Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
YO'NALISHLARDAGI ISLOHOTLAR
Sabina Nabijon qizi Samatova
TDIU byudjet nazorati va g'aznachiligi fakulteti BET-61 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Dotsent Sabo Tulanovna Burxonova
ANNOTATSIYA
Barchaga ma'lumki, hozirgi kunda eng jadal va tez sur'atlarda rivojlanayotgan sohalardan biri bu kompyuter texnologiyalariva dasturlash sohasi. Tevarak olam texnika, texnologiya, sun'iy intelekt bilan o'ralgan bir zamonda, hayotimiz ham dasturlash sohalariga chambachas bo'g'liq bo'lib qoldi. Biz yashab turgan olam, qolaversa kelajak avlod uchun juda dolzarb va o'rganish zarur bo'lgan sohadir. Rivojlangan davlatlarning ko'p qismi dasturlash va robotexnika sohasiga katta e'tibor qaratmoqda. Foydalanayotgan turli xil televizorlar, mashinalar, smartfonlar, smartwatchlar va boshqa har xil maishiy Texnikalarimiz ham maxsus dasturlar orqali ishlaydi.
Kalit so'zi: ta'lim, islohotlar, texnika, texnologiya, raqamlashtirish , kompyuter texnologiyalari, suniy intelekt, IT parklar faoliyati, dashturlash sohalari, qonun ustuvorligi, kelajak kasblari
XXI asr raqamli texnologiyalar va axborot asridir. Hozirgi zamonda hayotimizni telefon qurilmalari va internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Har jabhada ko'zga tashlanayotgan texnika va texnologiyalar inson yumushlarini yengillashtirib, yashash ko'rsatkichini osonlashtirib bermoqda. Inson ko'zi bilan ko'ra olmaydigan mitti organizmlardan tortib toki qo'li yetmas sayyoralardagi kuzatishlar texnika va texnologiya rivoji orqali amalga oshirildi. Zamonamiz hayotda ham ko'zga tashlanadiki ta'lim, tibbiyot, moliya sohalarida ham ta'siri sezilarli. Raqamlashtirish va kompyuter savodxonligi oshirish chora- tadbirlari hozirgi zamonning eng dolzarb mavzularidan biri hisoblanib kelinmoqda.
Zamonaviy ta'lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta'lim berishning ilg'or yo'nalishlarini joriy etish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodni jahon yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko'lamda foydalanishlarini ta'minlash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, ta'limda axborot texnologiyalardan foydalanish, samarali dasturlarni ishlab chiqish orqali yoshlarning o'qish salohiyatini oshirishga, o'quv vaqtini tejashga,
474
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
tezroq tushunish va o'zlashtirishga yordam beradi. Maktab o'quvchilarini IT sohasi bilan tanishtirish - zamonaviy maktabda axborotlashtirish muammosini hal qilish va kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishga qo'yilgan ilk qadamdir.
2019-yilning mart oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma'naviy-ma'riiiy sohalardagi 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar e'tirofga loyiq. Loyiha doirasida respublika bo'yicha 146 ta raqamli texnologiyalar o'quv markazlarini foydalanishga topshirish orqali 292 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratishga erishildi. Ushbu markazlarda kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratish, axborot texnologiyalari sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslari va boshqa yo'nalishlar bo'yicha 33 ming nafardan ortiq tinglovchilar malakasini oshirdi.
Hududlar kesimida raqamli texnologiyalar o'quv markazlarida taxsil olganlar bo'yicha Jizzax viloyati, Namangan viloyati va Xorazm viloyati yetakchilik qilib kelmoqda.
O'zbekistonda 2020 yil "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili" deb e'lon qilingani ham bejiz emas edi. "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qo'yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirildi.
