Научная статья на тему 'YOSHLARNI YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA OILANING AKSIOLOGIK AHAMIYATI'

YOSHLARNI YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA OILANING AKSIOLOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
92
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / yoshlar / qadriyatlar / aksiologiya / tarbiya / jamiyat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova Gulzora Zuxritdinova

Ushbu maqolada oilada yoshlarning ma’naviy, ahloqiy, ma’rifiy tarbiyasining ba’zi jihatlari tahlil qilingan. Mashhur mutafakkirlar va olimlarning oilada yoshlarning ma’naviy, ahloqiy tarbiyasida aksiologiyaning roli va ahamiyati oid ko‘plab ilmiy fikrlari va qarashlari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA OILANING AKSIOLOGIK AHAMIYATI»

YOSHLARNI YUKSAK MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA OILANING

AKSIOLOGIK AHAMIYATI Mahmudova Gulzora Zuxritdinova

Toshkent viloyati Parkent tumani 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10897209

Annotatsiya. Ushbu maqolada oilada yoshlarning ma'naviy, ahloqiy, ma'rifiy tarbiyasining ba'zi jihatlari tahlil qilingan. Mashhur mutafakkirlar va olimlarning oilada yoshlarning ma'naviy, ahloqiy tarbiyasida aksiologiyaning roli va ahamiyati oid ko'plab ilmiy fikrlari va qarashlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: oila, yoshlar, qadriyatlar, aksiologiya, tarbiya, jamiyat.

Аннотация. В данной статье анализируются некоторые аспекты духовно-нравственного и образовательного воспитания молодежи в семье. Изучены многие научные мнения и взгляды известных мыслителей и ученых о роли и значении аксиологии в духовно-нравственном воспитании молодежи в семье.

Ключевые слова: семья, молодежь, ценности, аксиология, воспитание, общество.

Abstract. This article analyzes some aspects of the spiritual, moral and educational education of youth in the family. Many scientific opinions and views of famous thinkers and scientists about the role and significance of axiology in the spiritual and moral education of youth in the family have been studied.

Keywords: family, youth, values, axiology, education, society.

Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurashning namoyon bo'lishi har qachongidan shiddatli tus olayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Dunyoning mafkuraviy manzarasining o'zgarib borishi, geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosatning uyg'unlashib borishi, mustaqillikni qo'lga kiritgan mamlakatlarda mafkuraviy tamoyillar ahamiyatini oshib borishi, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va shu kabilar.

Milliy merosimiz va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi tufayli odamlar ongida, tafakkurida muhim ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ma'naviy-ma'rifiy jarayonlardagi o'zgarishlar odamlarimiz qalbi va ongiga singib, ularda kelajakka, o'z kuchiga, o'z imkoniyatiga ishonch, Vatanga muhabbat, erkinlik, xissini tarbiyalamoqda.

Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari, hodisalari majmuini tushunmog'imiz lozim".

"Aksiologiya - qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan tushuncha" - degan ta'riflar berilgan.

Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog'laydi. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim ekanligi to'g'risidagi fikrlari "O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Giodeziya" va boshqa asarlarida o'z ifodasini topgan. Beruniyning fikricha, axloq inson mohiyatini belgilovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Axloqiy sifatlar bevosita jamiyatda shaxslarning o'zaro muloqoti, mehnat munosabatlarida tarkib topadi.

Ibn Sinoning fikricha, axloq kishilarning o'ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me'yorlari va qoidalarini o'rganadi.[1]

Kaykovusning "Qobusnoma" asarida juvonmardlik g'oyasini ilgari surar ekan, bunda yoshlar tarbiyasida eng muhimi axloq tarbiyasi ekanligini ko'rsatadi. U yoshlarda odamlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lish, adolatlilik, samiymiylik kabi sifatlarni shakllantirish lozimligini ta'kidlaydi.[2]

Axloqiy sifatlar talqini va ularning yoshlar xulk-atvorida namoyon bo'lishida oilaning, ijtimoiy munosabatlarning o'rni, jamiyat kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi to'g'risidagi fikrlar Axmad Yugnakiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko'pgina allomalar asarlarida o'z ifodasini topgan. [5]

Oila a'zolarida axloqiy sifatlar talqini va ularning yoshlar xulq-atvorida namoyon bo'lishida oilaning, ijtimoiy munosabatlarning o'rni, jamiyat kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi to'g'risidagi fikrlar Axmad Yugnakiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa ko'pgina allomalar asarlarida o'z ifodasini topgan.[3]

Oiladagi yoshlarning axloq, axloqiy qadriyatlar va ularning shaxs ijtimoiylashuvidagi ahmiyati zamonaviy tadqiqotlarda ham asosiy o'rinni egallaydi. [4]

