УДК 00 - 37.026.9
To'xtayeva F.Sh.
"Pedagogika innovatsiyalarprofessional ta'limi boshqaruvi hamdapedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutning
tayanch doktoranti"
TA'LIMNI GUMMANITARIZATSIYALASH ORQALI
TALABALARNING IJTIMOIYLASHUVINI TA'MINLASHDA
INTERAKTIV RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN
DARSLIKLARNING O'RNI
Annatatsiya. Ushbu maqolada postindustrial davrga o'tish sharoitida. Raqamli texnologiyalarning ta'lim jarayonida qo'llanilish holati gummanitar komponentni o'z ichiga olgan hamda interfaol muhitni va zamonaviy uslubiy elektron ta'minotni qo'llab quvvatlaydigan yangi avlod darsliklari ularning avzalliklari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, raqamli darsliklar, D.I.F metodi, raqamli kompetentlik.
Tokhtaeva F.Sh. basic doctoral student "Institute of Pedagogical Innovations"
THE ROLE OF TEXTBOOKS BASED ON INTERACTIVE DIGITAL
TECHNOLOGIES IN ENSURING THE SOCIALIZATION OF STUDENTS THROUGH THE HUMANIZATION OF EDUCATION
Abstract. This article discusses the transition to the post-industrial era. The state of the use of digital technologies in the educational process textbooks of the new generation, containing a humanitarian component and supporting an interactive environment and modern methodological electronic support, speak about their advantages.
Keywords: Digital technologies, digital competence, digital textbooks, D.I.F. method.
Aksariyat pedagoglar raqamli ta'lim berish metodikasni amaliyotga tadbiq etish ta'lim oluvchilarning ijtimoiylashuvi, yozma va og'zaki nutqining rivojlanishiga va gummanitar fikirlashining sustlashuvi hamda ta'lim oluvchi axborotni passiv o'zlashtirishi shu bilan birga ta'limda eksperemental faoliyatning yo'q bo'lishi kabi muammolarga yuz tutilishi haqida takidlab o'tmoqdalar. Bu kabi tendensiyalarga qarshi ta'lim jarayonini gumanitarizatsiyalash ya'ni ta'limni insonparvarlashtirish uni insoniylashtirish yo'llaridan biridir [1]. U dunyoning yaxlit rasmini (birinchi navbatda madaniyat dunyosi, inson dunyosi) qurishga,
bilimlarni insoniylashtirishga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi axloqiy javobgarligining asosi sifatida munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Gumanitarizatsiya talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni, uni tashqi dunyo bilan o'zaro munosabatlarning turli usullarini, ma'lumot olish va qayta ishlash usullarini o'zlashtirishni, talabalarni jahon madaniyati va yuqori ma'naviy qadriyatlar bilan tanishtirishni o'z ichiga oladi va bunda asosiy e'tborni, madaniy ta'moyillarga asoslanib, ta'lim oluvchining sha xs sifatida kamol topishi hamda, ma'naviy dunyosini shakillantirishda mustaqil ijodga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Yuqoridagi salbiy oqibatlarni gummanitar komponentni o'z ichiga olgan hamda interfaol muhitni va zamonaviy uslubiy elektron ta'minotni qo'llab quvvatlaydigan yangi avlod darsliklari bilan hal etish mumkin.
Ushbu tadqiqot ishi doirasida yangi avlod darsliklarining nazariy -metodologikva va texnologik tuzulishi hamda mazmunidagi muammolarni hal etishga qaratilgan.
Bu turdagi darsliklarni yaratishda avvalgi ishlab chiqilgan integrallashgan modellardan ham foydalanish mumkun ya'ni:
1) ilmiy nazariy ma'lumotni bayon etish (nazariy bo'limlar)
2) matnli interfaol muhit (ta'limiy bloklar va mashqlar)
3) ta'lim oluvchilar uchun interfaol elektron ta'lim maydoni (ta'limiy kompyuter texnologiyalari, kompyuter dasturlari - uskunalar va dasturlar).
Yangi avlod darsliklari texnologik darsliklar hisoblanadi uning nashir etilgan shaklidagi materiallar mustaqil o'zlashtirishga yo'naltirilgan interfaol muhitni tashkil etadi va kompyuterli dasturlar yordamida elektron shakilga ko'chishi mumkun bo'ladi. Elektron va bosma matinli interfaol muhitning evaziga zamonaviy (gummanitar, tizimli va germenevtik) yondoshuvlarda yuzaga keladi. Xususan xorijiy mamlakatlar ta'limga yangi tendensiyalar olib kirishmoqda (AQSh, Indoneziya) da ommaviy ochiq kurslar, ba'zi davlatlar (Singapur, Janubiy Koreya) [3] elektron ta'lim muhitida kreativ metodikalardan foydalanishmoqda. Ta'limni internet orqali qo'llab quvvatlaydigan interfaol ta'lim vositasi sifatida bu turdagi darsliklar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.
