YANGI TAHRIRDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA
YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI 1Odilova Hilola Avazjon qizi, 2Ismoilova E'zoza Akramjon qizi, 3Abdulhamidova Yodgora
Umidjon qizi
1,2,3Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnalogiyalar instituti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 2-
108-guruh talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10876578
Annotatsiya: Ushbu maqola jamiyatimizdayoshlarning o'rni ulargayaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning huquq va erkinliklarini belgilovchi yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasi» to'g'risida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: Konstitutsiyasi, konvensiya, BMT, davlat, huquq, erkinlik, jamiyat, qonun
«Yoshlar bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo'l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlash, qobiliyat va iste'dodini ro'yobga chiqarish, hayotda o'z o'rnini topishiga yordam berish, ularga mas'ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon
ham doimo e'tiborimiz markazid bo'ladi».
Shavkat Mirziyoyev
Yoshlar - ertangi kunning egalari. Ular tom ma'noda, O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi O'zbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangidan-yangi islohotlar ham ayni yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi, sifatli ta'lim va hunar o'rganishiga qaratilgan hisoblanadi. Yoshlarimizga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo'lishi lozim. Shu ma'noda, ayni masalaning yechimi ham mustahkam huquqiy poydevori ham - O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yildi. Chunonchi, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham ayni yoshlarning erkin bilim olishida, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ekologik huquq va burchlarida o'z aksini topdi desak adashmagan bo'lamiz.
Bunga yaqqol misol sifatida, avvalo, Asosiy qonunimizning alohida bobi - XIV bob «Oila, bolalar va yoshlar» deb nomlanganiga hamda undan yoshlarga oid qator normalar o'rin olganiga e'tibor qaratish darkor. Bunday yangicha yondashuv, shubhasiz, Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligidan yaqqol dalolatdir.
Konstitutsiyamizning 79-moddasi birinchi bandida qayd etilganidek: «Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi». Bu o'z o'rnida shundan darak beradiki, yoshlarni huquqlarini himoya qilish ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini qo'llab-quvvatlash davlatning asosiy maqsad va vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bosh qomusimizda, shuningdek, davlat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuyg'ulari shakllanishiga g'amxo'rlik qilishi belgilandi. Bu haqda Konstitutsiyaning 78-moddasi to'rtinchi bandida shunday deyilgan: «Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi».
Yana bir muhim jihat: yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo'lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish - davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida Asosiy qonunga kiritildi. Konstitutsiyaning 79-moddasi ikkinchi bandiga ko'ra: "Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi».
Shu o'rinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta'lim tizimiga oid normalarga ham alohida urg'u berilgan bo'lib bunda uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojini ta'minlash davlatning vazifasi etib belgilandi. Ta'limga oid normalar 50,51 va 52-moddalarda o'z aksini topdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyaga alohida to'xtalib o'tishimiz lozim. Shuningdek BMT ning yillik rejalari va strategiyalari tizimli holda tashkil etilgan bo'lib, asosiy e'tibor yoshlar huquqlarini mustahkamlash, rivojlantirish va himoya qilishga qaratilgan. Jumladan, BMT ning "Yoshlar - 2030" strategiyasida "Yoshlar manfaatlarini ko'zlab, ular bilan ishlash" bosh tamoyil hisoblanadi. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, dunyo aholisining yarmidan ko'pini 30 yoshgacha bo'lgan insonlar tashkil qilib, yoshlar ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi ulkan salohiyat sohiblaridir. Ushbu holatni e'tirof etgan holda, "Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiya" ning ishlab chiqilishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Konvensiya nafaqat yoshlarning huquqlarini himoya qiladigan, balki ularning adolatli va taraqqiy etgan dunyoni shakllantirishda faol ishtirok etishini ta'minlaydigan kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi. BMTning yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro Konvensiyasi har bir yosh foydalanishi kerak bo'lgan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni belgilaydigan keng qamrovli asos bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumot o'rnida 2020 yil 12 avgust kuni «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusida Samarqand forumi onlayn shaklda o'z ishini olib borilgan bo'lib, forumda Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiya loyihasi muhokama qilindi. Shu o'rinda aytish joizki, bugungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Biroq, tan olib aytish kerakki, hozirgi kunda jahon miqyosida yoshlarning huquq va manfaatlarini o'zida ifoda etgan, davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi majburiyatlarini o'zida belgilagan, milliy va xalqaro darajada qarorlar qabul qilishda yoshlarning ishtirok etish huquqini kafolatlagan, shuningdek barcha davlatlar tomonidan tan olingan yaxlit, xalqaro huquqiy hujjat mavjud emas. Shu sababli, 2020 yil 23 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi tarixiy nutqida Tashkilotga a'zo davlatlarni Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbus jahon miqyosida yoshlar huquqlariga doir muhim masalalarni o'zida ifoda etgan xalqaro huquqiy hujj atni qabul qilishni nazarda tutuvchi ilk taklif ekanligi bilan ahamiyatlidir. Mazkur xalqaro hujjatning loyihasini ishlab chiqish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi tomonidan ko'plab amaliy chora-tadbirlar ko'rildi.
