Научная статья на тему 'VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIYLARNI HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING ZARUR SHARTI'

VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIYLARNI HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING ZARUR SHARTI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatanparvarlik / milliy g‘oya / ma’naviyat / etika / estetika / vatanparvarlik ruhiyati / komil shaxs / sadoqat / g‘urur / ishonch. / Patriotism / national idea / spirituality / ethics / aesthetics / patriotic spirit / perfect personality / loyalty / pride / trust.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Normetov, Tohirjon Xamitovich

Ushbu maqolada yoshlar va harbiylar huquqiy madaniyatning shakllanish jarayonida umumiy madaniyatning insof, sha’n, rostgo‘ylik, qadr-qimmat va ezgulik kabi elementlari, vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar tarbiyasi haqida fikrlar keltirilgan.ni hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo‘yadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIYLARNI HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING ZARUR SHARTI

In this article, in the process of forming the legal culture of youth and soldiers, ideas are presented about the education of young people who are capable of taking responsibility for the fate and future of our country; such elements of general culture as honesty, honor, honesty, dignity and kindness make learning a decisive force priority.

Текст научной работы на тему «VATANPARVARLIK TARBIYASI – HARBIYLARNI HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING ZARUR SHARTI»

Research BIB / Index Copernicus

VATANPARVARLIK TARBIYASI - HARBIYLARNI HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING ZARUR SHARTI

Normetov Tohirjon Xamitovich

QK xizmatchisi Chirchiq OTQMBY Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlar va harbiylar huquqiy madaniyatning shakllanish jarayonida umumiy madaniyatning insof, sha 'n, rostgo 'ylik, qadr-qimmat va ezgulik kabi elementlari, vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas 'uliyatni o Z zimmasiga olishga qodir yoshlar tarbiyasi haqida fikrlar keltirilgan.ni hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o Z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo 'yadi.

Kalit so'zlar: Vatanparvarlik, milliy g'oya, ma'naviyat, etika, estetika, vatanparvarlik ruhiyati, komil shaxs, sadoqat, g'urur, ishonch.

В данной статье в процессе формирования правовой культуры молодежи и воинов приводятся представления о воспитании молодых людей, способных взять на себя ответственность за судьбу и будущее нашей страны, такие элементы общей культуры, как честность, честь, честность, достоинство и доброта делают обучение как решающую силу приоритетом.

Ключевые слова: Патриотизм, национальная идея, духовность, этика, эстетика, патриотический дух, совершенная личность, верность, гордость, доверие.

In this article, in the process offorming the legal culture of youth and soldiers, ideas are presented about the education of young people who are capable of taking responsibility for the fate and future of our country; such elements of general culture as honesty, honor, honesty, dignity and kindness make learning a decisive force priority.

Key words: Patriotism, national idea, spirituality, ethics, aesthetics, patriotic spirit, perfect personality, loyalty, pride, trust.

Mustaqil mamlakatimiz bugun tub islohotlar davrini boshidan kechirmoqda, huquqiy demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratish ana shu islohotlarning muddaosini anglatadi.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

O'zbekistonda yangi jamiyat va milliy davlat qurish, vatanparvar, huquqiy madaniyati yuksak yoshlarni tarbiyalash talabini ilgari surdi. Shu bois bizning yo'limiz - milliy mustaqillikni mustahkamlash, rivojlangan dunyo tajribasini o'zlashtirib, ijtimoiy faol, yuksak ma'naviyatli insonlar, erkin fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Buning uchun esa, birinchi navbatda ta'lim-tarbiyaga e'tiborni kuchaytirish, milliy tarbiyani ongu shuurga singdirib, chin vatanparvar, yetuk salohiyat va aqliy iqtidorga ega odamlarni voyaga yetkazish lozim bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yoshlar har qanday davlat yoki jamiyat rivojining kafolati hisoblanadi. Sababi qaysi davlat yoki jamiyat yoshlar salohiyatining yuksalishiga yetarli imkoniyat yaratib, undan to'g'ri foydalana olsa, bunday davlatning istiqboli porloq bo'ladi. Jamiyat va davlatning dinamik o'zgarishiga ta'sir etuvchi muhim ijtimoiy qatlam sanalmish, yoshlarga islohotlarning maqsadini o'rgatish muhim. Chunki, yoshlar o'zlarining qarashlari, qiziqishlari, qadriyat va manfaatlari orqali jamiyatdagi o'zgarish hamda islohotlarni anglab, idrok etib, unda bevosita qatnashishga tayyor bo'lib boradi. Yoshlarning hayotiy pozitsiyasi va uning ijtimoiy qiyofasining qandayligi bevosita davlat yoki jamiyat taraqqiyotiga bog'liq bo'lsa, yoshlarning vatanparvarligi, harakatchanligi, dunyoqarashi va axloqiy barkamolligining shakllanishi esa xalq, mamlakat taqdirini belgilaydi.