Faqat istiqlol xalqimizga o'z Vatanida o'zini erkin xis etish, erkin fikrlash, mustaqil tafakkur yuritish imkonini berdi va u keng ko'lamdagi siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda asosiy kuch-qudrat bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugun ulg'ayotgan yoshlar ertaga mustaqillikning ishonchli tayanchiga, xalqimizning asosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijodiy, intellektual kuchiga aylanadi. Shunday ekan ularning dunyoqarashi, tafakkuri qay darajada ilg'or bo'lishi, hozirgi davrning yuksak talablarini o'ziga mo'ljal qilib olish, shunga intilish salohiyati mamlakatimiz istiqbolini, millatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilab beradi. Bugungi voqelik, atrof-muhitda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga yangicha qarash, ularni butun murakkabliklari ila tubdan yangicha idrok etish, yangicha siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy mezonlarda baholashni talab etmoqda. Shu bois yangi jamiyat barpo etish jarayonida insonga va jamiyatga, butun borliqqa munosabatni o'zgartirish, ijtimoiy ongni yangilash alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907-son qaroriga muvofiq yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish borasida davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo'lgan ma'naviyatga bog'liq. Shu bois jamiyatimiz rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlari mustahkamlanib bormoqda. Bular:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; -insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

- vatanparvarlik.

Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» —

ma'nolar majmui) mohiyatiga ko'ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g'oyalar majmui hisoblanadi. [5]

Yoshlarga huquqiy madaniyatni shakllantirish, uni o'rganish jamiyatimizning kelajakdagi huquqiy holatini qay darajada bilishni baholash, tasavvur qilishga imkon yaratadi. Huquqiy madaniyat o'zbek millatining turmush tarzida, ananaviy madaniyatida, milliy dunyoqarashi va mafkurasida muhim o'rin tutadi. Yoshlarda huquqiy madaniyatni to'la qaror toptirishda milliy, manaviy, diniy-ahloqiy, davlat-huquqiy va tarixiy merosimizga, mafkuramiz g'oyalariga tayanmoq kerak.

Islom dining asosi bo'lgan Quroni Karim va Hadisi sharif, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Naqshbandiy, Axmad Yassaviy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Marg'iloniy va boshqa allomalar asarlarida olg'a surilgan g'oyalarni insonparvarlik, halollik, poklik, millatni sevish, vatan bilan g'ururlanish, mehnatsevarlik, xurfikrlik kabi g'oyalarni yoshlar ongiga singdirmoq lozim. Yoshlarning turli huquq sohasi meyorlarini, huquqiy prinsiplarini, davlat organlarini, shu jumladan huquqni muxofaza qilish organlarini tashkil etish tartibini va uning faoliyatini bilishi yoshlarda huquqiy madaniyatning shakllantirishning zarur shartidir.

Olimlarning fikricha, yoshlarning yuksak ma'naviy qiyofasining shakllanishi oiladan boshlanadi. Oila yoshlarga ma'naviy, ma'rifiy, ahloqiy, huquqiy tarbiya berishda va ta'lim tizimining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi. Oiladagi muhit farzandlar va ota-onalar o'rtasidagi, o'zaro munosabat, shakllangan tarbiya tizimi bolalarda huquqga bo'lgan dastlabki qarashlarni shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Yoshlarning ma'naviy, ma'rifiy, ahloqiy tarbiyasida oila roli juda muhimdir. Bugungi kunda yoshlar o'zbekona tarbiyaga xos ma'naviy axloqiy qadriyatlari bilan tarbiyalanmoqda. Yoshlarni avvalo oila tarbiyalaydi. Oilada muhit o'zaro hurmat, oliyjanoblik, halollik asosiga qurilgan bo'lsa, oila boshliqlari o'z vazifalariga sidqidildan qarasalar jamiyatning kichik bo'lagidan yaxshi yetuk fuqarolar yetishib chiqadi. Shuning uchun ham oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro'-e'tibori hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog'liq har qanday hatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog'i lozim.

Biz yashayotgan davr axborotlar xuruji davri bo'lib qoldi. Bu holat har bir ota-onadan farzandiga befarq bo'lmaslikni talab qiladi. Bu jarayonda esa ota-onalar o'quvchi farzandining uy-maktab-oila-mahalla hayotini to'g'ri tashkil qilishlari, ayniqsa, o'smir yoshida farzandlari bilan imkon qadar yaqinroq munosabatda bo'lishlari, ularning bo'sh vaqtlarini unumli tashkil etishlari, uyda badiiy adabiyotni targ'ib etishlari, turli xildagi kasb-hunar yo'nalishlariga tadbiq etishlari kundalik ehtiyojga aylanishi shart.

