Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
HARBIY FAKULTET TALABALARINI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASHDA AXLOQIY TARBIYANI AHAMYATI
Po'latov Bahodir Abduraupovich
Farg'ona davlat universiteti harbiy ta'lim fakulteti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda harbiy ta 'lim jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda olib boriladiga ishlar, tadbirlar va ularni tarbiyasida asosiy bo 'lgan vazifalar to 'g 'risida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar: harbiy tayyorgarlik, harbiy axloq, ijtimoiy munosabat, vatanparvarlik, kosmopolitizm.
АННОТАЦИЯ
В данной статье высказываются мысли о задачах, мероприятиях и основных задачах воспитания молодежи в духе патриотизма в процессе военного образования на сегодняшний день.
Ключевые слова: военная подготовка, воинская этика, общественное отношение, патриотизм, космополитизм.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: inson huquqlari, erkinligi va burchi, jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat'i nazar barcha fuqarolarning teng huquqliligi, fuqarolarni respublika hududi doirasida ham, uning chegarasi tashqarisida ham himoyasi, so'z va e'tiqod erkinligi to'g'risida, o'z fikriga ega bo'lish huquqi, dinidan qattiy nazar o'z ximoyasiga olishi belgilangan. Komandir buyruqlarining hal qilinishi, askarlarning ichki tartibi, moddiy - texnik ta'minoti qanday tashkil etiladi. Harbiy axloq to'g'risida talabalar quyidagilarni bilib oladilar: axloqiy harbiy madaniyat ijtimoiy o'zaro munosabatlarda, harbiy jamoalarda, ayniqsa, axloqiy - ma'naviy faoliyatda shakllanayotgan shaxsning tarbiyalanganlik, munosib xulq singari axloqiy fazilatlari, harbiy axloq bu-qat'iy tartib, buyruqlarning bekamu - ko'st bajarilishi, vatanparvarlik bu - Vatanning, uning mustaqilligini, hududiy daxlsizligini, xavfsizligini, xalqning osoyishta turmushining himoyasi, davlat ramzlarini-madhiya, gerb, bayroqni (axloqiy tarbiya vositalari sifatida) bilish. Shaxsiy tarkibning hayoti va faoliyati, harbiy xizmatchilarning xulqi, ularning axloqiy ongi bilan bog'liq bo'lgan masalalar ko'rib chiqilmoqda. Axloqiy amaliyot va o'zaro munosabatlar uchun sharoitlar yaratilmoqda. Buyuk xalq qahramonlari-To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Jaloliddin
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Manguberdi, Amir Temuming harbiy tajribasi o'rganilmoqda; "harbiy axloq", "harbiy axloqiy tarbiya", "harbiy burch", "harbiyning axloqiy mas'uliyati", "harbiy qahramonlik", "harbiy intizom"; harbiy-axloqiy sifatlar - "talabchanlik va ishchanlik, "mardlik", "g'amxo'rlik", "harbiy sharaf" kabi va boshqa tushunchalar o'zlashtirilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Harbiy xizmatchining ma'naviy - axloqiy tarbiyasining asosiy maqsadi harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, buyuk ajdodlarning boy madaniy merosi uchun iftixor, an'analarga bo'lgan sodiqlik, Vatanga bo'lgan muhabbat va sadoqat hissini tarbiyalashdan iboratdir.
Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi talabalari, harbiy tadbirlar va axloqiy mazmunga ega bo'lgan an'analar ko'rsatilgan (harbiycha salomlashish, harbiy xizmatchilarning qasamyod vaqtidagi xulqi, harbiy bayroq va orden, qurol, harbiy texnikaning topshirilishi, rezervga, pensiyaga kuzatish vaqtidagi mukofotlash) O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xizmat Nizomi bilan tanishadilar.
Ofitserning axloqiy fe'l - atvorining madaniyati jamoaviy hayot va harbiy xizmat tomonidan belgilangan hulq mezonlari kompleksining bajarilishi ko'rib chiqiladi, bu ofitserning ichki va tashqi madaniyatining yakdilligidir (mamlakatda ijtimoiy-axloqiy shaxsning shakllangan konteksti bo'yicha). Ofitser fe'l-atvori madaniyatining mezonlari, ularning harbiy xizmatchining mehnati samaradorligi sharti sifatida bajarilishi olg'a suriladi.
