Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYAT VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI'

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYAT VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
26
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar huquqlari / Konstitutsiya va qonunlar / huquqlarni himoya qilish mexanizmlari / “O’zbekiston-2030” strategiyasi / BMTning “Yoshlar-2030” strategiyasi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umurzakova Nargisa Muxtarovna, Habibullayeva Sarvinoz Sobirjon Qizi, Nuriddinova Farangiz Ulug’bek Qizi

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida yoshlarga doir olib borilayotgan siyosat, Yangi tahrirda qabul qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlarga yaratilgan yangi imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni amalga oshirish mexanizmlari haqida so’z boradi. Mamlakatni rivojlantirishda yoshlarning o’rni va roli, yoshlarning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha mexanizmlar yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYAT VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI»

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYAT VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI 1Umurzakova Nargisa Muxtarovna, 2Habibullayeva Sarvinoz Sobirjon qizi, 3Nuriddinova

Farangiz Ulug'bek qizi

2Ilmiy rahbar, Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi katta

o'qituvchisi

23Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Huquq va turizm" fakulteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi

1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10870101 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida yoshlarga doir olib borilayotgan siyosat, Yangi tahrirda qabul qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlarga yaratilgan yangi imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni amalga oshirish mexanizmlari haqida so'z boradi. Mamlakatni rivojlantirishda yoshlarning o'rni va roli, yoshlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha mexanizmlar yoritiladi.

Kalit so'zlar: Yoshlar huquqlari, Konstitutsiya va qonunlar, huquqlarni himoya qilish mexanizmlari, "0'zbekiston-2030" strategiyasi, BMTning "Yoshlar-2030" strategiyasi,

Аннотация. В данной статья говориться о молодежной политике в Республике Узбекистан недавно принятой Конституций Республики Узбекистан,новых возможностях,созданных для молодежи и механизмах реализации этих возможностей.Будут освещены место и роль молодежи в развитии страны,все механизмы необходимый для реализации потенциала молодежи.

Ключевые слова: Права молодежиб Конституция и законы механизмы защиты правб статегия "Узбекистан-2030", Стратегия ООН "Молодежь-2030"

Abstract. This article talks about the youth policy in the Republic of Uzbekistan, the newly adopted Constitution of the Republic of Uzbekistan, new oppurtunies created for young people and the mechanisms for implementing these oppurtunities. The place and role of the youth in the development of the country, all the mechanisms necessary for the realization of the potensial of the youth will be highlighted.

Keywords: Youth rights, Constitution and laws, rights protection mechanisms, "Uzbekistan-2030" strategy, "Youth 2030" strategy of the UN

"Yoshlar eng bebeho va juda muhim resurs hisoblanadi, shunng uchun ularga sarflanga sarmoya ko'p karra o'zini qoplaydi"

Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Yoshlar-2030" strategiyasidan

Hozirgi kunda sayyoramizda istiqomat qiladigan 15 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan insonlar soni 1 milliard 200 million nafardan ortiq bo'lib, bu dunyo jami aholisining 16 foizi, deganidir. BMT barqaror taraqqiyot maqsadlarining bajarilishi muddati tugaydigan sana, ya'ni 2030-yilda ushbu ko'rsatkich7 foizga ko'payib, salkam 1 milliard 300 million nafarga yetishi kutilmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston yoshlarini intellectual, jismoniy va ma'naviy-uhiy jihatdan barkamol va yetuk etib tarbiyalash uchun davlat va jamiyatning kuch-salohiyati, mablag'Iva boshqa zarur imkoniyalari tobora ko'p, izchil hamda tizimli asosda yo'naltirilgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 million 600 ming nafardan ziyod yoki aholining 55,6 foizini tashkil qilmoqda.

