Научная статья на тему 'YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARDAGI ISLOHOTLAR'

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / islohotlar / strategiya / sport / davlat / siyosiy munosabatlar / izchillik / qonun ustuvorligi / kelajak poydevorlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziynatjon Anvarbek Qizi O‘Rinboyeva

Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyat va shart sharoitlar, sport sohasini rivojlantirishdagi eng muhim qarorlar va farmonlarni hamda yoshlar va davlat o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, yoshlarni davlat siyosatidagi o'rni, kelajak uchun qo'yiladigan povdevorlar hamda xalqaro reytinglarda yanada yuqori cho„qqilarni zabt etish uchun davlatimizda sport va ta'limdagi, yoshlarga oid davlat siyosatidagi islohotlar keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARDAGI ISLOHOTLAR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO'NALISHLARDAGI

ISLOHOTLAR

Ziynatjon Anvarbek qizi O'rinboyeva

TDIU Soliqlar va sug'urta fakulteti ATT-61 guruh talabasi Ilmiy rahbar: dotsent Burxonova Sabo Tulanovna

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyat va shart sharoitlar, sport sohasini rivojlantirishdagi eng muhim qarorlar va farmonlarni hamda yoshlar va davlat o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, yoshlarni davlat siyosatidagi o'rni, kelajak uchun qo'yiladigan povdevorlar hamda xalqaro reytinglarda yanada yuqori cho'qqilarni zabt etish uchun davlatimizda sport va ta'limdagi, yoshlarga oid davlat siyosatidagi islohotlar keng yoritilgan.

Kalit so'zi: ta'lim, islohotlar, strategiya, sport, davlat, siyosiy munosabatlar, izchillik, qonun ustuvorligi, kelajak poydevorlari.

Har bitta davlatning rivojlanishi va uning kelajakda xalqaro reytinglarda turishi uchun yosh avlod katta rol o'ynaydi. Bundan ko'rinib turibdiki , yosh avlod har tomonlama yetuk va dunyoqarashi keng, iqtiqorli va o'z qobilyatlarini ko'rsata oladigan bo'lib yetishishi muhim. Asosan, hozirgi kunda shuning uchun ham yoshlarga e'tibor juda kuchli. Masalan, olib qaraydigan bo'lsak ta'limda, sportda, san'atda,siyosatda va shu kabi sohalarda bemalol bilimga ega bo'lishlari nafaqat uni amalda qo'llash uchun ham sharoitlar yaratilgan. Qarz ikki qo'ldan chiqqani kabi bu imkoniyat va sharoitlardan to'g'ri foydalanish va bu ishonchni suiste'mol qilmasdan kelajakda yetuk va bilimli kadr bo'lib yetishish yosh avlodning vazifasidir. Biz buyuk ajdodlarimizga mos va ular kabi kuchli ilmni egallash va dunyoda yurtimiz nomini yanada dunyoga tanitish, rivojlangan va kuchli davlatlar orasida bayrog'imizni ko'klarga ko'tarishdek mas'uliyat turibdi.

2016-yilda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunida yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qilishi alohida ta'kidlanib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar qonun bilan mustahkamlandi. Mazkur qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga

17-aprel, 2024

479

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

oshirish, yoshlami har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo'yicha komissiya, Oliy Majlis palatalari huzurida "Yoshlar parlamenti" tashkil qilindi. [1]

Har doim yoshlarga alohida e'tibor ko'rsatilgani yil nomlarida ham aks etgan. Masalan , 2008-yil "Yoshlar yili", 2021-yil "Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilingan va bu borada islohotlar olib borilgan. Xususan , IT rivojlangan bir paytda iqtidorli yoshlar yaratgan loyihalar va g'oyalari bor, lekin unga moddiy yordam kerak bo'ladigan yoshlar uchun moddiy yordam va rag'batlantirishlar yo'lga qo'yilgan. Yoki bo'lmasa, o'qishga, o'zi sevgan kasbni o'rganishga ishtiyoqi baland ,ammo oilaviy ahvoli og'ir shu bois o'qiy olmayotgan yoshlar uchun bir qancha imtiyozlar mavjud. Masalan, "Yoshlar daftari" tashkil etilgan. 2021-yilning o'tgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlqo yangi tizimi hisoblangan "Yoshlar daftari" va "Yoshlar dasturlari"asosida 430 ming nafar yigit-qizning haoytiy muammolarini hal etish uchun 300 milkiard so'm mablag' yo'naltirilgani, 92 ming nafardan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2,3 trilion so'm imtiyozli kreditlar, qishloq joylarida yashayotgan 230 mingdan ortiq yoshlarga dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratilgani bu boradagi ishlarning ko'lami tobora kengayib borayotganini ko'rsatadi.

