Научная статья на тему 'HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINING METODOLOGIK NAZARIY ASOSLARI'

HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINING METODOLOGIK NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
653
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VATAN / JAMIYAT / VATANPARVARLIK / HARBIY TA'LIM

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akhmatkulov U.

Vatanparvarlik ruhi va huquqiy madaniyat o’zaro uyg’un tushuncha. Ayniqsa, yoshlarning bu masalaga e’tibori, bilimi va keng dunyoqarashi nihoyatda muhim. Chunki mamlakatning istiqboli, xalqning iqboli ularning bilim-saviyasi, tarbiyasi, dunyoqarashi bilan chambarchas bog’liq. Maqolada harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologik nazariy asoslari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MILITARY PATRIOTIC EDUCATION METHODOLOGICAL THEORETICAL FOUNDATIONS

The spirit of patriotism and legal culture is a harmonious concept. Especially the attention, knowledge and broad outlook of young people on this issue are extremely important. Because the prospect of the country, the recognition of the people are closely related to their knowledge, upbringing, worldview. Article of military patriotic education the methodological theoretical foundations are investigated.

Текст научной работы на тему «HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINING METODOLOGIK NAZARIY ASOSLARI»

UDK 37.02

Akhmatkulov U. lecturer

Fergana State University Uzbekistan, Fergana city

HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASINING METODOLOGIK

NAZARIY ASOSLARI

Annotatsiya: Vatanparvarlik ruhi va huquqiy madaniyat o'zaro uyg'un tushuncha. Ayniqsa, yoshlarning bu masalaga e'tibori, bilimi va keng dunyoqarashi nihoyatda muhim. Chunki mamlakatning istiqboli, xalqning iqboli ularning bilim-saviyasi, tarbiyasi, dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liq. Maqolada harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologik nazariy asoslari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: vatan, jamiyat, vatanparvarlik, harbiy ta'lim.

Akhmatkulov U. lecturer

Fergana State University Uzbekistan, Fergana city

MILITARY PATRIOTIC EDUCATION METHODOLOGICAL THEORETICAL FOUNDATIONS

Annotation: The spirit of patriotism and legal culture is a harmonious concept. Especially the attention, knowledge and broad outlook of young people on this issue are extremely important. Because the prospect of the country, the recognition of the people are closely related to their knowledge, upbringing, worldview. Article of military patriotic education the methodological theoretical foundations are investigated.

Keywords: Homeland, society, patriotism, military education.

Vatan ravnaqiga ishonch tuyg'usini shakllantirishning bugungi kunda ahamiyati Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o'tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo'lgan tushunchadir.Vatan ostonadan, ozi tug'ilib o'sgan go'shadan boshlanadi.

Talaba - yoshlar harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy bilimlariga ega bo'lishi, ularni har taraflama harbiy xizmatga tayyorlash va Mustaqil O'zbekiston ravnaqini himoya qilish bo'yicha o'z burchini ado etish -o'quv yurtlari pedagogik jamoalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli hal etishda "Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi" fani yordam beradi. Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli

hal etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mehnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi tezligi bilan chambarchas bog'liqdir. Tarbiyalash - bu insonlarni jamiyat uchun jismoniy - aqliy mehnatga yoki boshqa foydali faoliyatga yo'naltirish, shu bilan birga ko'p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning ob'ektiv asoslangan jarayonlardan iborat. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uning ajralmas qismi hisoblanadi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologiyasi va ilmiy asoslari insoniyat omiliga nisbatan qo'llaniladi. Bu tushunchaga insonning g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy jismoniy va boshqa fazilatlari yig'indisi kiradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy asoslarida O'zbekiston Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respubikasi Prezidentining Vatanparvarlik va mustaqil Vatan himoyasi haqida g'oyalari, Oliy Majlis qonun va qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Halq ta'limi vazirligi, Mudofaa vazirligining buyruq va ko'rsatmalari, harbiy pedagogika va psixologiya, harbiy fanlar va boshqa qoida hamda me'yoriy hujjatlar o'rin olgan.

Vatan himoyasi haqidagi asosiy hujjat davlatimizning „Mudofaa to'g'risida"gi Qonunida aks etgan. Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab, mamlakat mudofaasini ta'minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.

Xalqning tinch hayoti va mamlakat havfsizligi kafolati, mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo'liga qadam qo'ygan yosh mamlakat mustaqiligini kuriqlaydigan Qurolli Kuchlarimizning tarixiy vazifasi.

Vatan, erga bo'lgan muhabbat - xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy milliy xususiyatga ega bo'lgan xislatdir. Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovo'zkorliklarga qarshilik ko'rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o'z Vatani himoyasi uchun shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.

Talaba - yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida pedagogika va psixologiya qoidalaridan keng foydalanilanish katta ahamiyat kasb etadi. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy aytgan: "Fan - bu dunyo boyligi. Bilim -insonning oliy va muqaddas yutug'i. Zero bilish ko'zgu kabi, bizga dunyoga qarashimizni, intilishlarimizni ko'rsatadi. Qilich kabi aqlimizni, fikrimizni o'tkirlaydi".

