YOSHLAR HUQUQLARI. IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEHANIZMLARI 1Umurzakova Nargiza Muxtarovna, 2Xakimov Oyatillo Komoljon o'g'li
1Ilmiy rahbar, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi 2Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Yurisprudensiya" yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10876839
Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi yoshlar huquq va erkinliklari to'g'risida qisqacha fikr va ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Xusuan yaqin o'tmishda hayot biroz og'ir kechgani tufayli insonlar o'z huquqlarini yaxshi o'zlashtira olmaganlari tufayli uni amalda qo'llay olishmaganlar. Bugungi kunda esa insonlar o'z huquq va erkinliklarini, ularga berilayotgan imkoniytlardan oqilona foydalanishga harakat qilmoqdalar.
Kalit so'zlar: Hujjat, qonun, yoshlar, erkinliklar, huquq, modda, intellektual, ijtimoiy, bandlik, siyosat, yosh oil, yosh mutaxassis, yoshlar tadbirkorligi, qaror, prezident, davlat, organ, biznes, konstitutsiya, fuqaro, muhofaza.
"Sizlar ko'p kitob o'qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o'tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg'oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun
insoniyatga xizmat qilmoqda".
Shavkat Mirziyoyev
Yangilanayotgan O'zbekistonda yoshlarga oid qonun va qarorlar prezidentimiz va davlatning mansabdor organlari tomoidan qabul qilinib kelinmoqda. Shuningdek shu " Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili" deb belgilandi. Yangilangan konstitutsiyaning XIV- bobi 78-modda. Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
79-modda. Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.oshlarga oid qonun eltirib otilgan.78-moddada kelib chiqishi ya'ni boy kambog'ol bo'lishidan qat'i nazar qonun oldida tengligi keltirilib o'tilgan.
79-moddada esa yoshlarning voyaga yetishi, ilm olishi, o'z huquqlarini bilishi, davlat va jamiyatga xizmat qiladigan, vatanga sodiqlik hissini uyg'otadigan avlod qilib tarbiyalashga o'z xissasini qo'shishini qonunda keltirib o'tgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat 15-sentabr kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga kirdi, deya xabar beradi "Gazeta.uz".
Qonunga ko'ra, yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatini rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi ko'zda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choralar tushuniladi. Hujjatda "yosh fuqarolar" (14 dan 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar), "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat 15-sentabr kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga kirdi, deya xabar beradi "Gazeta.uz".
Qonunga ko'ra, yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatini rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi ko'zda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choralar tushuniladi. Hujjatda "yosh fuqarolar" (14 dan 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar), "yosh oila", "yosh mutaxassis", "yoshlar tadbirkorligi" kabi tushunchalarga batafsil to'xtalib o'tilgan.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari tariqasida ochiqlik va shaffoflik, yoshlarning mazkur siyosatni amalga oshirishdagi ishtiroki, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi ko'rsatib o'tilgan.
Hujjatda yoshlarning huquq va erkinliklari hamda ijtimoiy himoyasi kafolatlari, qobiliyatli va iste'dodli yoshlar, yoshlar tadbirkorligining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi belgilangan. O'zbekistonda yoshlar va yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza etish maqsadida yoshlar ijtimoiy xizmati tuzilishi ko'zda tutilgan." kabi tushunchalarga batafsil to'xtalib o'tilgan.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari tariqasida ochiqlik va shaffoflik, yoshlarning mazkur siyosatni amalga oshirishdagi ishtiroki, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi ko'rsatib o'tilgan.
Hujjatda yoshlarning huquq va erkinliklari hamda ijtimoiy himoyasi kafolatlari, qobiliyatli va iste'dodli yoshlar, yoshlar tadbirkorligining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi belgilangan. O'zbekistonda yoshlar va yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza etish maqsadida yoshlar ijtimoiy xizmati tuzilishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi PF-6079-sonli Farmonida "RAQAMLI O'ZBEKISTON — 2030" STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA qisqacha gapirib o'tganlar. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va
keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Raqamli Toshkent" kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
2023 yil 3 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas'ul bo'lgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitalari, shuningdek, Yoshlar parlamenti hamkorlikda "Yangilanayotgan Konstitutsiya — yoshlar nigohida" mavzusida o'tkazilgan davra suhbatida "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar faol yoshlar, xususan Yoshlar parlamenti a'zolari ishtirokida muhokama qilinishi quvonarli holat.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ularning 60 foizdan ortig'i bevosita yoshlar tomonidan berilgan. Shuning uchun ham Yangilanayotgan Konstitutsiyada aholining 18 milliondan ortig'ini tashkil etuvchi yoshlar masalasiga bag'ishlangan alohida bob kiritilayotgani muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etish lozim. Xususan, yoshlarning huquqlari himoya qilinishini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantirish, ma'naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, o'z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o'z zimmasiga olmoqda. Ushbu qoidalar yoshlar hayotda o'zini to'laqonli namoyon etish imkoniyatini ta'minlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning huquqlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yanada mustahkamlab qo'yilmoqda. Jumladan, yangilanayotgan Konstitutsiyaga yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta yangilik kiritilmoqda:
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi.
Davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat yoshlarning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
Umuman olganda, biz o'z kelajagimizni yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya, e'tibor berish, ularning iqtidorini rag'batlantirish orqali qurishimiz lozim. Bunda nafaqat davlatning o'rni, balki har bir ota-ona va fuqaroning ishtiroki ham o'ta muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz, mintaqamiz, hatto butun sayyoramiz yoshlarini global harakatlarga jalb qilish yo'lida O'zbekiston tomonidan yana bir dadil qadam qo'yildi. Bu boradagi sa'y-harakatlarni izchil va uzluksiz davom ettirishda Toshkent YOshlar deklaratsiyasi huquqiy dasturulamal vazifasini o'tashi shubhasiz. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda ko'pmillatli xalqimiz, Vatanimiz taraqqiyoti uchun, O'zbekistonning yangi Uyg'onish davrini yaratish yo'lida belini mahkam bog'lab, fidokorona mehnat qilmoqda. Bu yo'lda ulkan orzu-umidlar, katta rejalar bilan safimizga qo'shilayotgan yoshlarimiz — asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir". So'nggi besh yil davomida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni komil inson sifatida yetishi uchun zamin yaratildi. Yoshlarga berilayotgan bu e'tibor, oxir-oqibat, o'z mevasini bermoqda. Bunga
yoshlarimiz xalqaro va respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari yaqqol dalildir. Mazkur islohotlarning samarasi o'laroq kelajagimiz bunday yoshlar qo'lida porloq bo'lishiga hech qanday shubha yo'q. Chunki aynan bugungi yoshlar ertangi kunimizning, Yangi O'zbekistonning, Uchinchi Renessansning poydevori hisoblanadi.
REFERENCES
1. lex.uz https://lex.uz > docs
2. https://yuz.uz/uz/news
3. https://adolat.uz/oz/news