Ayniqsa, yoshlarning huquqiy ijtimoiylashuvi muammosi barcha davrlarda ham alohida davlat va xalqlar uchun muhim ahamiyat kasb etib kel moqda. O'tgan asrning ikkinchi yarmida yoshlar muammosi global xarakter kasb etib kelmoqda, sababi butun yer sharining sivilizatsiyasi dunyo yoshlarining ijtimoiy yo'naltirilganligiga bog'liqligi ilmiy isbotlangan.

Ana shu nuqtai nazardan, ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush tarzini yaratish uchun davlatning turli millat vakillaridan iborat fuqarolarini yagona maqsad sari yetaklovchi vatanparvarlik tarbiyasini ustuvor yo'nalish sifatida belgilovchi milliy g'oyaga ehtiyoj bor edi. Va u konstitutsiyaviy asosda milliy g'oya sifatida yaratildi ham.

Milliy g'oyaning asosiy maqsadi aniq belgilab berildi. «Milliy g'oya - deb ta'kidlagan edi davlatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov - birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo'lishi zarur».

Ma'lum bo'ladiki, milliy g'oya yoshlarni vatanparvar, huquqiy faol va huquqiy madaniyatli bo'lib shakllanishining boshlang'ich manbai sanalmish Vatanga fidoyilik, el-yurtga sadoqat yoxud odamgarchilik kabi ustuvor ijtimoiy fazilatlarning

Research BIB / Index Copernicus

shakllanishini shart qilib qo'yadi. Zotan, huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Huquqiy madaniyatning shakllanish jarayonida dastlab umumiy madaniyatning insof, sha'n, rostgo'ylik, qadr-qimmat va ezgulik kabi elementlari paydo bo'ladi. Ushbu elementlarsiz huquqiy madaniyat yaxlit yuzaga kelmaydi. Ijtimoiylashuv natijasida yoshlar ezgulik va adolat, inson sha'ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi. «Nima yaxshiyu nima yomonligini» tushunib yetishda esa ularga aynan huquq sohasi yordam beradi. Ana shu nuqtai nazardan vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim asos vazifasini bajaradi. Yoshlar ongida vatanparvarlik g'oyasini shakllantirmasdan turib ularda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kutilgan natijani bermaydi. Sababi vatanparvarlik tarbiyasi mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yoshlarni hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o'z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo'yadi. Bu esa yoshlar huquqiy madaniyatining yuksaltirishga asosiy zamin bo'lib xizmat qiladi.

Islom Karimov: «O'z hayoti, o'z taqdirini ona O'zbekistonimiz bilan chambarchas bog'lab, kelajak sari katta ishonch bilan intilayotgan bolalar -bu mening bolalarim. Bunday azmu shijoatli, ko'zlari yonib turadigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, dunyo maydonida o'z tengdoshlari bilan bellashuvga qodir bo'lgan yoshlarni himoya qilishga, ularga madad berishga, ularga har qanday amaliy sharoit va imkoniyat tug'dirib berishga men doimo tayyorman»deya mamlakatimizda vatanparvarlik tarbiyasi asosida yoshlarimizning huquqiy madaniyatining yuksalishi uchun keng huquqiy va ijtimoiy- iqtisodiy imkoniyatlar yaratilganini ta'kidlagan edi.

Mamlakatimizning rivoji va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan yoshlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'liq. Yoshlarning siyosiy faolligi, ularning chinakam fuqaroviy munosabati, vatanparvarlik, demokratik islohotlarga intiluvchanligi qo'yilgan maqsadlarga tezroq erishishining muhim omili sanaladi. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining asosidir. U jamiyatdagi turli hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, yoshlarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda undagi intizomni ta'minlovchi va mustahkamlovchi asosiy omil hisoblanadi.

Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri sanaladi.

Milliy yuksalish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi va huquqiy madaniyatning ahamiyati zarurligi anglab yetilishi natijasida, bugun O'zbekistonda dunyoni

Research BIB / Index Copernicus

yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan o'z taqdirini xalqi, vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko'rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda.

Yoshlar ajdodlar ma'naviy merosi va umumbashariy qadriyatlar, aqliy kashfiyotlarni ham teng o'zlashtirmoqdalar. Qalbida milliy iftixor tuyg'usi, Vatan muhabbati jo'sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor yoshlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Jamiyatda elni safarbar etuvchi vatanparvar, yetuk insonlar qancha ko'p bo'lsa, taraqqiyot imkoniyati ham shunchalik ko'p bo'ladi va ayni vaqtda yurt tinchligi, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik kafolati yuzaga keladi.

