Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOT VA MUSIQANING ROLI'

O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOT VA MUSIQANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
775
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatanparvarlik / badiiy adabiyot / tarix / Milliy san’at

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umurova Ma’rifat Yoshiyevna

Bugungi ijtimoiy-madaniy hayotda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosati nafaqat milliy ta’lim tizimida davlatning ijtimoiy buyurtmasi bajarish, balki boshqa xalqlarning shaxs huquq va yerkinliklarini, urf-odatlari va madaniyatini hurmat qiladigan yuksak axloqiy fazilatlarga ega, vatanparvar shaxsni tarbiyalashga ham qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA VATANPARVARLLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOT VA MUSIQANING ROLI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

O'QUVCHILARDA VATANPARVARLLIK TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOT VA MUSIQANING ROLI

Umurova Ma'rifat Yoshiyevna

Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi ijtimoiy-madaniy hayotda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosati nafaqat milliy ta'lim tizimida davlatning ijtimoiy buyurtmasi bajarish, balki boshqa xalqlarning shaxs huquq va yerkinliklarini, urf-odatlari va madaniyatini hurmat qiladigan yuksak axloqiy fazilatlarga ega, vatanparvar shaxsni tarbiyalashga ham qaratilgan.

Kalit so'zlari: Vatanparvarlik, badiiy adabiyot, tarix, Milliy san'at.

Tarixdan ma'lumki san'at va madaniyat bashariyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblangan. Har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi o'sha jamiyatda san'at va madaniyatning rivoji bilan belgilangan. Tarixda yashab o'tgan har bir hukmdor yoki davlat arbobi o'z faoliyatida fan, madaniyat va san'at sohasini qadrlagan taqdirdagina u yurtda tinchlik, obodonchilik hamda farovonlik bo'lgan. Shunday ekan bugungi kunda mamlakatimizda san'at va madaniyat sohasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi ham bejiz emas albatta. So'ngi yillarda hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar ham bevosita ushbu sohani yanada taraqqiy toptirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo'llagan tabrigida "Adabiyot, san'at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi" deb ta'kidlanganlari ham yoshlarimizni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda adabiyot va san'atga e'tibor qaratish muhim ijtimoiy masala ekanligidan dalolat beradi.

Ta'kidlash joizki, san'at go'zallik, yaxshilik va ezgulikni o'zida aks ettirishi kerak. San'at va madaniyatga oshufta qalblar doimo ezgulikka intiladilar. San'at ahli inson qalbidagi ichki go'zallikni ko'ra olishi va unga ezgulik ulashishi zarur. San'atning maqsadi ham ma'naviy ozuqa berib, insonni axloqiy komillikka yetaklashdan iborat.

Milliy san'atimiz va madaniyatimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Uni amalga oshirish esa yurtimizning har bir ziyoli vakilining muqaddas burchidir.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

O'smirlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nafaqat ta'lim muassasasi balki oila ham katta rol o'ynaydi. Farzandning qarashlari ota-onaning vatanparvarlik tuyg'ulari va qarashlariga bog'liq. Shunga ko'ra rivojlanishning barcha yosh bosqichlarida: maktabgacha ta'lim va tarbiya oluvchilari, maktab o'quvchilari, talabalar va katta avlod vakillari o'rtasida vatanparvarlik tarbiyasini tashkil yetish muammosi mavjud.

Sharq allomalari va mutaffakkirlarining san'at va madaniyatning turli yo'nalishlarida yaratgan risolalarini chuqur o'rganib, muhokama qilish, ular tomonidan yaratilgan ilmiy meros butun dunyoda ilm, fan va madaniyatning deyarli barcha sohalari taraqqiyoti uchun zamin bo'lganligini asoslash va u orqali o'sib kelayotgan yosh avlod ongida milliy g'urur, iftixor, Vatanga muhabbat tuyg'ularini kamol toptirish adabiyot va musiqa ta'limi oldida quyilgan asosiy vazifalaridan biridir.

