Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA UNING ELECTRON TAʼLIMDAGI ROLI'

MAMLAKATIMIZDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA UNING ELECTRON TAʼLIMDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / elektron ta’lim / tizimli boshqaruvi / raqamli strategiya / iqtisodiyot / raqamli boshqaruv.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umrzoqov Jonibek Baxtiyor O’G’Li

Ushbu maqolada yurtimizdagi olib borilayotgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun turli xil islohatlar olib borilmoqda . Uning ahamiyati shundan iboratki barcha sohani raqamlashtirish va uning turlarini bosqichma bosqich targ’ib qilishni yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan. Raqamli iqtisodiyot elektron ta’limda ham muhim o’rni borligi belgilab o’tilgan. Hozirda raqamli iqtisodiyotni elektron ta’limda yoki raqamli iqtisodiyotda elektron ta’limni ko’rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA UNING ELECTRON TAʼLIMDAGI ROLI»

MAMLAKATIMIZDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA UNING

ELECTRON TA'LIMDAGI ROLI Umrzoqov Jonibek Baxtiyor o'g'li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi assistenti o'qtuvchi D.O.Shokirova iqtisod fakultetil-22 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10800082

Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizdagi olib borilayotgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun turli xil islohatlar olib borilmoqda . Uning ahamiyati shundan iboratki barcha sohani raqamlashtirish va uning turlarini bosqichma bosqich targ'ib qilishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Raqamli iqtisodiyot elektron ta'limda ham muhim o'rni borligi belgilab o'tilgan. Hozirda raqamli iqtisodiyotni elektron ta'limda yoki raqamli iqtisodiyotda elektron ta'limni ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron ta'lim , tizimli boshqaruvi, , raqamli strategiya,iqtisodiyot, raqamli boshqaruv.

Аннотация. В данном государстве проводятся различные реформы для развития цифровой экономики в нашей стране. Ее важная особенность заключается в том, что планируется начать цифровизацию всей отрасли и постепенное продвижение ее видов. Очевидно, что цифровая экономика играет важную роль в электронном образовании. В последнее время я узнал о цифровой экономике и электронном обучении с помощью электронного обучения и цифровой экономики.

Ключевые слова: цифровая экономика, электронное образование, системное управление, цифровая стратегия, экономика, цифровой менеджмент.

Abstract. In this article, various reforms are being carried out to develop the digital economy in our country. Its importance lies in the fact that it is planned to start the digitalization of the entire industry and the gradual promotion of its types. It has been determined that the digital economy has an important role in e-education. Currently, we can see the digital economy in e-learning or e-learning in the digital economy.

Keywords: digital economy, electronic education, systematic management, digital strategy, economy, digital management.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi dunyo miqiyosida kuchli demokratik, ilg'or rivojlanayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda barcha soholar jadal rivojlantirilmoqda shular qatorida yurtimizda sohalarni tizimli yo'lga qo'yish maqsadida raqamli iqtisodiyotni va raqamlashtirishga katta e'tibor qaratilgan . Yurtboshimiz tomonidan ta'kidlaganidek -"Barcha sohani bosqichma bosqich raqmli tizimga o'tish vaqti keldi " degan endi.

Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", deb e'lon qilinishi hamda shu bo'yicha "Yo'l xaritasi" ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yo'nalishlar ro'yobida salmoqli rol o'ynamoqda. Chunki , kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga o'tish vazifasi qat'iy maqsad sifatida belgilanib olindi va jahon standarti mos tizimni yo'lga qo'yishni maqsad qilib olingan. Yurtboshimiz tomonida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" qaror qabul qildi. Qarorida " Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko'lamli chora-tadbirlar ko'rilmoqda , elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda , elektron to'lovlar rivojlantirmoqda va elektron

tijorat sohasidagi normativ-huquqiy bazalarini takomilashtirilmoqda. Prezidentimiz tomonida "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasi (keyingi o'rinlarda — Strategiya) iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Strategiya O'zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari hamda o'rta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Yana bir muhim islohatlardan biri raqamli boshqaruv tizimini to'g'ri talqin qilgan holda ko'plab noto'g'ri malumotlarni taqdim qilishni oldini olib qolamiz. Bu boshqaruv tizimi orqali jarayonlarini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish, muloqotni yaxshilash va qarorlar qabul qilishni yaxshilash imkonini beradi.

Raqamlashtirishning asosiy maqsadi axborot-texnologik platformalarni faoliyati iqtisodiyotni jadal rivojlantirmoqda va platformalarni yanada takomilashtirish , yangi modellarini yaratish zaruriyat tug'dirmoqda.

O'zbekistonda 2022-2023 yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir nechta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar ichida quyidagilar katta ahamiyatga ega:

1. Rahbariyatning "Digital Uzbekistan" strategiyasi: 2022 yilda O'zbekistonda "Digital Uzbekistan" strategiyasi ilan qilingan. Bu strategiyada, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, elektron hukumat xizmatlarini kengaytirish, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o'stirish va boshqalar kabi jarayonlarni o'z ichiga olgan hedeflar belgilangan.

