Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARIDA ESTETIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI TIZIMLI VA QONUNIY JARAYON SIFATIDA'

YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARIDA ESTETIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI TIZIMLI VA QONUNIY JARAYON SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yoshlar tarbiyasi / estetik madaniyat / tizimli va qonuniy jarayon / vatanparvarlik / milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat / estetik tarbiya / ma’naviy va jismonan sog‘lom avlod tarbiyasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Suvonova Dilnura Kurbanovna, Xikmatova Marjona Xabibjon Qizi

Maqolada O‘zbekistonning yoshlar sohasida olib borayotgan siyosati tahlil qilingan, yoshlarda estetik madaniyatning shakllanishi jarayoni tizimli va qonuniy jarayon sifatida ko‘rib o‘tilgan. O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda estetik madaniyatning tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari bayon etilgan. Estetik madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar ko‘rib o‘tilib, uning huquqiy asoslari haqidagi fikrlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARIDA ESTETIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI TIZIMLI VA QONUNIY JARAYON SIFATIDA»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARIDA ESTETIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI TIZIMLI VA QONUNIY

JARAYON SIFATIDA

1Suvonova Dilnura Kurbanovna, 2Xikmatova Marjona Xabibjon qizi

SamDVMCHBU, o'qituvchi SamDVMCHBU, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11214438

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonningyoshlar sohasida olib borayotgan siyosati tahlil qilingan, yoshlarda estetik madaniyatning shakllanishi jarayoni tizimli va qonuniy jarayon sifatida ko'rib o'tilgan. O'zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom avlodni voyaga yetkazishda estetik madaniyatning tutgan o'rni va ahamiyati masalalari bayon etilgan. Estetik madaniyat tushunchasiga berilgan ta'riflar ko'rib o'tilib, uning huquqiy asoslari haqidagi fikrlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: yoshlar tarbiyasi, estetik madaniyat, tizimli va qonuniy jarayon, vatanparvarlik, milliy an 'ana va qadriyatlarga hurmat, estetik tarbiya, ma'naviy va jismonan sog'lom avlodtarbiyasi.

Bugungi kunda O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish asosiy maqsad sifatida belgilangan bo'lib, ushbu jarayonda yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirish jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida qo'lga kiritilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko'paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashish jarayonini o'zida ifodalaydi. O'zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, salohiyatli, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish yoshlarning estetik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish asosida amalga oshiriladi.

Bizning bosh maqsadimiz - yangi O'zbekistonni barpo etishdan iborat, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Ammo uni yoshlarsiz qurib bo'lmasligini ham yaxshi tushunamiz. O'sib kelayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni el-yurtimizning fidoyi farzandlari etib tarbiyalash hal qiluvchi ahamiyatga ega1.

Yoshlarda estetik madaniyatning shakllanishi tizimli va qonuniyatli jarayon sifatida amalga oshadi. Estetik madaniyat yoshlarning estetik his-tuyg'usi, bilimi, dunyoqarashida namoyon bo'lib, u jamiyatning san'at, go'zallik va estetik qadriyatlarga bo'lgan munosabatini o'zida ifodalaydi. Jamiyatning estetik madaniyati insonning san'atga bo'lgan qiziqishi, san'at asarlarini baholash qobiliyati, estetik qadriyatlarga bo'lgan hurmati va go'zallikni idrok etishi kabilarda namoyon bo'ladi. Estetik madaniyat jamiyatning madaniy boyligi va badiiy mahoratining ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Jamiyatning estetik madaniyati uning qadriyatlari, e'tiqodlari va

1 Мирзиёев Ш.М. Янги фикр, янги гояга, инновацияга таянган давлатгина юксак таравдиётга эришади // Миллий тикланишдан - миллий юксалиш сари. 4-жилд. Тошкент, Узбекистан, 2020 йил, 175 бет.

uslubini aks ettiruvchi san'at asarlari va me'moriy inshootlari orqali namoyon bo'ladi. Jamiyatning estetik mentalitetini rivojlantirish va saqlash uning madaniy-ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Estetik madaniyat taraqqiyoti shaxsda faollikni kuchaytiradi, o'z ijodiy imkoniyatlarini sinab ko'rish va ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Jamiyatda estetik madaniyat tizimli va qonuniyatli jarayon sifatida rivojlanib, u quyidagilarda namoyon bo'ladi. Birinchidan, shaxs estetik madaniyatining ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlar tarixida qanday o'rganilganlik darajasi hamda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida estetik madaniyat va unga doimo jamiyatda ehtiyojning oshib borishi ob'yektiv qonuniyat sifatida o'rganiladi. Buning natijasida jamiyatda shaxs estetik madaniyati rivojiga xizmat qiluvchi milliy va umumbashariy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz ma'naviy meroslarini tadqiq etish, erishilgan yutuqlari asosida voqelikni ilmiy-nazariy o'rganish, xalq manfaatlarini ifodalovchi tizimni yaratishga qaratilgan nazariy-metodologik masalalar muhim ahamiyat kasb etadi2

