Научная статья на тему 'INTERNET ORQALI TURLI XIL G‘OYALARNI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING MUHIM JIHATLARI'

INTERNET ORQALI TURLI XIL G‘OYALARNI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING MUHIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

641
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTERNET ORQALI TURLI XIL G‘OYALARNI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING MUHIM JIHATLARI»

INTERNET ORQALI TURLI XIL G'OYALARNI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING MUHIM JIHATLARI

T. X. Tashmetov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

XX asr oxiri - XXI asr boshlarida yuz bergan axborot inqilobi inson tamaddunidagi eng rivojlangan davr bo'lib, axborot oqimining tezligi, integratsiya, hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilganligi ochiq ma'lumotlar orqali namoyon bo'lmoqda, hamda ilm fan sohasidagi yuksak imkoniyatlar davri bo'lgani bilan hozirgi sharoitda g'oyaviy-mafkuraviy ta'sir o'tkazishning o'tkir quroliga aylanib, inson hayoti va jamiyatiga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Natijada esa ayrim yoshlar bunday xatarlar qurboniga aylanmoqdalar. Shuning uchun yoshlarda xabar va ma'lumotlarni tahlil eta olish malakasini hosil qilish zarur. Zero, har qanday xabar to'g'ri va xolis bo'lavermaydi. "Bu haqda Smolenski Kaliningrad mitropoliti Kirillning axloqsizlik diktaturasi ostida insonning diniy milliy tuyg'ulari haqoratlanayotganligi, o'ylab topilayotgan, g'arbda qonunlashayotgan ayrim "huquqlar" tomonidan an'anaviy axloqiy qadriyatlarning buzuqlik, gomoseksualistlar namoyishlari, narkotiklar savdosi va fohishabozlikning legallashtirilishi, bir jinsli nikohlarning qonuniylashayotgani, jamiyatning ma'naviy asoslariga zarba berayotgani haqida tashvishli chiqishlarini ham keltirish mumkin"[1]. Bu esa o'z navbatida, internetning o'rni yanada kuchayishiga virtual voqelik rivojlanib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko'rinishi -kibermadaniyatni shakllanishiga olib kelmoqda. Virtual voqelik va kibermadaniyat kishilarning fe'l-atvorini osonlikcha dasturlashtirish imkoniyatini beryapti, ya'ni yoshlar ongi, ichki dunyosi va qalbini yot g'oyalar egallashda eng oson harakatga aylandi.

Vaholanki, internet tizimining ijtimoiy tarmoqlarda odamni qiziqtiradigan hamma narsa bor. Hozirgi kunda O'zbekistonliklarning aksariyati internetdan foydalanadi. Internetning zarari:

- real muloqotning virtualga aylanishi;

- internet o'yinlariga bog'lanib qolish;

- sog'liqqa zarari;

- noxolis ma'lumotlar;

- pornografik saytlar;

- psixologik manipulyatsiya qiladigan saytlar (sektalar, terroristlar va hokazo) foydali ma'lumotlar bilan birga narkomanlar, o'zini-o'zi o'idiruvchilar, terroristlar klublari, saytlari o'smirlarga katta xavf solmoqda.

Internetning shiddati butun dunyo aholisini o'z domiga tortayotgan bir paytda, axborot xurujlarining rivojlanish jarayoni ham avj pallasiga chiqdi. Oqibatda butun dunyoni o'rgimchak to'riday qamrab oldi. "Jahon to'ri" bugun o'zaro muloqotning samarali va betakror vositasiga aylanib qoldi, u interfaol, moslashuvchan, o'zgaruvchan, tezkor, o'zaro bog'langan, kamxarj va hokazo sifatlarga egaligi bilan o'ta qulay. Ekspertlarning xulosalariga ko'ra hozir 35 yoshgacha bo'lgan aholining 60 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tizimidan keng foydalanmoqda, ularning eng faol qismini 18-24 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi [2]. OAV va internetdan olingan axborotlar yoshlarning umumiy, shu jumladan, siyosiy madaniyatini, ogohlik darajasini yuksaltirishga ham ma'lum darajada xizmat qilayotir. Bu esa hokimiyat tuzilmalari va ijtimoiy institutlar, qolaversa, aholining o'zi uchun ham ma'lum qulayliklar yaratadi, o'zaro muloqotni rivojlantiradi. Internetning ijtimoiy tarmoqlarini kuzatish bilan yoshlarning istaklari, ehtiyojlari haqida aniqroq tasavvurga ega bo'lish, ularning axborotlarini o'rganish orqali muayyan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar belgilash mumkin. Bu esa yoshlar bilan muloqotning yangi turi bo'lishi bilan birga, o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, boshqaruv organlari diqqat-e'tiborini yoshlar muammosiga kengroq jalb qilish imkoniyatidir. Bu imkoniyatlar yoshlarga yaratiladigan shart-sharoitlar amalda o'z natijalarini namoyon qiladi. Bugun barkamol avlodni ma'naviy kamol toptirish, mustaqil fikrlaydigan, o'zini qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlariga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash, ularni huquqiy va siyosiy madaniyatini yanada yuksaltirishda ko'p sonli jonkuyar va fidoiy yoshlarimizning o'rni beqiyos.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan axborot xurujlarini bartaraf etishga qaratilgan quyidagi taklif va tavsiyalar beriladi:

Birinchidan, avvalo, global muammolar va axborot xurujlarining yoshlar ma'naviyatiga ta'sirini o'rganishda, milliy qadriyatlar hamda xulq-atvor me'yorlarini, umumiy qoidalarini zamon talablariga mos holda ishlab chiqishga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur.

