Научная статья на тему 'RAQAMLI MAKTAB DARSLIKLARINING ISTIQBОLLARI'

RAQAMLI MAKTAB DARSLIKLARINING ISTIQBОLLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli maktab / raqamli darslik / elektrоn о‘qitish / kundaliklarini raqamlashtirish / elektrоn materiallar / videоdarslik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zоkirjоn Isaqоv, Niуоzmatоva Umidaxоn

Maqоlada О‘zbekistоnda raqamli maktab darsliklarini уaratishning kelajak istiqbоllari haqida fikr уuritilib, uni tashkil etish уuzasidan tavsiуalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI MAKTAB DARSLIKLARINING ISTIQBОLLARI»

RAQAMLI MAKTAB DARSLIKLARINING ISTIQBOLLARI *Zokirjon Isaqov, 2Niyozmatova Umidaxon

1Qo'qon DPI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi 20'zbekiston tumani, 67-maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10800169

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda raqamli maktab darsliklarini yaratishning kelajak istiqbollari haqida fikr yuritilib, uni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli maktab, raqamli darslik, elektron o'qitish, kundaliklarini raqamlashtirish, elektron materiallar, videodarslik.

Аннотация. Обсуждены будущие перспективы создания цифровых школьных учебников в Узбекистане и даны рекомендации по их организации.

Ключевые слова: цифровая школа, цифровой учебник, электронное образование, оцифровка дневников, электронные материалы, видеоучебник.

Abstract. The future prospects of creating digital school textbooks in Uzbekistan were discussed and recommendations were made regarding its organization.

Keywords: digital school, digital textbook, electronic education, digitization of diaries, electronic materials, video textbook.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 - 2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'grisida" 2020- yil 2- martdagi PF-5953-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022- yildagi PF-60-son "2022 - 2026- yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni borasida bu ishlar yirik ko'lam bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yoshlar ta'limi va ayollar bandligi bo'yicha "Besh tashabbus" loyihasi doirasida 2020- yil 1- sentyabrdan boshlab alohida umumta'lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o'qitish bo'yicha, shu jumladan, elektron sinf jurnali, o'quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasini (darsliklar, videodarslar, virtual laboratoriyalr va boshq.) o'z ichiga olgan tajriba tariqasida axborot tizimlarini qog'oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etish vazifasi yuklatilgan edi, bu boradagi vazifalar ham talablar darajasida tizimga joriylandi.

Ta'limni munosib raqamli manbalar bilan boyitish maqsadida uchinchi tashabbus doirasida videodarsliklar ishlab chiqildi. Yoshlarni masofadan turib, AKT yo'nalishida ta'lim olishlari uchun 80 ta (robototexnika, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va mobil ilovalar yaratish bo'yicha) onlayn video darsliklar ishlab chiqildi.

Ta'lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan samarali foydalanish lozim. Bilimli avlod, professional kadrlar bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishi garovidir.

Dunyoning eng taraqqiy etgan ta'lim tizimlariga ega bo'lgan Janubiy Koreya va AQSH biz aytayotgan raqamli ta'lim tizimiga allaqachon o'tib bo'lgan.

Xususan, Janubiy Koreya ushbu tizimga o'tish uchun "Smart Ta'lim" strategiyasini ishlab chiqqan bo'lib, bu ta'lim tizimi an'anaviy darslik kitoblaridan raqamli darsliklarga o'tish

o'quvchi-talabalarga "og'ir va qappaygan sumkalarini orqada qoldirib, sinf xonasidan tashqaridagi dunyoni kashf etish imkonini beradi", - deydi Janubiy Koreyaning Ta'lim, fan va texnologiyalar vaziri Ju-Xo Li.

Yangi tizimning yana bir qulayligi shundaki, bu tizim respublikamizning mutaxassis o'qituvchilar yetishmaydigan qishloq hududlarida o'quvchi va talabalar uchun fanlarni tanlash va uydan turib ta'lim olish imkoniyatini ham beradi.

