Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN JARAYONNING MAZMUNI'

O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN JARAYONNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
379
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatanparvarlik / fidoiylik / mard / dovyurak / xalq qahramonlari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Halim Ravshanovish Hasanov

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik hissini rivojlantirish, shakllantirish jarayonining mazmuni haqida fikrlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN JARAYONNING MAZMUNI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN JARAYONNING MAZMUNI

Halim Ravshanovish HASANOV

Buxoro davlat universiteti musiqa kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida o'quvchilarni vatanparvarlik hissini rivojlantirish, shakllantirish jarayonining mazmuni haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar:Vatanparvarlik, fidoiylik, mard, dovyurak, xalq qahramonlari.

В данной статье рассматривается содержание процесса формирования у студентов чувства патриотизма в образовательном процессе.

Ключевые слова: патриотизм, преданность, мужество, отвага, национальные герои.

This article discusses the content of the process of forming a sense of patriotism among students in the educational process.

Key words: patriotism, devotion, courage, bravery, national heroes.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarni yurt go'zalligini his etishga o'rgatish orqali vatanparvarlik tuyg'usi shakllantiriladi. Chunki har bir yozuvchi va shoir ijodini o'lka go'zalligini ulug'lovchi, qadrlashga da'vat etuvchi, undan zavqlanish tuyg'usini jo'sh urdiruvchi satrlarsiz tasavvur etish qiyin, badiiy asarlarni o'quvchilarga o'rgatish orqali ularda vatanparvarlik, vatanni sevish tuyg'usi mustahkamlanadi. Bu har bir sog'lom avlodda o'z xalqining an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash bilan birga, o'z vatani, millatining butun jahon hamjamiyatida teng huquqli mustaqil davlat sifatida namoyon bo'lishiga hissa qo'shuvchi haqiqiy komil insonni shakllantirishni taqozo qiladi. Bu jahonga dovrug' taratgan, dunyo ilm-faniga, madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan ulamo va fuzalolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Al-Termiziy, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Bobur, Ahmad Yassaviy, Ismoil Buxoriy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoyi kabi ulug' zotlarning vatanga bo'lgan muhabbati va sadoqati oldida ta'zim bajo keltirishni talab etadi. Shuningdek, xalq qahramonlari, bosqinchilariga qaqshatgich zarba bergan mard, dovyurak, vatan himoyasini o'z hayotidan ustun qo'ygan To'maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Muqanna, Temurmalik, bobomiz Amir Temurdek ulug' insonlar oldida tiz cho'kib, qasamyod etmok, Vatan himoyasini, el-yurt tinchligi va farovonligini asramoq har bir yoshning muqaddas burchi bo'lib qolishga da'vat etishini ham talab qiladi. Albatta, bu ulug'vor vazifalarni amalga oshirish uchun faqatgina eng o'tkir qurol bo'lgan badiiy adabiyotning tarbiyalovchilik

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. imkoniyatlaridan keng foydalanish, buning uchun jarayonidagina emas, balki darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham ertangi kun egalari, chinakam vatanparvarlarni mustaqillikka sadoqat ruhida tarbiyalash lozim. O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, avvalo, ona vatanga bo'lgan muhabbat, uni sevish, e'zozlash, uning ravnaqi uchun har bir inson hissa qo'shishini o'rgatishda adabiy asar qahramonlari, tarixiy shaxslar, vatan fidoyilari eng yorqin namuna bo'la oladi. Shuningdek, o'zbek xalqining madaniy merosi hisoblangan san'at, tarixiy va me'morchilik yodgorliklarini asrab-avaylash, ularning tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyatini bilish talab etiladi. Zero, bir necha asrlar davomida yaratilgan obidalarimiz masjid, madrasa, saroy, abservatoriya, osmonupar minoralar, maqbaralar, boy, ko'xna va navkiron tariximiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Turkiston yodgorliklari kimlarni hayratga solmagan deysiz. Ular o'quvchilar qalbida ham o'tmish tariximizga, ajdodlarimizning yuksak ilm va kasb mahoratiga cheksiz hurmat, ular bilan fahrlanish tuyg'usini uyg'otadi. O'qituvchi o'quvchi-yoshlarni o'z millatiga, ona vataniga, yurtiga sodiq bo'lishni o'rgatishi, ularda sog'lom kuch, tafakkur, iymon va pok vijdonni shakllantirish, vatan oldidagi mas'uliyati, millat manfaati bilan yashash, vatan taraqqiyoti, millat obro'siga hissa qo'shish, foyda keltirish, fidoyilik va halollik bilan sidqi dildan mehnat qilish, xalqning shon-shuxratini, manfaatini o'ylash, insonparvar bo'lishiga da'vat etishning turli usul va vositalarini ham topishga harakat qilgandagina o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishga keng imkoniyatlarga ega bo'ladi. O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish uchun yangi pedagogik texnologiyaning barcha ko'rinishlaridan foydalanish, uning yangi-yangi shakllarini izlab topish va yaratish, eng avvalo, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga vatanni ardoqlash qadrlash o'rgatish lozim. Zero, vatan go'zalligi shu qadar maroqli tushunchaki, u har bir yurt egasi qalbida faxr, g'urur uyg'otishga qodir.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017,.

2. Hasanov H.R. "Vatanga sadoqat hissini shakllantirishda fanlar aro aloqadorlikni pedagogik asoslari" Monogrofiya .Buxoro: " Durdona", 2021.

3. Hasanov H.R. Kultura i iskusstvo v epoxu Amira Temura I temuridov.

Вестник науки и образования, 119-122. 2020

4. ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI H.R Hasanov Scientific progress 1 (6), 650-655. 2021

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

8. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.