Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING XALQARO MEXANIZMLARI'

YOSHLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING XALQARO MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
konvensiya / xalqaro huquq xalaqro tashkilotlar / BMT / mintaqa yoshlar huquqlari intelaktual rivojlanish.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umurzoqova Nargiza Muxtarovna, Otaboyeva Mashhura Ilhom Qizi, Ismoilova Dildora Alisher Qizi, Abdujalilova Marjona Jamoliddin Qizi

Ushbu maqolada xalqaro huquq normalariga asoslanga tushunchalar berilgan bo’lib , unda O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu haqidagi fikrlari hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun tashkil etib, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlar ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar kiritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING XALQARO MEXANIZMLARI»

YOSHLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING XALQARO MEXANIZMLARI 1Umurzoqova Nargiza Muxtarovna, 2Otaboyeva Mashhura Ilhom qizi, 3Ismoilova Dildora Alisher qizi, 4Abdujalilova Marjona Jamoliddin qizi

1Ilmiy rahbar, Toshkent davlat agrar universiteti Huquq va turizm fakulteti " Gumanitar fanlar va

Huquq " kafedrasi katta o'qituvchisi

2Toshkent davlat agrar universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya yo'nalishi 2-

bosqich talabasi

3Toshkent davlat agrar universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya yo'nalishi 2

bosqich talabasi

4Toshkent davlat agrar universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya yo'nalishi 1

bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10876678

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro huquq normalariga asoslanga tushunchalar berilgan bo'lib , unda O 'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu haqidagi fikrlari hamda "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun tashkil etib, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yoshlar ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar kiritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: konvensiya, xalqaro huquq xalaqro tashkilotlar, BMT, mintaqa yoshlar huquqlari intelaktual rivojlanish.

Yoshlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda har bir davlat o'z yurisdiksiyasi doirasida tegishli normalarni qabul qilishi hamda ularning samarali ijro mehanizmini yo'lga qo'yishi zarur. Shu o'rinda aytish joizki, bugungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Hozirgi kunda yoshlar jahon aholisining salmoqli qismini tashkil etadi. Shu sababli, yoshlarning orzu-intilishlarini ro'yobga chiqarish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash har bir davlatning oldida turgan eng dolzarb va kechiktirib bo'lmaydigan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Yoshlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda har bir davlat o'z yurisdiksiyasi doirasida tegishli normalarni qabul qilishi hamda ularning samarali ijro mehanizmini yo'lga qo'yishi zarur. Shu o'rinda aytish joizki, bugungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.Biroq, tan olib aytish kerakki, hozirgi kunda jahon miqyosida yoshlarning huquq va manfaatlarini o'zida ifoda etgan, davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi majburiyatlarini o'zida belgilagan, milliy va xalqaro darajada qarorlar qabul qilishda yoshlarning ishtirok etish huquqini kafolatlagan, shuningdek barcha davlatlar tomonidan tan olingan yaxlit, xalqaro huquqiy hujjat mavjud emas.

Shu sababli, 2020 yil 23 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi tarixiy nutqida Tashkilotga a'zo davlatlarni Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini qo'llab-quvvatlashra chaqirdi.Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbus jahon miqyosida yoshlar huquqlariga doir muhim masalalarni o'zida

ifoda etgan xalqaro huquqiy hujjatni qabul qilishni nazarda tutuvchi ilk taklif ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur xalqaro hujjatning loyihasini ishlab chiqish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi tomonidan ko'plab amaliy chora-tadbirlar ko'rildi. Mazkur jarayonda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari ham o'z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishdi .

Yoshlar huquqlarini himoya qilish tizimini rivojlantirish sohasida Afrika, Osiyo, Yevropa qit'alari Tinch okeani va Lotin Amerikasi mintaqalarida hukumatlararo konferensiyalar tomonidan qabul qilingan ilg'or vosita va standartlar eng muhim o'rinlarni egallab turibdi. Bu vosita va standartlarning aksariyati BMT doirasida qabul qilingan bo'lib, keyingi 30 yilda yoshlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro hujjatlar soni 10 tadan oshganini ta'kidlash darkor.Shubhasiz, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insonning, shu jumladan, yoshlarning ajralmas huquqlari kafolatlangan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, joriy yilda mazkur Deklaratsiyaning 75 yilligi butun dunyoda keng nishonlanayotgan tahsinga loyiq. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining yubileyi yana bir xalqaro sana - Inson huquqlari bo'yicha Vena butunjahon konferensiyasining 30 yilligi bilan hamohang nishonlanmoqda. Zero, 1993 yili bo'lib o'tgan ushbu konferensiyada BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasiga asos solingan. Deklaratsiyaning 75 yilligi doirasida va inson huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq qizg'in faoliyatning peshqadamlari bo'lgan yoshlar o'z huquqlarini amalga oshirish asnosida turli qiyinchiliklarga duch kelayotganini hisobga olgan holda, BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan Yoshlar huquqlari bo'yicha maslahat guruhi ta'sis etilgan. Maslahat guruhining asosiy vazifasi inson huquqlarini ta'minlash faoliyatida izchil ishtirok etish, yoshlar siyosatiga oid tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasidagi tashabbuslarni rag'batlantirishdan iborat.

Bu o'rinda, ayniqsa, BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil 14 dekabrdagi 50/81-son rezolyusiyasi bilan Yoshlar manfaatlari uchun butunjahon sa'y-harakatlar dasturi qabul qilinganini alohida ta'kidlash lozim. Dastur 2000 yilgacha va keyingi davrga mo'ljallangan bo'lib, yoshlar bilan bog'liq faoliyatning 15 ta ustuvor sohasini qamragan va har qaysi sohaga taalluqli amaliy takliflarni o'zida mujassam etgan. Mazkur Dastur butun dunyoda yoshlarning ahvolini yaxshilash maqsadiga xizmat qiladigan milliy sa'y-harakatlar va xalqaro rag'bat uchun siyosiy yo'riq va rahbariy prinsiplar vazifasini bajarib kelayotgani ahamiyatlidir. BMT Xavfsizlik Kengashi 2015 yil 9 dekabrda Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik to'g'risidagi rezolyusiyani qabul qilgani, shubhasiz, yoshlarning dunyo barqarorligi va taraqqiyotida tutgan faol rolini e'tirof etish borasida muhim qadam bo'ldi. Ushbu rezolyusiya orqali Xavfsizlik Kengashi barcha davlatlarni butun dunyoda tinchlik o'rnatilishi va zo'ravonliklar barham topishiga erishish jarayonlarida yoshlarning amaliy ishtirok etishiga sharoitlar yaratadigan mexanizmlarni tatbiq etishga chaqirgan. BMT Bosh Assambleyasi 2015 yil 17 dekabrda Yoshlar va inson huquqlari to'g'risidagi rezolyusiyani qabul qilgan. Unda ham yoshlarning huquqlarini ta'minlash masalalari va ayni jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqiriq o'z ifodasini topgan. Yoshlarni inson huquqlari bo'yicha o'qitish eng ustuvor vazifa etib belgilangan.Dasturlari bo'yicha «Lissabon+21» deklaratsiyasi yoshlarning huquqlarini turli shakl va ko'rinishlarda Bundan tashqari 2019 yili qabul qilingan Yoshlar siyosati va himoya qilish, rag'batlantirish hamda amalga oshirishga qaratilgan qat'iy chorlovdir. Deklaratsiyada

barcha yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar, jamiyatning zaif qatlamlari, xususan, ehtiyojmand va migrant, qishloqda yashaydigan va nogironligi bo'lgan hamda qandaydir jihatdan kamsitishlarga duch kelgan yosh avlod vakillarining aniq ehtiyojlarini qanoatlantirish muhimligi ta'kidlangan.

BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida yoshlar huquqlarining ahamiyati eng muhim masalalar qatorida yana bir bor alohida qayd etildi. Unga ko'ra, yoshlarning faol va farovon hayoti, ularning huquqlari va imkoniyatlari doirasini kengaytirish butun dunyoda barqaror rivojlanishni ta'minlashning hal qiluvchi omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, Barqaror taraqqiyotning barcha, ya'ni 17 ta maqsadi va 169 ta vazifasida yoshlar manfaatlari hisobga olingani diqqatga sazovor. Yanada muhimi, bugungi kunda jahon yoshlari BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida belgilangan marralarni zabt etishda faollik ko'rsatib, peshqadamlar safida bormoqda.Yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlardan yana biri - BMTning «Yoshlar-2030» strategiyasidir. Yosh avlod vakillari ehtiyojlarini ta'minlash va salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, yoshlarning huquqlarini barcha shakl va ko'rinishlarda kengaytirishga oid ushbu hujjatda qayd etilganidek, "Yoshlar eng bebaho va juda muhim resurs hisoblanadi, shuning uchun ularga sarflangan sarmoya ko'p karra miqdorlarda o'zini qoplaydi". BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi, O'zbekiston taklifiga ko'ra, 2021 va 2022 yillarda yoshlar huquqlari bo'yicha 2 ta rezolyusiya qabul qildi. Xususan, 2021 yil 8 oktyabr kuni Jeneva shahrida BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 48-sessiyasi doirasida qabul qilingan Yoshlarning inson huquqlariga COVID-19 pandemiyasi ta'sirining oqibatlari to'g'risidagi rezolyusiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida ilgari surgan.O'z navbatida, 2022 yil 4 oktyabrda BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi 51-sessiyasida "Yoshlar va inson huquqlari" rezolyusiyasi qabul qilindi. Unda yoshlarning o'z mamlakatlari rivojlanishidagi ishtirokini kengaytirish, navqiron avlod uchun teng imkoniyatlar yaratish, yoshlarni raqamli tahdidlardan himoya qilish, yoshlar uchun inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo'yicha tashabbuslarni ilgari surish, yoshlarning o'z hayot tarziga ta'sir o'tkazadigan qarorlarni qabul qilishda qatnashishi kabi masalalar o'z ifodasini topdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2022 yil - "Turkiy dunyoda yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilindi. Shu negizda O'zbekiston va Turkiy davlatlar tashkilotining yoshlar huquqlarini rag'batlantirishga asoslangan yondashuvni ilgari surish borasidagi xalqaro siyosatga sodiqligi jahon hamjamiyati e'tiboriga yetkazildi.

Xulosa qilib aytganda yoshlarni har tomonlama qo'llab- quvvatlash xususan yoshlar kamoloti ta,lim, ijodiy va intelektual rivojlanish bandlik va yoshlar ilgari surayotgan innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash sog'lom turmush tarzini mustahkamlash yoshlar ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalgam oshirilayotgan ishlar "Yoshlarga oid davlat siyosti to'g'risida"gi qonun hamda xalqaro huquq huquq normalarida keltirib o'tilgan. Yosh avlod har doim davlatning diqqat markazida bo'lib kelgan, chunki bu ijtimoiy guruhning faolligi va harakatchanligi mamlakatni yanada izchil rivojlantirish uchun manba hisoblanadi. Bu haqida muhtaram prezidentimizning ushbu fikrlarini inobatga olishimiz lozimdir: «Yoshlar bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo'l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlash, qobiliyat va iste'dodini ro'yobga chiqarish, hayotda o'z o'rnini topishiga yordam berish, ularga mas'ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e'tiborimiz markazida bo'ladi»

REFERENCES

1. https://uza.uz.

2. https://parliament.gov.uz

3. http://nhrc.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.