Научная статья на тему 'YOSHLARNI INNOVASION TAFAKKUR TARZI VA INNOVASION IZLANISHLARI'

YOSHLARNI INNOVASION TAFAKKUR TARZI VA INNOVASION IZLANISHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
352
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovasion tafakkur / innovatsiya / ijod / ijodkorlik / ustunlik / zamonaviy ta’lim / bilim / jarayonlar / uyg‘un qarash / globalistik dunyoqarash / kengaytirilgan yoshlar mentaliteti / yoshlarning qadriyat yo‘nalishlari / yoshlar ongi / innovative thinking / innovation / creativity / creativity / excellence / modern education / knowledge / processes / harmonious outlook / globalist worldview / expanded youth mentality / youth value orientations / youth consciousness.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rajabboyev Jo‘rabek Jumanazar O‘g‘li

Ushbu maqolada yoshlarni innovasion tafakkur tarzi va innovasion izlanishlari masalalarini yoritilishi haqida so‘z yuritildi. Zamonaviy globallashuv davrida yoshlarni innovasion tafakkur tarzi va innovasion izlanishlari masalalarining asosiy xususiyatlari va asosiy parametrlari tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE THINKING AND INNOVATIVE RESEARCH OF YOUTH

This article discusses the issues of innovative thinking and innovative research of young people. The main features and key parameters of the issues of innovative thinking and innovative research of young people in the era of modern globalization were analyzed.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI INNOVASION TAFAKKUR TARZI VA INNOVASION IZLANISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YOSHLARNI INNOVASION TAFAKKUR TARZI VA INNOVASION

IZLANISHLARI

Rajabboyev Jo'rabek Jumanazar o 'g'li Urganch davlat universiteti talabasi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarni innovasion tafakkur tarzi va innovasion izlanishlari masalalarini yoritilishi haqida so'z yuritildi. Zamonaviy globallashuv davrida yoshlarni innovasion tafakkur tarzi va innovasion izlanishlari masalalarining asosiy xususiyatlari va asosiy parametrlari tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: innovasion tafakkur ,innovatsiya, ijod, ijodkorlik, ustunlik, zamonaviy ta'lim, bilim, jarayonlar, uyg'un qarash, globalistik dunyoqarash, kengaytirilgan yoshlar mentaliteti, yoshlarning qadriyat yo'nalishlari, yoshlar ongi.

INNOVATIVE THINKING AND INNOVATIVE RESEARCH OF

YOUTH

Rajabboev Jurabek Jumanazar ugli1 1 Student, Department of National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education, Urgench State University, Urgench, Uzbekistan.

E-mail: [email protected]

Abstract: This article discusses the issues of innovative thinking and innovative research of young people. The main features and key parameters of the issues of innovative thinking and innovative research of young people in the era of modern globalization were analyzed.

Key words: innovative thinking, innovation, creativity, creativity, excellence, modern education, knowledge, processes, harmonious outlook, globalist worldview, expanded youth mentality, youth value orientations, youth consciousness.

KIRISH

Jamiyat va inson hayotidagi har qanday o'zgarishlar pirovard natijada ong fenomenida aksini topadi. Ongning inson faoliyatiga ta'siri, undagi tafakkuriy o'zgarishlarning omili va mahsuli sifatida kelishi ijtimoiy falsafiy va psixologik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Bizni bu o'rinda innovasion tafakkurning ijtimoiy kognitiv ta'siri, uning yoshlar ongida o'z aksini topishi masalalari qiziqtiradi. Buning uchun avvalo innovasion tafakkurning ong fenomeniga taalluqli voqelik ekanini ochib berishimiz zarur. "Tafakkur" ob'ektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi aktiv in'ikos protsessi, insonning fikrlash qobiliyati, fikrlash tarzini

