Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG'ICH TAYYORGARLIK FANINING MAQSAD VA VAZIFASI
Axatov Samariddin Aliqulovich
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi, Umumqo'shin tayyorgarlik sikli katta o'qituvchisi
Ushbu maqolada chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifasi, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tabiyalash va ularni harbiy xizmat jarayonida duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga o'rgata oladigan yagona fan ekanligini isbotlashdan iboratdir.
Kalit so'zlar: chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik, konstitutsiya, normativ hujjat, harbiy, himoya, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, harbiy tayyorgarlik, harbiy ta 'lim, qurolli kuchlarning tuzilish, xavfsizlik, davlat, demokratik, respublika, burch, mudofaa.
The objective of the science ofprimary preparation until the call in this article is to prove that the education of our youth in the spirit of patriotism is the only science that can teach them to overcome the difficulties that they may face in the process of military service.
Keywords: initial preparation before the call, Constitution, normative act, military, khimoya, Armed Forces of the Republic of Uzbekistan, military training, military education, structure of the Armed Forces, security, state, Democratic, Republican, duty, defense.
В данной статье цель и миссия предмета начальной допризывной подготовки заключается в том, чтобы доказать, что она является единственной наукой, способной воспитать в нашей молодежи патриотический дух и научить ее преодолевать трудности, с которыми она может столкнуться на военной службе.
Ключевые слова: дослужебная подготовка, конституция, нормативный документ, военные, оборона, Вооруженные Силы Республики Узбекистан, военная подготовка, военное образование, структура вооруженных сил, безопасность, государственное, демократическое, республиканское, долг, мудофаа.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Respublikamizda harbiy kadrlarni tayyorlashga,ularning harbiy mahoratini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Harbiy akademiyalar, qo'shin turlari bo'yicha harbiy o'quv yurtlari ochilgani fikrimizga yorqin dalildir. Davlat chegaralarini o'z qo'shinlarimiz tomonidan hushyorlik bilan qo'riqlanayotgani ham xalqimizning harbiy ruhini yuksaltirib turibdi.Haqiqiy mustaqil davlat shunday ishtutadi,o'z mudofaasini o'zgalar qo'liga topshirib qo'ymaydi. Xalqning umumiy harbiy ruhini ko'tarishda, harbiylarni matonatli, shijoatli qilib tarbiyalashda ajdodlarimizdan bizga meros qolgan harbiy bilimlarni ommalashtirish, harbiy san'at sirlarini harbiy o'quv yurtlarida o'qitish ham samarali omillardan hisoblanadi.
Har bir chaqiriqqacha bo'lgan yoshni tarbiyalar ekanmiz avvalambor biz ushbu yoshlarning siyosiy ongini boyitib borishimiz kerak bo'ladi. Bu borada biz davlatimiz tarafidan chiqarilayotgan qonun va qoidalarga asoslanamiz. O'zbekiston Respublikasining bir qator qonun va qoidalari mavjud bo'lib, ushbu qonun qoidalarga asosan me'yoriy hujjatlar yuritilmoqda. Masalan bulardan: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ,Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risidagi qonun,O'zbekiston Respublikasining mudofaa tug'risidagi qonuni va O'zbekiston respublikasi Qurolli kuchlari nizom va qonunlarini asoslar sifatida olsak bo'ladi.
