Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHILARNING VATANPARVARLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISНDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING O‘RNI'

HARBIY XIZMATCHILARNING VATANPARVARLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISНDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
662
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
harbiy xizmatchi / vatanparvar / mutafakkir / meros / qahramon / pedagog / ta’lim. / soldier / patriot / thinker / heritage / hero / teacher / educator.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F. Mavlonov

Maqolada harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishda tahliliy va pedagogik nazariyadan foydalanish, ular faoliyatida sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan asosli foydalanish izchil tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EASTERN THINKERS IN THE DEVELOPMENT OF PATRIOTIC COMPETENCES OF MILITARY PERSONNEL

The article consistently analyzes the use of analytical and pedagogical theory in the development of patriotic competencies of military personnel, the justified use of the spiritual heritage of the thinkers of the East in their activities.

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHILARNING VATANPARVARLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISНDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HARBIY XIZMATCHILARNING VATANPARVARLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING O'RNI

Furqat Mavlonov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Pedagogika va umumiy psixologiya"

kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7115061

Annotatsiya. Maqolada harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishda tahliliy va pedagogik nazariyadan foydalanish, ular faoliyatida sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosidan asoslifoydalanish izchil tahlilqilingan.

Kalit so'zlar: harbiy xizmatchi, vatanparvar, mutafakkir, meros, qahramon, pedagog,

ta'lim.

РОЛЬ ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ПАТРИОТИЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ

Аннотация. В статье последовательно анализируется использование аналитико-педагогической теории в развитии патриотических компетенций военнослужащих, обоснованное использование в их деятельности духовного наследия мыслителей Востока.

Ключевые слова: военнослужащий, патриот, мыслител, наследие, герой, педагог, воспитатель.

THE ROLE OF EASTERN THINKERS IN THE DEVELOPMENT OF PATRIOTIC COMPETENCES OF MILITARY PERSONNEL

Abstract. The article consistently analyzes the use of analytical and pedagogical theory in the development of patriotic competencies of military personnel, the justified use of the spiritual heritage of the thinkers of the East in their activities.

Keywords: soldier, patriot, thinker, heritage, hero, teacher, educator.

KIRISH

Bugungi kunda har qanday sohada vatanparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, yurtga sadoqat, kasbga mas'uliyat bilan yondashish singari chuqur mohiyatga ega majburiyatlar ko'lami kengaymoqda. Yosh avlodni tarbiyalashda harbiy vatanparvarlikning o'rni va ahamiyati, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat mafkuraviy asoslarga, balki ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy asoslarga ham bog'liq. Zero, bugungi kunda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bevosita Qurolli Kuchlar tizimi, harbiy soha, davlat organlari va jamoat tashkilotlari orqali amalga oshirilsa-da, oila, mahalla va ta'lim muassasasi uni bilvosita amalga oshirishga mas'ul hisoblanadi va bu borada har bir fuqaro milliy-ma'naviy va axloqiy jihatlarni yaxshi bilishi lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bugun xavfsiz dunyo sari intilayotgan XXI asrda xavfsizlik ham, taraqqiyot ham o'z aniq kafolatiga ega emasligiga yana bir karra amin bo'lishimiz mumkin. Zotan, xavfsizlik va taraqqiyot o'zgalar tominidan taqdim etiladigan imkoniyat emas. Shunday ekan, tahlikali dunyo siyosatida O'zbekiston o'z pozitsiyasini qanday belgilaydi? Jahon va milliy maydonda davlatimizning yaqin va uzoq kelajakka qaratilgan insonparvarlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi qanday reja va strategiyalari mavjud? Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo'yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirish zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Vatanimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni, uning tarixini, xalqning boy merosini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tub mohiyatini, respublikamiz imkoniyatlarini chuqur anglagan holda, yuksak istiqbolga erishish yo'lida fidoyilik namunalari ko'rsatmagan kishi haqiqiy vatanparvar bo'lmaydi. Tarixiy madaniy meros insonda vatanparvarlik, milliy tuyg'usini uyg'otadi. Ajdodlarga munosib avlod bo'lishga intilish hissini paydo qiladi. Tarixiy tafakkur orqali idrok qilingan madaniy meros o'zida katta ma'naviy qudratni, boylikni, iste'dodni namoyon qiladi.

Milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirish, xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo'lida o'zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O'zbekiston xalqiga sodiq, qat'iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan harbiy xizmatchilarni yetishtirish zamonning talabidir.

XI asrda yashagan Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk o'zining 1091-yili yozilgan "Siyosatnoma" (Siyar ul-muluk) asarida davlat boshliqlari lashkarga yaxshi munosabatda bo'lishlari, ular holidan xabar olib turishlari, shunda ularning vatanga bo'lgan mehrlari va sadoqatlari qalblarida mustahkam bo'lib xizmat va urush paytlarida sabotli bo'ladilar deb yozib qoldirgan.

Vatan mudofaasida, armiya tashkiliy ishlarida albatta Amir Temurning jangovor taktikasi asrlar osha o'z kuchini yoqotgan emas.Ayniqsa, harbiy xizmatchilar va yosh avlodni ma'naviy -axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod etgan mutafakkirlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Ular qoldirgan ma'naviy meros necha avlodlarni ma'naviy-axloqiy kamolotga da'vat etib, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelmoqda. Hozirda Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz ajdodlarimizning mana shunday boy ma'naviy merosidan oziqlanishsa, o'zlarining ma'naviy, axloqiy va intellektual sifatlarini shakllantirishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Buyuk davlatga asos solgan Amir Temurning sarkardalik san'atini, lashkarboshilarni qanday tanlagani va rag'batlantirganini o'rganish, muhim masaladir. Chunki, ulug' amirning "Davlat-u saltanat uch narsa - mulk, xazina va lashkar bilan tikdir", deb aytgan hikmatli so'zlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Sohibqironni ta'kidlashicha: "Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan -qilichni o'ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovati-yu, kamolotiga e'tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo'lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo'ladi, qilich o'ynata oladigan kishi raqibini mag'lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin".Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz: "Askarlari botir el qudratli bo'lur", deganlarida aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan edilar. Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va ulug lashkarboshilarimiz o'gitlarini, ularning harbiy merosini chuqur bilishi kerak, deb qayta-qayta ta'kidlab kelaman. Bu o'lmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz g'urur baxsh etadi, muqaddas tuprog'imizga sadoqat tuyg'ularini kuchaytiradi".

TADQIQOT NATIJALARI

Mutafakkirlar tomonidan ishlab chiqilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari milliy madaniyatni shakllantirishda, ta'lim va tarbiyani takomillashtirishda kuchli rag'batdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek xalqining milliy-ma'naviyati va axloqiy qadriyatlarida harbiy vatanparvarlik yurt tarixi, taqdiriga chuqur hurmat bilan qarash, Vatan himoyasi yo'lida jasorat namunalarini ko'rsatishga qodir bo'lgan shaxslarga xos fazilat sifatida qadrlanadi. Bu tuyg'u "ishonch", "sadoqat" kabi ma'naviy va axloqiy tushunchalar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o'rin olganligi uchun ham davrlar mobaynida o'z mavqeini yo'qotmay kelayotgan falsafiy kategoriyadir. Vatanparvarlik o'zida birlashtirish, yo'naltirish, jipslashtirish, kabi axloqiy sifatlarni mujassam etgani uchun o'zbek xalqi ma'naviy merosiga taalluqli barcha manbalarda ulug'lanadi. Bu jihatdan yuksak ma'naviy qadriyatimiz hisoblangan Islom dini ham mustasno emas. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, teran fikrli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog'liq.

Vatanimiz oldida turgan eng dolzarb vazifamiz bu mustaqillikni asrash, xalqimiz tinchligini, osoyishtaligini saqlashdir. Bu vazifa esa harbiy xizmatchilarimiz yelkasidagi muqaddas burch hisoblanadi. O'tmishda Sharq mutafakkirlari o'z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, ma'naviyatimiz sarchashmasi bo'lgan ta'lim-tarbiya, shaxs kamoloti haqida boy tarixiy tajribani meros qilib qoldirgan.

Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimizning harbiy vatanparvarligini axloqiy ideal sifatida ulug'lash, ularning vatanparvarlik fazilati bilan bog'liq axloqiy qarashlari va hayotiy faoliyatlari aks etgan manbalarni chuqurroq tahlil qilish yoshlarda harbiy vatanparvarlikni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Najmiddin Kubro chinakam vatanparvar va jasoratli sarkarda ekanligi bilan tariximizda alohida o'ringa ega. U oliyjanoblik va halollikning yorqin namunasi bo'ldi. Kubro bugungi kungacha buyuk avliyo va ayniqsa hurmatli shayx bo'lib qolmoqda. Hatto Mo'g'ullar bilan bo'lgan jangda oxirgi nafasigacha dushmanga taslim bo'lmadi, erkaklik nomusi va orini, vatanparvarlik g'ururini chetga surmadi. Bu fazilatlar esa harbiy xizmatchilarimiz uchun haqiqiy namuna va timsol desak adashmaymiz.