Janubiy Koreya o'qish darajasi bo'yicha dunyoda ikkinchi, matematika sohasida to'rt va tabiiy fanlar bo'yicha beshinchi o'rinda turadi.

1945- yilda mamlakat aholisining 78 foizi savodsiz bo'lgan bo'lsa, hozirda Janubiy Koreya barcha Yevropa davlatlari va AQSHdan o'zib ketgan. Bu, albatta, Koreyaning ta'lim tizimi bo'yicha to'g'ri yo'nalish tanlaganidan darak beradi.

Ushbu texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy qilish boshqa sohalarga joriy qilishdan ham muhimroq ekanligini yuqoridagi misoldan ham ko'rishimiz mumkin. Kelajak avlodni qancha erta AT muhitiga olib kirsak, ular bu muhitga shunchalik tez moslashadi. Chunki, mutaxassislarning aytishicha, yaqin yillarda dunyo yangi axborot texnologiyalarini ishlata oladigan va olmaydiganlar orasida "raqamli bo'linish"ning yuzaga kelishiga guvoh bo'ladi.

Ma'lumki, har jabhada rivojlanib kelayotgan jonajon O'zbekistonimizda ham boshlang'ich ta'lim fanlarining o'qitilishida umumiy o'rta ta'lim maktablarini moddiy texnika bazasini yangilash, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim o'quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va "Elektron ta'lim" tatbiqi 2020 - 2025- yillarda innovatsion rivojlanishning kelajak trayektoriyasi va texnologik yo'l xaritasini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa xalqimizning, xususan, ilmga chanqoq talaba-yoshlarning turmush darajasini yaxshilash va yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi uchun ustuvor yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.

Raqamli darsliklarni qay ko'rinishda bo'lishini loyihalashda avval ko'p jihatlari o'rganiladi, ya'ni uni o'qitish bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi. Natijada yaratilayotgan o'quv darsliklar bilim olish jarayonida qiziqarli, yengil, esda qolarli va zararsiz bo'lishiga yo'naltiriladi. Birgina sahifada bir vaqtning o'zida ham matnli, ham audiotovushli tushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo'lishi mumkin. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra bunday darsliklar virtual, multiformatli va interaktiv bo'lganligi sababli ishtirokchilarning 80 foizi axborotni eslab qola oladi.

"Raqamli maktab", "Elektron ta'lim" va "Raqamli darslik" loyihalari xususida gap borar ekan, avvalo, ular yaratayotgan imkoniyatlar ulardan foydalanishda kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolarga alohida to'xtalib o'tish zarur. Zero, ta'lim tizimi tavakkalchilik sinab ko'riladigan maydon emas.

O'zbekiston sharoitida ushbu loyihalarni amalga oshirish ta'lim tizimi uchun quyidagi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi:

Davlat uchun: budjet mablag'larini nashr harajatlaridan iqtisod qilish imkoni.

Elektronika mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga bu - katta buyurtmadir.

Dasturchilar uchun: yangi dasturlar yaratish va mahsulotlarini takomillashtirish, bu orqali AT sohasi taraqqiyotini kafolatlash imkoniyati.

O'quv jarayoni uchun: qiziqarlilik, samaralilik, osonlik.

O'quvchilar uchun: har yerda va har qachon foydalanish mumkin bo'lgan, oson o'zlashtiriluvchi va qiziqarli ta'lim.

O'qituvchilar uchun: ortiqcha qog'ozbozliklardan holi bo'lgan, ta'lim sifatini tushirmagan holda, ish faoliyatida yengillik.

Shu bilan birgalikda, tizimga o'tish bir qator maxsus sharoitlarni talab qiladi:

Ta'lim muassasalari va ta'lim ishtirokchilarida ushbu tizimdan foydalanish uchun kerakli bo'lgan moddiy texnik bazaning mavjudligi.

