Научная статья на тему 'BO‘LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

BO‘LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1247
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy xizmat hodimi / kasbiy moslashuvchanlik / ko‘nikma / tayyorgarlik / jismoniy harakat. / military serviceman / professional flexibility / skills / training / physical activity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdurasulov Jahongirmirzo, Ozodqulov Olimjon Bahodir O’G’Li, Choriyev Ilhom Ro’Ziboyevich

Mazkur maqolada bo‘lajak harbiy xizmatchilarning kasbiy moslashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir nazariy asoslar va tavsiyalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF PSYCHOLOGICAL TRAINING OF FUTURE MILITARY PERSONNEL

This article describes the theoretical foundations and recommendations for the formation of professional flexibility skills of future military personnel.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BO'LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING O'ZIGA XOS JIHATLARI Abdurasulov Jahongirmirzo Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Sport va Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabalari Choriyev Ilhom Ro'ziboyevich

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Sport va Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti Jismoniy madaniyat kafedrasi dosenti(Phd) https://doi.org/10.5281/zenodo.6803485

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak harbiy xizmatchilarning kasbiy moslashuvchanlik ko'nikmalarini shakllantirishga doir nazariy asoslar va tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: harbiy xizmat hodimi, kasbiy moslashuvchanlik, ko'nikma, tayyorgarlik, jismoniy harakat.

ОСОБЕННОСТИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ

ВОЕННОСЛУЖАЩИХ

Аннотация. В данной статье описаны теоретические основы и рекомендации по формированию навыков профессиональной гибкости будущих военнослужащих.

Ключевые слова: военнослужащий, профессиональная гибкость, навыки, подготовка, двигательная активность.

SPECIFIC ASPECTS OF PSYCHOLOGICAL TRAINING OF FUTURE MILITARY PERSONNEL

Abstract. This article describes the theoretical foundations and recommendations for the formation ofprofessional flexibility skills offuture military personnel.

Key words: military serviceman, professional flexibility, skills, training, physical activity.

KIRISH

Ma'naviy omil - xalq va Qurolli Kuchlarning ma'naviy jihatdan birligi muhim ahamiyatga ega. Qurolli Kuchlarning ma'naviy ruhi quyidagi 3ta sifatni o'z ichiga oladi: shaxsiy tarkibning g'oyaviy-siyosiy holati; shaxsiy tarkibning axloqiy-jangovar holati; shaxsiy tarkibning ruhiy holati.

Quroli Kuchlar ma'naviy ruhining eng muhim tashkil qiluvchisi g'oyaviy-siyosiy jihat hisoblanadi. U narsa shaxsiy tarkibning g'oyaviy va siyosiy jihatdan qanchalik yetukligida o'z ifodasini topadi. Bular g'oyaviy e'tiqodlilik, vatanparvarlik, dushmanlardan nafratlanish, baynalminallik, o'z burchi va majburiyatini yuksak darajada anglash, shuningdek, g'alabaga erishish yo'lida har qanday qiyinchiliklarga sabr qilishdir. Qurolli Kuchlar ruhining axloqiy-jangovar tomoni esa quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- mustahkam bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish;

- jangovar mahorat;

- o'z harbiy texnikasi va quroliga ishonch hissi;

- o'z komandirlariga, o'z-o'ziga va g'alabaga bo'lgan ishonch;

Harbiy jamoa psixologiyasidagi axloqiy-jangovar komponent yuksak jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyatni his qilishda va shuningdek, jangovar jipslikka erishishda, hujumkorlik va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shijoatkorlik ruhida namoyon bo'ladi. Qurolli Kuchlar axloqiy ruhining psixologik tomoni shaxsiy tarkibdagi axloqiy-siyosiy va jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchilardagi psixologik xususiyatlar, psixik jarayonlar, holatlar, munosabatlar, shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik tomonini tashkil qiladi. Masalan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30ta psixologik va psixofiziologik sifatlarga ega bo'lishi lozim. Ulardan qaror qabul qilishdagi mustaqillik va tezkorlik, idrok va diqqat qobiliyatining yorqin namoyon bo'lishi, yaxshi fazoviy tasavvur va operativ xotira, sensomotor va aqliy ko'nikmalarni tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional irodaviy barqarorlik va hokazo. Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va urush talablari bilan bog'liq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi priborlar soni 10 martaga, samolyotni boshqarish bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt esa 67 martaga qisqardi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixologik sifatlarsiz ham tasavvur qilib bo'lmaydi:

- harakatlarning yuksak darajadagi uyg'unligi va ijtimoiy-psixologik jipslik;

- jangovar birodarlik va o'rtoqliq hissi;

- g'alabaga erishish yo'lida fikrlar va intilishlarni birlashtira olish;

- hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot bilan tura olish;

- jamoada ko'pchilikning ozchilikning fikrlariga nisbatan bag'rikengligi.

