Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARIGA BO‘LGAN HUQUQIY QARASHLAR'

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARIGA BO‘LGAN HUQUQIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi / Birlashgan Millatlar Tashkiloti / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / Yoshlar huquqlari / Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Tuxtabekova Shaxzoda Yakub Qizi, Axunov Sherzod Adxamovich

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi yoshlar huquqlari kafolatlari, ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlarda yoshlar huquqlariga oid bildirilgan takliflari huquqiy jihatdan bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARIGA BO‘LGAN HUQUQIY QARASHLAR»

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARIGA BO'LGAN HUQUQIY QARASHLAR 1Tuxtabekova Shaxzoda Yakub qizi, 2Axunov Sherzod Adxamovich

1Toshkent davlat agrar universiteti "Huquq va turizm" fakulteti 2-bosqich talabasi 2Ilmiy rahbar, Toshkent davlat agrar universiteti "Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi assisteni Telefon raqami: 1(+99894) 865-82-79, 2 (+99890) 133-04-49 https://doi.org/10.5281/zenodo.10867979

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi yoshlar huquqlari kafolatlari, ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlarda yoshlar huquqlariga oid bildirilgan takliflari huquqiy jihatdan bayon qilingan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Yoshlar huquqlari, Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi.

Аннотация. В данной статье юридически изложены гарантии прав молодежи в Конституции Республики Узбекистан, законодательные акты в этой области и предложения Президента Республики Узбекистан относительно прав молодежи в международных отношениях.

Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, Организация Объединенных Наций, Президент Республики Узбекистан, Права молодежи, Содружество Независимых Государств.

Abstract. This article legally sets out the guarantees of the rights of youth in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, legislative acts in this area and proposals of the President of the Republic of Uzbekistan regarding the rights of youth in international relations.

Keywords: Constitution of the Republic of Uzbekistan, United Nations, President of the Republic of Uzbekistan, Youth rights, Commonwealth of Independent States

"Yoshlar eng bebaho va juda muhim resurs hisoblanadi, shuning uchun ularga sarflangan sarmoya ko'p karra miqdorlarda o'zini qoplaydi".

Bugun dunyoda yoshlar ikki milliarddan ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ziyodini tashkil etadigan yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilangan. Buning yaqqol misolini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida ko'rish mumkin: "Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi" deya belgilab qo'yilgan.

Eng asosiy e'tibor, bugungi kunda yoshlar uchun konstitutsion huquqini himoya qilish borasida, ya'ni ta'lim olish huquqi sohasidagi o'zgarishlar, islohotlar xalqimiz quvonchiga-quvonch qo'shmoqda. Jumladan, o'xshashi yo'q bo'lgan "Prezident maktablari" va muhtaram

Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston universiteti", "Temurbeklar maktabi", ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarimizning kelajagi, istiqboli yo'lidagi yangi islohotlardir. Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa kitobxonlik. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, "I-Book", "Shake & Pear", tarzidagi kitob-kafe do'konlari shu bilan birga, "Respublika bolalar kutubxonasi" va "Yoshlar ijod saroyi" kabi bepul hamda zamonaviy ta'mirlangan kutubxonalar ham yoshlar orasida kitobxonlikning keng ommalashuvi uchun muhim omil bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

So'nggi yillarda yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va uyg'un rivojlantirishga qaratilgan bir qator qonunlar, O'zbekiston Respublika Prezidentning Farmon va qarorlari qabul qilinib, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar masalalari bo'yicha idoralararo kengash tashkil etildi.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari o'z faolitiyatini boshlamoqda. O'zbekiston Respublika Prezidentining tashabbusi bilan "O'zbekiston yoshlari-2025" konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholashning yagona mezonlari, yoshlar siyosatini baholashning milliy indeksi joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning qabul qilinishi muhim ahamiyatga egadir. Mazkur Konvensiya - tom ma'nodagi yangi hujjat bo'lib, unda yoshlarning hozirgi zamonda dunyo miqyosida e'tirof etilishi zarur bo'lgan huquqlari o'z aksini topgan, ularning manfaatlarini himoya qilish, o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

O'zbekiston Prezidenti so'nggi yillarda yoshlar masalasi bo'yicha 20 dan ortiq milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarni ilgari surganligini alohida ta'kidlash lozim. Jumladan, davlat rahbarining mintaqaviy tashabbuslariga quyidagilar kiradi:

yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlari kengashini tuzish;

O'zbekistonda Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazish;

yoshlarga doir siyosatning umumiy yo'nalishlari to'g'risida ko'p tomonlama bitim tayyorlash;

o'zaro innovatsion hamkorlik va yoshlar masalasida munosabatlar sohasida qabul qilingan strategik dasturiy hujjatlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekistonda MDH mamlakatlari yosh olimlarining "Yoshlar - innovatsiya tarafdori" shiori ostidagi birinchi kongressini o'tkazish;

"ShHT - ilg'or g'oyalar va kelajak tashabbuslari makoni" mavzusida yoshlar o'rtasida muloqotni kengaytirish bo'yicha tadbirlar dasturini tayyorlash;

mamlakatlarimizdagi iste'dodli yoshlar uchun ilm-fan va ta'lim sohasida Al-Xorazmiy, Forobiy, Jomiy, Maxtumquli, Chingiz Aytmatov kabi Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, alloma va faylasuflar nomidagi mintaqaviy grant va stipendiyalar ta'sis etish;

yosh avlodni ekstremistik g'oyalar ta'siridan himoya qilish maqsadida yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik bo'yicha Mintaqaviy kompleks dastur ishlab chiqish;

suv va boshqa tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish madaniyatini shakllantirish, maxsus dasturni qabul qilgan holda, yoshlar tashabbuslari va startaplarini qo'llab-quvvatlash masalalarida yoshlar bilan ishlashni mintaqaviy darajada tashkil etishga alohida e'tibor qaratish;

"Hamdo'stlik kubogi" futbol turnirini qayta tiklash va yoshlarimiz jamoalari o'rtasida navbatdagi uchrashuvlarni O'zbekistonda o'tkazish;

Yosh iste'dodlar (Markaziy Osiyo-Xitoy) forumini yo'lga qo'yish va hokazo. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-oktabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Davlat rahbari, jumladan, yaqinda Samarqandda ochilgan turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha dunyoda o'xshashi yo'q UNWTO Xalqaro turizm akademiyasida mutaxassislarni o'qitish uchun maxsus grantlar ajratilishini e'lon qildi. Davlat rahbari, shuningdek, yoshlar uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g'oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadigan Jahon yoshlar turizmi sammitining navbatdagisini Toshkent shahrida o'tkazishni taklif qildi. O'z navbatida, mazkur xalqaro forumni o'tkazish uchun nega aynan Toshkent shahri tanlandi, degan savol tug'ilishi mumkin. Gap shundaki, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) hukumat rahbarlari kengashining qaroriga ko'ra, 2024 yil bo'yicha Toshkent shahriga "MDH Yoshlar poytaxti" maqomi berildi. Shu nuqtai nazardan, yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro anjumanning poytaxtimizda bo'lib o'tishi mantiqan asosli va har tomonlama maqbul, deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

2. O'zbekiston qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/

3. "Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi" Yagona milliy portali. https://constitution.gov.uz/oz

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi. https://parliament.gov.uz/

5. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi rasmiy veb-sayti. http://www.insonhuquqlari.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.