Scientific Journal Impact Factor

ifoda etuvchi tushuncha hisoblanadi. U o'ylash, fikr yuritish, mulohaza bildirish, u yoki bu voqelikni baholash, xullas, insonning sub'ektiv qarashlari, faoliyati ifodasidir[1]. O'zbek tilidagi "Falsafa ensiklopediyasi" da tafakkurga "ob'ektiv olam in'ikosining oliy shakli; ob'ektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Ong jarayonida insonda fikr mulohaza, g'oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushuncha, hukm, xulosalar shaklida ifodalanadi" deb ta'rif beriladi[2]. Ilmiy falsafiy, gnoseologiyaga oid adabiyotlarda "tafakkur uslubi" tushunchasi ishlatiladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, "tafakkur uslubi hissiy va aqliy bilimga asoslangan, voqelikni vositali ink'ikos etishdir"[3]. Hissiy va aqliy jarayonlar bilish, o'rganish, anglash jarayonlarida uyg'unlashadi, ob'ektiv voqelikni ma'lum bir obrazlar, tizimlar tarzida tasavvurda shakllantiradi. "Ma'lumki, inson tafakkurida uni o'rab turgan voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirish ularning mantiqiy obrazini o'zida ifodalagan tushunchalar yordamida amalga oshiriladi. Tushunchalar umumiy xarakterga egaligi bilan tavsiflanadiki, ular tufayli narsa va hodisalarning muhim tomonlarini aniqlab olish mumkin bo'ladi...Inson uchun uni o'rab turgan olam va uning rivojlanish qonuniyatlari to'g'risidagi yangi bilimlarni aks ettirish, anglab olish, turli hayotiy vaziyatlarda muvofiq keladigan xulq va amaliy yo'nalishni tarkib toptirish uchun zarurdir. Ular tushunchlar sistemasi yordami bilan mulohaza qilish natijasidagi aqliy yakunlar, xulosalar tufayli vujudga keladi...Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tafakkur uslubini, umumiy shaklda, xulq atvor va amaliy harakatning muvofiq yo'nalishini ishlab chiqish uchun voqelik va uning rivojlanish qonuniyatlarini vositali aks ettirish va anglab olish vositasi sifatida ta'riflash mumkin"[4].

Innovasion tafakkur "tafakkur" tushunchasi yoki tafakkur uslubining yuqoridagi umumiy xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Ammo u shunchaki oddiy, kundalik tasavvur emas, hatto ob'ektlarning bir makondan boshqa makonga o'tishida, siljishida kuzatiladigan yangilik ham emas, u yon atrofni, muhitni va ulardagi tasavvurlarni o'zgartirishga qaratilgan ijodiy munosabat ifodasidir. Masalan, stol ustida, deylik, choynak va ikkita piyola turibdi. Choynak o'ng qo'l tomoningizda, piyolalar chap qo'l tomoningizda. Agar siz piyolalardan birini o'ng qo'lingiz tomon siljitsangiz, olib qo'ysangiz predmetlarning makondagi o'rni o'zgaradi, yangi ko'rinish yuzaga keladi. Bu ko'rinish oldingi ko'rinishga nisbatan yangilikdir. Bunday o'zgarishni, yangilikni innovatsiya deyish qiyin. Ob'ektiv narsalarning, predmetlarning makonda siljishi, turar joyini o'zgartirishi hali innovatsiya emas.

MATERIAL VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

Agar stol ustidagi predmetlar mohiyatiga biror o'zgartirish kiritilsa, bu innovsiya bo'la oladi. Masalan, choynakning qopqog'i tushib ketmasligi uchun unga "tilcha" joriy etish, piyolaning badiiy estetik ko'rinishini yangilash innovatsiya bo'lishi mumkin. Demak, innnovatsiya ob'ektning mohiyati va funksiyasini takomillashtirishga, go'zallashtirishga, zamonaviylashtirishga qaratil- gan yangilikni joriy etishdir. Bu ob'ekt inson ongi, tasavvurlari, qarashlari ham bo'lishi mumkin. "Innovasion tafakkur", "innovasion ong", "innovasion g'oya" va "innovasion fikr" kabi sub'ektiv voqeliklar shular jumlasidandir. Mazkur paragrafda gap sub'ektiv innovasion voqeliklar haqida ketadi. Innovasion tafakkur maxsus fikrlash turi. Uni umumiy, falsafiy tafakkur va xususiy, ilmiy texnik tafakkur uslublariga ajratish mumkin.