Estetik madaniyat shaxs, xususan, yosh avlod dunyoqarashida Vatanga bo'lgan muhabbat, yurtga sadoqat tuyg'ularini shakllantiradi. Jamiyatda jismonan baquvvat, axloqan pok, estetik madaniyatli, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatidagi ustuvor vazifa bo'lib hisoblanadi.

Shu asosda yosh avlodimizning grajdanlik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash bo'yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi Shavkat Mirziyoyev, - Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta'minlash, hayotda o'z o'rnini topishi, jamiyatning munosib a'zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda3.

"Estetik madaniyat" tushunchasiga ko'pgina ta'riflar berilgan bo'lib, "Estetik madaniyat, -deyilgan falsafa qomusiy lug'atida, - estetik qadriyatlar, ularni yaratish va iste'mol qilish usullarining majmui"4dir. "Estetika asoslari" kitobida esa, -"Estetik madaniyat,-bu inson ehtiyojlarining murakkab tizimi bo'lib, unda odamzod hissiyotlari, malakalari, ko'nikmalari, bilimlari, me'yorlari, maslaklari bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketgan"5dir, degan ta'rif berilgan. Estetik madaniyatning inson faoliyati va qadriyatlari bilan bog'liqligi masalasi "...estetik madaniyat insonning ma'naviy-hissiy faoliyati bilan bog'langan munosabatlar va qadriyatlar tizimini ifodalaydi"6, degan ta'rifda keltirilgan. Estetik madaniyat haqida O. G'aybullayev tomonidan, "Estetik madaniyat bu - muayyan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilarning voqelikdagi narsa va hodisalarga nisbatan hissiy-emotsional munosabatda bo'lib, ularni ma'naviy-estetik qadriyat sifatida baholashining ifodasidir. Shuningdek, estetik madaniyat, inson va jamiyat moddiy-ma'naviy darajasi, ijtimoiy-siyosiy omillar, shaxsiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'z ichiga oluvchi ijtimoiy-tarixiy hodisadir"7, degan ta'rif berilib, ushbu ta'rifda estetik madaniyatning keng qamrovli ekanligi, voqelikning inson faoliyati bilan chambarchas bog'liqligi, har bir zavqiy munosabat estetik dunyoqarashning negizida rivojlanib borishi tendensiyasiga ega

2 Fайбуллаев Отабек. Эстетик маданият. Монография. Тошкент, Навруз нашриёти, 2020 йил, 4 бет.

3 Мирзиёев Ш.М. Узбекистан ёшларига байрам табриги // Хал^имизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий ба^одир. 2-жилд, Тошкент, Узбекистон, 2018 йил, 490 бет.

4 Фалсафа. Комусий лугати. -Тошкент, 2004 йил, 466-бет.

5 Umarov E., Karimov R., Mirsaidova M., Oyxo'jayeva G. Estetika asoslari. -Toshkent, Cho'lpon, 2006 yil, 143-бет.

6 Гулметов Э., Крбилжонова Т., Эрназаров Ш., Маврулов А. Маданиятшунослик. Тошкент, 2000 йил, 38-бет.

7 Fайбуллаев О. Эстетик маданият. Монография. Тошкент, "Навруз" нашриёти. 2020 йил, 9 бет._

ekanligi ko'rsatilgan. Shaxsning ijtimoiy hayotida muhim estetik qadriyatlar va ideallar yaratib borilishi natijasida o'ziga xos qonuniyatlar shakllanib boradi. Shaxs estetik madaniyati hamisha insonning voqelikka zavqiy munosabatining namunasi sifatida estetik tasavvur, faoliyat, talab va ehtiyoj, tafakkur va nutq, ijtimoiy hayot va mehnatdagi go'zallikni o'z ichiga qamrab oladi. Estetik madaniyat jamiyat va shaxs ma'naviy hayotining muhim omili bo'lib, u insoniyat tomonidan yaratiladigan narsa va hodisalarning ichki va tashqi dunyosida aks etib turadi.