Ahloqiylik - avvalam bor bu vijdon, vijdoniylik hissi. Bu- ishonch va haqiqatgo'ylikdir. Ajdodlarimiz insonni ahloqiy baholash mezonlar majmuini ishlab chiqqan, zamonaviy til bilan aytganda, "Sharqiy ahloq kodeksini" yaratgan. Inson qalbida nonni halol topmayotganlar, insofsizlik, vijdonsizlikka nisbatan qarshilik tug'ilishi lozim. Faqat bunday inson o'z so'zida turadi, boshqa kimsa haqqiga ko'z alartirmaydi, Vatani va xalqi himoyasi uchun o'z jonini ayamaydi va aksincha, kazzob mahmadonada bo'lib, vatanparvarlik hissi

bo'lmaydi. Har qanday yovo'z ish, xudbinlik, yuzqoralik - Vatanga nisbatan xoinlikdir.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan xatti-harakat qoidalari yig'indisidir. Axloq odamlarni bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, Vatanga, ona-yurtga bo'lgan munosabatlarni muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.

Axloq - bu jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o'z-o'zlariga munosabatdagi xulq - atvoriga qo'yiladigan talablar, me'yorlar va qoidalarning yig'indisi. Demokratik jamiyatni quruvchisi jamiyat baxt - saodati yo'lida halol mehnat qilishi, ijtimoiy burchni yuksak darajada anglashi, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo'ylik, axloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik kerak, deb ta'kidlangan. Harbiy vatanparvar talaba - yoshlarlarimiz, bir yoqdan, fidokorona ta'lim - tarbiya va chuqur bilim saviyalarini oshirish bilan nimalarga qodir ekanini ko'rsatsalar, shunigdek xulq - atvor, axloqlari, ma'naviy go'zalliklari bilan namoyish qilishlari katta ahamiyat kasb etadi.

Ayni zamonda mehnat va ijod maydonining eng og'ir sohalarida jonbozlik, vatanparvarlik, odamiylik fazilatini ko'rsatib jamiyat hurmati va muhabbatining qaynoq ilhom manbai bo'lib qolmoqdalar. Chunki, bizning oldimizda o'tmishning asoratlaridan ozod bo'lgan, o'zining mustaqil fikriga ega, o'z millati va Vatan manfaatlari yo'lida fidoyilik ko'rsatishga qodir bo'lgan barkamol vorislarni tarbiyalab etkazish vazifasi turibdi.

Harbiy vatanparvalik tarbiyasini tashkil qilish uchun tinch va jangovar vaziyatdagi harbiy xizmat sharoitlarida bilishlarning psixologik faoliyatini o'rganuvchi harbiy psixologiya ham muhim ahamiyatga ega. Psixologik fan inson shaxsiyoti, ichki ma'naviy dunyosi, o'zini tutish omillari, bir-biridan xususiyati, qiziqishlari bilan farqlanadigan kishilar bilan harbiy vatanparvalik tarbiyasini to'g'ri tashkil qilishni yaxshi tushunishga yordam beradi. Tarbiyachilarning psixologik fanni yaxshi bilishi, ularga kasbiy tanlov va yuqori sinf o'quvchilarini harbiy o'quv yurtlariga kirish va O'zbekiston Respublikasi turli faoliyatdagi va Qurolli Kuchlarida hizmat qilishga tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.

Yoshlarning harbiy vatanparvalik tarbiyasi, shuningdek zamonaviy urush xususiyati, qurollangan jang vosita va shakllari, qonuniyligi, jangovar harakatlar sharoitlarini ochib beradigan harbiy fan bo'lib, qoida va xuloslarini hisobga olgan holda tashkil kilinadi. Harbiy fan har bir kishi qanday ma'naviy-siyosiy, psixologik va jangovar xislatlarga ega bo'lishi, Vatan himoyachisi majburiyatini muvaffaqiyatli bajarini uchun unga qanday bilim, ko'nikmalar zururligi haqidagi savollarga javob beradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi prinsiplari o'z mohiyatiga ko'ra ob'ektivdir. Ular haqiqiy holat, real aloqa va munasabatlari aksi, mamlakat

mudofaasiga xalqni tayyorlash bo'yicha davlat va ijtimoiy tashkilotlarni ilmiy asoslangan, maqsadga yo'naltirilgan faoliyat ifodasidir.

Adabiyotlar:

1. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 2932.

2. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ А^АМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).

3. Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

4. Axatov, S. A., & Akhmatkulov, U. M. (2021). Basics of pre-conscription military training subject. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 441-447.

5. Saidov, I. M., Axmatqulov, U. M., & Abdullayev, B. T. (2020). OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG'ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG'LIQLIKLAR. Academic research in educational sciences, (4), 199-203.

6. Собиров, О. Ф., & Ахмадкулов, У. М. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ИНФОРМАЦИОННЫЕ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ. Мировая наука, (11), 306-308.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.