Научная статья на тему 'SHAXSDAGI INTERNET VA KOMPYUTER O‘YINLARIGA TOBELIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

SHAXSDAGI INTERNET VA KOMPYUTER O‘YINLARIGA TOBELIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3795
373
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy ong / internet / virtual borliq / tobelik / elektron / OAVlarning yoshlarga psixologik ta’siri / ommaviy kommunikatsiya / neyrolingvistik dasturlash / elektron o’yinlar. / social consciousness / internet / virtual being / dependence / electronic / psychological influence of mass media on youth / mass communication / neurolinguistic programming / electronic games.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ma’Ruf Qosim O‘G‘Li Kubayev

Maqolada bugungi kunda virtual olam ta’sirini kuchayishi, shaxsdagi internet va kompyuter o‘yinlariga tobelikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SUBJECT TO INDIVIDUAL INTERNET AND COMPUTER GAMES

The article discusses the growing influence of the virtual world today, the socio-psychological characteristics of the individual's dependence on the Internet and computer games.

Текст научной работы на тему «SHAXSDAGI INTERNET VA KOMPYUTER O‘YINLARIGA TOBELIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

SHAXSDAGI INTERNET VA KOMPYUTER O'YINLARIGA TOBELIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ma'ruf Qosim o'g'li Kubayev

"Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko'rsatish markazi" amaliyotchi psixologi

kubayevm@mail. ru

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi kunda virtual olam ta'sirini kuchayishi, shaxsdagi internet va kompyuter o'yinlariga tobelikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'z: ijtimoiy ong, internet, virtual borliq, tobelik, elektron, OAVlarning yoshlarga psixologik ta'siri, ommaviy kommunikatsiya, neyrolingvistik dasturlash, elektron o'yinlar.

SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF SUBJECT TO INDIVIDUAL INTERNET AND COMPUTER GAMES

ABSTRACT

The article discusses the growing influence of the virtual world today, the socio-psychological characteristics of the individual's dependence on the Internet and computer games.

Keywords: social consciousness, internet, virtual being, dependence, electronic, psychological influence of mass media on youth, mass communication, neurolinguistic programming, electronic games.

Biz yashab turgan yangi dunyoda texnologiyalar misli ko'rilmagan darajada rivojlanmoqda va kompyuterlar oddiy, hatto zarur narsalarga aylandi. Internetning afzalliklari haqida hamma biladi, aksariyat odamlar undan nafaqat ma'lumot qidirish, balki virtual olamga haqiqatdan qochish uchun ham foydalanadilar. Virtual borliq - bu inson tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan dunyo. Virtual reallikning so'ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to'liq sho'ng'ish uchun ko'zoynak va dubulg'a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy hayotdan butunlay uzoqlashishga imkon beradi.

Yangi texnologiyalar haqida bilib, odamlar virtual olamga shoshilishmoqda, ammo ular virtual haqiqatning psixologik ta'siri xavfli bo'lishi mumkinligini unutishadi. Bugungi kunda hayot muammolaridan qochib, boshqa dunyoga tushib ketishingizga imkon beradigan ko'plab qurilmalar mavjud. Virtual haqiqat tizimining

rivojlanishi shu darajaga yetdiki, odam tom ma'noda ikkinchi dunyoda yashaydi, o'zini virtual olamga to'liq singdiradi.

Virtual borliq bizga boshqa dunyoga tashrif buyurish, dam olish va muammolardan tanaffus qilish, shuningdek yangi hissiyotlarni olish imkoniyatini beradi, ammo uning salbiy tomonlari ham bor. Virtual olamga tez-tez sho'ng'ish bilan, odam o'z qahramonining roliga juda odatlanib qolishi mumkin, bu uning hayotdagi xatti-harakatlariga ta'sir qiladi. Shuningdek, odam vaqt boshqaruvini yo'qotishi va antisotsial bo'lishi mumkin.