Umuman olganda, harbiy xizmatning axloqiy asoslari puxta o'rganilmoqda. Biroq, o'quv-tarbiyaviy jarayonning axloqiy-etik tomonlariga sust qaralmoqda.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyaning asoslari fanida Chaqiriqqacha harbiy ta'lim oluvchilarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari o'rganiladi. Bu, boshqa harbiy va maxsus fanlar (umumharbiy Nizom, harbiy tarix, harbiy - tarbiyaviy ishning metodikasi va b.) bilan uzviy aloqada olib boriladi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyaning asoslari talabalarni Chaqiriqqacha harbiy ta'limga tayyorlash bo'yicha asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan bo'yicha, harbiy kafedra bitiruvchilari tomonidan, oliy ta'lim muassasasini tamomlashda davlat attestatsiyasida himoya qilinadigan, bitiruv malakaviy ishlarning mavzulari ishlab chiqiladi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyaning asoslari fani bo'yicha dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun harbiy fakultet o'qituvchilari o'rta ta'lim muassasalarida harbiy vatanparvarlik tarbiyani tashkil qilish va o'tkazishning xususiyatlarini yaxshi bilishlari va tegishli ish tajribasiga ega bo'lishlari lozim.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ushbu fanning o'rganilishi natijasida talabalar quyidagilarni ^bilishlari zarur:
- o'rta maxsus va kasbiy ta'lim muassasalaridagi o'quvchilarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asoslarini, o'qishdan tashqari vaqtda yoshlarning Chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarligi bo'yicha mashg'ulotlarning o'tkazilishi davomida uni olib borishning shakl va metodlari, "Yoshlarning Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarligi" kursini tamomlagandan keyin, ta'lim muassasalari va o'quv-dala mashg'ulotlarida, mudofaa-sport sog'lomlashtirish oromgohlarida mudofaa-ommaviy va sport ishlarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasini, harbiy-sport ishlari va bayramini tashkil qilish va o'tkazish;
- o'rta maxsus va kasbiy ta'lim muassasasida o'quvchi yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi xalqining mehnat Shu hrati joylari bo'ylab yurishlar (poxodlar), urush va mehnat faxriylari, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari askarlari bilan uchraShu vlar, o'quvchilar bilan harbiy vatanparvarlik mavzulari bo'yicha nazariy konferentsiyalar va munozaralar, harbiy-sport o'yinlarini o'tkazish, oliy harbiy-ta'lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tanlab olish va tayyorlash, harbiy ish asoslarini o'rganish bo'yicha harbiy-texnik to'garaklariga rahbarlik qilish.
Ushbu fan bo'yicha mashg'ulotlarning asosiga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga amaliy tayyorgarlik bo'yicha talabalarga Chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchisining metodlari va usullarini o'rgatishning qo'yilishi, ularda armiyaga nisbatan muhabbat hissini, O'zbekiston Respublikasiga mansubligi uchun faxr va Vatanni himoya qilishga doimo shay turishlik tuyg'usini tarbiyalash lozim.
Talabalarga, Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning bo'lg'usi o'qituvchilariga harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil qilish va o'tkazish uchun zaruriy metodik mashg'ulotlar va ko'nikmalar ta'lim muassasadagi barcha mashg'ulotlarda, o'quv-dala amaliyotida va o'qishdan tashqari vaqtda o'rgatiladi.
Talabalarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'qishdan tashqari vaqtdagi tadbirlar jamoat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikda fakultetlarda o'tkaziladi va yoshlarning Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarligi bilan uzviy bog'liq bo'ladi.
REFERENCES
1. A.YU. Sotvoldiev. "Chaqiruvga qadar harbiy ta'limni tashkil etish va uning metodikasi" O'quv qo'llanma, I, II - qismlar, 2007 yil, o'quv qo'llanma.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. O.Ortikov va boshqalar. "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" I qism, 2007 yil, o'quv qo'llanma.
3. B.B. Gafurov "Boshlang'ich umumqo'shin harbiy tayyorgarlik bo'yicha" II qism, 2005 yil, o'quv qo'llanma.
4. Ikromov I. Harbiy raxbar yo'riqnomasi, 2010 yil, o'quv qo'llanma.
5. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonuni, 1992 y.
6. O'R QKlarida jismoniy tayorgarlikni tashkil etish bo'yicha qo'llanma, № 575 15.09.2012y.
7. Sultanova M.M., Yanchenko N.V. Sport inshootlari nazariyasi, Shakli va o'lchamlari. Toshkent. 1994 y.