Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON YOSHLAR MAMLAKATI'

O‘ZBEKISTON YOSHLAR MAMLAKATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Yoshlar / siyosat / maqsad / madaniy va ekologik huquqlar

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Vaxidova Umida Abduhashimovna, Xujamuratova Dilfuza Murodjon Qizi

Ushbu maqolada men bugungi kunda O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan ishlar haqida bayon qilish bilan birga konstitutsiyadagi yoshlarga oid 5 ta kafolat haqida yozishni maqsad qildim. Zero bu yoshlarga motivatsiya beradi deb umid qilaman.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON YOSHLAR MAMLAKATI»

O'ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI 1Vaxidova Umida Abduhashimovna, 2Xujamuratova Dilfuza Murodjon qizi

1Ilmiy rahbar, TTYESI- Kostyum dizayni kafedrasi mudiri Phd 2To'qimachilik va yengil sanoat instituti qo'shma fakulteti Parij Xalqaro moda akademiyasi 4-

kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10881052

Annotatsiya. Ushbu maqolada men bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan ishlar haqida bayon qilish bilan birga konstitutsiyadagi yoshlarga oid 5 ta kafolat haqida yozishni maqsad qildim. Zero bu yoshlarga motivatsiya beradi deb umid qilaman.

Kalit so'zlar: Yoshlar, siyosat, maqsad, madaniy va ekologik huquqlar

Аннотация. В этой статье я поставил перед собой цель написать о 5 гарантиях в отношении молодежи в Конституции, а также рассказать о работе, проводимой сегодня в Узбекистане в области государственной молодежной политики. Я надеюсь, что это мотивирует молодых людей.

Ключевые слова: молодежь, политика, цель, культурные и экологические права

Abstract. In this article, I aimed to write about the 5 guarantees on youth in the Constitution, while describing the work that is being carried out in the State Youth Policy in Uzbekistan today. I hope that Zero will give motivation to these young people.

Keywords: youth, politics, purpose, cultural and environmental

O'zbekiston — yoshlar mamlakati. Aholimizning 60 foizdan ortig'ini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Ertamiz egasi, kelajagimiz bunyodkorlari bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining eng muhim yo'nalishlaridandir. Yoshlarning o'zini samarali namoyon etishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan sa'y-harakatlarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratib kelinadi.

O'tgan yil xalqimiz xohish-irodasi bilan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham ko'plab soha va yo'nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilgan. Avvalo, Bosh qomusimizning yangi tahririni takomillashtirish va qabul qilish jarayonlarida yurtimiz yoshlari faollik ko'rsatganini alohida ta'kidlash o'rinlidir. Zero, o'zining ertasiga, yurt ravnaqiga befarq bo'lmagan faol yigit-qizlarimiz ushbu siyosiy jarayonlarda o'zining teran fikrini, tashabbuskorligini yana bir karra namoyon qildilar.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda alohida bir bob — XIV bob «Oila, bolalar va yoshlar» masalasiga bag'ishlandi. Bu esa yurtimizda yoshlar huquqlarini himoya qilishga qanchalik e'tibor qaratilayotganini, ular davlat himoyasida ekanligini ko'rsatadi.

Jumladan, 78-moddada bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati sifatida belgilab qo'yildi. Shuningdek, ayni shu moddada davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qilishi mustahkamlab qo'yildi. Ushbu normalar kelajagimiz davomchilari

bo'lgan farzandlarimizning har jihatdan rivojlanishi uchun davlat katta mas'uliyatni, majburiyatni o'z zimmasiga olayotganini anglatadi.

Ayniqsa, yoshlar huquqlari aks etgan 79-moddaga ko'ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Shuningdek, davlat yoshlarning ma'naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilab qo'yildi.

Shu o'rinda aytish joizki, maktab ta'limini bitirgan har bir yosh katta hayotga qadam qo'yadi. Bu degani ular oliy ta'lim olishi, ishlashi, uylanishi, uyli-joyli bo'lishi, bir so'z bilan aytganda, jamiyatda o'z o'rnini topishi lozim. Ammo bularni amalga oshirish yosh yigit-qizlar uchun oson kechmaydi. Shuning uchun ham davlatimiz Konstitutsiya darajasida bu kabi masalalarni o'z zimmasiga olib, yoshlarning ta'lim olishiga, sog'lig'ini saqlashga, ishga joylashishi va uy-joyga ega bo'lishiga alohida e'tibor qaratadi.

Bundan tashqari, fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli ekanligi ham yangi tahrirdagi Qomusimizda mustahkamlab qo'yildi. Ya'ni bu davlat oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosidagi ta'lim shakli davom etishini anglatadi. Bu esa yoshlarimizning oliy ta'lim olishiga keng imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, farzandini to'lov shartnoma asosida o'qitish imkoniga ega bo'lmagan oilalar farzandlari uchun qulaylikdir.

Konstitutsiyada yoshlar huquqlariga oid 5 ta kafolat:

1.Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi.

2. Davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

3.Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4.Davlat yoshlarning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

5.Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

Yosh avlodning sog'lom bo'lib o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishini ta'minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni joriy etish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida 719 mlrd. so'mlik 4 633 ta biznes loyiha amalga oshirilgan. Hududlarda 125 ta "Yoshlar mehnat guzari", 19 ta "Yosh tadbirkorlar" kovorking markazi, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashib, alohida namuna ko'rsatayotgan yosh oilalarga 1 731 ta "Yoshlar uylari" qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog'chalar, maktablar, oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, "Temurbeklar maktabi", "Prezident maktablari", "Ijod maktablari" deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo'lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Ta'lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o'rta ta'lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o'quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta'lim shakllari tiklandi. Keyingi uch yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.

Bu dargohlarda ta'lim-tarbiya olgan yoshlar mamlakatimizning kuch-qudrati, dunyodagi mavqeini oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko'zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda. Konstitutsiyamiz yoshlar huquqlari ta'minlanishining asosiy kafolati bo'lmoqda.

Xulosa o'rnida aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz yoshlarimizga yanada keng imkoniyat va sharoitlarni, qator yengilliklar hamda muhim yangiliklarni tuhfa etdi. Pedagogik faoliyatim davomida guvohi bo'lyapmanki, yurtimiz yoshlari bu kabi konstitutsiyaviy imkoniyatlardan, davlatimizning g'amxo'rligidan juda mamnun. Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlarimizga katta motivatsiya beryapti.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - 2023 yil

2. Yoshlarga iod davlat siyosati to'g'risidagi Qonun 2016 yil

3. Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili davlat dasturi 2024 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.