Научная статья на тему 'YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI'

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / huquqiy madaniyat / ijtimoiy faollik / omil / qadriyat / fuqaro / fuqarolik jamiyati / huquqiy ong. / youth / legal culture / social activity / factor / value / citizen / civil society / legal consciousness.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ismatov Sh.U.

Maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, mazmun-mohiyati, uni takomillashtirish yo'llari va imkoniyatlari aniqlangan va tavsiflangan. Yooshlarning o‘z huquqlari va ularni himoya qilish kafolatlaridan xabardorlik darajasi hamda yoshlar huquqlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy omillari aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL FACTORS OF THE FORMATION OF LEGAL CULTURE OF YOUTH

The article defines and describes the formation of the legal culture of young people, its essence, ways and possibilities of its improvement. The level of awareness of young people about their rights and guarantees of their protection, as well as the social factors that help and hinder the realization of the rights of young people have been determined.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI»

УДК 37.014.12

Ismatov Sh. U.

Buxoro davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI

Annotatsiya. Maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, mazmun-mohiyati, uni takomillashtirish yo'llari va imkoniyatlari aniqlangan va tavsiflangan. Yooshlarning o Z huquqlari va ularni himoya qilish kafolatlaridan xabardorlik darajasi hamda yoshlar huquqlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy omillari aniqlangan.

Kalit so 'zlar: yoshlar, huquqiy madaniyat, ijtimoiy faollik, omil, qadriyat, fuqaro, fuqarolik jamiyati, huquqiy ong.

Ismatov Sh. U. teacher

Bukhara State Pedagogical Institute

SOCIAL FACTORS OF THE FORMATION OF LEGAL CULTURE OF

YOUTH

Abstract. The article defines and describes the formation of the legal culture of young people, its essence, ways and possibilities of its improvement. The level of awareness of young people about their rights and guarantees of their protection, as well as the social factors that help and hinder the realization of the rights of young people have been determined.

Key words: youth, legal culture, social activity, factor, value, citizen, civil society, legal consciousness.

Yoshlar jamiyatning etakchi kuchi va kelajak egalaridir. Bugungi kunda maktablarda, oliygohlarda ta'lim - tarbiya olayotgan farzandlarning qay darajada bilim olishi va mutaxassislikka ega bo'lishi, yakin kelajakda davlat va jamiyat hayotining taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatishi oydek ravshan.

Aynan zamon talablari va mamlakatimizning ilg'or va rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi, ya'ni jahon hamjamiyatining tenghuquqli a'zosi sifatida tarakkiy topishiga asos sifatida joriy yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish yo'li bilan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham inson qadri, uning huquq va erkinliklari hamda burchlari, shuningdek inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlangan.

Barcha davlatlar ham hozirgi tez o'zgarib borayotgan va shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga tayyor turgan yoshlarni tarbiyalab borishga

"Экономика и социум" №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

152

jiddu-jahd qilmoqda. Ya'ni, taraqqiyot garovi bo'lmish -ta'lim sohasiga investitsiya kiritmokda.Tarixda ham har bir davlat va jamiyat o'z fuqarolarini ma'rifatli qilishga katta e'tibor karatgan. Bu bejizga emas albatta. Har bir davrda ham dunyoda bulayotgan o'zgarish va yangiliklardan yaxshi xabardor bo'lgan ijtimoiy faol fuqarolar, ayniqsa yoshlar mazkur davlat taraqqiyotining kafolati hisoblangan. Chunki har bir davlat va jamiyat o'z fuqarolarini muntazam tarbiyalab, ya'ni ularda ijtimoiy faollikni rivojlantirib borishdan manfaatdordir.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirishga xizmat qilib kelayotgan ko'pgina qonun hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25-iyundagi "Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida"gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29-avgustdagi "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi 2019 yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16-maydagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" shuningdek Prezident Sh.M.Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28- yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga muljallangan Yangi O'zbekistonning "Taraqqiyot Strategiyasi"to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston-2030"strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2030 yil 11-sentyabrdagi hamda "Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2023 yil 8-maydagi farmonlari kabi ko'pgina qonun hujjatlarida ham huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari davlatning ustuvor vazifalaridan biriga aylanganidan dalolat beradi.

"Mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani, nafaqat demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlash, balki huquqiy madaniyatning davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani ham mustaqillik qadriyatlari hayotiy ruyobga chiqayotganining yorqin dalilidir. Har bir insonning huquqiy madaniyatli bo'lishi, qonunlarga qat'iy rioya etishi, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlagan holda qonun ustuvorligini ta'minlashda jamoatchilik fikri va nazoratini uygunlashtirishning demokratik asoslarini takomillashtirib borish kuchli

'^KOHOMHKa h соцнумм №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

153

fuqarolik jamiyatini qurishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Zero, huquq fuqarolik jamiyati rivojlanishida muhim o'rin tutadi. U fuqarolik jamiyati a'zolari xulq-atvor qoidalarini belgilovchi oliy yuridik qadriyat sifatida jamiyat farovonligini ta'minlash hamda inson manfaatlarini ximoya qilish vositasi xisoblanadi.