2. Yerli soha yaratish: 2022-2023 yillarda O'zbekistonda raqamli soha rivojlantirishga xususiy e'tibor qaratildi. Xususan, yerli startaplar va IT-kompaniyalarining qo'shimcha imtiyozlar bilan qo'llab-quvvatlanishi, shuningdek, innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun fondlar yaratilishi kabi qo'shimcha qadamlar atildi.

3. E-hukumat va elektron xizmatlar: 2022 yilda O'zbekistonda raqamli hukumat va elektron xizmatlar sohasi jiddiy rivojlantirildi. E-hukumat xizmatlari kengaytirilishi, elektron hujjatlar, pasportlar va boshqa hujjatlar uchun xalqaro standartlarga rivojlantirilgan tartib chiqarilishi ustuvor ahamiyatga ega bo'ldi.

4. Raqamli turizm sohasi rivojlantirish: 2023 yilda O'zbekistonda raqamli turizm sohasi rivojlantirishga atayorligi oshirildi. Turistlarga elektron viza, bilet va xizmatlarni taqdim etish, turizm sohasidagi ma'lumotlarni raqamli saqlash va SMART-turizm platformasini rivojlantirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Bu ishlar O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda katta o'rin tutgan harakatlar. Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan ishlar bilan birga, axborot xavfsizligini ta'minlash va raqamli tijorat tizimini rivojlantirish ham amalga oshirildi.O'zbekistonda olib borilayotgan raqamlashtirish o'sish va rivojlanishni ta'minlash uchun texnologiya va innovatsiyalardan foydalangan holda raqamli iqtisodiyot tomon sezilarli siljishni boshdan kechirmoqdaligini ko'rishimiz mumkin. Raqamli transformatsiya sanoatni qayta shakllantirish va biznes va jismoniy shaxslar uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.

ASOSIY QISM

Raqamli iqtisodiyotda yangi texnologiyalarni, platformalarni va biznes modellarini yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga

o'tkazishdir. Hozirgi kunda ya'ni 21-asrning jadal rivojlanib borayotgan tizimlaridani biri bu "Raqamli iqtisodiyotdir" . Bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin bo'ilb bormoqda . Aql-zakovat va ilm-taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi. Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo'lgan ulkan maqsadlarga egamiz. Buning uchun bizga albatta yetuk kadr va mutaxassislar kerak. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazadi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali xizmat ko'rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo'lgan yangi mahsulotlar ma'lumotlarning iqtisodiy o'sish omili sifatida roli sun'iy intellect (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo'lishi insoniyat hayotini o'zgartirib yubordi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o'zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir. Shu bois raqamli iqtisodiyotda elektron ta'limni o'rni juda katta. Elektron ta'lim o'zi -nima? Elektron ta'lim- texnologiya va internet asosida o'tkaziladigan o'quv jarayoni bo'lib, darslar, kurslar va ma'lumotlarga elektron vositalar orqali murojaat qilishni o'z ichiga oladi. Bu shaklda o'quvchi va o'qituvchilar kompyuter, smartfon, planshet va internetni ishlatib o'quv uslublariga mos keladigan materiallarni o'rganishadi. Elektron ta'lim esa raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy sikillar, ma'lumotlar analizi va ma'lumotlarga qiziqishlarni yaratish, ma'lumotlar bazasini yaratish va tahlil qilish, tashkilotlar orasidagi hamkorliklarni kuchaytirish va tizimni boshqarish bilan bog'liq. Elektron ta'lim, raqamli iqtisodiyot bilan shug'ullanishni o'rganish, yaratuvchi va innovatsion g'oyalar olib borish, talabalar va o'quvchilar o'rtasida ma'lumot almashishini osonlashtirish va tatbiq etish imkonini beradi Bu faqat ta'limda emas barcha sohalarga yo'naltirish ham mumkin. Misol uchun Raqamli iqtisodiyot orqali xaridorlar va sotuvchilar internet platformalarida o'zaro aloqalar o'rnatishadi. Misol uchun, Amazon, eBay, AliExpress, Airbnb kabi platformalar orqali savdo amalga oshirish oson va samarali bo'ladi. Elektron ta'limda esa Raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos qismi elektron ta'limdir. Online o'qish, dasturlar, o'zlashtirilgan o'qitish platformalari va interaktiv darsliklar orqali o'qishga hamda o'zlashtirishga barcha hujjatlar bilan elektron kirishimiz bor. Bu, mehnat vaqtini kamaytiradi, mutaxassislar o'qitishni osonlashtiradi va global o'qish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu misollar hammasi emas, ammo raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda elektron ta'limning roli katta. Bu xususiyatlarni samarali foydalanilsa iqtisodiyotn rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. Raqamli iqtisodiyot deyarli hamma narsaga oid juda katta miqdordagi mashina o'qishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni (raqamli ma'lumotlar) to'plash, foydalanish va tahlil qilish qobiliyatiga asoslangan holda katta tezlikda rivojlanishda davom etmoqda.