Umumiy,"falsafiy tafakkur uslubida moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish,muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Binobarin, ilmiy tafakkur asosida yotgan xususiy ilmiy g'oya, nazariyalar qat'iyan belgilangan soha va chegaraga ega emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini aks ettiradigan falsafiy prinsiplar, qonun va kategoriyalar umumiylik xarakteriga ega. Shuning uchun ham ular olamni bilish va qayta o'zgartirishning umumiy metodi sifatida namoyon bo'ladi"[5]. Xullas, umumiy, falsafiy tafakkur olamni anglash, "qayta o'zgartirish"da hissiy va aqliy bilish, metafizik mushohada jarayonlarining mahsulidir. U ilmiy bo'lishi uchun, N.A.Berdyaev aytganidek, dunyoviy zaruriyatdan kelib chiqadi. "Dunyoviy zaruriyat anglanishi uchun inson tafakkurida unga muvofiq keluvchi zaruriyat yaratilishi darkor"[6]. Ushbu zaruriyat falsafiy mushohadalarni real hayot qo'yayotgan muammolar, bu muammolar yechimini izlaydigan fanlar, nazariyalar va texnologiyalar bilan bog'laydi. Xususiy, ilmiy texnik tafakkur ishlab chiqarish munosabatlarini, mehnat qurollari va texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan kreativ izlanishlar, fikr va g'oyalar ifodasidir. U inson faoliyati va mehnatini yengillashtirish, yanada samarali qilishga qaratiladi, unda moddiy olamni yangi texnika vositalari asosida insoniylashtirish maqsadi ustuvorlik qiladi. Ushbu maqsad unga umumiy, falsafiy tafakkurga yaqinlashish imkonini beradi. Falsafada "umumiy metod"bo'lishga da'vogar bo'lmagan oqim, maktab, ta'limot yo'q. Ularning qaysi biri mavzumiz uchun muhimligini, zarurligini aytish qiyin. Innovasion tafakkur ong fenomeni bilan bog'lanayotgan ekan, sub'ektiv qarashlarning immanent xususiyatlari, inson ongining ijtimoiy borliq bilan dialektik aloqalari, yangi g'oyalarning

NATIJA VA TAXLIL

Scientific Journal Impact Factor

shakllanishiga ta'sir etadigan deterministik omillar tilga olinishi tabiiy holdir. Ushbu deterministik omillar quyidagilardan iborat:

- insonning yangilik yaratishga, kreativ izlanishlarga, ijodga tashnaligi; ijtimoiy borliqning, jamiyat taraqqiyotining dinamik xususiyati va talablari;

- real ijtimoiy borliq bilan ideal ijtimoiy borliq o'rtasidagi ziddiyatlarning anglanishi;

- tafakkurning musobaqaga, raqobatga o'chligi;

- ijtimoiy kognitiv omillar ta'siriga bo'lgan ishonchning ortib borishi. Yangilikka, izlanishlarga va ijodga tashnalik insonga xos xususiyatdir. Aynan ushbu xususiyat insonga ijtimoiy borliqning va ijtimoiy munosabatlarning sub'ekti sifatida qarashga undaydi. Falsafa fanlari doktori S.Norqulov yozadi: "Dunyoni, olamni bilishga qiziqish insonga xos xususiyat. Gnoseologik tajribalarni umumlashtirish va yon atrofni o'zgartirishda ulardan foydalanish xususiyati tufayli inson ijtimoiy tarixiy jarayonlarning sub'ekti, sivilizatsiya yaratgan. Mazkur jarayonlar tafakkur, ong, ongga xos bilish, bilim olishga intilish bilan bog'liq"[7]. Tadqiqotchi individual tafakkur va ongning ijtimoiy tafakkur va ongga aylanish qonuniyatlarini ochib beradi, birinchisi qanchalik muhim, ahamiyatli bo'lmasin, deterministik omillar, ayniqsa ijtimoiy talablar, jamiyat ehtiyojlari orqali N.A.Berdyaev nazarda tutgan "zaruriyat" mahsuliga aylanadi. Demak, insonning yangilikka, yaratishga va ijodga tashnaligi faqat individual hodisa emas, ular ijtimoiy zaruriyat bilan bog'liqdir. Bu o'rinda jamiyat taraqqiyoti talablari deterministik ta'sir etadi. Ijtimoiy siyosiy borliq davlat, hokimiyat va jamiyat ishlarini boshqarish, sotsiumdagi munosabatlarni strategik maqsadlar bilan uyg'unlashtirish, butun bilan qismlar o'rtasidagi subordinasion aloqalarga yo'naltirilganlik, uyushganlik berish kabi faoliyatlar kechadigan sotsiodinamik makondir. Bu sotsiodinamik makondagi ob'ektlar: institutlar, sub'ektlar, maqsadlar va mexanizmlar rang barang bo'lishi bilan ijtimoiy siyosiy borliqni jonli, serharakatchan, mobil qiladi, Serharakatchanlik, mobilllik bugungi ijtimoiy siyosiy borliqning, jamiyatlarning tub belgisidir. Bu talab ma'naviy axloqiy imperativlarga ham, innovasion izlanishlarga ham dinamizm baxsh etadi, ularni davr talablaridan, aholi ehtiyojlaridan orqada qolmaslikka undaydi. Agar biz ma'naviy axloqiy imperativlar bilan innovasion rivojlanishdan uyg'un foydalanmoqchi bo'lsak, davr talablari va ehtiyojlari dinamikasini o'rganib, kuzatib borishimiz darkor. Bu talab va ehtiyojlar tor, shaxsiy sub'ektiv voqelik pog'onasida qolishi mumkin emas, bu o'rinda shaxs erkinligiga ma'lum bir to'siqlar uyg'onsa da, bunday to'siqlarning bo'lishini ijtimoiy taraqqiyotning ob'ektiv qonunlari talab etadi. Shaxs o'z huquq va erkinliklarini nigilistik pog'onada mutlaqlashtirmasligi, hatto huquqiy imperativlar