Internetga qaramlik psixologik muammolarni keltirib chiqaradi:

Xo'sh, internetga haddan ortiq bog'lanib qolishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Tobelik birinchi navbatda ziddiyatli xatti-harakatlar, surunkali depressiya, real ijtimoiy munosabatlardan virtual olamni afzal ko'rish, jamiyatdagi moslashish qiyinchiliklari, ijtioiy noqulaylik, internetdan foydalanish qobiliyatining susayishiga olib kelishi mumkin.

Internetdan foydalanish, o'smir shaxsida "o'qish" va "o'rganish"ga intilish o'rniga "izlash"ni afzal ko'rishni yuzaga keltiradi.

Ko'pgina yoshlar ota-onalari tomonidan taqiqlangan saytlarga tez-tez tashrif buyurishlarini ochiq tan olishadi. Bu saytlar pornografiya va o'z joniga qasd qilish, terroristikni targ'ib qiluvchi, video o'yinlarga qaramlik va millatchi tashkilotlarni aks etiruvchilardir. Bundan tashqari, ko'plab buzg'unchilik maqsadida tashkil etilgan saytlar o'spirinlarda ruxsat etilganlik va jazolanmaslik ilyuziyasini shakllantirshini o'z oldiga vazifa qilib olgan. Bu ijtimoiy normalarni buzilishi, qilishi uchun javobgarlik hissini yo'qolishi, axloqiy qadryatlar tizimini izdan chiqarishi mumkin.

Internetga qaram shaxslarning asosiy muammolari o'zini o'zi qabul qilish sohasidir. Qaram o'smirlar atrofdagilar bilan yaqin muloqot qilishda va o'zlarini namoyon etishida qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Ularda ko'p hollarda o'z "Men"i va tanadagi ehtiyojlarini anglashda ham jiddiy muammolar kuzatiladi. Bundan tashqari o'z-o'ziga baho hamda o'z-o'zini qadrlash mexanizmlariga ham jiddiy putur yetishi mumkin.

Internetni jalb qilish ishni boshqarish istagi bilan bog'liq kompyuter dasturlari; ular boshqarishi mumkin bo'lgan ushbu moyillik inson munosabatlari sohasi va odamlarni manipulyatsiya qilishga urinishlari ko'pincha muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi, bu bolalarni yopiqlik holatiga hamda dezadaptatsiyaga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy bolalar kompyuter o'yinlari olami hamda ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o'sib, ulg'aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har narsaning me'yori bo'lmog'i zarur. Bolalar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba'zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo'lib qoladilar. Bolalar va o'smirlar Internet

tarmog'ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo'lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin.

Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan bola va o'smirni o'ziga ko'proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg'onishi barchaga ma'lum. O'smirlar tarmoqdagi nosog'lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e'tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas. Shu sababdan kattalar farzand tug'ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o'tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to'g'ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog'i manbalari zamonamiz o'smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko'ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta'sir ko'rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Yaqindagina ota-onalar bolalarning kompyuter o'yinlariga berilib, ularga bog'lanib qolishlari xavfidan cho'chib, oldini olishga harakat qilgan bo'lsalar, hozirgi vaqtda bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo'shildi. Bolalar va o'smirlarning hovli va ko'chalardagi muloqotlari hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan, cheti-chegarasi yo'q ijtimoiy tarmoqlarga ko'chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvolo, tarmoqda o'zlariga ko'proq «do'st» orttirish imkoni mavjud. Tarmoqda muloqot qilarkan, bolalar o'zlarini omadli bola qilib ko'rsata oladilar. O'zgalar rolida o'zlarini taqdim etib, turli yolg'on dunyolarga berilib ketadilar. Uyatchang va tortinchoq bolalar uchun ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu muloqotlar o'z samarasini berishi ham mumkin.

Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba'zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o'tirishning ham hojati bo'lmaydi. Ular har yerda o'zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin. Zamonaviy pedagog va psixologlar hozirga qadar virtual muloqot bola shaxsiy shakllanishiga qanday ta'sir etishi haqida bir xulosaga kelmaganlar. Ayrimlar bu faqat salbiy xususiyatlarnigina shakllantiradi deb bilib, bolalarning insonlararo munisabatlarida o'zlarini tutish, his -tuyg'ularini namoyon etish va mimikalariga yomon ta'sir etishini ta'kidlasalar, boshqalar virtual muloqot — zamonaviy kommunikatsiyaning juda qulay va yengil usulidir deb biladilar. Bolani Internetda muloqot qilishga o'rganib borishida, ularga tarmoqda umuman, o'z shaxsiy ma'lumotlari, uy telefoni raqami, manzili, shuningdek, ota-ona va yaqinlarining shaxsiy ma'lumotlarini berish mumkin emasligini tushuntirish zarur.