O'rta umumta'lim maktablarida bugungi kunda ma'naviy-axloqiy, aqliy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, mehnat, badiiy-estetik, baynalminallik, vatanparvarlik, mafkuraviy va aqliy tarbiya berib borilmoqda. Shular qatorida huquqiy tarbiya alohida o'rin tutadi. Chunki, bola shaxs sifatida shakllanar ekan, o'zining xatti-harakatini ongli ravishda bajaradi. Ya'ni bola ulg'aygan sari burch, mas'uliyat, shaxsiy huquq kabi tushunchalar mazmun mohiyatini farqlay oladi.

Maktabning har bir o'qituvchi va tarbiyaviy ishlarga mas'ul kishilar shuningdek fan o'qituvchilari (ayniqsa tarbiya va boshqa ijtimoiy fanlar o'qituvchilari) o'quvchilarda mustaqil fikrlash ko'nikmasini shakllantirishga yordam berib, ular bilan ko'proq shug'ullanishlari lozim. Chunki o'tish davridagi usmirlar hayot haqida, kasb tanlash, kelgusida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishda nimalarga e'tibor berish kerakligi kabi ko'pgina hayotiy misollarga duch kelishadi. Tajribali o'qituvchilar bunday vaziyatlarda ular bilan do'stona muloqotda bo'lib, to'g'ri yo'l ko'rsatishlari hamda yoshlar ishtirokida turli ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy mavzularda tadbirlar tashkil qilishlari ham maqsadga muvofiqdir. Bir so'z bilan aytganda o'quvchilarni "yakkalatib" quymasliklari lozim. Chunki o'smirlar o'rtasidagi yuz berayotgan ko'pgina salbiy holatlar aynan nazoratsizlik oqibati ekanligi barchaga ayon. Yoshlarni boshqarish kerak, tarixiy va tarbiyaviy tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, katta yoshdagilar yoki aynan o'qituvchi-murabbiylar ularni qaysi yo'lga yo'naltirsalar, yoshlar shu yo'ldan boradilar. Bu mas'uliyatni murabbiylarimiz hech qachon unutmasliklari kerak.

Shu o'rinda navbatdagi mulohaza va taklifimiz quyidagicha:- jamiyat a'zolarini yuksak huquqiy madaniyat egasi qilib tarbiyalab borish nafaqat ta'lim muassasalari, balki davlat va jamoat tashkilotlari, hokimiyat idoralari, vazirliklar xullas, barcha-barchaning asosiy vazifasiga aylantirishga erishishdir.

Buning uchun yilning ma'lum oyida (masalan, "Harbiy-vatanparvarlik oyligi", "Yong'in xavfsizligi oyligi" kabi) "Huquqiy ma'rifat" yoki "Huquqiy savodxonlik" oyligini o'tkazib borishni an'anaga aylantirish va oy davomida barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek barcha darajadagi ta'lim muassasalarida huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazib, tadbirlar tafsilotini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga ko'rsatib borish ham yaxshi samara beradi. Chunki, bunday targ'ibot tadbirlari tafsilotlari jamiyatimizning barcha qatlamlariga etkazilsa, birinchidan huquqiy savodxonlik, ya'ni ma'lumotga egalilik, voqealardan xabardorlik birkadar oshadi, ikkinchidan, jamiyat a'zolarida huquqiy madaniyatning demokratlashuviga xizmat qilib adolatli jamiyat aholisining huquqiy kamoloti yuksalishiga xizmat qiladi.

'^KOHOMHKa h ^uyM" №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

154

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Узбекистон Республикаси Конституцияси. -Тошкент, "Узбекистон", 2023 й.

2. Исматов Ш. Талабалар ижтимоий фаоллигини ошириш-жамият ривожининг омили сифатида. // Педагогика журнали.2023 й.2-сон.263 -б.

3. Маънавият. Асосий тушунчалар лугати. -Тошкент, 2023.811-бет.

4. "Фалсафа. Крмусий лугат" китоби "Узбекистон файласуфлари миллий жамияти" нашриёти. "Шарк" нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти. -Тошкент, 2004 йил.153-бет.

5. Исматов Ш. "Олий таълим муассасаларида талабалар ижтимоий фаоллигини ривожлантиришнинг педагогик шарт-шароитлари." (Экономика и социум. 2023й.5/1 (108) стр.578.

6. Жураев Б. Т. Социально-духовное развитие студентов //Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. - 2019. - С. 22-23.

7 Ходжаев Б. К., Жураев Б. Т. Повышение нравственно-эстетической культуры слушателей института повышения квалификации работников народного образования //Экономика и социум. - 2022. - №. 3-2 (94). - С. 1217-1222.

"Экономика и социум" №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

155

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.