Buyuk mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik, insoniyatning o'z kasbiga bo'lgan chuqur mas'uliyati keng yoritib berilgan. Asarlaridagi har bir obrazda vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, rostgo'ylik, yurt himoyasiga shaylik singari tengsiz timsollar tasvirlangan. Harbiy himoyachilarimiz ruhi va tanida uyg'un ta'minlanuvchi jihatlarning barchasi Navoiy ijodi qahramonlarida mavjuddir. Pedagogik nazariyadan olib qaralganda, bo'lajak harbiy xizmatchilarimizni ham rivojlangan davlatlar taksikasidan misol keltirish bilan barobarda, avvalo, o'z tengsiz o'tmishimiz daholaridan namunalar keltirib ta'lim bersak ayni maqsadga muvofiq bo'lar edi. Negaki, harbiy vatanparvarlik ayni bizning qonimizda va ruhimizda mujassam. O'tmishda dunyoni titratgan, harbiy taktika usullari bilan jahonnni lol qoldirga ajdodlar avlodlari ekanimizni pedagogi asoslar bilan yetkazish yanada ahamiyatlidir.

Zamondoshlari ajoyib olim va faylasuf Abu Nasr ibn Muhammad al-Farobiyni Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz deb ataganlar. U Aristotel asarlariga yorqin sharhlar yozgan, u o'zining falsafiy qarashlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan yoshlarning aqliy, axloqiy, estetik va ayniqsa, jismoniy tarbiyasi muammolarini, pedagogik ish muammolarini batafsil ishlab chiqqan. Sharqning buyuk mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari jahon pedagogikasiga salmoqli hissa bo'lib qo'shilgan. Bular o'rta asr pedagogik fikrida demokratik tendensiyani ifodalovchi pedagogik qarashlar bo'lib, ular bugungi kungacha nafaqat g'oyalarni shakllantirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uchun zamin bo'lgan balki yosh avlodning ta'lim va tarbiya nazariyasini shakllantirish va takomillashtirishga katta ta'sir ko'rsatgan va ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda mutafakkirlarning ayni vatanparvarlik bilan bog'liq amal va risolalari inson va uning tarbiyasi haqida, insonparvarlik, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, o'qituvchiga qo'yiladigan talablar haqida ham atroflicha e'tirof etilgan.

Jaloliddin Manguberdi nomi ko'p asrlar davomida yoshlarni vatanparvarlik va insonparvarlik, insoniy jasorat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan qahramondir. Boisi, vatanga bo'lgan mehr va sadoqatini oilasidanda ustun qo'ygan manguberdi, dushman bilan jangda asosan harbiy mukammal taktik usullarni qo'llab harakat qilgan. Askarlariga jasorat, mustahkam iroda, abjirlikda namuna bo'la olgan. Uning sulh tuzishdagi donologi, tavakkalchilik xususiyatlari bilan sulolada boshqalardan ajralib turgan. Buguni kunda ham Manguberdiga siyosatimizda hurmat va ehtirom yuqori o'rinlarda. Harbiy xizmatchilarimizga Manguberdining vatanparvarligi, matonat va yuksak ma'naviyatli inson ekanligi namuna qilib talqin qilinadi, o'rnak sifatida ko'rsatiladi. "Bu yer bilim, ma'naviyat, g'urur maskani bo'lishi kerak. Kelganlar aylanib, hordiq chiqarishi bilan birga Manguberdi bobomiz hayotini yaqqol tasavvur qilishi, bundan ruh olishi kerak. Xiyobon bo'ylab uning janglari, qahramonliklari haqida lavhlar yozib qo'yish mumkin. Bu tarixni va chet tillarini yaxshi bilgan gidlar tayyorlash ham zarur",- deya ta'kidlagan edi Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida.

