Научная статья на тему 'YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARIDAGI ISLOHOTLAR'

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar siyosati / yoshlar akademiyasi / yoshlar ishlari agentligi / sport vazirligi / sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi / sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish / yoshlar balansi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoxista Salohiddinovna Azimova, Shaxruza Yuldash Qizi Tilavayeva

Tadqiqot yoshlarga uchun davlat siyosati va sport yo‘nalishlarida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, asosiy muammo sifatida ushbu jarayonning asosiy nuqtalarinio‘rganish va tadqiq etish hisoblanadi. Hozirgi davrda olib borilayotgan yoshlarga oid islohotlar yuzasida ko‘rib chiqildi, ushbu islohotlar asosida umumiy xulosalar belgilandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHLARIDAGI ISLOHOTLAR»

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA SPORT YO'NALISHLARIDAGI

ISLOHOTLAR

Shoxista Salohiddinovna Azimova

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Katta o'qituvchi shohistaazimova1212@gmail.com

Shaxruza Yuldash qizi Tilavayeva

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 1- kurs talabasi shahruzatilavayeva@gmail.com

Tadqiqot yoshlarga uchun davlat siyosati va sport yo'nalishlarida olib borilayotgan islohotlarga bag'ishlangan bo'lib, asosiy muammo sifatida ushbu jarayonning asosiy nuqtalarinio'rganish va tadqiq etish hisoblanadi. Hozirgi davrda olib borilayotgan yoshlarga oid islohotlar yuzasida ko'rib chiqildi, ushbu islohotlar asosida umumiy xulosalar belgilandi.

Kalit so'zlar: yoshlar siyosati, yoshlar akademiyasi, yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi, sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yoshlar balansi.

So'nggi yillarda olib borilgan islohotlar samarasi o'laroq, mamlakatimizda yoshlarni qo'llab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratildi. Bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi. Yoshlarga muammo emas, rivojlanishning asosiy drayveri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi, yangi g'oyalarning dadil tashabbuskori, xalqimizning tayanchi va suyanchi sifatida yondashilmoqda. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, sohadagi muammolarga yechim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida 2020-yilda davlat organi — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Yoshlar bilan bog'liq soha va yo'nalishlardagi muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida yaxlit infratuzilma yaratildi. Jumladan, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi tashkil etildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida esa Yoshlar masalalari bo'yicha komissiya faoliyati yo'lga qo'yildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi.

Mamlakatda ilk bor ish boshlagan O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi respublika bo'ylab 70 dan ortiq volontyorlik guruhlarini birlashtirdi. Prezidentimizning farmoni bilan kelgusi ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal bo'lishi belgilangan «0'zbekiston-2030» strategiyasi tasdiqlandi va uni 2023 yilda o'z

ANNOTATSIYA

483

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

vaqtida va sifatli amalga oshirish bo'yicha qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishini keng jamoatchilik ayniqsa, yoshlar qatlami juda katta xushnudlik bilan qarshi oldi. Boisi, «0'zbekiston-2030» strategiyasi loyihasi muhokamasida yoshlarimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr, taklif qunt bilan o'rganildi.

Xususan, Strategiyaning yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlaridagi islohotlar bo'yicha qator vazifalar ko'zda tutilmoqda. Unga ko'ra, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o'qitish tizimini yaratish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag'batlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish, yoshlar o'rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish borasida ulkan maqsad va tashabbuslar ilgari surilyapti. "Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, sportni rivojlantirish bo'yicha dolzarb muammolarni samarali hal etish, ushbu sohalardagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan vazifalarni "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da sifatli amalga oshirish hamda yoshlarga oid davlat siyosati yo'nalishida belgilangan maqsadli ko'rsatkichlarga erishilishini ta'minlash maqsadida qator topshiriqlar yuklandi.

Sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo'linmalari hamda Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag'larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to'liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan budjetdan tashqari jamg'arma sifatida faoliyat yuritadi.

Sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablag'lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport obyektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

Sport vazirligi Toshkent shahri Abdulla Qodiriy ko'chasi 2-uy manzili bo'yicha, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko'chasi 11-uy manzili bo'yicha joylashtiriladi.

Quyidagilar Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi:

484

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

• sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo'nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

• sohaga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo' llab-quvvatlash;

• aholi o'rtasida sportni ommalashtirish va sog'lom turmush tarziga keng jalb etish, sport ta'limi tizimini takomillashtirish, sport turlari bo'yicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish;

• Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, nufuzli xalqaro musobaqalarda sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash;

• sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohani bosqichmabosqich raqamlashtirish, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

• sport sohasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalar tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etish;

• normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish.

Eslatib o'tamiz, 2021-yil aprel oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etilgan edi. 2022-yil fevral oyida Turizm va sport vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligiga bo'lingan. O'sha yilning dekabr oyida ma'muriy islohot doirasida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tuzildi.

Xulosa qilib aytganda, yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo'lib voyaga yetishi, munosib daromad topishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyat yaratib berildi. O'zbekistonning yoshlar bilan ishlash borasidagi tajribasi noyob hisoblanib, xorijiy mamlakatlarning yoshlar tashkilotlari va ekspertlarining e'tirofiga sazovor bo'lib kelmoqda. Mamlakatimiz yoshlar mamlakati sifatida xalqaro maydonga chiqmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son farmoni

2. https://yuz.uz/uz/news/yoshlarga-oid-davlat-siyosati-yangi-imkoniyatlar-va-kompleks-yondashuv

3. https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/sport-youth/

4. Kenjayeva, Х., 2021, Milliy ma'naviy merosimizda ta'lim-tarbiya masalalari, Общество и инновации, 2(6/S), 18-24

5. Xajieva I., Babadjanova U., Kenjayeva K., Adambaeva F., The importance of spiritual values in the upbringing of the harmoniously developed person in teaching and learning process, International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1496-1499

17-aprel, 2024

485

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.