Научная статья на тему 'TALABALARDA VATANPARVARLIK TARBIYASI ORQALI ULARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKILLANTIRISH'

TALABALARDA VATANPARVARLIK TARBIYASI ORQALI ULARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKILLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

97
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatan / yoshlar / vatan tuyg„usi / vatan tuyg„usi shakllantirish / vatanparvarlik ruhida tarbiyalash / mustahkamlash.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Alimjon Obloqulovich Xudoyqulov

Ushbu maqolada yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va an‟analarini o„rganish, ularning ongida Vatan, Vatanparvarlik tuyg„ularini shakillantirish, ular o„z vatan oldidagi burchini anglashi, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo„lishi, ularda o„z yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak mas‟uliyat hamda javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakillantirish va mustahkamlash, shuningdek harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimlari, zamonaviy va an‟anaviy usullaridan foydalanish ko„zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA VATANPARVARLIK TARBIYASI ORQALI ULARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKILLANTIRISH»

TALABALARDA VATANPARVARLIK TARBIYASI ORQALI ULARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKILLANTIRISH

Ushbu maqolada yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va an'analarini o'rganish, ularning ongida Vatan, Vatanparvarlik tuyg'ularini shakillantirish, ular o'z vatan oldidagi burchini anglashi, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo'lishi, ularda o'z yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak mas'uliyat hamda javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakillantirish va mustahkamlash, shuningdek harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimlari, zamonaviy va an'anaviy usullaridan foydalanish ko'zda tutilgan.

Kalit so'zlar. Vatan, yoshlar, vatan tuyg'usi, vatan tuyg'usi shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustahkamlash.

Hozirgi tahlikali va rivojlanish davrida davlatimizning ravnaqi, tinchligi va totuvligiga rahna solish, shuningdek davlatimiz yoshlarga buzg'unchi va yod g'oyalar targ'ib qilib, ularni yo'ldan og'dirish hamda onggini zaharlashni maqsad qilganlar kun sayin ko'payib bormoqda. Bugungi kunda yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va an'analarini o'rganish katta ahamiyatga kasb etmoqda. Shu sababli, tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va kelajak avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Ma'lumki, hozirda ilmiy texnikaviy taraqqiyot davri dadil olg'a siljib borayotgan bir davrda, har bir inson faoliyati uchun qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Lekin hech birimiz unitmasligimiz lozimki, bugungi kunda halqimiz uchun eng oliy ezgulik tinch va osoyishta hayotdir. Bu esa bizni mustaqillikka erishgan yillarimizda halqimizning tinch va barqaror hayoti uchun erishilgan salmoqli natijalarni yanada teranroq anglashga chorlaydi. Mustaqillik yillarida barcha talablarga javob beradigan, mobil va tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal va yaxshi qurollangan, zamonaviy texnika bilan jihozlangan armiyani shakillantirish jarayoni oson kechmadi. Ammo bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi va rahnomoligida harbiy ta'limni rivojlantirish milliy armiyamizni yigitlarimiz bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratilayotganini bugun qat'iy ta'kidlashimiz joiz. Millati, tili va dinidan qat'i nazar, shu zaminda voyaga yetgan va yashayotgan har bir inson milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanmoqda. Milliy

Alimjon Obloqulovich Xudoyqulov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

KIRISH

istiqlolning barcha davrlarida barcha halqlar orasida asosiy

March, 2024

g'oyalaridan biri bu ma'naviy quvvat va vatanparvarlik g'oyasi bo'lgan. O'zbekistonda ro'y bergan siyosiy o'zgarishlar, hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy sohalarida amalga oshirayotgan turli islohatlar "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi"da belgilab berilgan fuqarolarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning butun tizimini qayta ko'rib chiqish va aniqlashtirishni taqazo etdi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tizim va tamoyillari, usullari va shakillari, bosqichlari va yo'nalishlari, samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.