Tizimga o'tish uchun, sohada faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar va ota-onalarning AKT va ushbu elektron tizimdan foydalanishga oid ko'nikmalarning mavjudligi, yoki zarur hollarda ular uchun ushbu tizimdan foydalanish borasidagi kurslar va yo'riqnomalarning ishlab chiqilishi.

Jarayon ishtirokchilarining axborot xavfsizligi va kuchli g'oyaviy immunitetga egaligi.

Elektron darslik "rasmiy va norasmiy muhit, institutsional va mustaqil o'rganish hamda an'anaviy ta'lim va iqtisodiy tashkilotlar o'rtasidagi chegaralarni buzishga qodir". Elektron didaktik vositalar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangitdan saqlash, bilimlarni interfaol usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniga ega manba hisoblanadi. Elektron didaktik vositalar o'quvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.

Xalqaro tajribalarning ko'rsatishicha, kommunikatsion axborot-ta'lim muhitining amaliyotga joriy etilishi ijobiy pedagogik natijaga olib keladi. Turli shaharlar, mintaqalar va davlatlar ta'lim oluvchilarining tarmoqdagi birgalikdagi o'quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli elektron, axborot-didaktik vositalar hisoblanadi.

Shuning uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda o'qitish va tarbiyalashga bo'lgan yondashuvlar ko'pchilik ilmiy tadqiqotlar va davlat dasturlarida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Axborot texnologiyalarini uzluksiz pedagogik ta'lim tizimiga tatbiq qilish yildan yilga keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Axborotlashtirish jarayonida ilmiy-pedagogik xodimlar tomonidan ko'p sonli axborot resurslari ishlab chiqilmoqda. Lekin bu ishlar hali talab darajasida emas.

Axborot-ta'lim muhitini yaratish ta'limda axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishning obyektiv natijasi bo'lib hisoblanadi. Ta'limni axborotlashtirishning maqsadi - axborot-kommunikatsion texnologiyalarni jalb qilish va qo'llash hisobiga intellektual faoliyatni global jadallashtirishdan iborat.

Xulosa sifatida ta'kidlash mumkinki, mazkur muammolarni hal qilish doirasida zamonaviy darsliklar, o'quv-metodik majmualar va elektron didaktik vositalarni bir tizimga birlashtirishning pedagogik, metodik va texnologik asoslarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan tadqiqotlar o'tkazish lozim.

REFERENCES

1. Jesús Rodríguez Rodríguez, Tânia Braga Garcia, Eric Bruillard. IARTEM (International Association for Research on Textbooks and Educational Media) 1991-2016. 25 years developing textbook and educational media research. France - 2019. 387-410.

2. Inoyatov U. Zamonaviy darsliklar, o'quv-metodik majmualar, elektron didaktik vositalarni ishlab chiqishga innovatsion yondashuv dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo // Xalq ta'limi. - Toshkent, 2018. - №3. - B.12-13.

3. Isaqov, Z., & Tajiboyeva, D. The Importance of Using Punctuation Correctly. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology.

4. Isaqov, Z. S. 2nd Grade in the Textbook" Native Language and Reading Literacy" the Use of Types of Words According to the Attitude of Form and Meaning. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology.

5. Isaqov, Z., & Abduganieva, M. Attention to Literature is the Attention to The Owners of Our Bright Future. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology.

6. Soliyevich, I.Z. (2022). From The History Of The Designation Of The Verb Tenses. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 313-316.

7. Soliyevich, I.Z. (2023). LINGVOPOETIKANING O'RGANILISH TARIXI. Conferencea, 199-204.

8. Soliyevich, I.Z. (2023). BADDY MATNDA FONETIK VOSITALARNING QO'LLANILISHI. Conferencea, 32-38.

9. Soliyevich, I.Z. (2023). The Problem Of Morphological Construction Of The Verb In Improving The System Of Digital Automatic Translation Of Words On The Uzbek Language. Journal of Positive School Psychology, 1051-1058.

10. Hca^oB, 3.C., & Eo3opoBHHHr, O. (2023, June). TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI MUAMMOLARI. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 6, pp. 225228).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.