Shuning uchun ham bizda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi barcha qatlam vakillarining, xususan yosh avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ya'ni, aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish milliy dasturning maqsadi sifatida belgilangan.

Qonunlar bo'lsa-yu, biroq undan foydalanilmasa, bundan manfaat bo'lmaydi. Xuddi shuning uchun birinchi prezidentimiz Islom Karimov erkin fuqaro ma'naviyatining birinchi sharti sifatida o'z haq-huquqini tanish va buning uchun kurashishni asosiy masala qilib qo'ydi. Erkin shaxsda mulohaza qilish qobiliyati rivojlanadi, u o'z Vatani taqdiri haqida o'ylaydi. Haq gap nima, haqiqat qayerda ekanligini fahmlaydi, to'g'ri xulosaga ega bo'ladi. Va, shu asosda bunday odam turli soxta g'oyalar, g'arazli ta'limotlarga berilmaydi. Chunki erkin shaxs taqlidchi emas, u yuzakilikka berilmaydi, zombi (manqurt) bo'lolmaydi. Erkin shaxs o'z huquq va erkinliklari bilan birga o'zining burch va majburiyatlarini ham teng anglaydi va bunga amal qiladi.

Xulosa sifatida quyidagi fikrlarni keltirishni maqsadga muvofiq deb, hisoblaymiz. Vatanparvarlik tarbiyasi va yoshlar huquqiy madaniyati tushunchalari mohiyatan o'zaro aloqador. Vatanparvarlik tarbiyasining muhimligi mamlakatimiz xavfsizligi, mudofaa quvvatini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash zaruriyati bilan ham belgilanadi. Shu sababli, yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta'lim-tarbiya ishlari oldida turgan ulug'vor, mas'uliyatli vazifa bo'lib qolmoqda. Mustaqil davlatimizning bugungi bosh vazifalaridan biri - yurtim, elim deb kuyib, yonib yashaydigan vatanparvar komil insonni tarbiyalashdir. Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish va takomillashtirish insonning tug'ilishidan to umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Chunki

Research BIB / Index Copernicus

vatanparvarlik tarbiyasi, avvalo, oiladan boshlanadi. Bunda ota-ona o'z farzandlariga ajdodlarimiz tarixi, ularning qahramonligi, jamiyatdagi obro'-e'tibori haqida hissiyot bilan gapirib bermog'i, shu asosida yosh avlodda Vatan tuyg'usini uyg'otmog'i kerak. Haqiqiy sevish, vatanparvarlik - shu ulug' Vatanni sevish, xalq uchun xizmat qilish, jonini fido ettirish. Qayerda bo'lsa ham Vatan, xalq manfaatlari uchun fidakorona kurashuvchi kishigina haqiqiy vatanparvardir. Haqiqiy vatanparvar inson takabburlikka, faqat o'z manfaatini o'ylovchi shaxs bo'lishga mutlaqo yo'l qo'ymaydi va xalqidan o'z manfaatini ustun tutmaydi, hamma vaqt xalq bilan bir jon, bir tan bo'ladi. Agar harbiy xizmatchilar o'z ona Vatanini sevmasa, unga sadoqat bilan qaramasa, haqiqiy barkamol inson bo'la olmaydi. Insoniylikning eng muhim fazilati ham vatanparvarlikdir.

Tahlil natijalaridan ham ko'rinadiki vatanparvarlik tarbiyasi yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirishning asosiy manbai va zarur sharti hisoblanadi. Sababi birinchidan, yoshlar ongida huquqiy madaniyat shakllanishi uchun dastlab ularda vatanparvarlik, insof, sha'n, rostgo'ylik, qadr-qimmat va ezgulik, adolat kabi tushunchalar mantiqan shakllangan bo'lishi talab etiladi; ikkinchidan, yoshlar tabiiy huquqning tamoyili sanalmish, o'z huquqlarining boshqa shaxs huquqlari boshlangan doirada tugashini bilishi ham muhim sanaladi; uchinchidan, yoshlar huquq va erkinliklari bilan birga o'z burch yoki majburiyatlarini ham teng asosda anglab, idrok etishlari muhim hisoblanadi; to'rtinchidan, yoshlar ongida muayyan darajada huquqiy bilimni egallash natijasida amalda undan foydalana olish ishonchini qaror toptirish kerak; beshinchidan, huquqiy madaniyati yuksak yoshlar uni faqat o'z shaxsiy manfaati yo'lida emas balki davlat va jamiyat manfaati bilan uyg'un tarzda amalga oshirishi asosiy mezon sifatida belgilanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - halq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. - T., 1998. - B. 15.

2. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. - T., 2015. - B. 22.

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to'g'risida. (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 227-modda). O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to'g'risida. (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 227-modda).

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.