Научная статья на тему 'MAJBURIYAT HUQUQINI TAMINLASHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT'

MAJBURIYAT HUQUQINI TAMINLASHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
680
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
majburiyat huquqi / huquqiy ong / huquqiy madaniyat / majburiyatlarni ta’minlash. / law of obligations / legal awareness / legal culture / securing obligations.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Panjiyev, Ulug‘bek Fayzullo O‘g‘li

Mazkur maqolada majburiyat huquqi tushunchasi shuningdek huquqiy ong va huquqiy madaniyatning mohiyati, dolzarbligi va uning jamiyatdagi o‘rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada majburiyat huquqni ta’minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning qanchalik darajada zarur ekanligini huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida majburiyat huquqni ta’minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyat ahamiyatini oshiruvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN ENSURING THE LAW OF OBLIGATIONS

This article analyzes the concept of the law of obligations, as well as the essence, relevance of legal awareness and legal culture, its place and role in society. In addition, this article analyzes the legal aspect of the extent to which legal awareness and legal culture are necessary to ensure the right to an obligation. As a result of these analyses, proposals and recommendations were developed that increase the importance of legal awareness and legal culture in ensuring the law of obligations.

Текст научной работы на тему «MAJBURIYAT HUQUQINI TAMINLASHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAJBURIYAT HUQUQINI TAMINLASHDA HUQUQIY ONG VA

HUQUQIY MADANIYAT

Panjiyev Ulug'bek Fayzullo o'g'li

Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo,O'zbekiston E-mail: u.panj iyev@gmail .com

Mazkur maqolada majburiyat huquqi tushunchasi shuningdek huquqiy ong va huquqiy madaniyatning mohiyati, dolzarbligi va uning jamiyatdagi o'rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada majburiyat huquqni ta'minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning qanchalik darajada zarur ekanligini huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida majburiyat huquqni ta 'minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyat ahamiyatini oshiruvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: majburiyat huquqi, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, majburiyatlarni ta 'minlash.

ПРАВОСОЗНАНИЕ И ПРАВОВАЯ КУЛЬТУРА В ОБЕСПЕЧЕНИИ ОБЯЗАТЕЛЬСТВЕННОГО ПРАВА

Панжиев Улугбек Файзулло угли

Сурхандарьинский областной юридический техникум Преподаватель кафедры частного права Термез, Сурхандарья, Узбекистан E-mail: u.panj iyev@gmail .com

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется понятие обязательственного права, а также сущность, актуальность правосознания и правовой культуры, ее место и роль в обществе. Кроме того, в данной статье проведен анализ правового аспекта того, в какой степени правосознание и правовая культура необходимы для обеспечения права на обязательство. В результате этих анализов были разработаны предложения и рекомендatsiи, повышающие значение правосознания и правовой культуры в обеспечении обязательственного права.

Ключевые слова: обязательственное право, правосознание, правовая культура, обеспечение обязательств.

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN ENSURING THE

LAW OF OBLIGATIONS

This article analyzes the concept of the law of obligations, as well as the essence, relevance of legal awareness and legal culture, its place and role in society. In addition, this article analyzes the legal aspect of the extent to which legal awareness and legal culture are necessary to ensure the right to an obligation. As a result of these analyses, proposals and recommendations were developed that increase the importance of legal awareness and legal culture in ensuring the law of obligations.

Keywords: law of obligations, legal awareness, legal culture, securing obligations.

Yangi O'zbekiston siyosiy tizimini modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida jamiyatning barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish muammolari yanada ahamiyatlidir. Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish hamda yuksaltirish bilan bog'liq islohotlar yangi O'zbekiston siyosiy-huquqiy tizimini yanada mustahkamlanib borayotganidan, respublikamizda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat qurish jarayoni jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmonining qabul qilinishi O'zbekistonda bu boradagi muammolarning nechog'lik dolzarbligini ko'rsatadi.

Fuqarolik huquqining eng muhim kichik sohalaridan biri majburiyat huquqi hisoblanadi. Majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi, kreditor esa - qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi.

