Научная статья на тему 'YOSHLARGA E’TIBOR KELAJAKKA POYDEVOR'

YOSHLARGA E’TIBOR KELAJAKKA POYDEVOR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / Konstitutsiya / inklyuziv / marginallash / huquq / erkinlik / kafolat / norma / globallashuv / ommaviy madaniyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamasaliyev Anvar, Isomiddinov Sanjarbek Axtamovich, Baxtiyorov Davronbek Zayniddin O‘g‘li

Maqolada O‘zbekistonda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida kafolatlanganligi, davlat dasturlarida yoshlar masalariga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mulohazalar berilgan, shuningdek, infografik ma’lumotlar keltirilgan hamda xulosa-takliflar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA E’TIBOR KELAJAKKA POYDEVOR»

YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAKKA POYDEVOR 1Mamasaliyev Anvar, 2Isomiddinov Sanjarbek Axtamovich, 3Baxtiyorov Davronbek

Zayniddin o'g'li

1AndQXAI, "Qishloq xo'jaligi huquqi va agroturizm" kafedrasi katta o'qituvchisi

2AndQXAI, Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi 3AndQXAI, Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1088602 7

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistondayoshlarga berilayotgan e'tibor, ularning huquq va erkinliklari O'zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida kafolatlanganligi, davlat dasturlarida yoshlar masalariga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mulohazalar berilgan, shuningdek, infografikma'lumotlar keltirilgan hamdaxulosa-takliflar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, Konstitutsiya, inklyuziv, marginallash, huquq, erkinlik, kafolat, norma, globallashuv, ommaviy madaniyat.

Аннотация. В статье комментируется внимание, уделяемое молодежи в Узбекистане, ее права и свободы, гарантированные в новой редакции Конституции Республики Узбекистан, меры, реализованные в государственных программах, связанных с вопросами молодежи, а также инфографическая информация и выводы. и предложения.

Ключевые слова: Молодежь, Конституция, инклюзия, маргинализация, право, свобода, гарантия, норма, глобализация, массовая культура.

Abstract. The article comments on the attention paid to young people in Uzbekistan, their rights and freedoms are guaranteed in the newly revised Constitution of the Republic of Uzbekistan, the measures implemented in state programs related to youth issues, as well as infographic information and conclusions and suggestions. stated.

Keywords: Youth, Constitution, inclusion, marginalization, right, freedom, guarantee, norm, globalization, popular culture.

Zamon o'zgarmoqda, shunga mutanosib ravishda duyno ham har soniyada "Globallashuv" qurboni bo'lmoqda, ya'ni insoniyat kishilik jamiyati rivojining keyingi bosqichlariga juda tez sur'atlarda o'tmoqda. Tarixda bu uchun nechadir ming yilliklar, asrlar talab qilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib esa bunga bir dekadaning o'zi kifoya qilmoqda. Ayniqsa, bu "Globallashuv", "ommaviy madaniyat" kabi xurujlarning asosiy "qurbonlari" aksariyati yoshlar qatlamini tashkil etayotganligi ham xavotirga soladi kishini. Sababi, yoshlar bugun nafaqat O'zbekistonda, balki jahon miqyosida aholining eng katta qismini bo'lib hisoblanadi. So'zimizning isboti ularoq hozirda dunyo aholisining 23 foizini, ya'ni salkam 2 milliard nafarini yoshlar tashkil qiladi. Bu nima degani? Kelajagimiz taqdiri mana shu qatlam qo'lida demakdir. Ular bunyodkor ham, buzg'unchi ham bo'lishi mumkin. Hamma gap yoshlarning mafkurasini to'g'ri shakllantirishda. Bu esa ularning ma'naviyatini o'stirish uchun amalga oshirilayotgan ishlarga, ularga berilayotgan ta'lim-tarbiyaga, e'tibor va muhozasini ta'minlashga bog'liqdir. Zero, taniqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy bobomiz bejizga aytmagan: "Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat,yo saodat — yo falokat masalasidir"[1]. Shunday ekan, har bir davlat davr va zamon talabidan kelib chiqib o'z qonunchilik tizimini isloh qilib keladi va unda yoshlarga alohida urg'u berishadi. Jumladan, O'zbekiston zamon bilan ham nafas yashamoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yurtimizda yoshlarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib, biz uni nafaqat bosh qomusimizda, balki qabul qilinayotgan qonunlar, kodekslardan tortib imzolanayotgan farmon, qaror va farmoyishlargacha, qisqa qilib aytganda chiqarilayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlarda aks topayotganligida, ya'ni yoshlar huquq va erkinliklarining mustahkam himoya qalqoni bunyod etilayotganligida, ularga katta imkoniyatlar eshiklari lang ochib berilayotganligida, xalqaro hamjamiyat tomonidan umume'tirof etilgan huquq normalari o'rganilib, keng muhokama qilinib, xalqaro tajribada samarali natijalar bergan normalari qonunchiligimizga joriy etilayotganligida, kerak bo'lsa boshqa davlatlarda yo'q shart-sharoitlar mamlakatimiz yoshlariga yaratilayotganligida ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda savol tug'uladi: O'zi "Yoshlar" deb kimlarni nazarda tutamiz? - O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi 0'RQ-406-son Qonuni 3-moddasida bunga javob berilgan: "yoshlar (yosh fuqarolar) — o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslar".[2]