Virtual «do'stlari» orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular bilan haqiqiy hayotda uchrashishlari, ishonuvchan odatlariga ko'ra begonalar bilan dildan suhbatlashishlari xavfini alohida ta'kidlashlari zarur.

Bunday muloqotlar ko'pincha kiberjinoyatchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har bir o'smir bilmog'i lozim. Ommaviy tarqatiladigan spam, iltimos bilan murojaat etiladigan SMS xabarlar, allaqanday shubhali «Tanlov»lar haqidagi e'lonlarga ishonmaslik — umuman, kompyuterga zanjirsiz bog'lanib, butun hayot yo'lini qora dog' bilan bulg'ashiga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli axborotlarga aldanmaslikni onglariga singdirish zarur.

Bugungi kunda ayrim ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda 13 yoshga to'lmagan bolalarni ro'yxatga olmaslik uchun cheklovlar qo'yilgan. Ayrim kompyuter operatsion tizimlarida ham «ota-ona» nazorati funksiyasi mavjud bo'lib, bolalarni tizimdan foydalanish vaqtlariga cheklov qo'yish imkoni mavjud. U kompyuterdan o'rnatilgan vaqtdan ortiqcha foydalanish imkonini bermaydi va avtomatik ravishda ishini to'xtatadi. Agar farzandingizga kompyuter sotib olib, undan bilimlari doirasini kengaytirish maqsadida foydalanishiga ruxsat bergan ekansiz, bu bilan o'zingizning ham oldingizga mas'uliyatli vazifalar paydo bo'lganini unutmasligingiz zarur.

Ayrim mamlakatlarda bolalarning o'z tarmoqlari mavjud bo'lib, ularda: ovozli o'yinlar, multfilmlar, harflari yirik shriftda va bolalarga mos tushunarli tilda bayon etilgan matnlar berilgan. Mazkur saytlar kattalar ham kirib, ularni o'rganishlari imkoni mavjud. Bunday tarmoq manbalarida bolalarga haqiqiy hayotdagi kabi virtual olamda ham tartib-intizom qoidalari mavjudligini tushuntirib borish eng birinchi navbatdagi vazifadir.

Kompyuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiyoti davrida tug'ilib, ulg'ayayotgan bolalar AKT sohasida dolzarb bilim va malakalarni jajji kichkintoy davrilaridanoq o'zlashtirib bormoqdalar. Ayrim sohalarda hatto kattalarga qaraganda, ko'proq bilimga ega ekanliklari hech kimni taajjubga ham solmay qo'ydi. Biroq shunday bo'lsada, har qanday xavf-hatarning oldini olish maqsadida, ularga ko'z-quloq bo'lish va Internet haqiqiy hayotdan uzoq ekanligi, undagi ko'plab manbalar haqiqatga to'g'ri kelmasligini tushuntirish biz kattalarning kechiktirib bo'lmaydigan vazifamiz hisoblanadi. Xalqimizga xos, asrlar osha shakllangan ta'lim-tarbiya usullari qatorida farzandlarning kundalik hayoti, ularning nimalar bilan shug'ullanayotganliklaridan o'z vaqtida voqif bo'lib borish talabi ham mavjud. Mana shu ota-bobolarimizdan qolgan tarbiyaviy usullarni har qanday davrda ham unutmaslik hamda o'z o'rnida to'g'ri qo'llashimiz zarur.