O'zbekiston tarixida halq milliy - vatanparvarlik g'oyasi atrofida jipslashib, inqirozli hodisalarni ichki va tashqi dushmalarni yenggan, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarda ijobiy yechimlarga erishgan holatlari ko'p bo'lgan. Ulug' yengilmas, sarkarda asl strateg va jangovar taktika olimi, davlat arbobo Amir Temur o'z ichiga Mavaronaoksiona, Xorazm, Zakafkaziya, Eron va Panjobni o'z ichiga olgan ulkan saltanat yaratishga muvaffaq bo'lib, kuchli harbiy qudratga ega bo'lgan. Amir Temur o'z avlodlariga meros sifatida nafaqat ulkan qudrat, balki davlatni boshqarishda harakatga yo'l ko'rsatuvchi o'z asarlarini qoldirdi. "Temur tuzuklari" donishmand hukumdor tomonidan yozilgan qimmatli tarixiy hujjatning nomidir. U ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisi buyuk amirning xatti harakatlarining aftobiografik tavsifi bo'lsa, ikkinchisi jamiyat a'zolarining hulq-atvor qoidalari huuq va majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi qonunlar majmuidir. Bu qonunlar shtatdagi oddiy fuqarolardan tortib amaldor va hukumdorlargacha mutlaqo barchaga taa'luqli edi [1].

O'zbekiston Respublikasi yoshlarini Vatanga sadoqat va milliy g'oya ruhida tarbiyalash, ularga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, ularning qalbi va ongiga qadimiy tariximizni va madaniyatimizni chuqur singdirish, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish hozirgi kunda har birimizning vazifamiz va burchimiz hisoblanadi.

Hozirgi kunda yoshlar ongida Vatan, vatanparvarlik, harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini shakillantirsak, ular o'z Vatan oldidagi burchini anglashi va uni himoya qilishga doim shay va hozir bo'lishadi.

Xususan, 2023 yil 29 iyunda e'lon qilingan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi"da yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash "Vatan - ulug', burch - muqaddas!" konseptual g'oya ostida tashkil etilib, unda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har tomonlama rivojlantirish, qat'iy fikr va e'tiqodga ega shaxsni shakllantirish asosiy vazifalar etib belgilangan.

Insoniyat tug'ilib, ulg'aygan sari uning Vatan haqidagi tushunchalari kun sayin kengayib boradi. Yurtimizda tug'ilib o'sgan

har bir inson "Vatanim" degan tushunchada o'z uyini, qishlog'ini,

March, 2024

shahrini yoki viloyatini emas, balki O'zbekiston Respublikasini nazarda tutishi lozim. Men O'zbekistonlikman, O'zbekistondek buyuk davlatda dunyoga kelganman degan tuyg'uni har bir inson his qilishi va baralla ayta olishi kerak.

ADABIYOTLAR SHARHI. Vatan - kishilarning tug'ilib o'sgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, o'ziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuyg'usi, mas'uliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon bo'ladi [2].

Jumladan, har birimizda Vatan tuyg'usi - bu aziz va go'zal yurtimizga hurmat va sadoqatli bo'lishni ko'zda tutadi. Vatan tuyg'usi - bu Turon, Movarounnahr, Turkiston va hozirda O'zbekiston deya atalgan zaminda yashab kelayotgan xalqimizning oltin merosini, uning tarixini o'rganishga intilishdir. Vatan ozodligi uchun jonini fido qilgan To'maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari xalqimizning mard, jasur farzandlari biz uchun, o'sib kelayotgan yosh avlod uchun o'rnak va namuna timsolidir. Masalan, bobomiz Najmiddin Kubroning o'chmas jasoratini esga olaylik. Bu jasorat zamirida ona Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat tuyg'usi yotadi. O'z davrida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san'atshunos va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat "Yurt qayg'usi" she'rida "Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq - mening o'limim, sening uchun o'lmoq - mening tirikligimdur", deb yozgan edi. Bu so'zlar zamirida vatanparvar insonning qalb nolalari ifodasini topgan.

