Научная статья на тему 'Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi'

Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
30
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik / vatanparvarlik harbiy ta’lim / Qurolli Kuchlar / harbiy-pedagogika / jangovar sifatlar / umumharbiy nizomlar / mutaxasis

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Suhrob Mansurjonovich Dadaboyev

Ushbu maqolada bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi hamda ularda yosh avlodga ta’lim tarbiya berishlarida qonun va qonun osti hujjatlarini o’rganishlari,ularni anglab yetishilari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bo’lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi»

Bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion

texnologiyasi

Suhrob Mansurjonovich Dadaboyev dadaboyevsuhrob89@gmail.com Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi hamda ularda yosh avlodga ta'lim tarbiya berishlarida qonun va qonun osti hujjatlarini o'rganishlari,ularni anglab yetishilari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik, vatanparvarlik harbiy ta'lim, Qurolli Kuchlar, harbiy-pedagogika, jangovar sifatlar, umumharbiy nizomlar, mutaxasis

Innovative technology for educating military teachers in the spirit of patriotism until the next call-up

Suhrob Mansurjonovich Dadaboyev dadaboyevsuhrob89@gmail.com Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: This article talks about the innovative technology of educating military education teachers in the spirit of patriotism until the next convocation, as well as their learning and understanding of laws and regulations when educating the young generation.

Keywords: initial training before conscription, patriotic military education, Armed Forces, military pedagogy, combat qualities, general military regulations, specialist

Yurtmizda bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yosh harbiy xizmatchilarni uzluksiz ta'lim jarayoniga qamrab olish, ularga harbiy mutaxassislikni mazmun-mohiyatini o'rgatish, harbiy xizmatchilarga xos bo'lgan harbiy-pedagogik va jangovar sifatlarini shakllantirish, shu orqali shaxsiy tarkibda harbiy intizom va harbiy-vatanparvarlikni qaror toptirish -Qurolli Kuchlarning ustuvor vazifasidir. Mamlakatimizda harbiy ta'lim tizimini, harbiy ilm-fanni, qolaversa harbiy pedagogikani takomillashtirish, uni zamonaviy

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 476 [M^^^Hl

talablar va jahon standartlariga mos keltirish masalasiga davlatimiz rahbariyati tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigida "Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish, uning jangovar tayyorgarligi va qobilyatini oshirish doimo e'tiborimiz markazida bo'ladi va davlatning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi" deb, alohida ta'kidlab o'tgandilar.

Bugungi kunda respublikamizning 3 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalarida ya'ni Farg'ona davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univeristetida chaqiriqqacha harbiy ta'lim mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. Chaqiriqqacha harbiy ta'limning asosiy yo'nalishlari o'sib kelayotgan avlodni jismoniy, ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik va davlat mudofaasi hamda mehnatiga shay holda turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim jarayonining vazifasi chaqiriqqacha bo'lgan yoshlarni jamiyat talablarini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida milliy armiya safiga tayyorlashdan iborat. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat, harbiy bilim ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida harbiy pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni shakllantirish harbiy pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo harbiy pedagogning o'zida yangicha bilim berish, o'zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug'ullana olish ko'nikmalari tarkib topgan bo'lishi lozim.

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim atamasi 2014-yil 18 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 348-sonli "O'zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarorida Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik deb yuritila boshlagan hamda xozirgi kunda darsliklar va ko'plab adabiyotlarda shu nom bilan yozilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o'tashga tayyorlash ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida 2023-yil 8-noyabrda "Ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Vazirlar Mahkamasining 591-sonli qarori qabul qilindi.Ushbu qarorni

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 477 [MJ^^^H

qabul qilinishidan shuni ko'rishimiz mumkinki yurtimizda chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik faniga va soxa mutaxasislariga tobora etibor kuchayib bormoqda.

Bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hususida so'z yuritishdan oldin vatanparvarlik tushunchasiga to'xtalib o'tsak.

Vatanparvarlik - bu kishilarning ona yurtiga, o'z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o'z vatanlari taqdiri bilan bog'liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o'zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo'lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg'ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o'tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo'ladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar insonlar vatanimizda juda ham ko'p uchraydi. Masalan, Abdulla Avloniy, u qatag'on yillari paytida yashagan bo'lsa ham so'z erkinligi unda juda rivojlangan. Mahmudxo'ja Behbudiy, u o'zining bolalarni o'qitish kitoblari bilan vatanimizda tanilgan. Uning bolalarga chet tilini o'rgatish, savod chiqarish va boshqa o'qitishga oid qilgan ishlari taqsimga loyiq. Birinchi prezidentimizning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch asarida" ham ajdodlarimiz o'z ona yurtlari uchun qo'shgan hissalari haqida juda ko'p ma'lumotlar keltirilgan. Masalan, Chingizxon zulmiga qarshiliklar Amir Temur jasorati Jaloldin Manguberdi va boshqa buyuk sarkardalar haqida ma'lumotlar berilgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash deganda ularda aynan yuqorida keltirildan ota-bobolarimiz va buyuk sarkardalarimiz singari xislatlar shakllanmog'i kerak. Zero, yosh avlodga vatanparvarlik tuyg'ularini singdirmoq uchun avvalambor bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchisining o'zida bu kabi fazilatlar bo'lishi kerak.

Bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilari yosh avlodga ta'lim tarbiya berishlarida quyidagi qonun va qonun osti hujjatlarini o'rganishlari ularni anglab yetishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi qonuni, mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta'minlash, fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining asosiy talablarini o'rganishlari;

Xulosa qilib aytganda biz yoshlarda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining (keyingi o' rinlarda - Qurolli Kuchlar) asosiy vazifalari hamda Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari talablarini, harbiy xizmat va Vatanga qasamyodning ahamiyatini anglab yetishlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 478 [M^^^Hl

va birinchi tibbiy yordarn ko'rsatish, ommaviy qirg'in qurolidan himoyalanish ko'nikmalarini amaliy o'zlashtirib olishlari, mamlakat Qurolli Kuchlarida mavjud qurol-aslaha, harbiy texnikaning asosiy taktik-texnik tavsiflari, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati, mavjud oliy harbiy ta'lim muassasalari hamda ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar to'g'risida tushunchaga ega bo'lishlari, harbiy xizmatga chaqirilishga ruhan va jismonan, shuningdek, intellektual jihatdan shay bo'lishlikni, ta'lim muassasalarida o'tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishlari va yetkazilgan ma'lumotlarni o'zlashtirishmog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2014-yil 18 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 348-sonli "O'zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son farmoni.

3. "Ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi nizomi.

4. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

5. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

6. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экoнoмикa и coциум, (8 (87)), 42-45.

7. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

8. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O ' QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

9. Xalimjanovna, A. M. (2022). MANIFESTATIONS OF STRESS IN PROFESSIONAL ACTIVITY AND WAYS TO ELIMINATE IT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 841-844.

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

479

10. АСРАНБАЕВА, М. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В НЕПОЛНЫХ СЕМЬЯХ. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью Коллоквиум, 43-45

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

480

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.