Yuqorida aytilganlardan shu narsa ko'rinib turibdiki, harbiy jamoa psixologiyasi individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalar yig'indisidan iborat. Qurolli Kuchlarda olib boriladigan axloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas jarayonlardir. Ushbu jarayonda axloqiy-siyosiy va jangovar tayyorgarlik yetakchi hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik esa ikkala jarayonda shaklantiriladi ya'ni, alohida psixologik tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazilmaydi.

Ma'lumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy qirg'in qurollariga ega, jumladan, bizning hududimizga yaqin joylashgan Rossiya, Hindiston va Pokiston davlatlari ham yadroviy qurollarga ega, Ommaviy qirgin qurollarining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli yoki bevosita harakatga solish harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator psixologik holatlarning paydo bo'lishiga olib keladi:

- ruhiy zo'riqish;

- ruhiy holatning izdan chiqishi;

- hatti-harakatlarni boshqara olmaslik;

- vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo'l qo'yish;

-xotira va tafakkurning zaiflashuvi.

Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani boshqarayotgan harbiy xizmatchining kasbiy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi mumkin. Agar zamonaviy harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishtiroki inson imkoniyatlarini bir necha marotaba oshirishini e'tiborga oladigan bo'lsak, u yo'l qo'yadigan xatoliklarning ham ko'lami shunga mos ravishda kattalashadi. Shunday qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo'lsak, psixologik tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xizmatchi psixikasining funksional ishonchliligini oshirishdan iborat.

Psixikaning funksional ishonchliligi quyidagilar hisobiga oshadi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- sezgi organlarining sezuvchanligini oshirish, reaksiyalarning tezligi va aniqligi, xatti-harakatining kuchi koordinatsiyasi va barqarorligi;

- jang vaqtida vaqtni va masofani, ob'ektlarning o'lchamlarini, harakat tezligini to'g'ri baholash qobiliyatini rivojlantirish;

- jang vaqtida xotira samaradorligini saqlab qolish, esga olishning tezligi, esda saqlash va aniq esga olish, operativ xotira mavjudligi.

TADQIQOT NATIJASI

Bularning hammasiga jangovar sharoitlarga yaqin sharoitlarda o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish yuli bilan erishish mumkin. Zamonaviy urushlar insonning nafaqat bilish jarayonlariga, balki, uning hissiyot va irodasiga ham yuksak talablar qo'yadi. Xavf-xatar urushning ajralmas xususiyati hisoblanadi. Ma'lumki, insonning xavf-xatarni bevosita idrok qilishi qiyin va u buni xayol vositasida biladi. Insondagi xavfli vaziyatlarda ham ruhiy barqarorlikni yo'qotmaslik va samarali faoliyat yur ta olish layoqatiga emotsional-irodaviy barqarorlik, deyiladi. Emotsional-irodaviy barqarorlik shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning muhim vazifalaridan biri. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, harbiy xizmatchilarda sovuqqonlikni, barqarorlikni va qo'rqishni enga olish mahoratini tarbiyalash jangovar vazifalar ichida eng mas'uliyatlisi, psixologik jihatdan esa eng murakkabi hisoblanadi.

Psixologik tayyorgarlik axloqiy-siyosiy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi. Psixologik tayyorgarlik - bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror ijobiy motivlarini yaratishdan iborat bo'lgan hodisa. Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning 3 xil turi mavjud: maxsus; umumiy; maqsadli.

