalari (televideniye / kompyuter / Internet / uyali telefon) / axborot / terroristik tashkilotlar / Mass media (television / computer / Internet / mobile phone) / information / terrorist organizations

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduvali Lutfullayev, Elbek Jabborov

Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta‟sirchan mafkura vositasi ekenligi, oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‟zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinishi, internetdan foydalanish, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan internet saytlar to„satdan paydo bo„lishi, axborot xurujlari hamda ularga qarshi kurashish yo‟llari haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF THE MEDIA ON HUMAN AND SOCIETY LIFE AND INFORMATION ATTACKS

The fact that the media is the most basic, powerful, and influential ideological tool, and the recent increase in information attacks, is a sign that attitudes toward war have changed, and that new types of weapons have been invented. This weapon is information. Information wars with such weapons target the minds and hearts of people the use of the Internet, the sudden emergence of Internet sites used by terrorists in the world today, information attacks and ways to combat them

Текст научной работы на тему «OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA’SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI»

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA'SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI

Abduvali Lutfullayev

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Qarshi filiali o'qituvchisi

Elbek Jabborov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Qarshi filiali o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta'sirchan mafkura vositasi ekenligi, oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o'zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinishi, internetdan foydalanish, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan internet saytlar to'satdan paydo bo'lishi, axborot xurujlari hamda ularga qarshi kurashish yo'llari haqida.

Kalit so'zlar: Ommaviy axborot vositalari (televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon), axborot, terroristik tashkilotlar.

THE IMPACT OF THE MEDIA ON HUMAN AND SOCIETY LIFE AND

INFORMATION ATTACKS

Abduvali Lutfullayev

Teacher of Karshi branch of Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural

Mechanization Engineers

Elbek Jabborov

Teacher of Karshi branch of Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural

Mechanization Engineers

ABSTRACT

The fact that the media is the most basic, powerful, and influential ideological tool, and the recent increase in information attacks, is a sign that attitudes toward war have changed, and that new types of weapons have been invented. This weapon is information. Information wars with such weapons target the minds and hearts of people,

the use of the Internet, the sudden emergence of Internet sites used by terrorists in the world today, information attacks and ways to combat them.

Keywords: Mass media (television, computer, Internet, mobile phone), information, terrorist organizations

KIRISH

Bugungi kunda dunyo shiddat bilan o'zgarmoqda. Barcha sohalarda axborot olish va uni yetkazish, ta'sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni oldimizga qo'ymoqda [4].

Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta'sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o'ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta'sirchan quroli bo'lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g'oya va demokratik tamoyillar targ'ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so'z erkinligining o'ziga xos o'lchovi, ko'rsatkichi bo'lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag'batlantiradi va mustahkamlaydi.

Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g'oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma'naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O'zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog'liq.

METODOLOGIYA

Ommaviy axborot vositalarining ta'sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g'oya, uydirma haftasiga uch martadan to'rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo'ladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o'zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o'q singari insonni jismonan yo'q qila olmasada, uning qo'poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg'in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o'z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik

qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi.

Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko'p mehnat, u qadap ko'p harakat, u qadap ko'p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o'zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.

Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o'zgartirib yubormoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o'zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Internet bugungi axborot makonining muhim bo'g'iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog'i, balki kosmik aloqa yo'ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to'g'riligini tasdiqlaydi.

50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo'lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o'tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta'sir ko'rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g'oyaviy ta'sir o'tkazishning miqyosi va ko'lamining keskin darajada o'sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo'g'iniga aylandi.

Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit'alariga to'g'ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo'lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o'smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo'natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda

600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo'lib, har oyda o'rtacha 201,4 trln. videorolik ko'rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo'natiladi.

Ko'pgina Internet foydalanuvchilari mobil qurilmalar yordamida Internetga kirishni afzal ko'rishadi - 2018 yilda keng polosali ulanishning ulanish soni 5,3 milliardga yetdi, 2007 yildagi 268 millionga nisbatan. Dunyoda 100 kishiga to'g'ri keladigan ushbu turdagi aloqa ulushi 2007 yildagi 4% dan 2018 yilda 69,3% gacha o'sdi. 2018 yil oxiriga kelib 1,1 milliard simli internet aloqasi qayd etildi. 4 milliard Internet foydalanuvchisi 2018 yil yanvar oyining oxirida biz "We Are Social" global media-agentligi va "HootSuite" ijtimoiy media boshqaruv platformasini ishlab chiquvchisi hisobot chiqardi, unga ko'ra dunyo bo'ylab to'rt milliarddan ortiq odam Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanuvchilar soni 2018 yil oxiriga kelib 4,021 milliardni (dunyo aholisining 53 foizini) tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 7 foizga ko'pdir.

