YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARIGA BO'LGAN QARASHLAR 1Dusbekova Sevinch Bahodir qizi, 2Qoraboyeva Mashxura Olimjon qizi, 3Axunov Sherzod
Adxamovich
1,2Toshkent davlat agrar universiteti, "Huquq va turizm" fakulteti 2-bosqich talabasi 3Ilmiy rahbar, Toshkent davlat agrar universiteti, "Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi assisteni Telefon raqami: 1(+99893) 593-41-91), 2 (+99893) 454-05-29), 3 (+99890) 133-04-49
https://doi.org/10.5281/zenodo.10867907 Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi yoshlar huquqlari kafolatlari hamda Respublikamizda yosh tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlarda yoshlar huquqlariga oid bildirilgan takliflari huquqiy jihatdan bayon qilingan.
Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,tadbirkorlarning huquqlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Yoshlar huquqlari,Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Abstract. The guarantees of youth rights in the Constitution of the Republic of Uzbekistan and the opportunities given to young entrepreneurs in our Republic, as well as the proposals made by the President of the Republic of Uzbekistan regarding the rights of youth in international relations, are described in legal terms.
Keywords: Constitution of the Republic of Uzbekistan, United Nations, President of the Republic of Uzbekistan, Youth rights, Commonwealth of Independent States.
Аннотация. Гарантии прав молодежи в Конституции Республики Узбекистан и возможности, предоставляемые молодым предпринимателям в нашей Республике, а также предложения Президента Республики Узбекистан относительно прав молодежи в международных отношениях. описано в юридических терминах.
Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, Организация Объединенных Наций, Президент Республики Узбекистан, права молодежи, Содружество Независимых Государств.
Hozirgi kunda sayyoramizda istiqomat qiladigan 15 yoshdan - 24 yoshgacha bo'lgan insonlar soni 1 milliard 200 million nafardan ortiq bo'lib, bu dunyo jami aholisining 16 foizi, deganidir. BMT barqaror taraqqiyot maqsadlarining bajarilishi muddati tugaydigan sana, ya'ni 2030 yilda ushbu ko'rsatkich 7 foiz ko'payib, salkam 1 milliard 300 million nafarga yetishi kutilmoqda.
Shu ma'noda, O'zbekiston yoshlarini intellektual, jismoniy va ma'naviy-ruhiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash uchun davlat va jamiyatning kuch-salohiyati, mablag'i va boshqa zarur imkoniyatlari tobora ko'p, izchil hamda tizimli asosda yo'naltirilayotgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 million 600 ming nafardan ziyodni yoki aholining 55,6 foizini tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ziyodini tashkil etadigan yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilangan. Buning yaqqol misolini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida ko'rishimiz mumkin. Unda: "Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning
ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi" deya belgilab qo'yilgan. Eng asosiy e'tibor, bugungi kunda yoshlarimiz uchun ana shu konstitutsion huquqini himoya qilish borasida, ya'ni ta'lim olish huquqi sohasidagi o'zgarishlar, islohotlar xalqimiz quvonchiga-quvonch qo'shmoqda.Jumladan, o'xshashi yo'q bo'lgan "Prezident maktablari" va muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston universiteti", "Temurbeklar maktabi", ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarimizning kelajagi, istiqboli yo'lidagi yangi islohotlardir. O'zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sesiyasida so'zlagan nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlari rivojiga ko'maklashish bo'yicha ishchi guruh tuzish tashabbusi bilan chiqqanini ta'kidlash zarur. Nega deganda, ushbu tashabbus bizning butun mintaqada yoshlar huquqlarini eng yuksak darajada ta'minlash va ro'yobga chiqarishdan manfaatdorligimizni yana bir bor amalda tasdiqladi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiladigan jami aholining qariyb yarmini yoshlar tashkil etadi. Bu muhim omil, bir tomondan, ana shu ko'psonli navqiron insonlarning huquqlarini yanada to'la ta'minlash choralarining dolzarbligini bildirsa, ikkinchi tomondan, barkamol yosh avlod kuch-shijoati, bilimi va salohiyatini taraqqiyot, barqarorlik hamda bunyodkorlik faoliyatiga yo'naltirish alohida ahamiyat kasb etishini anglatadi.
Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri - bu yoshlarning investision tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar
Demak, ushbu kreditlar aynan qaysi loyihalar uchun va qanday shartlar asosida taqdim etilishini quyida ko'rib chiqamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5088 sonli qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.Yosh tadbirkorlarga o'z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo'yicha ham imtiyozlar mavjud.
1. Yosh tadbirkorlar Yoshlar sanoat zonalaridagi bino va inshootlardan ijara asosida foydalanishlari mumkin. Bunda, bo'sh bino va inshootlar davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to'lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
2. Keyinchalik bino yoki inshootlarni o'z balansida aktiv sifatida ko'rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.
Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo'nalishdagi investision loyihalar uchun ajratiladi:
- meva-sabzavot va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash;
- to'qimachilik, poyabzal va charm-galantereya;
- kimyo, farmasevtika;
- oziq-ovqat;
- elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari;
- hunarmandchilik hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari.
Bundan tashqari, "Yoshlar daftariga" kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:
1. Tadbirkorlik uchun zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (hozirgi kunda 9,8 mln. so'mgacha) subsidiyalar ajratiladi;
2. Dehqon xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanishda urug'liklar va ko'chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha (hozirgi kunda 1,96 mln.so'mgacha) subsidiyalar ajratiladi;
3. Yosh tadbirkorlar bino va inshootlarni ijaraga olgan bo'lsalar, bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi - biroq ko'pi bilan 7,35 mln. so'mgacha (BHM ning 25 barobari) kompensasiya qilinadi.
Yurtimizda xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ishlaydigan tashkilot tuzildi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi "O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi" nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazganligi ham katta yutuq bo'ldi. Mazkur nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan va xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashishga qaratilgandir.Zero, bu yoshlarning qonida Imom Buxoriylar, Ahmad Farg'oniylar, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy va Amir Temur, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubrolar qoni oqmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145
2. O'zbekiston qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/
3. "Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi" Yagona milliy portali. https://constitution.gov.uz/oz
4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi. https://parliament.gov.uz/
5. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi rasmiy veb-sayti. http://www.insonhuquqlari.uz/