National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
VATANPARVARLIK VA YUKSAK MA'NAVIY TARBIYA - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINING MUHIM USTUNI
Ixtiyor Mizrabovich Saidov
Farg'ona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakulteti boshlig'i dotsent, falsafa fanlari doktori (PhD) polkovnik
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Jahonda g'oyaviy tahdidlar kuchaygan va siyosiy kurashlar keskinlashgan, kosmopolitizm g'oyalarining rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarda vatanparvarlik ruhiyatini rivojlantirish, ijtimoiy mas'uliyat va daxldorlik tuyg'ularini shakllantirish va shu asosida ijtimoiy loqaydlik va befarqlikni bartaraf etish hamda vatanfUrushlikning ijtimoiy salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan islohotlarga tanishish uchun mo'ljallangan.
Kalit so'zlar: Uchinchi Renessans, kosmopolitizm, paradigma, vatanparvarlik, mudofaa, etnopsixologik, ideologiyasi, kognitiv, ideal, baquvvat, irodali, dovyurak, iymon-e'tiqodli, adolatparvar, ma'naviy, siyosiy.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается развитие духа патриотизма у молодежи, формирование чувства социальной ответственности и сопричастности, а также устранение на основе этого социальной индифферентности и индифферентности, и социальной негативности патриотизма, в условия развития идей космополитизма, развитие духа патриотизма в молодежи, развитие духа патриотизма, развитие чувства социальной ответственности и сопричастности, социальная негативность патриотизма. ст., призванной ввести реформы, направленные на снижение влияния.
Ключевые слова: Третий Ренессанс, космополитизм, рарадигма, патриотизм, оборона, этнопсихология, идеология, познавательный, идеальный, сильный, волевой, мужественный, верующий, праведный, духовный, политический.
ABSTRACT
In this article, the development of the spirit of patriotism in young people, the formation of feelings of social responsibility and belonging, and the elimination of social indifference and indifference on the basis of this, and the social negativity of patriotism, in the conditions of the development of the ideas of cosmopolitanism, the development of the spirit of patriotism in the youth, the development of the spirit of patriotism, the development
April, 2023
704
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
of the sense of social responsibility and belonging, and the social negativity of patriotism are discussed in this article. designed to introduce reforms aimed at reducing the impact.
Keywords: Third Renaissance, cosmopolitanism, raradigm, patriotism, defense, ethnopsychological, ideology, cognitive, ideal, strong, willful, courageous, faith-believing, righteous, spiritual, political.
Biz kelajak avlodni bilimli, jismonan va ma'nan sog'lom, intellektual salohiyatga ega yoki zamon talabiga mos qilib tarbiyalashimiz uchun avalambor, kelajagimiz bo'lmish yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarur edi. Shu ustuvor maqsad sari O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni qabul qilindi. Yaqinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 20-dekabr sanasida Oliy majlisga va xalqimizga qilgan murojaatlarida ham "Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash" ustuvor maqsad sifatida belgilangan va bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli ta'limiy, huquqiy va tashkiliy islohotlar olib borilmoqda, ko'plab fundamental ilmiy loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlari qo'llab quvvatlanmoqda.
Bugungi kunga kelib O'zbekistonda yangi Uyg'onish, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga doir islohotlar boshlandi. O'z navbatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Uchinchi Renessans poydevorini yaratish" g'oyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo bo'lmagan, albatta. Yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga egaligi bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz" Buning uchun esa, Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarga katta ishonch bilan qarash lozim. Shuning uchun bu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlar yaratishni birlamchi vazifamiz sifatida ko'rish darkor.
Vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashdan maqsad ham jamiyatda yuqori ijtimoiy faollikni, fuqarolarning ayniqsa, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari xodimlari, harbiy xizmatchilari, tinglovchi va kursantlarining xavfsizlikni ta'minlash borasidagi mas'uliyati va javobgarligini oshirish, ularda mardlik,
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
jasurlik, sadoqat, fidoyilik, halollik kabi insoniy fazilatlarni qaror toptirish va Vatan manfaatlari yo'lida vijdonan xizmat qilishga safarbar etishdir.
"Yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishning milliy ma'naviyat paradigmasini yuksaltirish yo'llari, ya'ni etnopsixologik tahlil qilish, ijtimoiy muhitga asoslanish, kognitiv yondashuv asosida tarbiyalash" usullarini ham ko'rib chiqish tadqiqot ishining ilmiy farazini asoslashga yordam beradi.