Scientific Journal Impact Factor

unga keng imkoniyatlar bersa-da, u ma'naviy axloqiy imperativlarning da'vatlariga quloq tutishi, o'z istaklari va xatti harakatlarini ob'ektiv qonunlar bilan boshqarishi lozim. Aks holda shaxs bilan jamiyat, jamiyat bilan shaxs o'rtasida ziddiyatlar, nizolar kelib chiqaveradi. Konfusiy nazarda tutgan "oltin oraliq", ya'ni murosa tamoyili butun bilan qism o'rtasidagi munosabatlarni hal qilishda zarur bo'laveradi. Butunning umummanfaatlarni ifoda etuvchi sub'ekt ekanligi shaxs, qism tomonidan e'tirof qilinishi muammoning bir tomoni xolos. Uning boshqa tomonlari ham mavjud. Masalan, butun umummanfaatlarining mutlalashtirilmasligining yoki ijtimoiy siyosiy borliqda shaxs huquq va erkinliklarini, butunga ham, qismga ham zarar yetkazmay ta'minlashning kafolatlari nimada? Butun va qismlar o'z manfaatlarini, ehtiyojlarini ob'ektiv qonunlarga muvofiq ekanligini qanday biladi, ularning aldanib qolmasligi uchun nimalar qilish darkor? Sovetlar davrida nafaqat oddiy kishilar, qismlar, shuningdek butun, xalq, millat aldanib yurgan emasmidi? Shunday g'ayrimilliy hodisaning qayta takrorlanmasligiga kim kafolat bera oladi?

Innovatsiyada g'arb ilmiy texnik kashfiyotlaridan foydalanishga da'vat kuchli. Bugun dunyoda amalga oshirilayotgan kashfiyotlarning deyarli yarmi AQSh ga, 3035 foizi esa Yevropa davlatlariga to'g'ri kelishini eslasak, g'arbona qadriyatlarning milliy madaniyatlarga ta'siri qanchalik keng ekanini anglab yetamiz. Ha, P.L.Berger iborasi bilan aytganda, bugun insoniyat "global madaniyat" yoki "madaniyatning globallashuvi", "madaniy silkinish" sharoitida yashamoqda. Bu madaniyatni u "amerikacha" deb ataydi[8]. Innovatsiya va modernizatsiya ushbu madaniyatning milliy ma'naviy axloqiy imperativlar qa'ridan yanada chuqur joy olishiga olib keladi. P.L.Berger va S.P.Xantington turli qit'alar va davlatlarda o'tkazgan maxsus tadqiqotlar natijalari ko'rsatadiki, "global madaniyat" milliy madaniyatlar bilan sintezlashib yashashi mumkin[9]. Chamasi biz, milliy ma'anaviy axloqiy merosimizni asrashga va, shu bilan birga, jahon hamjamiyatiga qo'shilish niyatida ijtimoiy borlig'imizni yangilanish(innovatsiya) va zamonaviylashish (modernizatsiyalash) tomon borishga intilayotgan ekanmiz ro'y berayotgan global o'zgarishlarga o'z yondashuvimizni belgilab olishimiz zarur bo'ladi. Hozirlikcha bu yondashuvimiz "global madaniyat" bilan milliy madaniyatimizni sintezlashtirishga qaratilgan. Ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, kadrlar tayyorlash tizimimizni, servis tarmoqlarini modernizatsiyalashtirgan holda ma'naviy axloqiy hayotimizni milliy an'analarimiz, xalqimiz mentaliteti va turmush tarzidan joy olgan imperativlarga amal qilib yashash eng maqbul yo'l hisoblanadi. Agar biz mazkur konseptual yondashuvdan kelib chiqsak, birinchi navbatda Sharq va G'arb o'rtasidan tafovutlarni izlamasligimiz, uning o'rniga ikki qit'a madaniyatlari va turmush tarzlaridagi