So'nggi yillarda quyidagi yo'nalishlarda yoshlarni qo'llab-quvvatlashga katta urg'u berilmoqda:

- oliy ta'lim muassalarida to'lov-kontrakt asosida o'qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o'qish muddati tugagandan so'ng 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta'lim kreditlari berish;

- ta'lim muassalari bitiruvchilari bandligini ta'minlashga oid mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini amalga oshirish;

- xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassaslarida ta'lim olayotgan, ilm-fan bilan shug'ullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo'lgan O'zbekiston yoshlarinig Vatanimizga kelib ishlashi uchun zarur shart-sharoitar yaratish, bunday yoshlarni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ilgari surish, ularga uy-joy ajratish, munosib maosh to'lash bo'yicha yangi tizim joriy etish;

17-aprel, 2024

480

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

- yoshlar o'rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, ko'ngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish;

- yoshlarning ilg'or g'oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish va ularning muammolarini xal qilish maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish [2].

Dunyo mamlakatlarida doimo dolzarb mavzu yoshlar bo'lib boraveradi. Sport sohasiga yuzlansak: sport sohasida bir qancha islohotlar olib borilmoqda. Har bitta inson ruhan va jismonan sog'lom bo'lishi hayoti davomidagi muhim hisoblanishi tabiiy. Mening fikrimcha, inson o'z sog'lig'i uchun har kuni ertalab badantarbiya qilishi yoki bo'lmasa biron bir sport turi bilan shug'ullanishi lozim. Yurtmizda ta'lim sohasiga qanchalik kuchli e'tibor berilsa, sport sohasiga ham yuqori darajada e'tibor qaratiladi. "O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, "Bolalar va o'smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirlining buyrug'i, 2007-yilda "Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi byudjetini va bolalar sport obektlari qurilishining manzilli dasturini tasdiqlash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining qarori, "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori kabi rasmiy me'yoriy hujjatlar qabul qilinishi yurtimizdagi barcha hududlardagi mahallalar va ko'chalardagi yoshlarni, o'zbek milliy sport o'yinlari bilan tarbiyalanishiga va komil inson bo'lib shakllanishiga olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridagi O'zbekistonni va o'zbek sportini dunyoga tanitish maqsadida dastlabki ishlaridan biri 1995-yil 29-avgustda Toshkent shahrida "Prezident kubogi" xalqaro turnir ochilishi bo'ldi. 2018-yilning 5-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari negizida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirilgandi.[3]

Yurtimizda olib borilayotgan bu izchil islohotlar yildan yilga o'z mevasini berib kelmoqda. Masalan, Karate WKF ni misol qilib oladigan bo'lsak, Karate bo'yicha o'zbekistonlik ilk jahon chempioni Doston Otabolayev bo'lgan . Bu

17-aprel, 2024

481

Tashkent State University of Economics

jahon chempionati 2021-yilning 16-21 noyabr kunlari bo'lib o'gani barchamizga ma'lum. Davlatimizda yosh sportchilarga qilib berilayotgan shart-shaoritlar ularga kuch va katta masuliyat yuklaydi. Ularga motivatsiya bo'lishi ham tabiiy. Chempionatlarda faxrli o'rin egallagan sportchilariga rag'batlantirilishlar berish bu ularning qilgan mehnatlarini munosib baholash demakdir. Menimcha hozirda deyarli barcha viloyatlarda sport majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda yetarlicha malaka va tajribaga ega bo'lgan sport murabbiylar faoliyat yuritadi. Albatta, sportga qiziquvchilar hozirda tobora ko'payishi va milliy sportlarimizni o'rgatish orqali milliy ruhni shakllantirish, har bitta yosh avlodni komil va yetuk kadr bo'lishida katta rol o'ynaydi va bu asosiy maqsadlardan biri.

Xulosa qilib, aytadigan bo'lsam, yoshlar uchun qilinayotgan har qanday imkoniyat va yengilliklar kelajak poydevorini mustahkam va zabardast bo'lishini ta'minlaydi. Yoshlar eng asosiysi, qaysi sohadan borishlari muhim emas, balki ma'lum bir cho'qqini zabt etish va o'z yo'lida davom etish, o'z ona yurtiga kerakli kadr bo'lish muhimdir.

References / Foydalanilgan adabiyotlar

1.https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston--yoshlarga-yangi-imkoniyatlar

2. https://lex.uz/docs/- Yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida.

3. https://www.yoshlarittifoqi.uz/uz/news/iismoniy-tarbiya-va-sport-sohasinirivojlantirish-masalalarining-muhokamasi

4. Burhonova Sabo Tulanovna. The History of Gaining Independence of the Uzbek Republic, International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, September 2023.

5. Burhonova Sabo Tulanovna. History of Relations between the Uzbek and Azerbaijani Peoples in the Field of Science in the Second Half of the XX Century, Gestao,Inovacao e Tecnologias, 2021, May 10.

6. Burhonova Sabo Tulanovna. Education Reforms in Uzbekistan During the Years of Independence, Pindus Journal of Culture, Literature and ELT, November 2021.

7. Burhonova Sabo Tulanovna. IMPACT OF EFFECTIVE TEACHING METHODS USED IN HIGHER EDUCATION SYSTEM, Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 2022.

482

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.