Научная статья на тему 'UMUMIY ÓRTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI'

UMUMIY ÓRTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
478
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san’at / ta’lim / tarbiya / odob / axloq / xulq-atvor / estetika / axborot texnologiya / ommaviy madaniyat / tarbiyaviy jarayon / inson kamoloti.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madaminova Muyassarxon, Nurullayev F.G.

Ushbu maqolada hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqiy tarbiya, ta'lim, o'quvchilarni badiiy-estetik didini yuksaltirish va ularni har tomonlama rivojlantirib, komil inson qilib tarbiyalash haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY ÓRTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES ■ (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. UMUMIY ORTA TA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI.

Madaminova Muyassarxon.

Ajiniyaz nomidagi Nukus Pedagogika Instituti Musiqa ta'limi kafedrasi I-

bosqich magistranti.

Nurullayev F.G.

Ilmiy rahbar- P.f.f.d (PhD) dosent. Bux DU.

ANNOTASSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqiy tarbiya, ta'lim, o'quvchilarni badiiy-estetik didini yuksaltirish va ularni har tomonlama rivojlantirib, komil inson qilib tarbiyalash haqida fikr yuritilgan.

Tayanch iboralar:musiqa, san'at, ta'lim, tarbiya, odob, axloq, xulq-atvor, estetika, axborot texnologiya, ommaviy madaniyat, tarbiyaviy jarayon, inson kamoloti.

Аннотация: В статье рассматриваются музыкальное воспитание школьников сегоднящного дня. Обсуждаются развитие личности у младших школьников, целенаправленные педагогические процессы формирования и интеграционных нравственных качеств. Всесторонее улучшение средних школ.

Ключевые слова: музыка, воспитание, культура, песня, чувство, интеллект, арт-художество, литература, ребёнок, развитие.

^mil ^опш musiqiy tarbiyalash va vоyaga yеtkazish jarayoni - musiqiy pеdagоgik faоliyatning uzluksiz jarayoni bo'lib, a^rot tехnоlоgiyaning so'nggi namunalari dоirasida amalga оshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning уоЫу fazilatlarini shakllantirish va rivоjlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faоliyatdan ibоrat. Bu faоliyatda musiqa o'qituvchi musiqiy tarbiyaviy jarayonning asоsiy хususiyatlarini bilishi kеrak.

Ma'lumki, inson kamolotida muhim o'rin tutuvchi ma'naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o'z-o'zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila va umumiy o'rta ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya mazmuni, g'oyaviy yo'nalishi va samarasi mujassamlashgan. Binobarin, o'sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo'lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari - aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyalar bilan qatorda musiqiy tarbiyani tashkil etishga ham yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo'llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa ta'lim-tarbiyadagi eng muhim vazifalardan biridir. Hech kimga sir emaski, bugungi tezkor davrga hamohang ravishda inson dunyoqarashi, tafakkuri, tarbiyasi ham o'zgarib bormoqda. Biroq fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta'sir etmasin, yoshlarni komil inson

etib tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida ta'lim berish aslo mazmun-

mohiyatini yo'qotgani yo'q. Fikrimizcha, bu borada chinakam musiqa namunalari va

ularda ilgari surilgan ezgu g'oyalarni yosh avlod ongiga singdirib borish yoshlarda

mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ijobiy natijalarni beradi. Zotan, musiqaning

ajoyib sehrli kuchi, mo'jizakor ta'siri haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy

«Ilmlarning kelib chiqishi to'g'risida» asarida shunday deydi: «Bu ilm shu ma'noda

foydaliki, u o'z muvozanatini yo'qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka

yetmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi».

Musiqa tarbiyaning tizimliligi esa tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki musiqiy tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, musiqa tarbiyaviy jarayonlar bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma - ket almashinuvidir. Musiqiy tarbiyaviy jarayonni tizimli ravishda ko'rib chiqish, musiqa tizim va jarayonning tuzilmaviy xususiyatlarini, shunindek, ular o'rtasidagi fuktsional aloqalarning ajratib ko'rsatilishini ifodalaydi. Musiqa o'qituvchi uchun har bir musiqiy tarbiyaviy uslubning o'ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta'siri natijasida o'zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Nazarimizda, o'quvchilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda musiqiy tarbiyani avvalo, oilada tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi va maktabdagi muhitning ta'siri juda katta bo'lib, boladagi eng muhim individual xususiyatlar oiladagi va umumta'lim dargohidagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit ta'sirida shakllanadi. Bunda ota-ona, oila a'zolari o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat, san'at, madaniyatga bo'lgan munosabatlarni ham qayd etish joiz.

Ma'lumki, yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi, turli voqea-hodisalar, urf-odatlar, san'at, madaniyatga oid taassurotlari ko'pincha ijobiy tarzda kechadi. Oiladagi birgalikda televizor ko'rish, konsert tomosha qilish, teatr, konsert tomoshalariga borish, o'z taassurotlarini o'rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o'stirib, hayotiy voqea-hodisalarni aks ettiruvchi badiiy adabiyot, san'at musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g'oyaviy idrok etishga olib keladi.