Scientific Journal Impact Factor

mushtarak tomonlarni topishimiz, ularni yanada chuqurlashtirish mexanizmlarini izlashimiz darkor. Bu esa bizdan Sharq va G'arb ma'naviy axloqiy qadriyatlaridagi umuminsoniy jihatlarni izlashni talab etadi. Ana shu taqdirdagina innovatsiya va modernizatsiya bir muddatli, palliativ hodisadan strategik maqsadga xizmat qiluvchi, ijtimoiy borlig'imizdan joy olgan qadriyatlarga aylanadi. Bugun O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosiy institutlari, avvalo Prezidenti va boshqa oliy boshqaruv organlari, hukumati innovatsiya va modernizatsiya tashabbuskorlari, tarafdorlari bo'lib chiqmoqda. Bu respublikamiz uchun hal qiluvchi, jamiyatimiz hayotini tubdan yangilashga yetaklovchi stimuldir. Innovasion tafakkur va modernizatsiya sub'ektlar mahalliy hokimiyat institutlari, mehnat jamoalari, tadbirkorlar, xususiy mulk egalari, assasiatsiyalar, nodavlat tashkilotlaridan ilmiy texnik faollikni talab etadi. Maxsus kadrlar tayyorlash va ijodkorlarning innovasion izlanishlarini qo'llab quvvatlash ham shular jumlasidandir. Ushbu sub'ektlarning faol izlanishlarisiz, yangilik izlashni o'zining hayot tarziga aylantirishsiz innovatsiya haqiqiy ijodkorlik, tashabbuskorlik, yuksak texnologik jarayonlarni ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga tatbiq etish, joriy etib bo'lmaydi. Bu o'rinda yangilik izlash innovatsiyafobiya, ya'ni faqat innovatsiyalar izlashni faoliyat maqsadiga aylantirishdek odat yuzaga kelishi mumkin. Innovatsiya fobiya rus adibi, fantasti Aleksandr Belyaevning "Professor Douelning boshi" asaridagi jamiyatdan ayri, tashqi dunyodan mutlaq uzilgan tarzda yashaydigan, ilmiy kashfiyot qiladigan bosh qahramonning intilishini esga soladi. Hatto ixtirochi, ijodkor o'z oldiga jamiyatga, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilishdek oliyjanob maqsadni qo'ygan bo'lsa da, uning sotsiumda amal qiladigan sotsial normalardan, ma'anaviy axloqiy imperativlardan uzoqqa ketishi mumkin emas. U avvalo ushbu normalar va imperativlar shakllangan ijtimoiy muhitda tug'ilgan, o'sgan va shakllangan. Uning ushbu ijtimoiy muhitdan nigilistcha voz kechishi, hatto buyuk ilmiy kashfiyotlar uchun bo'lsa da, avvalo uning uning o'zi uchun xavlidir. Bu o'rinda F.Nisshening qismatini misol qilib keltirish mumkin. Nissheni, falsafa fanlari doktori V.Alimasovning keltirishicha, "g'arb obrazidagi demoni o'rmonlar chekkasiga, qoyalar ustiga, dengiz sohillariga beto'xtov yetaklayveradi.

Ufurib turgan fikrlariga xastaligi jilov solganida tushkunlikka tushadi, shu damlarda u nafaqat o'zini, kasalligini, shu bilan birga atrofidagi odamlarni, ularning sog' salomatligini, hatto butun insoniyatni yomon ko'rib ketadi. Xastalik azobidan, irodasining demoni oldidagi ojizligidan xalos bo'lish uchun u ikki bor joniga qasd qiladi, baxtli tasodif tufayli fojia ro'y bermaydi"[10]. Faylsasuf G'arb asrlar

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

davomida yaratgan ma'naviy, ilmiy, diniy, axloqiy va madaniy merosga qarshi chiqadi, ular o'rniga yangi din, yangi axloq, yangi til, yangi madaniyat yaratmoqchi bo'ladi, ammo bu niyatlarini amalga oshirolmaydi, radikal nigilizmi uni telbaxonaga yetaklaydi[11]. Ilmiy texnik tafakkurni, ijodni mutlaqlashtirmoqchi bo'lganlar uchun ibratli misol. Innovasion izlanishlarning ijtimoiy mohiyati ham ijodiy faoliyatni jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan singarmonik uyg'unlashtirishdadir.

REFERENCE

1. O'zbek tilining izohli lug'ati.4 jild. Toshkent; O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 13 b.

2. Falsafa ensiklopediyasi. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat milliy nashriyoti, 2000. 275 b.

3. Berdyaev N. Falsafa erkin ijoddir // Tafakkur, 2018, 3 son. 31-32 b.

4. Norqulov S. Fuqarolik jamiyati va ijtimoiy ongda transformatsiya jarayonlari. Toshkent: Navro z, 2015. 33 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.