Psixologik tayyorgarlikning maxsus turida harbiy xizmatchilarda jangovar holatlarga nisbatan tayyorgarlik hosil qilinadi, ularda barqarorlik shakllantiriladi. Psixologik tayyorgarlikning umumiy turida esa harbiy xizmatchilarda Vatan himoyasiga ongli ravishda tayyor turish shakllantiriladi. O'quv mashg'ulotlarida qiyin va xavfli vaziyatlarni hosil qilish bilan harbiy xizmatchilarda qo'rqishni irodaviy engish ko'nikmalari maqsadli psixologik tayyorgarlik jarayonida hosil qilinadi.

MUHOKAMA

Ta'lim va tarbiya sharoitlarini jangovar faoliyat sharoitlariga yaqinlashtirish jangchini ruhiy tomondan jangga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Albatda, haqiqiy jangovar vaziyat faqat jangu jadalar vaqtidagina bo'ladi. O'quv-jangovar faoliyat jarayonida esa biz jangovar sharoit modelini yoki uning alohida qismlarini yaratishimiz va shu orqali shaxsiy tarkib yoki bo'linmaning psixologik tayyorgarligini ta'minlashimiz mumkin.Psixologik tayyorgarlik jarayonida jangovar faoliyatni takomillashtirish maqsadida har xil jang, urush vaziyatlari yaratilishi lozim. Yaratilayotgan sun'iy vaziyatlar o'zining psixologik tarkibiga ko'ra jangovar holatga qanchalik yaqin bo'lsa, o'quv-jangovar faoliyat jangovarlikka shunchalik yaqinlashib boradi. Bu narsa shundan dalolat beradiki, o'quv-jangovar faoliyatni amalga oshirayotgan harbiy xizmatchidagi motiv, maqsad va harakatlar haqiqiy jangovar vaziyatlardagi xuddi shunday psixologik elementlar bilan imkoni boricha ko'proq o'xshash bo'lishi lozim. Tabiiyki, o'quv-jangovar faoliyat o'zining emotsional tomonlari bilan ham jangovar faoliyatga o'xshash bo'lishi talab etiladi. Mashqlar paytida jangovar shart-sharoitlarni sun'iy yaratganda jangovar faoliyat modelini hosil qilish psixologik jihatdan muhim omil hisoblanadi. Jangda

psixologik omillarni modellashtirish, deganda shunday vaziyatni yaratish usulini tushunamizki, uning vositasida harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang sharoitida tug'iladigan ruhiy holatlar hosil qilinadi.

Jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonida jangning psixologik omillarini modellashtirish o'xshashlik tamoyili asosida, shuningdek, boshqa usullar vositasida amalga oshiriladi.

Mashg'ulotlarda jangning psixologik omillarini modellashtirish ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

- jangning psixologik tashkil qiluvchilarining to'liq modelini yaratish;

- jangning psixologik tashkil qiluvchilarining bitta yoki bir nechtasining modelini yaratish.

O'quv mashg'ulotlarini rejalashtirganda nafaqat uning taktik tomonlarini yoki o'quv

savollarini, balki, psixologik rejani ham aniqlashtirib olish kerak.

Psixologik reja quyidagilarni o'z ichga oladi:

- mashg'ulot qaerda o'tkaziladi;

- harbiy xizmatchilarda qiyinchiliklarni engib o'tish uchun kerak bo'ladigan qat'iylik, jasurlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni hosil qilish yo'llari.

Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, komandirlar imitatsiya vositalari yordamida jangning tashqi shart-sharoitlarini yaratish bilan jangchilarning psixologik tayyorgarligini amalga oshirish harakat qilishadi. Biroq bu kabi usullarning o'zi yetarli emas. Psixologik tayyorgarlik nafaqat amaliy tajribalarga balki ta'lim va tarbiya usullari va vositalariga ham tayanadi.

1. O'zbekiston O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumxarbiy Nizomlari. -T.: 1996y.

2. O'zbekiston Respublikasi «Mudofaa doktrinasi». Fevral, 2018 y.

3. O'zbekiston Respublikasi «Mudofaa qonuni». 11-may, 2001 y.

4. Nasriddinov Ch.R. «Harbiy psixologiya» Fan nashriyoti, Toshkent 2004 y.

5. Sotib-Oldiev A., Karimjonov A. «Harbiy pedagogika» Sharq nashriyoti, Toshkent

6. 6.Satib-Aldiev Q.A. «Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari» TDPU nashriyoti,Toshkent 2003 y.

7. 7.A.E.Tursunov https://doi.org/10.5281/zenodo.6751859

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar:

2009 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.