Научная статья на тему 'YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USUL, SHAKLLARI'

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USUL, SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy-vatanparvarlik / Konsepsiya / sub’kt / ob’ekt / usul / shakl / ta’lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T.A.Turgunbayev

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariyasi va amaliyotini o‘zlashtirish, yoshlarni harbiy hizmatga, o‘z Vatani – O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga va konistitutsion burchini sadoqat bilan bajarishga tayyorlash – ta’lim muassasalari pedogogik jamoasining muhim vazifalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USUL, SHAKLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USUL, SHAKLLARI T.A.Turgunbayev

Farg'ona davlat universiteti, harbiy ta'lim fakulteti, umumqo'shin tayyorgarlik sikl dotsenti,

zahiradagi podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.11102747

"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot yo najot, yo halokat, - yo saodat, yo falokat masalasidir" Abdulla Avloniy

Annotatsiya: Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariyasi va amaliyotini o'zlashtirish, yoshlarni harbiy hizmatga, o'z Vatani - O'zbekiston Respublikasini himoya qilishga va konistitutsion burchini sadoqat bilan bajarishga tayyorlash - ta'lim muassasalari pedogogik jamoasining muhim vazifalaridan biridir.

Kalit so'zlar: harbiy-vatanparvarlik, Konsepsiya, sub'kt, ob'ekt, usul, shakl, ta'lim-

tarbiya.

Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-qarshiliklar, yangi taxdid va hatarlar oldimizga kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalarni qo'ymoqda.

Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, "Xalq va armiya - bir tanu, bir jondir!" degan ezgu g'oya asosida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29-iyun 267-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida ishlab chiqilgan hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.

Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalari.....

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan bog'lik bo'lgan davlat hizmati turlarida faollik ko'rsatish, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo'lish, ularda o'z yurti va halqining taqdiri uchun yuksak mas'uliyat hamda javobgarlik kabi muhim hususiyatlarni mustahkamlashdan iborat.

Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg'ulari, ma'naviy sifatlari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaning yagona tizimini yaratish;

-yoshlarni milliy g'oya va Vatanga sadokat ruhida tarbiyalash, ularning ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish;

-buyuk tariximiz, ulug' ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy san'at rivojiga qo'shgan hissalarini yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish;

-Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz ko'rsatgan vatanparvarlik va qahramonlik, ulardagi sadoqat, fidoyilik, matonat hamda jasorat kabi hislatlarni,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar himoyasi halq va ajdodlar xotirasi oldida muqaddas burch ekanini yoshlar ongiga singdirish;

-yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro'y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko'nikmalarini, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarda buzg'unchi g'oyalarga qarshi sog'lom dunyoqarashni shakllantirish;

-hududlarda turkum harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda "Jasorat maktabi" nomli harbiy-vatanparvarlik o'quv yig'inlarini o'tkazish orqali yoshlar ongida milliy armiyamizga bo'lgan ishonch va hurmatni yanada oshirish, harbiy hizmatni o'tash O'zbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash;

-umumta'lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qitilishining sifatini oshirish, o'quv-moddiy bazani mustahkamlashga asosiy e'tibor qaratish hamda shu orqali o'quvchi yoshlarda harbiy hizmat, uni o'tashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlang'ich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;

-O'zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo'lish - bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta'sirchan vositalar orqali yoshlar ommasiga keng yetkazish;

-yoshlarda ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatanni himoya qilishga oid an'ana va qadriyatlariga sadoqatli bo'lish hususiyatlarini shakllantirish;

-Vatanni himoya qilish, uni asrash to'g'risidagi zamonaviy tushunchalarni, dunyoqarashni, mazkur masala bo'yicha shaxsiy e'tiqodni shakllantirish va mustahkamlab borish, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning ma'naviy-ruhiy tayyorgarliklarini oshirishga yordam beruvchi ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi va uning asosiy prinsiplari

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat: Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradigan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarida quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi: -ilmiylik; -tarihiylik; -aniqlik va tezkorlik; -muntazamlilik; -faollik;

-ta'lim va tarbiya ishlarining uyg'unligi; -tarbiya jarayonining izchilligi;

-harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ob'ektlari va sub'ektlari, usul va shakllari.....

Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta'limi, Madaniyat va turizm, Yoshlar siyosati va sport, Kambag'allikni qisqartish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Respublika

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika "Nuroniy" jamg'armasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston mudofaasiga qo'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, harbiy-ma'muriy sektorlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy sub'ektlari hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ta'lim muassasalari o'quvchi va talaba yoshlari, mahallalardagi uyushmagan, profilaktik hisobda turuvchi hamda tarbiyasi og'ir yoshlar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, Qurolli Kuchlar safida hizmat o'tayotgan yosh harbiy xizmatchilar (xodimlar) harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy ob'ektlari hisoblanadi.

Yoshlarni xarbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko'nikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma'naviy-ahlokiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan omillardan iborat.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning - usullari quyidagilardan iborat: -ishontirish;

-mashq qildirish va mustaqil ishlash;

-kuzatish;

-rag'batlantirish;

-o'rnak ko'rsatish va shahsiy na'muna.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllardan, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, turli o'yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rang-barangligini ta'minlaydi, pirovard natijada jamiyatda sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga hizmat kiladi.

Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega bo'ladi: -ma'ruza o'qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar; -boy hayotiy tajribaga ega bo'lgan harbiy hizmatchi va fahriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g'olib bo'lgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

-ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag'ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suxbatlari; -to'plangan ilg'or tajribalarni o'rganish va ommalashtirish; -jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma'naviy-ruhiy muhitni o'rganish; -telekursatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo'shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron uyinlar va boshka texnik vositalardan foydalanish;

-urush va mehnat fahriylari, jangovar harakatlar qatnashchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

-harbiy hizmatga chakiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o'tkazish va ekskursiyalar uyushtirish.

Mavzuning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, xulosa o'rnida davlatimiz tomonidan soha bo'yicha olib borayotgan islohatlar va chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarda Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash e'tibor qaratilgan.

Biz, harbiy pedagoglar hozirgi globallashuv va turli informatsion hurujlar davrida, o'sib kelayotgan yoshlarimizni keng dunyoqarashli va o'z fuqarolik pozitsiyasiga ega, iymon-e'tiqodi mustahkam, ajdodlarimiz bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - Vatan himoyachisini tarbiyalashga ma'sulmiz.....

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 265-sonli qarori Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi. 26-iyun 2023 y.

2. Mirziyaev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T.:O'zbekiston, 2017.

3. Ortiqov O. va boshqalar. Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.

4. Turgunbayev T.A. Harbiy qismlarda vatanparvarlik va ma'naviy-ma'rifiy tarbiya uslubiyoti. Darslik. Far.DU - 2022-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.