Panjiev Ulugbek Fayzullo ugli Surkhandarya Regional Law College Lecturer of the Department of Private Law Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: u.panj iyev@gmail .com

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Majburiyat huquqi - mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish yoki pul to'lash yoki muayyan harakatdan o'zini tiyib turish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlami tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy normalar yig'indisidir.1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yuridik adabiyotlarda majburiyat atamasi bilan birgalikda burch atamasi borasida ham so'z yuritiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq va burchlar borasida so'z boradi. Ushbu atamalar teng ma'noli bo'lib, fuqarolik huquqiy munosabatlarda har doim majburiyat atamasi qo'llaniladi. Majburiyat subyektlari, obyektlari, uning mazmuni majburiyatning eng muhim elementi hisoblanadi. Majburiyat subyektlari bu muayyan huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga muayyan majburyatlar yuklangan shaxslardir. Odatda har bir majburiyatda kamida ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan harakat qilinishini va muayyan harakatdan tiyilishni talab qilish ga haqli bo'lgan taraf - kreditor (haqdor) deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf esa - qarzdor (burchdor) shaxs bo'lib hisoblanadi.

Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi - kreditorga ashyoni topshirish, ma'lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan saqlanganlik kabilardan iborat.

Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo'lmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo'yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda taraflarning har biri o'z majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi, ikkinchi tomonga uning o'z majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam ko'rsatishi lozim. Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan bo'lsa, ularda ko'rsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar qonun hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti ko'rsatilmagan bo'lsa, majburiyatlar o'zaro kelishib qo'yiladigan talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xo'jalik aloqalarining

1 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. -312 bet.

249

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

rivojlanishini ko'zlab, tejamlilik bilan va o'zaro hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.

Majburiyatning bajarilishini ta'minlash qarzdor tomonidan olingan va uning zimmasida bo'lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora bo'lib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta'minlashning tabiati shu bilan izohlanadiki, qarzdor zimmasida bo'lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni undirishga bo'lgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta'sir choralarini qo'shimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi vujudga keladi.

Qo'shimcha majburiyatlar asosiy majburiyatning bajarilishini ta'minlashga xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi. Ular qarzdorni asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda kreditorning talablarini qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan hisoblanadi.2

Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta'minlanadi. Mazkur usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan bo'lishi mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlarida (FK 259-modda) majburiyatning bajarilishini ta'minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlanishi mumkin.

Umumiy qilib aytganda guqarolik qonunchiligiga ko'ra majburiyat huquqini taminlashning bir qancha ususllari mavjud bo'lsa, ushbu usullar barchasi qarzdorning o'z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasligi natijasida huquqiy oqibat olib keladi. Qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlarini o'z ixtiyori bilan bajarishi uchun esa uning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuqori saviyada bo'lishi talab etiladi. Ushbu o'rinda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Huquqiy ong, bu avvalo, insonlarning mavjud huquqiy tizim, qonunchilik va boshqa (amaldagi va idealdagi) huquqiy hodisalarga nisbatan munosabatini ifodalovchi tasavvurlar, bilimlar, axborotlar va his-tuyg'ular yig'indisidir. 3 Boshqacha qilib aytadiganbo'lsak, huquqiy ong jamiyat a'zolarining huquq haqidagi, ijtimoiy hayotda real mavjud bo'ladigan huquqiy hodisalar haqidagi qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, baholashlari, ruhiy munosabatlari majmuidir. Shu nuqtayi nazardan huquqiy ongning tabiati va mohiyatiga yondashiladigan bo'lsa, uning mazmunida mustaqillik yillarida jamiyatda qaror topayotgan demokratik huquqiy

2 PaxMOH^y^OB X. Ma®6ypnaT xy^y^n (yMyMHH rçonga^ap). -T.: T^TOH, 2005 h. -81 6.

3 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent. «Adolat», 2018. - 528 b

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qadriyatlar va tamoyillar, huquqiy tizimdagi islohotlar va modernizatsiyalash jarayonlari xususidagi fuqarolarning qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, ruhiy kechinmalari majmui aks etadi.