Xususan, yosh avlodga vatanparvarlik tuyg'usini singdirish muhim bir burch sifatida qarash kelajak talabi desak adashmagan bo'lamiz. O'z navbatida Vatanparvarlik tushunchasi to'xtalsak, kishilarning ona yurtiga, o'z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha.

ADABIYOTLAR SHARHI

Vatanparvarlik - barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o'z vatanlari taqdiri bilan bog'liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o'zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo'lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg'ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o'tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo'ladi [3].

Vatanparvarlik insonning o'z oilasiga, avlod-ajdodlarining or-nomusiga chuqur ehtiromi, vijdoniga, burchiga va o'z so'ziga sodiqligidir. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz

uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Vatanparvarlik har bir davlat

March, 2024

hayotining ma'naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi", deya bu jarayonga yuksak baho bergan edi [4].

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan bog'liq bo'lgan davlat xizmati turlarida faollik ko'rsatish, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo'lish, ularda o'z yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak mas'uliyat hamda javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni mustahkamlashdan iborat [5].

Bugungi kunda o'sib kelayotgan yoshlarni, ya'ni Vatanimizning bo'lg'usi himoyachilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifamiz ekanligini unitmasligimiz lozim. Vatanparvarlik insonning o'z oilasiga, avlod-ajdodlarining or-nomusiga chuqur ehtiromi, vijdoniga, burchiga, o'z so'ziga va xizmatiga sodiqligidir. Agar insonni bolalik chog'idan o'z xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat hamda hurmat ruhida tarbiya qilmasak, unda vatanparvarlik hissi bo'lmaydi. Tarixga nazar tashlasak, buyuk saltanat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Buyuk davlat arbobo, sarkarda hukumdor, mo'g'ullar saltanatining asoschisi, iste'dodli yozuvchi, shoir va faylasuf, mashhur "Bobur-noma" ("Bobur eslatmalari") aftobiografig muallifi Zoxiriddin Muhammad Bobur. Ma'lumki, Bobur ma'rifatli va adolatli hukmdor, san'at, fan va madaniyat homiysi edi. O'zi iste'dodli shoir va yozuvchi bo'lib, u Agradagi (Hindiston) saroyi atrofiga butun badiiy elitani to'pladi. Bobur o'z hukumdorligining qisqa yillarida mamlakatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, halfaro savdo aloqalarini yaxshilash borasida ko'p ishlarni amalga oshirdi. Uning sharofati bilan karvonsaroylar, kutubxonalar qurilishi keng tus oldi, Hindiston me'morchiligi va san'atida Markaziy Osiyo uslubi mustahkam o'rin oldi. Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki bunda hukmdorning o'zi ham bor edi [6]. Zahiriddin Muhammad Bobur barcha imkoniyatlari bo'la turib, tug'ilib o'sgan Vatanidan olisda bo'lganligi uchun o'zini baxtiyor inson deb hisoblamagan. Vatan ravnaqi - milliy g'oyamizning yuksak tushunchalaridan biri bo'lib, u fuqarolarimizning bilimi va kamoliga bog'liq.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bu millati, tili va kasbidan qat'i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg'usini shakllantirish, ularni o'z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ko'p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo'lib, u bir-biriga bog'liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma'rifiy tadbirlar majmuasidan iborat [7].

March, 2024

Vatanparvarlik so'zining asosi yunon tilidan "pater" ya'ni Vatan degan so'zdan olingan. Vatanparvarlik deganda, Vatanga muhabbat, uning o'timishi va hozirgi kuni uchun g'ururlanish mazmunidagi ma'naviy, siyosiy tamoyil va ijtimoiy hissiyot tushuniladi. Yoshlarni vatanparvarlik hissi avvallambor oiladan, maktabgacha ta'lim muassasasidan keyinchalik esa umumiy o'rta ta'lim muassasalarida shakillantirilib, bu jarayon oliy ta'lim muassasalarida rivojlantiriladi. Vatanni ma'naviy va tabiiy muhit sifatida aks ettiruvchi qadriyatlar interiorizatsiyasi, ya'ni vatanparvarlikning hissiy komponentlari tashkil topadi.

"Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi konsepsiyada Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi belgilab berildi:

ta'lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradigan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalari;

ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar.

Hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ilmiylik, tarixiylik, aniqlik va tezkorlik, muntazamlilik, faollik, ta'lim va tarbiya ishlarining uyg'unligi, tarbiya jarayonining izchilligi, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish kabi asosiy prinsiplari belgilab berildi [8].

Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy va an'anaviy usullaridan foydalanish mumkin. Targ'ibot qilish usulida yoshlarga vatanparvarlikning tarbiyaviy axloqiy mazmunini, shuningdek mamlakatimizda olib boriladigan jarayonlarning nazariy hamda ilmiy asoslarini ochib berish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, yoshlarga olib borilayotgan darslar jarayonida harbiy vatanparvarlik tuyg'usini lunda va sodda qilib tushuntirish, ularni yangi hayot va zamon talablariga javob beradigan shaxslar qilib tarbiyalash va voyaga yetkazishdan iborat. Jamoaviylik usulida Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha bo'linmalarning jangovar shaylik darajasi bilan belgilanib, tuzilishidan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy guruhni belgilaydi hamda ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlari va umumiy majburiyatlari, ichki tartib qoidalari, yashash tarzi, kundalik va maishiy sharoitlar ularni ishga joylashtirish hamda ularning xizmat olib borishi O'R Qurolli Kuchlar umumharbiy nizomlariga asosan amalga oshirilishi belgilab berilgan. An'anaviylik usulida jangovar va maxsus vazifalarni bajarish, ularni har qanday bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga tayyorlash, harbiy xizmatga bog'liq bo'lgan, tarixan shakillangan, avloddan avlodga o'tuvchi g'oya qoida, urf-odat, xulq-atvor me'yorlarida namoyon bo'ladi. Harbiy faoliyat

harbiy turmish, ta'lim-tarbiya va jangovar an'analari sohalarini o'z

March, 2024

ichiga qamrab oladi. Qadriyatlar ustuvorligi usulida harbiy xizmatchilarda tariximizga, qadriyatlarimizga, an'analarimizga axloqiy tamoyillarimizga, madaniyatimizga hurmat va sodiqlik kabi insoniy fazilatlarni singdirmasdan turib ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakillantirib bo'lmaydi. Maqsadimiz yoshlarimizni aqilli, mard, jasur, ma'nan yetuk va vatanparvarlik ruhida tariyalash bizning bosh maqsadimiz bo'lishi lozim. Zamonaviylik usulida har xil qiyinchiliklar, to'siqlar, nomutanosibliklar, hatto jinoiy harakatlarning oshib borishi ham sof vijdonli kishi qalbida vatan tuyg'usini, agar u chuqur e'tiqodga aylangan bo'lsa, uni xech kim xech qachon o'chira olmaydi. Hozirgi kunda rang-barang maqsad va manfaatlarga ega ijtimoiy guruhlar mavjud ekan, umummaqsadni turlicha talqin qilinishi, ularni goho bir-biriga zid tarzda idrok etishi saqlanib qolmoqda. Yosh avlodni tug'ulishi va yangi hayot sahnasiga chiqishi jamiyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Aynan ushbu uzluksizlik, tadrijiylik ijtimoiy hayotning ham uzluksiz va tadrijiy davom etishini ta'minlab beradi.

Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta'limi, Madaniyat, Yoshlar siyosati va sport, Kambag'allikni qisqartish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika "Nuroniy" jamg'armasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, harbiy-ma'muriy sektorlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy subyektlari ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ta'lim muassasalari o'quvchi va talaba yoshlari, mahallalardagi uyushmagan, profilaktik hisobda turuvchi hamda tarbiyasi og'ir yoshlar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, Qurolli Kuchlar safida xizmat o'tayotgan yosh harbiy xizmatchilar (xodimlar) harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy obyektlari ekanligi ta'kidlangan.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko'nikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan omillardan iborat.