Azaldan oilada bola ta'lim-tarbiyasiga juda katta e'tibor bilan qarab kelgan. Binobarin, davlat va jamiyatning mustaqilligi va mustahkamligi bevosita mana shu masala bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bolalar va yoshlarning tarbiyasi, ayniqsa, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy omillarni shakllantirish barcha zamon va makonlarda jamiyatning eng muhim va ustuvor vazifalaridan biri hisoblangan. [6]

Bugun shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamon, dunyoning ayrim mintaqalarida, yon-atrofimizda bo'layotgan voqealar, ziddiyat va to'qnashuvlar davlat hamda jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-ma'naviy sog'lom muhit hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ko'rsatmoqda. Xususan, aholini, birinchi navbatda, yoshlarni turli yot va buzg'unchi g'oyalardan, axborot hamda

mafkuraviy xurujlardan asrash, ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida kamol toptirish, qalbiga vatanparvarlik tuyg'usini chuqur singdirish dolzarb masalaga aylandi.

Ana shu kabi omillardan kelib chiqib, yoshlar o'rtasida ezgulik va bunyodkorlik g'oyalarini targ'ib etish, farzandlarimizni turli zararli illatlardan asrash, ularni har tomonlama sog'lom va yetuk qilib tarbiyalash, ular o'rtasida samarali ma'naviy-ma'rifiy ishlarni izchil amalga oshirish, an'anaviy oilaviy qadriyatlarimizga tayangan holda voyaga etkazish ustuvor maqsadlaridan bir ekanligi aytish lozim.

Hozirgi kunda, eng muhim va dolzarb masalalar bu farzand tarbiyasida oilaning mas'uliyatini oshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog'lom turmush tarziga amal qilishda bolaning oilada yashash va tarbiya qilish huquqini ta'minlash, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o'rni va rolini oshirish, oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo'lib hisoblanadi. [7]

Yosh avlodda ma'naviy-axloqiy, odob qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish borasida xalqaro tajribani keng o'rganish va mamlakatimizda ommalashtirish masalalarida e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Hozirgi vaqtda, davlatimiz tomonidan oilalar mustahkamligi hamda yosh avlod ta'lim-tarbiyasida oilaning tutgan o'rni va roli borasida ilg'or xorijiy va xalqaro tajribani o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro amaliyotni o'rganishda chet ellik mutaxassislarni jalb qilib, ularning olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalarini o'rganish, o'zaro tajribalar almashish yo'li bilan oila mustahkamligi hamda yosh avlod ta'lim-tarbiyasining sog'lom rivojlanishini ta'minlash kerak. Shulardan kelib chiqib, bolalar va yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida bugungi kunda qanday samarali yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish, qanday salbiy oqibatlardan voz kechish bo'yicha tegishli takliflar ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo'llash uchun ma'lum bir chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, yoshlar ijtimoiylashuvida axloqiy qadriyatlarning o'rni katta. Jamiyat rivojlanishi bilan avlodlarning axloq-odob muammolariga munosabati o'zgacha mazmun kasb etadi. Har bir davrning xam axloq-odob masalalarida o'z ideali mavjud bo'lgani kabi, ayrim mezonlar yoshlarning hayot tarzi, o'ziga, jamiyatga munosabati o'zgarishidan kelib chiqib, insonlar dunyoqarashi, maqsadlariga ta'sir qilishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Shunday ekan, axloqiy qadriyatlar yoshlar qatlamining insoniylik haqidagi me'yorlari bilan bog'lik holda milliy mentalitet mohiyatida o'z ifodasini topadi. Biroq davr o'zgarishi, jamiyat taraqqiyoti bilan bog'lik holda axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hodisa sifatida dinamik jarayon sifatida namoyon bo'lishi haqida xulosa qilishimiz mumkin.

Bu esa o'z navbatida ota-onalar va maktab pedagoglari hamkorligini, ta'lim va tarbiya jarayonlarida tizimli ravishda ijtimoiy tadqiqotlarni olib borishni va yoshlar dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari mazmunidagi o'zgarishlarni, shaxsiy -psixologik xususiyatlarini inobatga olishni talab qiladi.

REFERENCES

1. Abu Ali ibn Sino. Hikmatlar. Toshkent, "O'zbekiston", 1980.

2. Kaykovus. Kobusnoma. - Toshkent, 2010.

3. Alisher Navoiy. Mahbub-ul-Qulub. Toshkent, "O'qituvchi", 1996

4. Ernazarov, D. (2019). Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimida yoshlarning tolerant dunyoqarashini shakllantirish masalasi. Архив научных исследований.

5. Qambarov , A. (2021). Yoshlarni ma'naviy-axloqiy tahdidlardan himoya qilishda diniy islohotlar masalasi. Nauchno-prosvetitelskiy jurnal "Nastavnik", (2). izvlecheno ot https://science.jdpu.uz/index.php/science/article/view/4621

6. Ernazarov, D. (2019). Yoshlarning innovatsion tafakkurini shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kuchaytirish. Архив научных исследований.

7. Zuxriddinova S. (2023). Globallashuv sharoitida iqtisodiy ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 335-338. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp335-338

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.