Shu jabhalarni hisobga olgan holda muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz yoshlarga ko'plab imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Bunga yaqqol misol qilib, Yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini keltirishimiz mumkin. Ushbu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning XIV bobi "Oila, bolalar va yoshlar" deb nomlandi. Mamlakatning asosiy qonuni bo'lmish Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bob tashkil etilganligi tarixiy voqea, albatta. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida aynan yoshlar haqida so'z boradi. Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,, madaniy va ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'liqni saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi.

Konstitutsiyaning ushbu moddasi asosida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. "O'zbekiston-2030" strategiyasida yoshlarga berilgan katta e'tibor ham muhim, albatta.

Xususan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg'ul bo'lishini ta'minlash uchun har bir viloyatda 1 tadan «Kreativ park»lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish maqsad etib belgilangan. Kreativ fikrlaydigan yoshlar har doim jamiyat uchun muhim bo'lgan. Chunki ular o'z fikrlarini bugungi islohotlardan kelib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida bayon etishadi. Bundan tashqari, Strategiyada har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga yuborish hamda maktab bitiruvchilarining kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta'minlash masalasi o'z aksini topgan. Ma'lumki, ko'p yillar davomida maktablarda xorijiy tillarni kichik sinflardan boshlab o'rgatish yo'lga qo'yilgan edi. Bu yoshlarning bilimini oshirish, xorij adabiyotlarini o'qish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Endilikda ushbu islohotlarning yanada yuqori bosqichiga yetyapmizki, maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasbni egallashi shart degan talab qo'yilyapti. Buning uchun maktablarimizda zarur sharoitlar yaratildi.

Keyingi paytlarda maktab o'quvchilarining bir necha xorijiy oliy o'quv yurtlariga kirgani yoki muddatidan oldin talaba bo'lgani haqidagi xabarlarni tez-tez o'qib yoki eshitib qolyapmiz. Bu nimadan darak? Bu albatta, ta'lim islohotlarining izchil davom etayotganidan dalolatdir. Ushbu yo'nalishdagi islohotlar "O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida yanada bardavom bo'ladi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida yoshlar borasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini ta'minlashda bizdan faollik talab etiladi. Bu borada parlament quyi palatasidagi Yoshlar komissiyasi tomonidan ham tegishli vazifalarni belgilab oldik.

BMT tarixida ilk bor tizimli strategiya - "Yoshlarni jamiyat hayotiga jalb etish orqali demokratiyani mustahkamlash" - 2030-yilga qadar Yoshlar strategiyasi qabul qilindi. O'zbekiston bu strategiya jadal sur'atlar bilan amalga oshirilayotgan dunyoning o'nta davlatidan biri hisoblanadi. BMT O'zbekistonda qisqa vaqt ichida Yoshlar parlamenti va BMT Yoshlar maslahat kengashining tashkil etilganini; yoshlarni mazmunli qamrab olish va imkoniyatlarini kengaytirishni ta'minlash uchun ko'plab strategiyalar, dasturlar va moliyaviy vositalarni qabul qilinganligini olqishladi.

Ushbu haqiqatni anglagan O'zbekiston ularning intellektual, jismoniy, ma'naviy-axloqiy kamolotiga ko'proq mablag' sarflamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan 78-sessiyasida BMTda Markaziy Osiyoda yoshlarni

rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha Ishchi guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlar huquqlarini ta'minlash va ularni amalga oshirishdan yuqori darajada manfaatdor ekanligini yana bir bor namoyon etadi. Aholining qariyb yarmini yoshlar tashkil etuvchi Markaziy Osiyoda navqiron avlod, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish bilan bog'liq masalalar alohida ahamiyat kasb etishi hisobga olinadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyatini "BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi"ni qabul qilish bo'yicha O'zbekistonning tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T O'zbekiston , 2023 y

2. "O'zbekiston-2030" strategiyasi. -PF-37-son 21.02.2024

3. http://nhrc.uz/oz/menu/eshlar-uulari-imkonijatlar-va-imoja-meanizmlari-mavzudagi-halaro-forum-2023 -jil-23 -oktj abr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.