Shernazarov Kh.S.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Harbiy ta'lim fakulteti talabasi
YANGI O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARI
Anatatsiya: Maqolada yangi O'zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan. Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yoshlar tarbiyasidagi o'rni ochib berilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g'oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e 'tibor qaratilgan. Yangi O 'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashning ma 'naviy, huquqiy asoslari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, yoshlarga oid davlat siyosati, iqtidorli yoshlar, ma'naviy barkamollik, uchinchi Renessans.
Shernazarov Kh.S.
student
military education faculty Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
YOUTH POLICY ISSUES IN NEW UZBEKISTAN
Annotation: The article analyzes the main directions of state youth policy in the new Uzbekistan. The role of raising the legal culture in the society in educating the youth has been revealed. Special attention is paid to the historical and philosophical interpretation of the idea of the perfect man in the works of thinkers. The spiritual and legal basis for the upbringing of a harmoniously developed generation in the new Uzbekistan has been revealed
Keywords: New Uzbekistan, State Youth Policy, Talented Youth, Spiritual Perfection, Third Renaissance.
O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda taraqqiyot cho'qqilarini zabt etishning mashaqqatli bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu bosqichlarda davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilm-fan, san'at va madaniyatning yuksalishi, buyuk ajdodlarimizning o'z ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qo'shishdek iftixorli jarayonlar gavdalanadi.
Har qanday rivojlangan davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, mamlakatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha mamlakatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga uzviy bog'liq.
Mamlakatimizda yuksak taraqqiy etgan, jahon hamjamiyatida munosib o'rni va nufuziga ega Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida jadal islohotlar
davom etmoqda. Ushbu ko'zlangan maqsadlarga erishishda unib-o'sib, ulg'ayib, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yosh avlodning salohiyati muhim o'rin tutadi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan xayotimizda ro'y berayotgan yuksalish jarayonlari o'zini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Shular orasida zamonamiz yoshlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Аssambleyasining 72- sessiyasidagi nutqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat ".
Shu borada, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoit yaratish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib, Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi. Prezidentimiz bunga asos qilib, bugungi kunda dunyo miqyosida yoshlarning soni 2 milliarddan oshib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstrimizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda, yoshlarga himoya zarurligini muhim omil sifatida asoslab berdi.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 14-sentyabrdagi « Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida »gi imzolagan qonun hujjati ham, aholisining yarmidan ko'prog'i yoshlardan iborat bo'lgan mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, o'z pozitsiyasiga ega, intellektual salohiyatli, maqsad sari intiluvchan, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin egallashida eng muhim omil ekanini anglatadi.
Shuni alohida qayd etish joizki, « 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da ham bir nechta ustuvor vazifalar belgilab berilgan:
birinchidan, jismonan sog'lom, ruhan tetik, mustaqil fikrlaydigan, o'z Vataniga sodiq yoshlarni tarbiyalash;
ikkinchidan, o'rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash va xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish;
uchinchidan, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, qo'llab- quvvatlash, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga keng jalb etish.
Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 27 iyunda "Yoshlar- kelajagimiz Davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni bilan "Yoshlar- kelajagimiz" jamg'armasi tashkil etildi. Ushbu jamg'arma yoshlarning biznes tashabbuslari, g'oya va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan yillik 7 foiz stavka
bilan imtiyozli kreditlar ajratish yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizdagi barcha o'zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimi uchun ajratilgan harajatlar kelajak uchun qo'yilgan eng samarali sarmoya hisoblanadi.
Ma'lumki, 2021 yil mamlakatimizda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb nomlandi. O'zbekistonda 30 iyun -"Yoshlar kuni" deb e'lon qilinib, turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Mard o'g'lon" davlat mukofoti va "Kelajak bunyodkori" medali ta'sis etildi.