Shuningdek, Konvensiya loyihasida yoshlarning shaxsiy hayot huquqini kafolatlash nazarda tutilgan:
Unga muvofiq, yoshlarning har bir vakili shaxsiy hayoti huquqi, ixtiyori qo'lida bo'lishi huquqi, shaxsiy hayot mahfiyligi, yozishmalarining mahfiyligi va shaxsiy maqomi himoya qilinishiga doir qoidalar aniq belgilangan.. Konvensiya loyihasida nazarda tutilgan mazkur qoida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalari asosida ishlab chiqilganligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Xususan, Deklaratsiyaning 3-moddasida "har bir inson yashash, erkin bo'lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega" ekanligi va 12-moddasida "hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha'niga o'zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emasligi, har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga egaligi belgilangan.
Konvensiyada dunyo yoshlarining huquq va erkinliklarini bir tizimga solish, bu huquqlarni yaxlit tarzda ifodalash uchun ham bu konvensiyaga zarurat borligi hamda Konvensiyani ishlab chiqish jarayoniga dunyoning 2 milliardga yaqin yoshlarini jalb qilish, ularning ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro darajadagi faolligini oshirish, yoshlar siyosati masalasida davlatlarning mas'uliyatini oshirish lozimligi ta'kidlab o'tilgan.
Xulosa. Umuman olganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mamlakatimiz yoshlarining huquqlarini ro'yobga chiqarish masalasida o'z zimmasiga g'oyat muhim majburiyatlarni olgani alohida diqqatni tortadi. Eng asosiysi, mazkur konstitutsiyaviy normalar nafaqat O'zbekiston yoshlari manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Shu boisdan, katta avlod vakillari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz «Yoshlar Konstitutsiyasi» deya e'tirof etilayotgani bejiz emas. Shuningdek BMT ning yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasing ahamiyati shundaki Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida dunyo miqyosida yoshlarning sog'lom kamol topishini ta'minlashda oilaning rolini yanada oshirish, oila institutini har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalari xalqaro norma ijodkorligi jarayonida ilgari surildi. Mazkur ezgu tashabbuslar BMTning 2030 yilgacha bo'lgan davrda erishilishi belgilangan barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarida belgilanganligi katta yutug'imiz deb hisoblayman. Bir so'z bilan aytganda, Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasining qabul qilinishi butun dunyo yoshlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash va yoshlar siyosati masalalarida xalqaro hamkorlikni aniq soha va yo'nalishlarda olib borilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz - Toshkent: O'zbekiston. 2016.
2. O'zbekiston Resbuplikasining Konstitutsiyasi - Toshkent: Ziyo. 2G23
3. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2G25-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida
6. Husanov.O.T. Konstitutsaviy huquq darslik - Toshkent-2G22
7. https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
В. https://www.lex.uz
9. https://Uzbekistan.ureport.in
10. https://osce.org