Ikkinchidan, globallashuv bilan bog'liq xavflar va tahdidlarning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma'naviy-mafkuraviy tomonlariga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Uchinchidan, mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan, axborot xurujlaridan har doim ogoh bo'lib, yoshlar ongi va ichki dunyosida kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim.

To'rtinchidan, yoshlarni axborot xurujlari, hozirgi kunning global muammolaridan biri bo'lib kelayotgan, "Ommaviy madaniyat" ta'siridan himoya qilishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yoshlarda milliy qadriyatlarga bo'lgan yangicha munosabatni qaror toptirish kerak.

Beshinchidan, yoshlar ongiga salbiy ta'sir etadigan, milliy urf-odatlarimizni, ma'naviy qadriyatlarimizni buzuvchi harakatlarga qarshi kurash mexanizmini ishlab chiqish hamda uni ijtimoiy hayotga tadbiq etish orqali yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirish zarur.

Oltinchidan, yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlaridan unumli foydalanish tizimini, zamon talablariga mos holda ishlab chiqish hamda kerakli ma'lumotlarni olishlariga ko'maklashish, dunyoviy ilmlarni egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish kerak[3].

Bu borada mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini aytib o'tish zarur: "Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi -yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda. Bunday keskin, tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim"[4].

To'g'ri, haqiqatni rad etmagan holda, shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz kerakki, internet tarmoqlari ta'lim olish, dam olish yoki do'stlar bilan muloqot qilishning ajoyib vositasidir. Shu boisdan ham, internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar soni yildan yilga oshib borayotganligini inobatga olsak, axborot manbai sifatida OAV, internetdan axborotlar izlash kundan kunga jadallashmoqda. Bu esa qaysi sohaga oid bo'lishidan qat'iy nazar internetning milliy segmentida o'z axborotlarimizni tobora ko'paytirib borishni taqozo etadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda internet tarmog'idan foydalanish o'zining samarasini berishi tabiiy. Internetning ijobiy tomoni:

• eng ommaviy, tezkor ma'lumot olish manbai;

• real vaqt rejimida cheksiz norasmiy muloqot vositasi;

• ko'ngilochar o'yinlar, filmlar, musiqa, video o'yinlar manbai;

• reklama va tijorat uchun eng qulay vosita;

• intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi;

• masofaviy ta'lim imkonini beradi.

Ayni vaqtda, ijtimoiy tarmoqlar bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda, inson hayotining deyarli barcha jihatlariga dahl qilmoqda. U shaxsga o'z bilimlarini oshirish, professionalizmini yuksaltirish, ehtiyoj va mayllaridan kelib chiqqan holda hordiq chiqarish, xalqaro va ichki siyosatda sodir bo'layotgan voqealarni kuzatib borish, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning faol subyekti bo'lish, birja o'yinlarida qatnashish, badiiy asarlar yaratish, ko'rgazmalar uyushtirish, taqdimotlar o'tkazish, zarur narsalarni xarid qilish imkonini beradi. Aynan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlar tufayli kutubxona, muzeylar, kartina ko'rgazmalari kabi madaniyatning an'anaviy institutlari tub o'zgarishlarga duchor bo'ldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlarning sharofati bilan virtual kutubxonalar, virtual muzeylar, virtual ko'rgazmalar, virtual munozara klublari, elektron do'konlar, elektron axborot agentliklari, ta'lim portallari paydo bo'ldi. Internet hukumatlar, davlat rahbarlari, turli vazirliklar va tashkilotlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyatining fuqarolar uchun shaffof bo'lishiga xizmat qildi. Internet millionlab kishilarga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish imkonini berdi, uning erkinligini kengaytirishga xizmat qildi.

Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, mediatuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarini esa bilim va ko'nikmalarini muttasil oshirib borish hozirgi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda internetdan foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib borishi oqibatida, internet so'nggi yillar mobaynida global tarmoqqa aylanib ulgurdi. Buning natijasida dunyoda nafaqat axborotlashgan jamiyat yuzaga keldi, balki jahon hamjamiyatida globallashuv jarayonlari tezlashib ham ketdi. Aslida, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bu-ijobiy ko'rsatkichdir.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, har qanday mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlariga qarshi kurashda muhtaram Prezidentimizning asarlari dasturulamal vazifasini bajarishi kerak. Jumladan, "Besh muhim tashabbus va Harakatlar strategiyasi" buning yorqin timsoli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, global o'zgarishlar davrida, jamiyatda axborot tahdidlariga qarshi samarali kurashish omillaridan biri aholida, ayniqsa, yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish bo'lsa, ikkinchisi -mamlakatda yangi texnologiyalarni egallash va uni barcha sohalarga keng joriy etish

bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Uchinchidan, turli xil ma'naviy tahdidlarni oldini olishda yoshlarda internetdagi olinayotgan ma'lumotlarni ajrata bilish savodxonligini shakillantirish, ulardan foydalanish bo'yicha tavfsiyalar berib borish, axborot hurujlariga nisbatan targ'ibot ishlarini olib borish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kerak. Shundagina ma'naviy tahdidlar va axborot xuruji yoshlarni yo'ldan og'dira olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kazin F. Идеологические уроки оранжевых технологий для России. (BRC -info) . 2006 yil,14 iyul.

2. Мокрушина Е.В. / Воздействие политического PR на молодёжь в социальных сетях // URL:psujourn.narod.Ru/vestnik/vyp 6/moc soc. htm

3. Qo'ng'irov I.H., Kungirova Sh.I. "Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari T: 2020 yil, B-191.

4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.:O'zbekiston, 2017. - B. 25.

5. Аллаярова, С. Н., & Аскаров, А. Д. THE NEEDS OF IMPLEMENTING INFORMATION TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION (The case of Uzbekistan as an example) НЕОБХОДИМОСТЬ РЕАЛИЗАЦИИ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ (на примере Узбекистана).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.