Yurtimizdagi islohotlar jarayonida yoshlar kamolotiga alohida e'tibor qaratilmoqda.So'nggi yillarda bu yo'nalishdagi ishlarning huquqiy asoslari zamon talabidan kelib chiqib takomillashib bormoqda. Yoshlarga jahon andozalari darajasida ta'lim berish, jamiyatdan munosib o'rin egallashiga ko'maklashish masalasi davlat siyosatining mihim yo'nalishiga aylandi.
Davlatimiz yoshlarga oid davlat siyosatida aniq maqsadlarni ko'zlab, bosqichma- bosqich shakllanib kelmoqda. Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng tadbiq etish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo'lmagan miqdorda kitoblar yetkazib berildi. Shu bilan birga har bir shahar va tuman markazida namunali kitob do'konlari, ko'chma kitob pavilyonlari tashkil etildi. Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida 2019-2020 yillarda 200 ga yaqin tikuv- trikotaj korxonalari barpo etildi. Natijada 24000 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi.
Yurtboshimiz g'oyasi asosida "Yoshlar daftari" tashkil etilib, mamlakatimiz bo'yicha 648 ming ishsiz yoshlar ushbu daftarga kiritilgan bo'lsa, yilning birinchi choragida ularning 283 ming nafari ish bilan ta'minlandi. Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida 36 mingta qo'shimcha to'garaklar tashkil etilib, bu to'garaklarga 874 mingga yaqin yoshlar qamrab olindi.
Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Maktab ta'limida 11 yillik umumiy o'rta ta'lim qayta joriy etildi. Oliy o'quv yurtlariga qabul kvotalari kengaytirildi. Sirtqi va kechki ta'lim shakllari tiklandi.So'nggi yillarda 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.
Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakatimiz Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida ta'kidlash zarur. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga,boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim islohotiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yos hlarni yuksak ahloq va intizomli qilib tarbiyalash, ularning sifatli ta'lim olishi va vatanparvarlik ruhida voyaga yetishi mamlakat siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotining kaliti hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk, komil inson bo'lib shakllanishida zamonaviy, qulay shart-sharoitlarni yaratib berish uchun mamlakatimiz bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Davlatimiz rahbari xam bu borada, mamlakatimizdagi yoshlar qatlamiga "muammo" deb emas, balki yurt ravnaqini ta'minlashdagi katta kuch sifatida
qaramoqda. Pirovardida esa, yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o'z qat'iy pozitsiyasiga ega yoshlar yurtimizning taraqqiyotida tobora hal qiluvchi asosiy kuchga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bunday sharoit va imtiyozlardan oqilona foydalanib, yurtimizning ertasi uchun kamarbasta bo'lishi shart. Mazkur ishlar natijasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgandan buyon 841 147 nafar yoshning bandligi ta'minlandi. 2021-yilning birinchi yarmida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 78 140 nafar yosh ishga joylashtirilgan bo'lib, 5 684 nafar yoshga subsidiyalar ajratildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 127 nafar talabaning 350 million so'mlik to'lov shartnoma mablag'lari to'lab berildi.
Yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularning tashabusini moliyalashtirish maqsadida 2018-yildan boshlab hududlarda 25 ta "Yosh tadbirkorlar" kovorking markazi va 157 ta "Yoshlar mehnat guzari" kompleksi faoliyat boshladi. "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida respublikaning tuman va shaharlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish amaliyoti yo'lga qo'yildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni targ'ib qilish va ro'yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur g'oyani amalga oshirish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida "5 tashabbus loyiha ofisi" faoliyati yo'lga qo'yildi. Tegishli loyihalar, jumladan, "Sport karvoni", "Bir million dasturchi", "Eng yaxshi kitobxon oila" kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan yigit-qizlarni rag'batlantirish maqsadida "Mard o'g'lon" davlat mukofoti va "Kelajak bunyodkori" medali ta'sis etildi. O'tgan vaqt davomida 113 nafar yosh "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan, 75 nafari esa "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
Ta'lim-tarbiya sohasida ham so'nggi yillarda ulkan o'zgarishlar ro'y berdi. Tizim tubdan isloh qilindi. Mazkur sohada yoshlar manfaatlarini ko'zlab ko'plab o'zgarishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari faoliyati tubdan yangilandi. O'tgan besh yil davomida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi ikki barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bugungi kunda bog'chalar soni 14 mingdan oshdi. Dars sifatini oshirish maqsadida boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan yosh o'qituvchilar oyligiga ustama haq to'lash tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, yoshlarning chuqur bilim olishini ta'minlash maqsadida o'tgan yillarda 98 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etildi. Har bir hududda Prezident maktablarining tashkil etilishi ham iqtidorli va barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Ikkinchidan, yoshlarning oliy ta'limga qamrovi oshirildi. 2016-yilda mamlakatimizda 65 ta oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo'lsa, 2021 -yilda
respublikadagi jami oliy ta'lim tashkilotlari soni ikki barobardan ko'proqqa ortib, 127 taga yetdi.