Bulardan tashqari yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tabiyalashda umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitilishi asosiy omillardan sanaladi. Mudofaa Vazirligining oliy harbiy o'quv yurtlariga kirib ta'lim olish va Qurolli Kuchlarimizning barcha harbiy xizmat turlarida harbiy xizmatga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz umumta'lim maktablari va o'rta maxsus,kasb-xunar ta'lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik jarayonida kerakli ta'lim-tarbiyani oladilar va o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Bunday ta'lim - tarbiya jarayonini umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining pedagogik jamoasi bilan harbiy rahbar va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchilari hamkorlikda amalga oshirishlari shart.Shunday ekan o'z-o'zidan bunday dolzarb vazifalarni bajarishda pedagogika universiteti qoshidagi harbiy fakultetlar jamoasining harbiy rahbar va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchilarini tayyorlash bo'yicha o'z majburiyatlari va vazifalarini sifatli bajarishlari alohida e'tiborga molikdir. Bu borada ayniqsa chaqiruvga qadar harbiy ta'limni tashkil qilish va uning metodikasi fanini o'qitilishida, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasini tub mohiyatini chuqur anglagan holda, eng zamonaviy o'qitish uslublaridan va ta'lim
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
texnika vositalarini eng so'ngi ishlab chiqilgan rusumlaridan foydalanish, shuningdek, tez o'zgarib borayotgan zamonamizning yangi-yangi talablarini nazardan chetda qoldirmasligimiz shart bo'ladi. Chaqiruvga qadar harbiy ta'limni tashkil qilish va uning metodikasi talabalarning maxsus harbiy tayyorgarligining asosiylaridan biri hisoblanadi. Bu fan «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani» metodikasining tarkibiy qismi sifatida davlat imtihoniga kiritiladi. Maxsus fanlarni o'qitishdan asosiy maqsad- talabalarda harbiy-pedagogik tayyorgarlikni yuksaltirish va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani bo'yicha mashg'ulotlarini o'tkazishda amaliy ko'nikmalar hosil bo'lishiga qaratiladi. Mazkur fanni o'rganish O'zbekiston Respublikasining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi qonun talablarini, O'zbekiston Respublikasining yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarligi bo'yicha nizomini, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining buyruqlari va direktivalarini, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlikni tashkil qilish va olib borish,o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini,O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmatga tayyorlash bo'yicha masalalarni, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarligi (chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani) bo'yicha o'quv jarayonini rejalashtirish tamoyillarini,ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani dasturining barcha bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil qilish va olib borishda yangi pedogogik texnologiyalarni qo'llashni, zamonaviy o'quv texnika vositalaridan foydalana bilishni, ta'lim muassasasi direktori va Chaqiruvga qadar tayyorgarlik o'qituvchisining majburiyatlarini, hamkorlikda bo'lgan tashkilotlar bilan aloqa shakillarini, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani bo'yicha o'quv -moddiy bazaga qo'yiladigan talablarni bilishlari va ularni amalda qo'llay olishlari uchun yetarli ilm-malaka va ko'nikmalar berishdan iborat. Talabalar ta'lim olayotgan paytlarida o'zlarida harbiy rahbarning yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmatga tayyorlash masalalari bo'yicha majburiyatlarini bajarishida zarur bo'lgan siyosiy, ahloqiy,ruhiy tayyorgarliklarini yuqori bo'lishini va Vatan himoyachisi sifatlarini mujssamlashtirishlari shart. Hozirgi kunda Qurolli kuchlarimiz tarkibidagi harbiy qism va bo'limmalarni puxta bilimga ega bo'lgan shaxsiy tarkib bilan to'ldirish, uning siyosiy, manaviy, axloqiy ruxiy vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e'tibor berish muhim shartlardan biri hisoblanadi. Shaxsiy tarkibning yuqoridagi qayd etilgan sifat va fazilatlarini shakllantirishni, tarbiyalashni faqat harbiy kadrlar tayyorlash bilim yurtlari,qism komandirlari va harbiy boshliqlarning vazifasi deb hisoblash to'g'ri bo'lmaydi. Ma'lumki armiya safida o'z bo'ysunuvchilarining faoliyatlariga komandir va boshliqlar ma'suldirlar. Lekin sifat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