Aholining keng qatlamlari foydalanishi mumkin bo'lgan smartfonlar va mobil aloqaning tarif rejalari narxlarining pasayishi tufayli yangi foydalanuvchilarning aksariyati tarmoqda paydo bo'ldi. 2017 yilda 200 milliondan ortiq kishi birinchi marta mobil qurilmani sotib oldi. Shunday qilib, dunyo aholisining uchdan ikki qismidan ko'prog'i mobil telefonlarni (asosan, smartfon) sotib olgan. Foydalanuvchilar soni mobil telefonlar 2018 yilda bu 5,175 milliard kishini (68%) tashkil etadi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko'pdir.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra 2020 yilga kelib Internet 60 foizga ega bo'ldi. Bu degani dunyoda 4,1 milliard kishi Internet bilan ta'minlandi.

O'zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni -22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni -19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo'yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi.[6] 26 mingga yaqin "uz" domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan. Internetning ta'sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko'tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko'p darajada bog'liq.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, "bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv

shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin"[5].

Unda o'z-o'zini o'ldirishning oson yo'llarini targ'ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo'la oladi. Mutaxassislar o'tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko'rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog'idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya'ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo'lishi yo'liga to'siq qo'ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat'i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o'smirlar onlayn pornografiya ta'siriga tushishi qayd qilinadi.

Shuningdek, mutaxassislar ma'lumotlariga ko'ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o'yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo'ravonlik va yovuzlik ko'rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o'yinlarda esa o'yin qahramoni o'z maqsadiga etishish uchun shunday zo'ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o'yinlarda ana shu zo'ravonlik va yovuzlikning o'zi bosh maqsad hisoblanadi.

Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o'ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog'lanib qolgan.

BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan "BMTning global aksilterror strategiyasi"da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti "Tashqi raqamli aloqalar guruhi" nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi - arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto'g'ri ma'lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko'ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma'lumot keltirishi ko'zda tutilgan. So'nggi yillarda terroristik tashkilotlar g'oyalarini targ'ibtashviq qilishga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo'lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo'lib, ularga xizmat ko'rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to'satdan paydo bo'ladi, vaqt o'tgach yo'qoladi, mazmunini o'zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o'zgartirib turadi.

• Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:

• Internetga kirishning osonligi;

• Foydalanuvchilar sonining ko „ pligi ;

• Aloqaning anonimligi;

• Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;

• Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;

• Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Targ'ibot va tashviqot maqsadida ma'lumot tarqatish;

• Yangi a'zolarni yollash (verbovka);

• A'zolik va xayriya badallarini yig'ish hamda ulardan foydalanish;

• Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;

• Terroristlarni o'qitish, ko'rsatmalar berish;

• Razvedka va ma'lumot qidirish;

• Yangi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish

Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini utaydi", degan. Bu gapning mag'zini chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo'rquv va daqshat uyg'otishga intiladilar. Demaq ularning maqsadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta'sir qilishdir. Taassufki, ba'zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg'unchiliq qo'poruvchilik ta'sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo'yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi.

Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir ko'rsatish yohud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to'sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yohud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish, mol-mulk musodara qilinib, o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi [1]. O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunining 5 - moddasi. "Din davlatdan ajratilganligi" Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko'maklashadigan, shuningdek boshqa g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Davlat

hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga tazyiq o'tkazishga qaratilgan har qanday urunish, shuningdek yashirin diniy faoliyat qonun bilan ta'qiqlanadi [2]. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg'ibotni uyushtirish zarurati tug'iladi.

XULOSA

Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog'i, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarda e'lon qilinayotgan aholining keng qatlamlari fikriga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ma'lumotlarning doimiy monitoringini amalga oshirsin hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari munosabat bildirishi uchun ularga yuborilishi [3].

Hayotimizdagi bugungi ulkan o'zgarishlar, islohotlarimiz mantig'i barchadan yangicha ishlashni, yangi g'oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etmoqda. Shu ma'noda, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatni mustahkamlash, milliy matbuotimiz xalqaro maydonda munosib o'rin egallashiga erishish, internet jurnalistikasini rivojlantirish, noshirlik ishi, kitob savdosi, obuna masalalarida bozor mexanizmlarini keng joriy etish, ochiqlik va sog'lom raqobat muhitida ishlashni yo'lga qo'yish bo'yicha ko'p ishlashimiz kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Jinoyat Kodeksi" (155 - modda, terrorizmga qarshi)-1994.

2. O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonuni.T.:-1998.

3. Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (Manba: uza.uz)-2019

4. Mirziyoyev Sh.M. "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bayram tabrigidagi nutqi.T.:- 2019.

5. Karimov I.A."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch".T.:-2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.