Interfaol elektron darslikning mazmuni va tuzilishi tegishli o'quv fanining davlat standartlariga mos bo'lishi, fan mazmuniga mos metodika asosida tuzilgan bo'lishi hamda o'quv mazmunidan tashqari o'qituvchi uchun uslubiy qismni ham o'z ichiga olishi kerak;
Darslik mazmuni, dasturiy komponenti zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlar, birinchi navbatda tizimli, gumanitar, germenevtik va qadiryatli-tarixiy yondashuvlar talablarini aks ettirishi kerak;
Darslikning interaktiv muhitining dasturiy komponenti modifikatsiyalash xususiyati va mazmunini o'qituvchilarning o'zlari tomonidan yangilash imkoniyati bilan ajralib turishi kerak;
Statsionar va mobil qurilmalarda joylashtirish uchun tarmoq shaklidan mahalliy shaklga o'tish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak;
O'z ichiga kompyuter dasturlarini qo'llash algoritmlarini, shuningdek taklif etilayotgan dasturiy ta'minot shablonlari asosida o'qituvchining mustaqil ravishda yangi o'quv materiallarini yaratish vositalarini o'z ichiga olishi kerak;
Dastur komponenti o'qituvchilar va ta'lim oluvchilar uchun erkin foydalanish imkoniyatiga ega ochiq tizim bo'lishi kerak;
Dasturiy komponentining xususiyatlari davlat standartining elektron ta'lim resurslari talablariga mos kelishi, ya'ni interaktivligi, multimedialiligi, brauzerlar o'rtasidagi muvofiqligi, o'zaro ishlashi, moslashuvi bilan tavsiflanishi kerak;
Matnli va dasturiy komponentlari o'qituvchi va ta'lim oluvchilar samarali faoliyatini tashkil etishni aks ettirish, ularning insonparvarlik tafakkuri va ijodiy faoliyat qobiliyatini raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni yaratishi kerak. [2]
Shu o'rinda asosiy atamalrga toxtalib o'tamiz, interfaol atamasiga aniqlik kiritib o'tamiz (ingl. interaction - o'zaro ta'sir) - ta'lim jarayonining obekti va subekti o'rtasidagi o'zaro munosabat xarakterlarini ifodalab elementlar o'rtasida axborot almashinish jarayonining tizimli tashkillashtirish prinsipi hisoblanadi. Ammo bu kontseptsiyani faqat axborot nazariyasi va informatikaning atributi deb hisoblash mumkin emas, chunki u an'anaviy didaktikada uzoq vaqtdan beri mavjud o'quv qurollari bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Shu bilan birga, o'zaro ta'sir turi har xil bo'lishi mumkin: predmetga nisbatan (masalan, o'yinchoqlar yordamida), matnli (matndagi savol-javob), og'zaki (darsdagi dialog). Kompyuter didaktikasida kompyuter dasturlari va kompyuter qurilmalari yordamida amalga oshiriladigan inson va mashinaning o'zaro ta'siri ustunlik qiladi. Axborot tizimi tushunchasi ko'plab tushunchalarni axborot va axborot texnologiyalari hamda ularni qayta ishlovchi texnik qurilmalarni asosi xisoblanadi. Ushbu tushuncha tarkibiga interfaol darslikning apparat ta'minotini nazarda tutmagan holda qolgan barcha tushinchalarini kiritsak bo'ladi. Axborot texnologiyalari raqamli darslikning dasturiy komponentida joriy qilinadi, biroq u ta'limni axborotlashtirishga qaratilgan bo'lib, ta'lim oluvchi + kompyuter qurilmasi tizimida axborot almashish uchun mo'ljallangan.
- Raqamli darslikning interfaol muhiti faqat raqamli darslikning yangi modeliga xos xususiyat bo'lib, faoliyatga asoslangan ta'lim (bajarish orqali o'rganish) usullari va metodlari majmui sifatida qaraladi va matn komponentida ham amalga oshiriladi. Birinchisida, o'z-o'zini tekshirish funktsiyasi bilan ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashi uchun mashqlar, shuningdek, o'quv bloklari (o'rganilgan narsalarni takrorlash, tajriba o'tkazish, masalani yechish algoritmini topish, chizish) shaklida ishlab chiqilgan. Interfaol ta'lim muhitining ikkinchi komponenti birinchi qismni alohida raqamli texnologiyalar ko'rinishida avtomatik tekshirish funktsiyasi bilan o'zgartirish bo'lib, odatda kompyuter dasturlari yordamida yagona elektron resursga birlashtiriladi.
Elektron, raqamli texnologiya - ma'lum bir didaktik vazifani amalga oshirish uchun mo'ljallangan, ma'lum interfeysga ega o'quv maqsadlari uchun kompyuter dasturi: estafeda (birinchi vazifaning javobi ikkinchisining
ma'lumotlarining bir qismi bo'lgan vazifalar tizimi); knowledge gaps (murakkab vazifani bosqichma-bosqich hal qilish), digital instance feedback (ta'lim oluvchilarga tezkor qaytar aloqa o'rnatish va xatolari ustida ishlash) imkoniyatini taqdim etuvchi texnologiyalarini foydalanishni qo'llab quvatlaydi.
Adabiyotlar:
1. Лебедев О.Е. Гуманитаризация школьного образования как фактор его гуманизации / О.Е. Лебедев. - Режим доступа: http://www.lihachev.ru/chten/2009 [Дата обращения 10.09.2009 г.].
2. Архипова А.И., Седых С.П. Инновационная компьютерная дидактика в исследованиях и творчестве учителей Краснодарского края // Школьные годы. - 2012. - № 44. - С. 51-64
3. Wannasiri Bhuasiri, Oudone Xaymoungkhoun, Hangjung Zo, Jae Jeung Rho, Andrew P. Ciganek Critical success factors for e-learning in developing countries: A comparative analysis between ICT experts and faculty //Computers & Education. - 2012. DOI:10.1016/j.compedu.2011.10.010