Adabiyotlar tahlili

Raqamli iqtisodiyotni birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "Raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritgan bo'lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha kasb egalari qo'llamoqda. Raqamlashtirish jahon iqtisodiyotining o'sishiga olib keladi, masalan, nufuzli McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko'ra, eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025 yilga borib yalpi ichki mahsulot (YalM) o'sishiga olib keladi. Butun dunyo bo'ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet, ilg'or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of Things (IoT) ma'lumotlari) bu o'sishga hissa qo'shadi. simsiz uzatish,

harakatchanlik va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo'ylab yirik kompaniyalar raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha ko'rsatmalarga ega. Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste'molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Raqamli iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash bo'yicha dunyoning yetakchi davlatlari qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Daniya bor. Bu mamlakatlar raqamlashtirish va yuqori texnologiyalarni shakllantirish sohasida salmoqli tashabbuslar bilan chiqdi.

Misol uchun, Singapur 2014-yilda o'zining "Aqlli millat" konsepsiyasini asoslab berdi va korxonalarni yuqoridagi konsepsiyani amalga oshirishga taklif qildi. "Aqlli xalq" konsepsiyasi -aholining kundalik hayotiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan davlatning ishbilarmonlik ruhi. Ushbu konsepsiyani amalga oshirishda nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va o'rta biznes ham ishtirok etdi. "Aqlli" datchiklar bilan shahar bloklari. Jihozlangan - ular elektr energiyasi, suv va boshqa ko'rsatkichlarning real vaqt iste'molini nazorat qiladi. Olingan ma'lumotlar hukumatga suv iste'molini yaxshilash va shaharga toza suv olib keladigan.

Malayziyaga qaramlikni kamaytirishga yordam berdi. Sensorlar, shuningdek, fuqarolarga resurslardan foydalanishni kuzatish imkonini beradi va dastur ishtirokchilari birinchi navbatda uy-joy, sog'liq (bemor uydan chiqmasdan yordam oladi, shifokor bilan masofadan aloqa qiladi) va transport tarmog'i (uchuvchisiz transport vositalari va avtobuslar) bilan shug'ullanadi. Virtual Singapur deb nomlangan yagona ekotizimni tashkil qiladi

Xulosa. Xulosa qilib aytganda , har bir rivojlanib borayotgan mamlakatlarda yanada rivojlanishi uchun yangi-yangi g'oyalar , fikrlar , maqsadlar va yangicha islohatlar bo'lishi lozim, yana biri xukumat boshqaruviga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi ya'ni raqamlashtirish orqali korrupsiyalarni va jinoyatlarni oldini olgan bo'lamiz va yurtimiz rivojlanishga sezilari darjada ta'sir kursatadi. Xukumat boshqaruvi qanchalik raqamlashtirilgan bo'lsa xalqa shuncha maqul bo'ladi. Yana bir asosiy qismi davlatimizdagi barcha tashkilotlar, korxonalar, kompaniyalar va davlat idoralarini boshqaruv tizimini raqamlashtirishni yanada rivojlantirishimiz kerak. Bu islohatlarga kadrlarni tayyorlash va ularni yutuk mutaxsis qilisb tayyorlash lozim . Hozirda yurtimizda ta'lim tizimida elektron ta'lim o'qitish tizimi yo'lga qo'yilgan ammo bizning yutuk kadrlarimiz kamligi sababli biz uchun qiyin bo'lmoqda. Qiyin bo'lishiga qaramay O'zbekistondagi raqamli iqtisodiyot ta'lim sohasida jiddiy o'zgarishlarga yo'l ochib kelmoqda..Ta'limni raqamlashtirish O'zbekistonda o'sish va rivojlanish uchun istiqbolli imkoniyatlarni taqdim etadi. Asosan texnologiyalarni integratsiyasi qilish, o'qituvchilar va talabalarga sifatli ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini berishni to'g'ri yo'lga qo'yib nazorat qilish lozim. Raqamli iqtisodiyot qanchalik rivojlantirilsa davlat rivojlanib boraveradi. Bu bittagina tizim orqali barcha soha jadal rivojlanadi.

REFERENCES

1. „Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildi"

2. RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA-Sultanbayev Altinbay Maxsetbayevich1-bet

3. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI VA KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI

TO'G'RISIDA qarori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)

4. RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Shukurullo Yo'ldoshmaxmudov Xurshid o'g'li

5. United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital economy report 2019.

6. Downs, T .; Greenstein, S. (2002). "AQShdagi universal kirish va mahalliy Internet bozorlari". Tadqiqot siyosati. 31 (7): 1035-52. CiteSeerX 10.1.1.509.7345. doi:10.1016 / s0048-7333 (01)00177-9

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.