Milliy ma'naviyat paradigmasi bu har bir millatning ma'naviy qadriyatlarini asos qilib olgan holda milliy qahramonlik obrazlari, tarixiy buyuklik ideologiyasi va milliy qadriyatlar va o'zlikning sofligi g'oyasi asosida birlik va birdamlikka yo'naltirilgan vatanparvarlik tarbiyasi hisoblanadi. Chunki vatanparvarlik uchun vatanda qadrli tushunchalar bo'lishi talab etiladi. Ya'ni yoshlarni vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda o'z vatanida qadrli va yuksak ma'noga ega bo'lgan nimadir bo'lishiga urg'u beriladi.
Paradigma - (yunoncha "shablon, namuna" so'zlaridan) muayyan konsepsiyalar turkumi yoki fikrlash shabloni hisoblanadi. Demak milliy ma'naviyat paradigmasi milliy ma'naviy qadriyatlarga asoslangan namuna yoki konsepsiyalar jamlanmasi hisoblandi.
Milliy ma'naviyat paradigmasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari tarixiy ideallar va ularning vatanparvarlik va qahramonlik ishlarini targ'ib qilish, yoki ta'limda milliy qahramonlik ideallari asosida ularning vatanparvarlik tarbiyasiga yo'naltirish muhim vosita hisoblanadi.
Shuningdek, milliy ma'naviyat shablonini yaratish asosida yoshlarda vatanparvarlikni axloqiy qadriyat sifatida yoki fazilat sifatida singdirish mumkin bo'ladi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kognitiv yondashuvning samaradorligi bu tarixiy jarayonlarni bilishga yo'naltirilgan jarayon hisoblanishidadir. Ya'ni kognitivlik bilishga, anglashga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, vatanparvarlikni talaba-yoshlarga singdirish, anglashlariga yordamlashish, ongli munosabat orqali ularda vatanparvarlik mas'uliyatini shakllantiradi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy g'oyasiga aylanib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar bo'lib voyaga yetishini ta'minlash, ularning qobiliyati va iste'dodi, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularda ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan rivojlangan, raqamli iqtisodiyot amaliyotga keng kirib borayotgan, axborot texnologiyalari barcha sohani butkul qamrab olgan davrda O'zbekiston yangi bir uyg'onish davriga poydevor yaratmoqda.
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
Avvalo, Uchinchi Renessans g'oyasining mazmunini aniq ochib berish, aholining barcha qatlamlari, xususan, yoshlar ongiga yetkazish kerak. O'tmish renessanslari davrida ajdodlarimiz nimalarga erishganini, jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini, boshqa xalqlar, mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi madaniyatlaridan, ilm-fani, san'ati va adabiyotlaridan birini, ilg'or ijtimoiy fikru qarashlarini yaratganini qisqa, lo'nda, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur.
Birinchi va ikkinchi renessanslarning tarixiy sharoiti va davri talablari, imkoniyatlarini haqqoniy baholab, Yangi Renessansning tarixiy sharoitlari va talablari mutlaqo o'zgacha ekanini asoslash, dalillash maqsadga muvofiq.
Uchinchi Renessans sanoatning butkul yangicha inqilob, texnologik inqilob hamda yuksak rivojlangan raqamli smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qiladi. Mazkur jarayon O'zbekistonda qanday bosqichlarda amalga oshirilishi, uning moddiy-moliyaviy, insoniy, ilmiy va ilmiy-texnologik ta'minoti bo'yicha istiqbolli aniq kompleks dasturlar yangi Renessans g'oyasi bilan mafkuraviy jihatdan bog'lanishi shart. Ilmiy, ilmiy-texnologik ta'minot taqozosidan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya sohasining barcha bo'g'inlari uzluksiz isloh etib borilishi kerak. Avvalgi ikkala Renessans mustahkam ma'naviy-mafkuraviy negizda, birinchi galda yuksak axloqiylik, adolat, ilmga tashnalik va bag'rikenglik asosida yuz bergan.
Yuqoridagilardan shuni anglash mumkinki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya bo'lishini talab etadi. Ammo mazkur integratsiya jarayoni o'zligimizga, tilimizga, milliy xususiyatlarimizga, ma'naviyatimizga, eng asosiysi farzandlarimizning axloqiga salbiy ta'sir etishiga yo'l qo'ymaslik lozim bo'ladi. Buning uchun esa ta'lim-tarbiya masalasini millat va mamlakat kelajagi sifatida qaralmog'ini talab etadi.