2020-yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bugungi kunda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi. Ma'lumki, O'zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo'lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko'rsatishga ko'maklashish orqali ish bilan ta'minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda "Bir million o'zbek dasturchilar" loyihasini ishga tushirdi. "Bir million o'zbek dasturchilar" loyihasi doirasida mashg'ulotlar uzbekcoders.uz o'quv portali orqali olib borilmoqda, dastur AQSH dasturlash kurslari mahsuloti bo'lib o'zbek yoshlari uchun sarf-xarajatlarsiz foydalanish va dasturlashni o'rganish imkoniyatini yaratdi. Unda eng mashhur to'rtta talabgor mutaxassisliklar bo'yicha bepul video kurslar o'zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan ma'lumotlarni tahlil qilish, "android" ilovalarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqish.
475
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o'zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o'zlashtirishga jalb qilish maqsadida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan "Bir million dasturchilar" loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo'yicha ko'plab ishlar olib borilmoqda, xususan:
- aholi o'rtasida loyihani yoritish va raqamli ko'nikmalarni targ'ib qilish maqsadida reklama kampaniyasi (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn maktab teledarsliklarida hamda radioda) ish boshladi;
- loyiha doirasida bugungi kunda 62 mingdan ortiq o'quvchilar ro'yxatdan o'tib, 5,4 ming nafar o'quvchilar bitiruvchi sertifikatni oldi;
- "Bir million dasturchilar" loyihasi ZIYONET ta'lim portali, UZMOBILE mobil aloqa operatori va UZONLINE internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi;
- Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash ko'nikmalariga o'qitish joriy etilmoqda.
"Bir million dasturchi" loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o'quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi. 2020-yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021 yilning birinchi yarmida yana 150 mingta o'quvchini o'qitish, talabalarning dasturiy ta'minot bo'yicha malakasini oshirish vazifasi amalga oshirildi. 5 -sinfdan o'qitib kelinayotgan "Informatika" fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga "Bir million o'zbek dasturchi" loyihasiga doir yo'nalishlarni kiritish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Bugungi kunda kambag'al oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak. IT-infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo'yicha kamida 100 ta o'quv markazi ochish rejalashtirilmoqda.. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo'nalishlar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etiladi.
2019-yil Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilishi, Andijon va Marg'ilon shaharlarida mazkur IT parkning filiallari tashkil qilinishi sohada sezilarli o'zgarishlar olib keldi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurib foydalanishga topshirildi va shu yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch shaharlarida shunday filiallar tashkil etildi .Viloyat markazlarida mavjud umumta'lim maktablari negizida 14 ta informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar tashkil etildi va 800 dan ortiq o'quvchilar tanlov asosida qabul qilindi.
476
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
2021-2022 o'quv yilidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali tashkil etilib qo' shimcha ravishda har yili 250 nafar oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.
2021-2022 o'quv yilidan Professional ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlaydigan 11 ta Texnikum tashkil etilib, jami texnikumlar soni 14 taga yetkaziladi. Tashkil etiladigan texnikumlarda o'rtacha 350 nafarga yaqin (jami 4 000 nafar) o'quvchi tahsil olayotganini ko'rishimi mumkin.
Shu bilan birga, yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida xalqaro IT sertifikatlarga ega yoshlarni o'qishi hamda ularning xalqaro IT sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizigacha bo'lgan qismini moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomi tasdiqlandi, hamda xalqaro IT sertifikatga ega mutaxassislar to'g'risidagi ma'lumo tlarni "O'zbekistonning IT-iste'dodlari" portaliga joylashtirildi.
Mamlakatimizda IT va Raqamlashtirish, Sun'iy intelektni rivojlanrish sohasida qator islohotlar olib borilmoqda. IT texnologiyalari rivoji tezlashuvi aholi o'rtasida texnologiyalardan to'g'ri yo'lda foydalanish madaniyatini shakllantishni taqozo etadi. Bu borada yoshlarning ma'naviy dunyosini buzg'unchi g'oyalardan saqlab, salohiyati va qobiliyatidan to'g'ri yo'lda oqilona foydalanish zarurligini anglatish zarur. Yoshlar kelajak mevalari, ularga berilgan to'g'ri tarbiya davlatning kelgusi taraqqiyotini belgilab beradi.