Jamiyatning demokratiya yo'lidan jadal rivojlanishi ko'p jihatdan odamlarning huquqiy ongi, madaniyati va huquqiy savodxonligiga bog'liqligidan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasida «aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish» ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.4

Huquqiy ong falsafiy nazariyalar, mafkuraviy qarashlar, diniy doktrinalar bilan chambarchas bog'liqdir. Abu Nasr Forobiyning fikricha, huquq normalari, ular bajarilishining shartligi va majburiyligi komil insonlar ongining bir qismi bo'lishi kerak, shuning uchun huquq ma'naviy hodisa hisoblanadi. I. Kant, G. Gegel esa huquqning majburiyligini inson erkinligini tartibga solishning tashqi vositasi ekanligini ta'kidlaydilar. Ba'zilar esa huquqni ijtimoiy munosabatlarning sinfiy tartibga soluvchi vosita deb tushunganlar. Yana bir toifa mutafakkirlar huquqni inson tabiiy huquqlarining rasmiylashtiruvchi vosita va kafolati, deb e'tirof etganlar (Sh. Monteskye, J.J. Russo).5

Huquqiy ong huquqiy madaniyat bilan uzviy bog'liq bo'lib, uni inson, inson ongi va faoliyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Huquqiy ongning jamiyat hayotini tashkil etishga ko'rsatadigan ta'siri beqiyosdir. Zikr etilgan ta'sirni ijtimoiy munosabatlarga ta'sir ko'rsatish vositalaridan biri sifatida huquqiy ongni huquqiy tartibga solish mexanizmiga taalluqliligi bilan izohlash mumkin. Uning huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiy qismi ekanligining xususiyati shundan iboratki, huquqiy ongning roli huquqiy ta'sir ko'rsatishning hech bir bosqichi bilan cheklanmaydi. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham, huquqni amalga oshirish bosqichida ham amal qiladi. Huquqiy ong huquqiy tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida - huquq normalarida, huquqiy munosabatlarda, huquqni ro'yobga chiqarishga doir hujjatlarda u yoki bu darajada namoyon bo'ladi.

Huquqiy ong huquqiy madaniyat bilan uzviy bog'liq bo'lib, uni inson, inson ongi va faoliyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Huquqiy ongning jamiyat hayotini tashkil etishga ko'rsatadigan ta'siri beqiyosdir. Zikr etilgan ta'sirni ijtimoiy munosabatlarga ta'sir ko'rsatish vositalaridan biri sifatida huquqiy ongni huquqiy

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. / Rasmiy nashr / O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: «Adolat», 2017. -14-bet.

5 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent. «Adolat», 2018. - 528 b.

251

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tartibga solish mexanizmiga taalluqliligi bilan izohlash mumkin. Uning huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiy qismi ekanligining xususiyati shundan iboratki, huquqiy ongning roli huquqiy ta'sir ko'rsatishning hech bir bosqichi bilan cheklanmaydi. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham, huquqni amalga oshirish bosqichida ham amal qiladi. Huquqiy ong huquqiy tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida - huquq normalarida, huquqiy munosabatlarda, huquqni ro'yobga chiqarishga doir hujjatlarda u yoki bu darajada namoyon bo'ladi.

Shuni alohida takidlash kerakki, istiqlol tufayli qaror topgan yangicha huquqiy tafakkur va xalqimizning yuksak ma'naviy salohiyati Konstitutsiyamizning g'oyaviy-ilmiy hamda mafkuraviy poydevori bo'ldi. Konstitutsiya va yangi qonunlarimiz, bir tomondan, ijtimoiy huquqiy ongning yuksak ifodasi bo'lmish huquqiy tizimning, huquqiy mafkura va madaniyatning bevosita mahsuli sifatida vujudga keldi, ikkinchi tomondan esa, aholining ilg'or huquqiy ongini, yangicha tafakkuri va madaniyatini shakllantirish, ularni ijobiy yo'naltirish hamda yuksaltirishning muhim omili bo'lib xizmat qildi va xizmat qilishda davom etmoqda. Yangicha huquqiy tafakkur zamonaviy demokratik qadriyatlarni davlat-huquqiy hayot sohasiga singdirishga safarbar etiladi, adolatli va insonparvar huquqiy institutlarni hamda ilg'or huquqiy qadriyatlarni qaror toptirishga asoslanadi. Huquqiy faoliyatni qadriyat sifatidagi anglanishi ta'siri natijasida shaxsning muayyan harakat tarziga moyilligi yuzaga keladi. Binobarin, huquqiy ong nafaqat yuridik voqelikni, odamlarning huquq sohasidagi xulq-atvorini ifodalaydi, balki xulq-atvorni tartibga solishda, shuningdek, ijtimoiy hayotning obyektiv jihatdan huquqiy me'yorlashga muhtoj bo'lgan munosabatlarini belgilashda ham ishtirok qiladi.