Yoshlarni buyuk kelajakka ishontirish, yoki hukumatni yangicha islohotlarni olib borayotganligiga ishontirish, ularda vatanni qadrlash mumkin bo'lgan nimagadir ishonish, ularga aloqador bo'lish asosida ta'sir ko'rsatish usullariga aytiladi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag'batlantirish tamoyillarining ilmiy-amaliy asoslari ochib berish ham tadqiqot ishining umumiy saviyasini oshiradi. Unga ko'ra vatanparvarlik namuna bo'lish yoki namuna bo'lishi mumkin bo'lgan tarixiy va ijtimoiy ideallar, intilish mumkin bo'lgan shaxslar asosda tarbiyalash juda samarali yo'l hisoblanadi. Ya'ni jamiyatda yuksak vatanparvarlik sifatlari mavjud bo'lgan qahramonlik "qiyofalari"ning yaratilishi ham talab etiladi. Bu jamiyatda
vatanparvarlik tuyg'usini shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng muhim tamoyillaridan biri rag'batiantirish hisoblanadi. Umuman olganda, rag'batiantirish har bir insonga ta'sir ko'rsatishdagi eng samarali yo'l bo'la oladi. Bugungi kunda jamiyatlardagi insonlarni o'zi tug'ilib o'sgan makonga daxldorlik tuyg'usini shakllantirishda ularni rag'batlantirish borish siyosati muhim hisoblanadi. Shu bois ham yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishda ularga rag'bat berishni kuchaytirish, ularni tug'ilib o'sgan joyga ko'proq bog'lash orqali rag'batini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha sifatida shuni alohida ta'kidlash zarurki, hozirgi paytda yoshlarning vatanparvarlik tuyg'usiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar orasida o'zining ta'sirchanligi va zamonaviyligi bilan ajralib turadigan hodisalar talaygina. Ushbu masalalarni ham tadqiqotimiz doirasida quyidagi mulohazalar orqali tahlil qilishga harakat qildik.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish obyektiv va subyektiv omillarga ega. Bu omillar ayni paytda, vatanparvarlik fazilatlarini ro'yobga chiqaruvchi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
vatan ravnaqi va yurt farovonligini ta'minlashga mas'ullikni his etish; adolat, halollik, sadoqat, vijdoniylik, nomuslilik, oriyatlilik, g'urur kabi yuksak insoniy fazilatlar mazmun-mohiyatini anglash va amalda namoyon etish ko'nikmalariga ega bo'lish.
vatanparvarlikni oliy fazilat sifatida qadrlash, bu fazilat yurt tinchligini himoya qilish va vatan xavfsizligini ta'minlash himoya qilishda yuksak ma'naviy burch ekanligini anglash.
Shunday ekan jamiyatda vatanparvarlikni axloqiy tushuncha sifatida shakllantirish, uni qo'lga qurol olib isbotlashgina mumkin bo'lgan faoliyat sifatida emas, yuksak fazilat, axloqiy mezon sifatida ko'rish talab etiladi. Chunki yoshlarda mavjud bo'lgan birgina fazilati uning vatanparvarligi uchun asos bo'la olishi kerak. «Axloq - bu xulqlar majmui. Xulq esa ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo'lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va olijanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo'linadilar. Lekin bular kishida o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Ular-ning shakllanishi uchun ma'lum sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug'ilishdan yomon bo'lib tug'ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi... Tarbiya tug'ilgan kundan boshlanadi va umrning oxiriga qadar davom etadi. U ikki bosqichdan - uy va maktab tarbiyasidan tashkil topgan». Demak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dastlab oila o'chog'ida boshlanadi, so'ng bog'cha, maktab kabi
ta'lim bosqichlarida davom ettiriladi. Aynan oilada bola
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
vatanparvarlikning balandparvoz chaqiriq emasligini, uni tuyish ma'lum ma'naviy tayyorgarlikdan so'nggina mumkin bo'lishini, Vatanni «pul» yoki biror manfaat manbai tarzida ko'rmaslik kerakligini o'rganadi. Aks holda ta'limning turli bosqichlarida berilayotgan bilim o'quvchini nafs girdobiga tushib qolishdan, ma'naviy qadriyatlarni suiiste'mol qilishdan asray olmaydi.
Vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashning asosida jamiyatda yuksak ijtimoiy faollikni, fuqarolarning javobgarligini oshirish, fuqarolarda chin insoniy fazilatlarni qaror toptirish va ularni Vatan manfaatlari yo'lida xizmat qilishga safarbar etishdan iborat ekan, zamonaviy sharoitda ushbu maqsadga quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali erishiladi:
O'zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda yoshlarimiz oldiga qo'yilgan vazifalarni hal etish biz tarbiyachilardan mas'uliyatni oshirishni talab qiladi. Bu borada tarixni yoshlarga chuqur o'rgatish, yoshlarimizni milliy g'oya va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
jamiyatda, fuqarolarning ongu shuurida ijtimoiy ahamiyatga ega milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, mamlakatning madaniy va tarixiy merosiga, an'analariga hurmat ruhini qaror toptirish, davlat xizmati, ayniqsa, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlovchi idoralardagi xizmat nufuzini oshirish;
fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarimizda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat ramzlari - gerbi, bayrog'i va madhiyasi bilan g'urur lanish, ularni chuqur hurmat qilish va qadrlash tuyg'usini tarbiyalash;
mamlakatimizda insonning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini, fuqarolik, kasbiy va harbiy burchlarini amalga oshirish uchun munosib sharoitlar yaratilayotgan bir paytda yoshlarni «Men Vatan g'am xo'rligi va istiqlol yaratgan imkoniyatlar qadriga to'liq yetishim uchun nima qilishim kerak?» degan hayotiy savol haqida nafaqat o'ylash, balki amaliy ishlar bilan javob berishga, yoshlarni Vatan himoyasini oliy ma'naviy burch deb bilgan holda «Ona yurtni biz asramasak, kim asraydi!», «Xalqim ertaga birovning qo'liga qarab qolmasligi uchun men o'zim nima ish qildim» degan e'tiqod bilan, «men egallayotgan bilim - Vatanimni yanada ravnaq toptirishga xizmat qiladi», deb faxr bilan yashashga o'rgatish;
yoshlarda sabr-toqat, matonat, qanoat, sabot, qat'iyat kabi xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
yoshlarimizni nafaqat yuksak professional mutaxassis qilib, balki jismonan baquvvat, irodali, dovyurak, iymon-e'tiqodli, adolatparvar, ma'naviy va siyosiy saviyasi, huquqiy madaniyati yuksak inson etib
tarbiyalash;
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
vatan tuyg'usini tarbiyalashda oila - maktab - mahalla - nodavlat notijorat tashkilotlar - ijtimoiy harakatlar bilan hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish;
vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashda ma'naviy-ma'rifiy va targ'ibot ishlarining beqiyos ahamiyatini inobatga olib, bu borada barcha tegishli tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish mazkur sohadagi parallelizm - takrorlashlarning oldini olishga o'ta muhim masala sifatida qarash;
yoshlarimizda dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalarni mustaqil tahlil qilish, har bir so'z, ishni amalda O'zbekiston xalqining manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirish kabi ko'nikmalarini shakllantirish.
Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish har bir ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchidir. Yoshlar ongida vatanparvarlikni shakllantirish bilan bog'liq ishlar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilsa, ijobiy natija berishi tabiiydir:
mahallalar, oilalar va o'quv muassasalari hamkorligida amalga oshiriladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar;
maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta'lim maktablari, oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quvchi, talabalar, yoshlar va boshqa toifadagi fuqarolar o'rtasida olib borilayotgan tadbirlar;
ommaviy axborot vositalari, matbuot vositasida amalga oshirilayotgan vatanparvarlik g'oyasi bilan yo'g'rilgan tadbirlar;
harbiy vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiruvchi tadbirlar; ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirish bilan bog'liq ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va ilmiy-metodik yo'nalishlarda tadqiqot ishlari olib borish, sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish;
xalqlap, millatlararo do'stlik, birodarlik, ahillik, totuvlikni ta'minlashga qaratilgan tadbirlar;
madaniy va ma'rifiy, ijodiy tashkilotlar tomonidan aholining ma'naviy madaniyatlilik darajasini oshirish, ularning bo'sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni;
2. Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2022 yil 20-dekabr
sanasidagi Oliy majlisga va xalqimizga qilgan murojaatlari;
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-704-711
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-sonli Qarori;
4. 2018 yil 23 fevralda 140-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori;
5. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirininig "Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaщ kontseptsiyasini samarali amalga oshirishiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi buyrug'i.
6. Falsafa qisqacha izohli lug'at (Mas'ul muharrir: A.Jalilov).
7. Xolbekov A.J., Matiboyev T.B. Ijtimoiy adolat va demokratiya: Barqaror taraqqiyot yo'lida. - Т.: "Yangi asr avlodi", 2004.- B. 102.
8. Iminov B.K. Manfaatlaar - siyosat mafkurasi. - Т.: Minhoj, 2002.
9. Человек и культура межнационального общения (под ред С.Шермухамедова).-Тошкент.: Узбекистан, 1995.
10. Choriyev T. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tahkilotlarining roli va o'rni//
11. https://adolat.uz/frakciya/yoshlarni-vatanparvarlik-ruhida-tarbiyalashda-zhamoat-tashkilotlarining-orni-va-roli
12. Мухамеджанова Л. А.. Проявление достоинства личности как ценность в гражданском обществе.
https://www.researchgate.net/publication/352020042 Proavlenie dostoinstva licnosti k ak cennost v grazdanskom obsestve
13. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). ВАЖНОСТЬ ЭТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ГАРМОНИИ ТРАДИЦИОННЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ. https://scienceweb.uz/publication/4478
April, 2023