Takliflarim quyidagilardan iborat: Dasturlash sohalarining ham o'rgatishni yosh avloddan boshlash maqsadlidir. Rivojlangan davlatlar iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, aksariyat davlatlar tarmoqda va sohada sun'iy intelekt, raqamlashtirishni tadbiq qila olgandir. Bu davlatning korrupsiya bilan bog'liq muammolarini ham yechimi bo'la olgan. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda 5-sinfdan 11-sinfgacha o'quv kurslarini tashkil etish, ularni kompyuter qurilmalari bilan taminlash, O'zbekiston miqiyosida davlat universitetlari o'rtasida robototexnika qurilmalarini ixtiro qilish (har bir universitet o'zining yo'nalish tarmog'idan kelib chiqi b, ya'ni tibbiyot sohasi o'zi uchun hizmat qiluvchi robot, ta'lim sohasi kichik yoshdagi bolalar uchun foydali qurilmalar) loyihalarini amalga oshirish lozim. Maktab o'quvchilari o'rtasida "Men ham robot yasayman" kabi kichik harakatlanuvchi qurilmalar ixtirosi musobaqalarini tashkil etishni ta'minlash zarur. Yoshlarni ish bilan ta'minlanish ko'rsatkichini yaxshilash maqsadida umum ta'lim maktablari va kasb hunar kolleji bitiruvchilarini IT sohasiga yo'naltirish, bu borada mahallalar kesimida ustozlar belgilanishini muhim. Sun'iy intelekt sohasini rivojlantirish uchun adabiyotlar ishlab chiqishni ta'minlash, mustaqil o'rganish uchun chet el dasturlash tillari adabiyotlarini o'zbek tiliga tarjima qilish, maktablarda dunyo tanidan dasturlash tillarini darslik adabiyotlariga kiritish va bu bo'yicha o'quvchilar darsliklarini vedio darslarini ishlab
477
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
chiqib darsliklarga QR kod shaklida vedioni joylash orqali dars sifatini yaxshilash mumkin.
Bundan tashqari, yoshlarni avtomobilsozlikning elekt quvvati bilan ishlovchi avtomobillar ishlab chiqarish sohasiga qiziqtirishni ta'minlash kelgusida ifloslanayotgan havo darajasini yaxshilaydi. Elektr energiyasi bilan ishlovchi avtomobillar hozirgi avtomobillar o'rnini egallashi ma'lum, chunki davlatlararo havo ifloslik darajasini pasaytiradi. Bu soha yoshlar orasida tabiatga bolgan to'gri munosabatni shakllantirishga ham ta'sir qiladi. Quyosh energiyasi bilan ishlovchi qurilmalar sonini oshirish energiya sarfi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod millat umidi. Uning kelgusi istiqboli yoshligidan unga korsatilayotgan e'tiborga bog'liq albatta.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi// O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. T.,2017, 7-fevral.
2. https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston--yoshlarga-yangi-imkoniyatlar https://lex.uz/docs/- YOSHLARNI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH BO'YICHA QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA
3. HTTPS: //MITC.UZ/UZ/NEWS/1425
4. HTTPS: //MITC.UZ/UZ/NEWS/2791
5. HTTPS://DARYO.UZ/2021/09/10/BIRORTA-MAKTAB-BIR-MILLION-DASTURCHI-LOYIHASIDAN-CHETDA-QOLMASLIGI-KERAK-SHAVKAT-MIRZIYOYEV
6. Burhonova Sabo Tulanovna. Education Reforms in Uzbekistan During the Years of Independence, Pindus Journal of Culture, Literature and ELT, November 2021.
7. Burhonova Sabo Tulanovna. IMPACT OF EFFECTIVE TEACHING METHODS USED IN HIGHER EDUCATION SYSTEM, Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 2022.
478
17-aprel, 2024