Shu ma'noda huquqiy ong va huquqiy tafakkur huquqning g'oyaviy-nazariy manbayidir. Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma'rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish - huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashning zaruriy talabidir. Huquqiy ong sust rivojlangan, huquqiy tafakkur esa, nomukammal bo'lsa, bu jamiyat va uning institutlari faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm ana shunday salbiy ko'rinishlarning shakllaridir. Mana shu ikki ko'rinish huquqiy ongni o'rganish uchun nihoyatda muhimdir, zero, bo'lg'usi amaliyotchi-yurist huquqiy normalar va talablarni amalga oshirish jarayoniga jiddiy ta'sir etuvchi mazkur hodisalarga duch kelishi tabiiy.

Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo'lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko'riladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta'minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo'lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo'ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'zining deyarli barcha chiqishlarida huquqiy madaniyatning ahamiyatiga, uni yuksaltirish masalalariga e'tibor qaratadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan (2016-yil 7-dekabr) ma'ruzasida shunday dedi: «Qonun ustuvorligini ta'minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi»6. Sh. Mirziyoev «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak» nomli ma'ruzasida siyosiy partiyalar, ularning parlamentdagi fraksiyalar va deputatlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Deputatlarning ish uslubini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali «Markaz - viloyat - tuman» tartibida ishlaydigan yangi tizimni joriy etish ayni muddao bo'lar edi»7

Boshqacha qilib aytganda, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat - huquqiy davlatning ajralmas qismidir. Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi: birinchidan, yuridik normalar tizimi bo'lmish huquq; ikkinchidan, huquqiy munosabatlar, ya'ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi; uchinchidan, huquqni muhofaza qilish va ta'minlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo'lmish yuridik muassasalar; to'rtinchidan,

6 Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T., 2017. - 10-bet

7 Xalq so'zi, 2017-yil 13-iyul.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqiy ong, ya'ni huquqiy voqelikni ma'naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim; beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof).

Huquqshunos olim X.Mamatov o'z tadqiqotlarida jamiyat hayotida huquqiy madaniyat namoyon bo'lishini o'ziga xos jihatlarini ajratishga uringan. Unga ko'ra, huquqiy madaniyat o'zida: a) huquqiy voqelikni anglash, ya'ni huquqiy ongining holatini; b) jamiyatning huquqiy ma'rifatini; v) aholining huquqni, qonunlarni bilishi va ularga hurmat darajasi; g) huquqni qo'llash darajasining yuqoriligi; d) jamiyatdagi siyosiy-huquqiy faoliyat, munosabatlar tizimi, qonun ijodkorligi, huquqni muhofaza qilish, boshqaruvning legitimligini ta'minlashning samarali usullari; ye) barcha davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatining siyosiy-huquqiy tizimga to'la muvofiqligi, xususan, aholining, ayniqsa, mansabdor shaxslarning qonunlarga so'zsiz itoatkorligini ifoda etadi. 8

XULOSA VA TAKLIFLAR

Majburiyat huquqini ta'minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o'rniga keladigan bo'lsak, fuqarolar o'zlari o'z hatti-harakatlari natijasida bo'yniga olgan majburiyatlari yuzasidan o'zlari javobgar bo'lishlari, ushbu hatti-harakatining huquqiy oqibatlarini tushunib yetishlari - muhim masaladir. Chunki har bir shaxs shartnomaviy yoki qonuniy majburiyatni bo'yniga oldimi, u o'z majburiyati yuzasidan javobgar bo'lishi kerakligi ongli ravishda his etishi lozim. Shu sababli ham jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati qanchalik mukammal bo'lsa, mazkur jamiyatni majburiyatlarni ta'minlash ham qulay bo'ladi.

Majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchi qarzdorning o'z zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy profilaktik choradir. Bunday profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat bo'yicha majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya'ni, asosiy majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va manfaatlari qo'shimcha ta'minot usullari asosida ta'minlanadi. Bunday usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning tavakkalchilik xavfini kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qiladi. Ammo majburiyatlarni bajarishda huquqiy ong va madaniyatning zararuti shundaki, majburiyatlarni bajarishni ta'minlashda ushbu qonuniy choralarni qo'llashga zarurat qolmaydi. Chunki taraflar o'zlarining

8 МаматовХ. Хукукий маданият ва Узбекистонда фукаролик жамиятини шакллантириш муаммолари. Т: "YURIST-MEDIA MARKAZI" нашрияти, 2009, 70-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

majburiyatlarini o'z xoxishiga ko'гa amalga ijгosini ta'minlaydi va buni natijasida majbuгiyatlaгni ta'minlash haг tomonlama takomillashadi.

REFERENCES

1. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qismI Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. -312 bet.

2. Рax№Oнк;yлов Х. Maжбyрият хукуки (УМУМИЙ ;o^Aarap). -Т.: ТДЮИ, 2005

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent. «Adolat», 2018. - 528 b

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. / Rasmiy nashr / O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: «Adolat», 2017. - 14-bet.

5. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent. «Adolat», 2018. - 528 b.

6. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T., 2017. - 10-bet

7. Xalq so'zi, 2017-yil 13-iyul.

8. MaMaroBX. Хукукий мaдaният Ba Узбекиста^^ фукaрoлик жaмиятини шaкллaнтириш муaммoлaри. T: "YURIST-MEDIA MARKAZI" нaшрияти, 2009, 70-бет.

9. Younas, A. (2021). Multinational Enterprises in Global Market Economy. International Journal of Development and Public Policy, 1(7), 137-143.

10. Юме, A., Kana^AapoB, A., & Tурдиaлиeв, М. A. (2021). Legal progress of ecommerce legislation in Central Asia during the COVID-19 period. Общество и инновации, 2(6), 170-176.

11. Turdialiev, M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

12. Fatima, K., & Turdialiyev, M. A. (2021). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 5, 110-111.

13. Younas, A., & Ogli, T. M. A. P. (2021). Special Features Of International Financial Centres And Its Establishment In Uzbekistan. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(08), 17-21.

й. -81 б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. GAFUROVA, N., & ALMOSOVA, S. (2021). PRACTICAL ASPECTS OF THE CONCEPT OF THE RULE OF LAW. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 2(6), 84-91.

15. АЛМОСОВА, Ш. (2020). ТРИПС БИТИМИ НОРМАЛАРИНИ УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ МУЛК КОНУНЧИЛИГИГА ИМПЛЕМЕНТАЦИЯ КИЛИШ МУАММОЛАРИ. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 7(3), 63-71.

16. Алмосова, Ш. (2020). Защита прав интеллектуальной собственности по Конституции и государственным программам. Review of law sciences, 2(Спецвыпуск).

17. АЛМОСОВА, Ш. (2020). ДОМЕН НОМЛАРИ ВА ИНДИВИДУАЛЛАШТИРИШ ВОСИТАЛАРИ УРТАСИДАГИ УЗАРО БОЕЛЩЛИК ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШДА МУАММОЛИ ДОЛАТЛАР ТАДЛИЛИ. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 1(6), 81-85.

18. Садиков, М. А. (2020). ЗАМОНАВИЙ ЮРИДИК АМАЛИЁТДА "LEGAL TECH" НИНГ УРНИ ВА РОЛИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(6).

19. Садиков, М. А. (2019). Нормативно-правовые аспекты привлечения иностранных инвестиций в Республику Узбекистан. Молодой ученый, (23), 539541.

20. Polatjonogli, T. M. A., & Abdulajonovich, S. M. (2022). HUNTING A SUITABLE TYPE OF LEGAL ENTITYFOR CENTRAL ASIAN BUSINESSMEN IN CHINA. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журналы, 2(1), 75-

77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.