Badiiy adabiyot olamni o'zlashtirishning o'ziga xos vositasi va manbaidir. Bu jihatdan u fan bilan yaqinlashadi. Olamni aks ettirishdagi obrazliligi bilan undan ajralib turadi. Badiiy adabiyot olamni har doim ko'rsatmalarga boy tarzda ko'rsatadi. Eng muhimi ularda o'quvchi qalbiga ta'sir ko'rsatadigan estetik lazzat va huzur, ma'naviy saboq mavjud bo'ladi. Bularning barchasi o'quvchining qalbida yuksak ma'naviy tuyg'ularning shakllanishi hamda ulardan bahramandlik sharofati bilan hosil bo'ladigan ma'naviy qoniqishga olib keladi.

Umumiy o'rta ta'limda vatanparvarlik tarbiyasi shaxsning axloqiy va ma'naviy xususiyatlarini, o'z millati bilan faxrlanish tuyg'usini, o'z xalqining urf-odatlari va madaniyatiga hurmatni va bag'rikenglikni shakllantirish vazifalarini amalga oshiriladi.

Badiiy adabiyot inson ma'naviy dunyosini boyitishda muhim omildir. Maktabda badiiy adabiyot o'qitish orqali o'quvchilarning badiiy didi, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik madaiiyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg'usi tarbiyalanadi va kamol topadi. Muallim darsda yozuvchilarning ijodini o'rganish, asarlariii tahlil qilish orqali o'quvchilarda o'sha asarlarda qo'yilgan axloqiy-nafosat masalalarini bilish va aniqlashga qiziqish uyg'otadi. O'quvchilar qiziqish tuyg'usiga ega bo'lishlari uchun, tabiiyki, ular turli janrdagi asarlarni ifodali, adabiy o'qish san'atini, o'qigan asarlarining mazmunini og'zaki va yozma bayon etish, hikoya qilish ko'nikmasini egallashlari, adabiyotni so'z san'ati, hayotning badiiy ifodasi ekanligini anglab olishlari kerak. Buning uchun muallim maktab adabiyot o'qitish usullarini puxta egallashi, ilmiy, adabiy-nazariy bilimlardan xabardor bo'lishi lozim.

Maktabda o'quvchilarga faqat umumiy ta'lim berish bilan cheklanilmaydi, unda ijodiy mehnatning zaruriy sharti bo'lgan mustaqil fikrlash ko'nikmasi ham rivojlaitirilib, har bir ishga yuqoriy yondashish hissi shakllantiriladi va kamol toptiriladi.

O'quvchilarga ta'lim berishda asosiy maqsad— ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e'tiqodli qilib o'stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko'nikmalarni hayogga

tatbiq etish qobiliyatini o'stirishdir. Bu jihatdan ham adabiyot darsi yosh avlodii

jamiyatimiz olg'a surayotgan yuksak g'oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi.

Adabiyot o'quv fani sifatida murakkab, ko'p qirralidir. U o'quvchilarni hayot bilan moslashtiradi, ularda hayotni ko'rish va anglashga qiziqish hissini o'stiradi, atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini, vatanga, xalqiga sadoqatli bo'lish tuyg'usini shakllaitiradi, rivoj toptiradi.

Adabiyotni o'quv fani sifatida o'rganish asarni tahlil qilish, unda yozuvchi quygan adabiy, axloqiy, falsafiy masalalarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi o'quvchilarga asar qismlarining o'zaro bog'likligini tushunib olishlari, o'z fikr-mulohazalarini dalillar asosida izchil og'zaki va yozma bayon etishlarida ko'maklashadi.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi yorqin tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar obrazlari ham o'quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitadi, jamiyatning moddiy boyligi va ma'naviy madaniyatini rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shish tuyg'usini o'stiradi. Shunga ko'ra adabiyot darslari tarix darsidan tashqari, jug'rofiya, tasviriy san'at, musiqa bilan ham bog'lab o'rganiladi. Shu yo'l bilan o'quvchilarda ijtimoiy hayot voqealari hamda adabiyot va san'at asarlarini mustaqil anglash malakasi, izchil dunyoqarash shakllantiriladi.