Bundan tashqari, hozirgi davrda jahonning qator davlatlarida o'z salbiy ta'sirlarini namoyon etib ulgurgan. Internet tarmog'idan bolalarni himoya etishga xizmat qiluvchi texnik imkoniyatlar mavjud — bu maxsus dasturlar bo'lib, ular aynan salbiy ta'sir etuvchi, axloqsizlik, yomon odatlarni targ'ib qiluvchi saytlarning

ochilishiga yo'l bermaydi, ya'ni agar o'smir shunday axborotlarni hatto izlash tizimiga kiritsa, izlash natijalari samarasiz bo'ladi [1-5].

Pedagogik nuqtai nazardan, tarmoq quyidagi xavfli ta'sirlarga ega:

zamonamizning salbiy ta'sirga ega yomon illatlari qatorida, Internet tarmog'iga bog'lanib qolish;

- o'qish va bilim olishga yengiltaklik bilan munosabatda bo'lish. Internetdan tayyor dars ishlanmalari, matematik masalalar yechimlarini osongina topish hisobiga dars topshiriqlarini mustaqil bajarmaslik;

- jismoniy rivojlanishiga salbiy ta'sir xavfi, ya'ni bolaning faol harakatda bo'lmay, uzoq vaqt monitor ro'parasida o'tirishiga to'g'ri kelishi va boshqalar.

Mazkur xavflarning oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga e'tibor qaratish

zarur:

- farzandingiz tarmoqdan foydalanmoqchi bo'lganida uni nazoratdan chetda qoldirmang;

- farzandingiz ongiga yuqoriga sanab o'tilgan xavfli jihatlardan himoyalanish odatlarini singdirib boring;

- farzandingizning tarmoqqa birinchi qadamlaridanoq, Internetda faqatgina «yaxshi» emas, balki «yomon» axborotlarni ham uchratishi mumkinligini tushuntiring;

- farzandingizga tarmoqqa kirishda ro'yxatdan o'tish qoidalarini, ya'ni shaxsiy ma'lumotlarni berish mumkin emasligini tushuntiring;

- Internetdan biror manbani saqlab olishda e'tibor qaratish zarur bo'lgan qoidalarni tushuntiring;

- farzandingizga tarmoqda ham haqiqiy hayotdagi kabi tartib-intizom qoidalarini unutmaslik zarurligini ta'kidlang;

- farzandingizning Internetdan foydalanishida «ota-ona nazorati» dasturlaridan foydalaning va cheklovlarni o'rnating;

- har kuni farzandingiz muloqotlarini kuzatib borishni o'zingizga odat qiling;

- farzandingiz va o'zingizning kompyuter savodxonligingizni muntazam rivojlantirib boring;

- O'z bilimlaringiz bilan o'rtoqlashing. Internet xavfsizligi sizning bu boradagi bilim va malakangizga ham bog'liq ekanligini unutmang.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarni fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirib borish zarur, ammo salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda, doimiy nazorat va tushuntirish ishlarining ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar oqimidan foydalanish bo'yicha yoshlarda sog'lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o'rgatish bilan birga, salbiy oqibatlarini ham aytib o'tish kerak. Ayrim hollarda virtuallashuv jarayonining jaddalashishi o'smirda ijtimoiy munosabatlarni yomon kechishiga olib kelishi mumkin.

REFERENCES

[1] O'G'Li, A. N. K. (2021). O'SMIRLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(5), 433-438.

[2] Юсупова, О. С., & Умирова, С. М. Отношение формы и содержания в художественно-эстетическом выражении. Научный вестник scientific reports, 127.

[3] Utanova, U. (2021). "KOMPYUTER AXBOROT MADANIYATI"-SUBMADANIYATNING VUJUDGA KELISHI. Камолиддин Беузод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институти АХБОРОТНОМАСИ илмий-амалий журнали, 5(03), 62-66.

[4] Mohinur, D. (2021). USE OF MOBILE AND COMPUTER GAMES AS A PSYCHOLOGICAL TOOL TO SHAPE STUDENT LEARNING PROCESSES. Academicia Globe: Inderscience Research, 2(03), 10-13.

[5] Otabaeva, F. T. (2019). TECHNOLOGY USING THE CASE-STUDY METHOD IN THE STUDY OF COMPUTER GRAPHICS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(12), 348-355.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.