Ma'lumki, tarbiya inson ongi, his-tuyg'ulari, tasavvuri, e'tiqodi, dunyoqarashi, xatti-harakatlari va xulq-atvoriga doimo ijobiy ta'sir o'tkazib kelgan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, musiqiy tarbiya go'zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik va kulfatni anglashga ham o'rgatadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqin bo'lgani uchun musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettiradi. Musiqiy tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go'zal jihatlarini ko'ra bilishnigina emas, balki ichki go'zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go'zallikni qadriga etishga undaydi. Bunda

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo'ladi. E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan bo'lib, ularda hayot va o'lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Ko'pchilik yaxshi biladiki, ertaklarda qahramon musiqa orqali ulkan dev yoki ilonni sehrlab, uning changalidan o'zi yoki sevgan qizini xalos etadi. Chuqurroq nazar tashlaydigan bo'lsak, buning zamirida musiqaning ko'ngilni ezgulikka undovchi san'at ekani o'z aksini topgan. Shu ma'noda, o'sib kelayotgan avlod uchun musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi. Keyinchalik esa badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi. U o'ta o'ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bo'lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Albatta, musiqa shaxsni shakllantirish, uning ijobiy fazilatlarining yo'nalishlarini o'z-o'zidan belgilab bermaydi. Zotan, tarbiyaviy ta'sirning eng muhim jihatlari musiqiy asarning g'oyaviy mazmuniga bog'liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Musiqiy-estetik tarbiyaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning hissiyoti va fikrlarini takomillashtiradi. Shu bois bolalar tinglaydigan yoki ijro etadigan musiqa asarlari o'z xarakteri, janri, takror bayon qilish usullariga ko'ra har xildir va ular o'rtasidagi aloqa o'xshashligi va farqi, muvofiq va zidligiga ko'ra o'rganiladi. Qayd etish joizki, inson shaxsining har tomonlama kamol topishi aqliy, axloqiy estetik va jismoniy tarbiyaning uzviy aloqasi tufayli ro'yobga chiqadi. O'z navbatida g'oyaviy-axloqiy ta'sirini amalga oshirishga to'g'ri ishlab chiqilgan hamda bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiq tanlangan repertuar samarali yordam beradi.

Musiqa mashg'ulotlarida bilish va aqliy faoliyatlar ham faollashgani bois odamlar musiqani diqqat berib tinglash barobarida ko'plab ma'lumotlarni bilib oladi. Biroq bunda ular musiqaning eng umumiy xususiyatlaridan eng yorqin obrazlarnigina idrok etadilar. Biroq bu jarayonda tinglash, uning ifoda vositalarini farqlash, qiyoslash, ajratish vazifalari qo'yilgan bo'lsa ham emotsional munosabat o'z ahamiyatini yuqotmaydi. Bu aqliy harakatlar inson hissiyoti va kechinmalari doirasini boyitadi hamda kengaytiradi.

Musiqa san'at sifatida ijtimoiy ong shakli bo'lib, u kishining his-tuyg'ularini ifodalash bilan birga voqelik va davr ruhini ham o'zida aks ettiradi. Mashhur polyak bastkori K.Shimanovskiy «Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» sarlavhali maqolasida musiqaning tabiiy kuch-qudrati haqida fikr yuritar ekan, uning ikki qarama-qarshi yo'nalishda - yaratish va buzish uchun ishlatish mumkinligini — kerakli ishga yo'naltirgan holda, tezoqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali va unumli ishlar uchun, ya'ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan ham unumli foydalanish zarurligini e'tirof etgan. Musiqaning insonga ta'siri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o'rni keng qamrovli muammo hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik musiqa fanining o'ziga xos jihatlarini aks ettiradi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Zero, kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matni, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham ta'sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks etgan ma'naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg'otadi. Bunday ta'sir g'oyat murakkab va qadratlidir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi kunda o'rta maktablarda musiqa tarbiyasi, o'quvchi shaxsiyatining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan san'at hisoblanadi. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib umrbod musiqadan zavq oladi va cheksiz ma'naviy kuch-qudratga ega bo'ladi. Shu sababli musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga, ularni qadrlashga o'rgatadi, insonda yuksak va ma'naviy dunyoqarashni shakllantiradi. Bu jarayonda shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlarning individual ifodasi, ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar kombinatsiyasi, inson ijtimoiyligi shakli ekanini nazarda tutadigan bo'lsak, bu borada musiqaning ahamiyati yana bir bor oydinlashadi va musiqiy ta'lim tizimida yangicha yondashuv borasidagi izlanishlarimiz zamonaviy axborot - pedagogik texnolgiyalarini joriy qilish bilan bog'liq ekanligini ko'rsatmoqda. Bu metodikadan foydalanish musiqa o'quv - tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishga olib keladi, hamda shaxsni musiqiy tomondan tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Foydalangan adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Özbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: Özbekiston, 2016. - 56 B.

2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T., 1998.

3. Nurullayev F. G. Buxoro folklor qashiqlarining aziga xos ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal,30.06. 2021-yil maxsus son.- Buxoro. B.28-32.

4. Qodirov R. G' Musiqa psixologiyasi/ o'quv qo'llanma.- T., «Musiqa», 2005

5. Nurullayev F.G. Ommaviy madaniyatni yoshlar tarbiyasiga ta'siri// "Ta'lim jarayonida salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishning pedagogik xususiyatlari" Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. -Buxoro, 2016. -B.267-270.

6. Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part III. ISSN 2056-5852.

7.Nurullayev F.G. Узлуксиз таълим тизимида Бухоро фольклор кушикларини ургатишнинг урни ва ахдмияти// O'zbekiston Milliy Universiteti xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.- Toshkent. B.177-186.

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

10. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

11. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.