2016/2017 o'quv yilida o'qishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2021/2022 o'quv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi. Xususan, davlat granti asosida o'qishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar oshirildi.
Uchinchidan, ta'lim tizimidagi davlat siyosati takomillashtirildi. Ta'lim sohasini tubdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bilan yoshlarning uzluksiz ta'lim olishini ta'minlash maqsadida kunduzgi ta'lim shakli bilan bir qatorda sirtqi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari joriy etildi. Dual ta'lim yo'lga qo'yildi.
To'rtinchidan, yoshlarning bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 2021/2022 o'quv yilidan boshlab tijorat banklari tomonidan ta'lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratishning yangi tizimi yo'lga qo'yildi. Unga ko'ra, ta'lim kreditining asosiy qismi talaba oliy ta'lim tashkilotini tugatgandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarishi belgilandi. Bunda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalar farzandlaridan ta'lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmasligi alohida belgilandi.
Eng quvonarli yangiliklardan biri, shubhasiz, davlat oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yosh uchun davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilinganidir.
Oldingi yillarda ayrim oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda eng yuqori ball to'plagan abituriyent to'lov-shartnoma asosida qabul qilinishi holatlari ham kuzatilgan. Bunday adolatsizlik aholining, birinchi navbatda, yoshlarning katta e'tiroziga sabab bo'lgan. Prezident grantining joriy etilganligi yoshlarga ta'lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Mazkur grant sohiblariga a'lo o'qishi, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-tadqiqot yo'nalishlarida yutuqlarga.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистан ёшлари форумидаги маърузаси // https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-sozlagannutqi_197662
2. Жураев С.А. Особенности формирования государственной молодежной политики Республики Узбекистан в переходный период: теория и практика. Ар.дисс...док.политол.н..-Т., 1994. -С.17.
3. Юсупова Н.Ж. Исломда аёл хукуклари. Тошкент: Узбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академияси, 2006
4. Хдсанов А. Кадимги Арабистон ва илк ислом. Жохдлия асри. Т.: Тошкент ислом университети, 2001. Б.11
5. Х,икматлар хазинаси. Т.: Гафур Гулом, 1993. Б.69 8. Фалсафа: комусий луFат: (Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров). -Т.: "Шарк" нашриёт-матбуот акциядорлик компанияси Бош тахририяти, 2004, 160- бет.
6. Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., & Jumaniyozov, F. (2020). Foreign language competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.
7. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук, (5-2).
8. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).
9. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУКАРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРК ФАЛСАФАСИ ТАЛКИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).
10. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукаролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.
11. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.
12. Кенжаева, Х. П., & Каримова, Л. М. (2019). ТАРИХИЙ ХОТИРА-ХАЛК МАЪНАВИЯТИНИНГ ТАРКИБИЙ КИСМИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 1(3).
13. Xajieva Iroda, Babadjanova Umida, Kenjayeva Khurshida, Adambaeva Feruza. The importance of spiritual values in the upbringing of the harmoniously developed person in teaching and learning process. International Journal of Advanced Science and Technology. 29(5). P. 1496-1499