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning oliy qonuni bo'lib, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilab beradi. So'nggi yillarda Konstitutsiyaga, xususan, yoshlarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga doir muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumida qabul qilingan Konstitutsiyamizning yangi tahririda O'zbekistonda yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirishga katta e'tibor qaratilgan. Bu juda muhim voqea, chunki yoshlar aholining salmoqli qismini tashkil qiladi va ko'pincha kamsitish va marginallanish xavfi ostidadir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy jihatlaridan biri yoshlar ta'lim-tarbiyasi muhimligini e'tirof etishidir. Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning Muqaddimasida:

"inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatimizni anglagan holda, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko'paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e'lon qilamiz." - deb belgilanganligi davlat Konstitutsiyamizning ilk satrlaridanoq yoshlar, kelajak avlod haqida g'amxo'rlik qilayotganligidan dalolatdir. Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning IX bob(Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar)ida yoshlarning bir qator huquq va erkinliklari mustahkamlangan bo'lib, misol tariqasida aytishimiz mumkin, 50-moddada:

"Har kim ta'lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi."[3], deb, bundan tashqari, 43-moddada yoshlarning erkin mehnat qilish va o'z kasbini tanlash huquqi kafolatlangan. Davlat yoshlarning jamiyatga munosib hissa qo'shishini ta'minlab, ularning bandligi va malakasini oshirishi uchun shart-sharoit yaratishga majburdir - deb belgilangan.

Yangi Konstitutsiyada ta'lim va mehnat huquqlaridan tashqari, yoshlarni ekspluatatsiya va zo'ravonlikdan himoya qilish muhimligi ham alohida ta'kidlangan. 44-modda bolalarning xavfli yoki zararli mehnatga jalb qilinmasligini ta'minlaydi. Shuningdek, u bolalarni yoshiga yoki boshqa omillarga qarab kamsitishni taqiqlaydi. Barchasidan ham ko'proq XIV bobga e'tibor qaratgan bo'lar edim, sababi, bu bobning nafaqat nomida, ("Oila, bolalar va yoshlar" deb o'zgartirilgan), balki o'z ichiga oluvchi moddalarida ham katta o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan, birgini 79-moddani misol keltiraman:

"Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi." - deb mustahkamlanganligini e'tirof etmaslik - xato menimcha.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin to joriy yilga qadar yil nomlanishiga nazar solsak:

- 2000-yil — "Sog'lom avlod yili";

- 2001-yil — "Ona va bola yili";

- 2008-yil — "Yoshlar yili";

- 2010-yil — "Barkamol avlod yili";

- 2014-yil — "Sog'lom bola yili";

- 2016-yil — "Sog'lom ona va bola yili";

-2021-yil—"Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" va

- 2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"

deb e'lon qilingan[4]. Bu ham yoshlar masalalari yurtimizning har yilgi davlat dasturlarida katta o'rin egallaganligining namoyandasidir. Birgini 2024-yilni oladigan bo'lsak, "O'zbekiston -2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi

O'zbekiston Respublikasi Rrezidenti Farmonidan yoshlarga oid bir qator eng muhim choralar ko'zda tutilganligini quyidagi infografikada ham ko'rish mumkin(l-rasm).

1-rasm. Infografika ma'lumotlari. [5]

Umuman olganda, Konstitutsiyaning yangi tahriridagi mazkur qoidalar O'zbekiston hukumatining yoshlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga intilishidan dalolat beradi. Konstitutsiya ta'lim olish, bandlik imkoniyatlari va ekspluatatsiyadan himoyalanishni kafolatlash orqali yoshlarga o'z salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish va jamiyatga ijobiy hissa qo'shish imkoniyatini berishga qaratilgan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasida yoshlarning huquq va erkinliklari kafolatlangani yanada inklyuziv va teng huquqli jamiyat yaratish yo'lidagi ijobiy qadamdir. O'zbekiston yoshlar oldida turgan o'ziga xos ehtiyoj va muammolarni anglagan holda kelajak avlodlar taraqqiyoti va muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Yoshlar huquq va erkinliklarining kafolatini mustahkamlash bo'yicha taklifim, "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori (21.12.2023-yilda qabul qilingan, PQ-401)ga ko'ra "Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko'rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantirilishi belgilangan"ligi[6] kabi, Jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda yoshlar tomonidan sodir etilgan, yoshlar jabr ko'rgan, xullas, yoshlarga oid ishlarni ko'rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantirilsa, menimcha, yoshlar taqdiriga davlatimiz befarq emasligini yana bir karra isboti qilar edi. Bu amaliyot keyinchalik, boshqa sudlar, Fuqarolik, Iqtisodiy va Ma'muriy sudlarda ham joriy etilsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

REFERENCES

1. https://uza.uz/oz/posts/tarbiya-biz-uchun-yo-hayot-yo-mamot-yo-najot-yo-halokat-yo-s-04-

09-2019

2. https://lex.uz/docs/-3026246

3. O'zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, https://lex.uz/uz/docs/-

6445145

4. https://www.sadikov.uz/en/news/mustaqil-ozbekiston-yil-nomlari

5. https://strategy.uz/index.php?news=1882&lang=uz

6. https://t.me/huquqiyaxborot/15102

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.