Biz yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishontirish, mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, rag'batlantirish, o'rnak ko'rsatish va shaxsiy namuna usullaridan foydalanib amalga oshiramiz.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o'yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida tashkil etilmoqda. Ular ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rang-barangligini ta'minlaydi, pirovard natijada jamiyatda sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega bo'ladi:

March, 2024

99

ma'ruza o'qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar; boy hayotiy tajribaga ega bo'lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g'olib bo'lgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag'ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari; to'plangan ilg'or tajribalarni o'rganish va ommalashtirish; jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma'naviy-ruhiy muhitni o'rganish; teleko'rsatuv va radioyeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo'shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o'yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;

urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar qatnashchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o'tkazish va ekskursiyalar uyushtirish [9].

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yosh avlodda "Vatan" tushunchasini shakillantirish, jonojon o'lkamizga, Vatanimizga, xalqimizga, milliy an'analar va urf-odatlarimizga hamda boshqa millat vakillariga hurmat va muhabbatni tarbiyalash, har birini millati va Vataniga g'ururli qilib tarbiyalash, Mamlakatimizning yer usti va yer osti boyliklarini asrab avaylash, davlat ramzlarimizga bo'lgan hurmat, iftihor va g'urur tushunchalarini singdirish va kengaytirish, shuningdek ularni har doim ko'z qorachig'idek asrab avaylash demakdir.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa - mustaqillik, erkin va farovon hayot masalasi hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi kunda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga harbiy vatanparvarlikning komponentlarini chuqur singdirish ta'lim tizimi oldida turgan muhim masalalardan biri desak adashmagan bo'lamiz.

Harbiy vaanparvarlik tarbiyasining metodologiyasi va ilmiy asoslari insoniyat omiliga nisbatan qo'llaniladi. O'z navbatida bu tushunchaga insonning g'oyaviy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, jismoniy va boshqa fazillatlari yig'indisi kiradi. Talabalarda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy asoslarida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, davlatimiz rahbarining vatanparvarlik va mustaqil Vatan himoyasi haqidagi salmoqli g'oyalari, Oliy majlisning qonunlari va qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Halq ta'limi vazirligi, Mudofaa vazirining buyruq va ko'rsatmalari, harbiy pedagogika va psixologiya, harbiy fanlar va boshqa qoida hamda huquqiy me'yoriy

XULOSA

hujjatlar o'rin olgan.

March, 2024

Har bir mamlakat a'zosi qaysi sohada faoliyat olib borishidan qat'i nazar, vatanparvarlik tuyg'usini anglagan holda, o'zining ma'naviy kamoloti uchun mas'uliyatni his qilishi, shaxsiy manfaatlarini shu Vatan, shu xalq manfaatlari bilan uyg'unlashtirib yashashi va mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol va komil inson qilib tarbiyalashi lozim. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev "Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma'naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namayon bo'ladi", deya bu jarayonga yuksak baho bergan edi.

REFERENCES

1. Boymirzayeva R.X., Axmedova N. Temur kodeksi - buyuk siyosiy-huquqiy manba // Yosh olim, 2017. № 43. B. 217-220. [elektron resurs]. Kirish rejimi: https://moluch.ru/archive/177/46185/.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi - V harfi, Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent B-64.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi - V harfi, Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent B-65.

4. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir // Xalq so'zi. 247 (6741)-soni. -2017. 7 dekabr.

5. Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 29 iyundagi 267-son qarori.

6. Bobur «Bobur-noma» Baku, 2011. B. 24, 139.

7. Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 29 iyundagi 267-son qarori.

8. Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 29 iyundagi 267-son qarori.

9. Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 29 iyundagi 267-son qarori.

March, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.