Estetik madaniyatda tarixiylik negizida vujudga keladigan moddiy, ma'naviy, axloqiy, diniy, estetik, siyosiy va ijtimoiy sohalarni, shaxsning jamiyatda sub'yekt sifatida estetik talab va ehtiyojlarini qondirilishini nazarda tutadi. Ijtimoiy hayotda estetik madaniyat shaxsning obrazlari, maqsadlari va ideallari sifatida namoyon bo'ladi. Estetik madaniyat har bir insonni go'zallik, zavq-shavq olamiga, aql-idrok bilan yashashga, did bilan inson qalbidan joy olishga undaydi. Estetik madaniyat orqali har bir shaxs o'tmish merosini o'rganib, falsafiy tafakkurini boyitib boradi va real hayot manzaralarini idrok etishga, undan saboq olishga harakat qiladi. Estetik madaniyat rivojlanishida tarixiy vorislik qonuni amal qiladi. O'tmishda yaratilgan estetik qadriyatlar yangi tarixiy sharoitga moslashgan holatda bugungi kunda jamiyat hayotida vujudga keladigan masalalarni hal qilishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarning estetik madaniyatini rivojlantirish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. 2016 yil 14-sentyabrda O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi 0'RQ-406-son Qonuni qabul qilinib, ushbu qonunning 12/1-moddasi "Madaniyat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari" deb nomlangan. Ushbu moddada "Madaniyat organlari: ijodkor yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi, ularning o'z iqtidori va iste'dodini to'laqonli namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi"8, deyilgan.

Milliy estetik madaniyat shaxsning qalbi va ongiga o'ziga xos ta'sir etish yo'li bilan yuksak ma'naviyatni tarbiyalashga xizmat qiladi. Tarixiy-badiiy an'analardan ijodiy foydalanish, ularning tadrijiy taraqqiyot qonunlarini o'rganish imkoniyatini yaratadi. San'at asarlari, shuningdek, zamonaviy turmush va xalq estetikasini rivojlantirish yoshlarning estetik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Estetik madaniyat yoshlarda sog'lom estetik did va ehtiyojlarni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda estetik madaniyat taraqqiyotiga maktab ta'limi, oliy ta'lim, maktabdan tashqari muassasalar, yoshlar klublari, musiqa maktablari kabi ijtimoiy-ma'naviy omillar ham o'ziga xos tarzda ta'sir ko'rsatadi.

Estetik madaniyat kasbiy faoliyat estetikasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Kasbiy faoliyat estetikasi biron bir kasb sohiblarining voqelikka estetik munosabatda bo'lish orqali o'zlarining xizmat faoliyatlarini nafosat qonunlari, prinsiplari, vositalari asosida tashkil qilishlarini o'rganish va o'rgatish jarayonidan iborat bo'lib, u jamiyat hayotida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) xodimlarining olamni go'zallik qonunlari asosida yaratishi, o'zgartirishi va qayta qurishida ko'maklashish; 2) go'zallik, qahramonlik va ulug'vorlikni ularning antipodi bo'lgan xunuklik, qo'rqoqlik va pastkashlikdan ajrata bilish; 3) nafosat qonunlari, prinsiplari asosida estetik tarbiya ishlarini tashkil qilish9.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning №PF-60 sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni 2022

8 Узбекистон Республикасининг Крнуни. "Ёшларга оид давлат сиёсати тугрисида". 2016 йил 14-сентябрь, УРК-406-сон. https://lex.uz/docs/3026246

9 Яхшиликов Ж.Я., Му^аммадиев Н.Э. Фалсафа. Дарслик. Самарканд, 2021 йил, 387 бет.

yil 28 yanvarda qabul qilinib, ushbu farmonga 1-ilovada fuqarolar, eng avvalo yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirish masalasiga katta e'tibor qaratilgan. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 75-maqsadda, "Tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo'nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish" masalasiga e'tibor qaratilgan bo'lsa, 76-maqsadda "Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va ob'yektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash",10 masalalari asosiy masala sifatida e'tirof etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ""O'zbekiston-2G3G" strategiyasi to'g'risida"gi №PF-158 sonli Farmoni 2023 yil 11sentyabrda qabul qilinib, ushbu farmonga 1-ilovadagi 1-maqsad, "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish", deb nomlangan. Ushbu maqsadning 1,5 yo'nalishi "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha islohotlar", deb nomlangan bo'lib, farmonga ilovadagi 42-maqsadda "Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o'rganish va ommalashtirish bilan bog'liq faoliyatni yanada takomillashtirish", masalasi muhim masala sifatida belgilangan. Ushbu yo'nalishda "San'atshunoslik instituti, o'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti arxividagi 3 mingtadan ortiq arxiv materialini zamonaviy formatga o'tkazish, kamida 3 ta noyob nomoddiy madaniy meros namunasini YUNESKOning xalqaro ro'yxatlariga kiritishga erishish, 3G tadan ortiq nomoddiy madaniy meros elementini chuqur ilmiy tadqiq etish, 158 ta madaniy meros ob'yektini asrashga doir ishlarni bajarish"11, kabi vazifalar belgilangan.