Vatanparvarlik tushunchasi keng va ko'p qirrali bo'lib, o'quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasiga qo'yilgan vazifalarni turli vositalar yordamida va tegishli pedagogik sharoitlarni tashkil qilish orqali hal qilish mumkin. Ulardan biri musiqa.

"Musiqa - inson mavjudligining zaruriy ma'naviy atributidir", deb aytgan Aristotel. O'quvchilarni musiqiy tarbiyalashda vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.

Musiqiy vositalar har bir o'quvchining qobiliyatini, uning ijodiy salohiyatini ochib berishga yordam beradi va pirovardida o'z mamlakati bilan faxrlanish tuyg'usini tarbiyalaydi.

Vatanparvarlik tarbiyasi vositasi nafaqat qo'shiq so'zlari, balki yoshga mos ravishda tanlangan, tinglash musiqa sadosi bilan qo'shilib turadigan badiiy asarlar ham bo'lishi mumkin.

Musiqa uzoq vaqt davomida vizual taassurotlarni saqlashga qodir. Vatanga muhabbatni rivojlantirish onaga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan amalga oshirish mumkin emas. Ona haqidagi qo'shiqlar o'quvchilar repertuariga doimiy ravishda kiritiladi, ular o'quvchilarning samimiy va bevosita hissiyotlarini uyg'otadi.

O'quvchilar folklorining mazmuni boyligi va xilma-xilligi o'quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasiga hissa qo'shadi. Musiqa tinglashda o'zbek xalq qo'shiqlari va kuylaridan foydalangan holda, ular o'quvchilarni o'zlarining badiiy va kognitiv xususiyati bilan jalb qilishadi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Shunday qilib, xalq musiqa san'ati - o'quvchilarning kundalik hayotiga kiritilgan va vatanparvarlik rivojlanishining ajralmas qismiga aylangan kuchli ta'lim va tarbiya manbai. Musiqani his qiladigan va tushunadigan o'quvchi, qo'shiq aytishni va raqsga tushishni yaxshi ko'radi, atrofdagi dunyoni va tabiatni sevadi, demak u beparvo, qo'pol va shafqatsiz bo'lolmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning muhim poydevoridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. // "Xalq so'zi" gazetasi, 2017 yil, 4 avgust, 153-son.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O'zbekiston, 2017. 242b.

3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. - T.: O'qituvchi, 1994. -428 b.

4. Аминов Б., Расулов Т. Ватан юракдаги жавохир. - Т.: Укитувчи, 2001. -232 б.

5. Aliev A. Ma'naviyat, qadriyat va badiiyat . - T.: Akademiya, 2000.

6. Asrlarga teng yillar. Mustaqillik darsi (ma'ruza matni). - T.: O'AJBNT markazi, 2001. -60 b.

7. Atadjanova Sh. Oilada o'spirin-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: ped.fan.nomz. dis-yasi. - T.: TDPU, 2001. -136 b.

8. Hasanboev J., Hasanboeva O., Turopova M. Ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslari. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 2002. -112 b.

9. Ibragimova G.X. Kasb ta'limi tizimida talaba-yoshlar ma'naviyatini milliy istiqlol g'oyasi asosida shakllantirish. - T.: Fan, 2005. -159 b.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 10. Ходжаев Б. К., Шарипова С. Х. ГРАЖДАНСКАЯ КУЛЬТУРА КАК ВАЖНЫЙ КОМПОНЕНТ ВОСПИТАНИЯ ГАРМОНИЧНО-РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ //ББК 74.48 Р 76. - 2019. - С. 248.

11. Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka # 66 29.04.2021H The emergence and stages of development of navruz Umurova Marifat Yoshiyevna

12. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - T. 1. - №. 5.

13. O'ZBEK MUSIQA FOLKLORI NAMUNALARINI TO'PLASH VA YOZIB OLISH TARIXIDAN

14. AROGL Raximov - Scientific progress, 2021

15. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

16. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

17. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

18. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.