va fazilatlarni shakllantirishga kelganda armiya safigacha bo'lgan ta'lim tarbiya o'rnining ahamyati katta. Ayniqsa umumta'lim maktablari,o'rta maxsus va o'rta kasb-hunar ta'limi muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik fanini sifatli va samarali o'qitilishini ahamiyati bu borada muhim.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek «Yosh avlodni el-yurtga,vatanga sadoqatli,iymon-e'tiqodli,mard va jasur,yuqori malakali, ma'naviyati yuksak insonlar qilib tarbiyalashda ta'lim o'chog'larining alohida o'rni bor».Ta'lim o'chog'laridan umumta'lim maktablarida, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida «Chaqiruvga qadar tayyorgarlik»ni o'qitilishi haqida O'zbekiston Respublikasining «umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi qonunning 13 -moddasida quyidagicha yozilgan: «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik,shu jumladan fuqaro mudofaasi bo'yicha tayyorgarlik o'quv dasturidagi majburiy fan bo'lib,umumta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik fani o'qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o'tiladi».Bundan tashqari ushbu ustuvor vazifalar O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,«Mudofaa to'g'risida»gi qonunlarida va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining buyruq va talablarida ham o'z ifodasini topgan.Ko'rinib turibdiki 1999 yil yanvaridan e'tiboran Qurolli kuchlarda boshlangan harbiy islohotlar strategiyasining nazarda tutgan, mamlakatimiz tinch, osoyishtaligini ishonchli va samarali ximoya qilishga qodir tezkor,yaxshi ta'minlangan qurolli kuchlarni tuzish maqsadini amalga oshirish faqat oliy harbiy o'quv muassasalarining vazifasi deb o'ylash,masalaga faqat bir tomonlama qarashdir. Bu borada chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini takomillashishi va rivojlanishi, Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanining maqsad vavazifasiborasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi, davlat chegaralarining o'z qo'shinlarimiz tomonidan hushyorlik bilan qo'riqlanayotganligi ilmiy ishlarimiz natijasi desak adashmaymiz. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida biz nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Qanday ilmiy izlanishlar olib borishimiz kerak? Bu borada birinchi masala yoshlarimizga ota-bobolarimiz bosib o'tgan yo'llarini to'g'ri tushuntirish (ishontirish usuli)dir. Ikkinchi masala (tarbiya) agar biz yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalay olsak kelajakga ko'chmas poydevor qo'ydim deb ayta olamiz. Uchunchi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
masala (o'qitish o'rgatish) bu eng dolzarb masalalardan biridir. Biz qanchalik yoshlarimizni to'g'ri o'rgatsak, o'qitsak ularda o'zlariga bo'lgan ishonchlarini yana bir bor uyg'otgan bo'lamiz. Yoshlarimizni harbiy vatanparvar qilib tarbiyalashda avvalambor biz ularga miliy qadriyatlarimizni o'rgatamiz va o'qitamiz. Bu yoshlarimizni harbiy vatanparvar bo'lib tarbiyalanishiga katta samara beradi. Hozirgi shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamonning o'zgarishiga katta tasir ko'rsatayotgan fan, texnikalar borasidagi o'zgarishlar, ularni boshqarish masalalarini to'g'ri tushuntirish orqali biz ularda harbiy texnikalarni boshqarishga bo'lgan qiziqishlarini oshirib boramiz. Bu borada bizgaChaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanik ata yordam beradi.Ushbu maqolada Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanining maqsad vavazifasi to'g'risida ma'lumotlar berilishi orqali fanning maqsad va vazifasini topish to'g'risida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismi ekanligi nazariy bilimlarga asoslanib isbotlangan. Chunki ushbu fan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asosiy zaxirasini tayyorlash uchun yordam beradigan fan hisoblanadi va uni ilmli, bilimli yoshlar bilan to'ldirishga xizmat qiladi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Ushbu maqoladan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maqolada Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifasi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tilgan. Maqolaning kirish qismida Respublikamizda harbiy kadrlarni tayyorlashga,ularning harbiy mahoratini oshirishga katta ahamiyat berilayotganligi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tish bilan birgalikda, harbiy akademiyalar, qo'shin turlari bo'yicha harbiy o'quv yurtlari ochilganligi to'g'risida ham ma'lumotlar berilganligi fikrimizga yorqin dalildir. Davlat chegaralarining o'z qo'shinlarimiz tomonidan hushyorlik bilan qo'riqlanayotgani ham xalqimizning harbiy ruhini yuksaltirib turibdi.Haqiqiy mustaqil davlat shunday ishtutadi,o'z mudofaasini o'zgalar qo'liga topshirib qo'ymaydi. Xalqning umumiy harbiy ruhini ko'tarishda, harbiylarni matonatli, shijoatli qilib tarbiyalashda ajdodlarimizdan bizga meros qolgan harbiy bilimlarni ommalashtirish, harbiy san'at sirlarini harbiy o'quv yurtlarida o'qitish ham samarali omillardan hisoblanadi. Ushbu maqola kelgusida chaqiriqqacha harbiy ta'limni rivojlantirishda asos bo'lishiga ishonaman.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi . T.: 2018 y. 83 b.
2. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni.2020 y.
60
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
3. O'zbekistonRespublikasining «Mudofaato'g'risida»gi qonuni.2018y.
4. O'zbekistonRespublikasining«Harbiy xizmati utash to'g'risida»gi qonuni. 2019 y.
5. «Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash»o'quv dasturi 2017 y.
6. «O'smirlarni chaqiriqqacha tayyorlash to'g'risidagi Nizomi» 2014 y.