Bugungi kunda O'zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosatidagi muhim masala sifatida katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda yoshlarning estetik madaniyatini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan siyosatda yoshlarni dunyoqarashi keng, turli bilimlarni puxta egallagan, xorijiy tillarni, komp'yuter texnologiyalarni yaxshi biladigan, estetik, madaniy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy ongi va madaniyati yuksak shaxs qilib tarbiyalash masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birgalikda inson barkamolligining muhim mezoni sifatida shaxsning madaniy darajasi, uning estetik ongi va madaniyati masalasiga ham katta e'tibor berilmoqda. Shaxsning madaniy darajasi, uning estetik ongi va madaniyati millat genofondining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, kelajakda O'zbekistonning buyuk kelajagini ta'minlashga xizmat qiladi. Fuqarolar, eng avvalo yoshlarning madaniyatliligi, estetik ong va estetik madaniyat darajasining yuksakligi ularning sog'lom, aql-zakovatli, ma'rifatli, insonparvar, mehnatsevar, mas'uliyatli ekanliklari bilan belgilanadi. Estetik madaniyat va estetik tarbiya inson ma'naviy kamolotining muhim omillari sifatida ijtimoiy taraqqiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR

1. Мирзиёев Ш.М. Янги фикр, янги FOягa, иннoвaциягa таянган давлатгина юксак тарак;к;иётга эришади // Миллий тикланишдан - миллий юксалиш сари. 4-жилд. Toшкент, Узбекистан, 2G2G йил.

2. G'aybullaev Otabek. Estetik madaniyat. Monografiya. Toshkent, Navro'z nashriyoti, 2G2G y.

3. Mirziyoyev SH.M. O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigi // Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild, Toshkent, O'zbekiston, 2G18 yil.

10 Узбекистан Республикаси Президентининг Фaрмoни. "2G22-2G26 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг таравдиёт стратегияси тyFриcидa" . 2G22 йил 28-январь, №ПФ-60. https://lex.uz/docs/5841063

11 Узбекистан Республикаси Президентининг Фaрмoни. 2G23 йил, 11 сентябрь №ПФ-158. "Узбекистон-2030" стратегияси тyFриcидa. https://lex.uz/ru/docs/6600413

4. Falsafa. Qomusiy lug'ati. -Toshkent, 2004 yil.

5. Umarov E., Karimov R., Mirsaidova M., Oyxo'jayeva G. Estetika asoslari. -T.: Cho'lpon, 2006 yil.

6. Gulmetov E., Qobiljonova T., Ernazarov Sh., Mavrulov A. Madaniyatshunoslik. Toshkent, 2000 yil.

7. G'aybullayev O. Estetik madaniyat. Monografiya. Toshkent, "Navruz" nashriyoti. 2020 yil.

8. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida". 2016 yil 14-sentyabr, 0'RQ-406-son. https://lex.uz/docs/3026246

9. Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik. Samarqand, 2021yil.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" . 2022 yil 28-yanvar, №PF-60. https://lex.uz/docs/5841063

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2023 yil, 11 sentyabr №PF-158. "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida. https://lex.uz/ru/docs/6600413

12. Suvanova, D. (2023). SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF THE SIGNIFICANCE OF RELIGIOUS VALUES IN THE FORMATION OF AESTHETIC CULTURE AMONG YOUNG PEOPLE. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(1 Part 1), 108-115.

13. Суванова, Д. К. (2021). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЙ АНАЛИЗ ФОРМИРОВАНИЯ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У МОЛОДЕЖИ. In История, современное состояние и перспективы инновационного развития науки (pp. 86-88).

14. Суванова, Д. К. (2020). ПРОБЛЕМЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ИСТОРИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ МОЛОДЕЖИ. In Научные исследования: проблемы и перспективы (pp. 206-210).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.