MUHOKAMA

Tarix - bu xalqning xotirasi, ijtimoiy rivojlanish va kelajakka erishish uchunqudratli kuch demakdir. Mutafakkirlar tomonidan ishlab chiqilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari milliy madaniyatni shakllantirishda, insonparvarlik, o'tmish ajdodlar merosiga chuqur hurmatda yaqqol ko'zga tashlanadi. Sharq olimlari o'z asarlarida insonning ichki dunyosini ochib beradilar,ma'uliyat, burch va ta'lim-tarbiyaga oid muhim tavsiyalar beradilar. Chinakam qomusiy bilimga ega mutafakkirlar o'z asarlarini shaxs taraqqiyoti jarayonida ruh va tana uyg'unligi bilan bog'liq keng ko'lamli masalalarni o'rganishga bag'ishlaganlar.

Asrlar oshsa hamki, buyuk tariximi, ulug' ajdodlarimiz mehnati va jasorati nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda e'tirof etishdan to'xtagani yo'q. Bu esa ayni harbiy ta'lim sohasida, umuman olgan ta'lim tizimida katta imtiyoz va yutuq hisoblanadi. Harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishning qator usul va yondashuvlari mavjud:

- Ta'lim, o'quv jarayonlarida sharq mutafakkirlarining tajriba hayot yo'lidan misolar keltirish, alohida soatlar ajratish;

- Aqliy va axloqiy tarbiyani shakllantirishning samarali talablaridan bo'lgan o'smirlar va yoshlarni kitoblarga, mutafakkir, yozuvchi va olimlarning turli asarlariga tanishtirish;

- davlatimizda va jahonda ro'y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko'nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- armiyamizga jismonan baquvvat va ma'nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O'zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko'nikmalarni mustahkamlash;

- va eng asosiysi vatanparvarlik tuyg'usini yoshlarning qalbi va ongida ilk bolalik davridan boshlab shakllantirish.

XULOSA

Marralar qanchalik baland olinmasin, loyihalar nechog'li istiqbolli boimasin, Vatanni sevadigan, chin yurakdan mehnat qiladigan fidoyi insonlarsiz ularni amalga oshirish imkonsiz. Tarixdan yaxshi ma'lumki, yer yuzida qaysi mamlakat o'z davlat mustaqilligi, chegaralari daxlsizligi, xalqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilib, taraqqiyot borasidagi yuksak maqsad va muddaolariga erishmoqchi bo'lsa, avvalo, milliy armiyasini mustahkamlashga, uning hal qiluvchi kuchi bo'lgan jangovar tarkib, ya'ni, askar va ofiserlar tarbiyasiga birinchi darajali ahamiyat beradi. Agar jismoniy va jangovar tayyorgalik orqali harbiy xizmatchilar jismonan toblanib, kuch-quvvatga to'lsa, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruhi irodasi mustahkamlanadi. Bu boradagi an'analarning mohiyatini uzoq va yaqin o'tmishda Vatan va millat manfaatlari yo'lida fidoiylik ko'rsatgan xalq qahramonlarining faoliyati, O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lidagi yutuqlari misolida ochib berish maqsadga muvolfiq.

REFERENCES

1. Temur tuzuklari, Toshkent, 1991 yil, 55-bet

2. Muslimov N. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2013.

3. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007.

4. B. X. Raximov "Talim tizimida bo'lajak o'qituvchi shaxsning kasb madaniyati" Samarqand., 1996-y., 43-45-b.

5. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

6. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 01. - С. 296-300.

7. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295-299.

8. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

9. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

10. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

11. Джураев Р. Х., Карахонова Л. М. Медиаобразование как фактор повышения качества обучения школьников //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2. - С. 322-323.

12. Сафарова Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя килишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

13. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

14. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

15. Jurayev, R. K., & Karakhanova, L. M. (2020). Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3500-3505.

16. Musaxonovna, K. L. (2022). General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 12(5), 855-860.

17. Караханова Л. М. НОВЫЕ ИНТЕРАКТИВНЫЕ ЭЛЕКТРОННЫЕ РЕСУРСЫ В СОВРЕМЕННОМ ОТКРЫТОМ ОБРАЗОВАНИИ В ОБУЧЕНИИ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 1. - С. 1303-1305.

18. Джураев, Р. Х., & Карахонова, Л. М. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ СОПРОВОЖДЕНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ УЧРЕЖДЕНИЯМИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(4), 66-70.

19. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295-299.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.