O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiHiSH
YOSHLAR TARBIYASIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Nizomiddin Sheralievich Berdaliev
Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent. RTU
ANNOTATSIYA:
Maqolada bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga tahdid sifatida qaralayotgan omillar, yoshlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlari masalalariga e'tibor qaratilmagan.
Tayanch so'zlar: Yoshlar, madaniy omillar, tarbiya, ma'naviyat, ma'naviy tarbiya, millat, barkamol avlod tarbiyasi, axloqiy qadryatlar, Milliy tarbiya, ijtimoiy adolat
АННОТАЦИЯ:
В статье не уделяется внимание факторам, которые рассматриваются как угроза образованию молодежи, развитию нравственных ценностей у молодежи, ее способностям и возможностям
Ключевые слова: Молодежь, культурные факторы, образование, духовность, духовное воспитание, нация, воспитание зрелого поколения, нравственные аспекты, Национальное образование, социальная справедливость
ABSTRACT:
The article does not pay attention to the factors that are considered as a threat to the education of young people, the development of moral values in young people, their abilities and opportunities
Keywords: Youth, cultural factors, education, spirituality, spiritual education, nation, education of mature generation, moral aspects, National education, social justice
Ijtimoiy-demografik qatlam sifatida jamiyatning sotsial tizimida yoshlar alohida o'ringa ega bo'lib, respublikamiz aholisining to'rtdan birini o'n olti yoshdan o'ttiz yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. «O'zbekiston» kabi aholi sonida yoshlarning salmog'i yuqori bo'lgan davlatlarda ushbu guruhni atroflicha o'rganish muhim ahamiyatga egadir. «Statistik ma'lumotlarga qaraganda aholining to'rtdan birini (ijtimoiy faol yoshdagi (16-30) yoshlar) yoshlar tashkil qiladi». [1, 129.] Ushbu jihatlar muammoni tadqiq etishning dolzarbligini bildiruvchi omil bo'lib, jamiyatning ijtimoiy tizimida yoshlarning o'rniga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi.
148
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
Ijtimoiy taraqqiyot natijasida fan rivojlanib insoniyat manfaatiga xizmat qila boshlagan davrdan buyon taraqqiyot rivojiga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq etish zaruriy mohiyat kasb eta bordi. Yoshlar to'g'risida ham ko'plab tadqiqot ishlari olib borilib, turfa qarashlar ilgari surilgan. «Yoshlar ...ijtimoiy yetuklik, ijtimoiylashtirish (ya'ni jamiyatning sotsial-iqtisodiy va ma'naviy tuzilmasiga to'laqonli kirib borish) davrini boshidan kechirayotgan ijtimoiy-demografik guruhdir»[2, 6.]. Yosh xususiyatlari bo'yicha yoshlar tushunchasiga e'tibor qaratishda tadqiqotchilar tomonidan turlicha yondoshilgan. Olimlar fanda tadqiqot ob'ekti sifatida o'n olti yoshdan o'ttiz yoshgacha bo'lgan yoshlarni olish maqsadga muvofiq ekanligini ilgari suradilar. [3, 4.] Ya'ni o'n olti yoshdan boshlab yoshlarda ijtimoiy-ma'naviy va huquqiy mas'ullik hislari rivojlanib, Vatan va xalq taqdiri, kelajagi uchun mas'uliyat oshadi. Bunda jismoniy omillar bilan bir qatorda huquqiy-ma'naviy omillar ham yetakchi o'ringa chiqadi. Ya'ni, o'n olti yoshdan boshlab yoshlarning O'zbekiston Respublikasi pasportini olishi ularning shaxsiy identifikatsiyasida muhim jihat bo'lishi bilan bir qatorda, yoshlarda ijtimoiy-siyosiy mas'ullik hissini ham rivojlantiradi.
Yoshlarda g'oyaviy immunitetni rivojlantirish bugungi global taraqqiyot sharoitida muhim bo'lib, ehtimol tutilgan g'oyaviy tahdid va xurujlar ushbu xususiyatning ustuvorligi orqali bartaraf etiladi. Ma'lumki, g'oya muayyan maqsadlar hosilasi sifatida jamiyat a'zolari faoliyatini yo'naltiruvchi ma'naviy-ruhiy kuchdir.
G'oyaviy immunitetga ilmiy-nazariy adabiyotlarda quyidagicha ta'rif berilgan: «Mafkuraviy immunitet - (lotincha «Immunitatus» - biror narsadan ozod etish) -shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g'oyaviy ta'sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim". [4, 191.] Demak, shaxsiy immunitet muayyan kishi ruhiyatidagi barqaror ma'naviy-axloqiy holat, ko'rinish bo'lsa, gap g'oyaviy yoki mafkuraviy immunitet haqida ketganda, u jamiyat a'zolari, jumladan yoshlar ichki olamiga xos bo'lgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar majmui sifatida tizimiy mohiyat kasb etadi. Shuningdek, «Mafkuraviy immunitet tizimi ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg'unchi xarakterdagi g'oyaviy tajovuzlarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo'l keladi».[5, 160.] Demak, mafkuraviy immunitet va tarbiya o'zaro aloqador bo'lgan tushuncha sifatida bir-birini taqozo etadi. Ya'ni, tarbiya tufayli inson shaxs sifatida kamol topib, unda immunitet shakllanib, ma'naviy-axloqiy omillar ta'siri natijasida rivojlanib borsa, o'z navbatida immunitet shaxsning barkamolligini ta'minlashda ham muhim o'rin tutadi.
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga tahdid sifatida namoyon bo'lishga urinayotgan agressiv millatchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, narkotik moddalar aylanishi, turli epidemiyalar (jumladan COVID-19) yoshlarning
May 2024
149
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiuiSH
jismoniy va ma'naviy barkamolligiga, qolaversa jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyotning rivojida ham salbiy mohiyat kasb etmoqda.
Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizmdek yoshlar ma'naviy-axloqiy kamolotiga zararli bo'lgan oqimlarning faoliyati uchun shart-sharoit va moddiy imkoniyat yaratishda asosiy rol o'ynayotgan ayrim terrorchi tashkilotlarning moliyaviy ko'magi, narkotik moddalar savdosi va qurol oboroti demokratik taraqqiyot dushmanlarining jirkanch qilmishlari uchun asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bunday zararli omillarning ta'siri fundamentalistik g'oyalar targ'ibi va narkotik moddalar oboroti uchun yo'lak sifatida foydalanish masalalarida turli ekstremistik guruhlar manfaatlari to'qnashayotgan bizning hududimizga ham aloqadorki, bunday tahdidlar bugungi umumplanetar globallashuv hamda uning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, salbiy jihatlari ham ko'rinish berayotgan bir sharoitda yoshlar axloqiga salbiy ta'sir etuvchi omillardir. Shu boisdan «.. .yoshlarimizning ham ma'nan, ham jismonan baquvvat bo'lishini ta'minlashimiz uchun, avvalo, ularni yuksak darajadagi ma'naviyat, ma'rifat yo'li bilangina o'tish davrining salbiy holatlaridan asrashimiz va jamiyat uchun munosib kishilarga aylantirishimiz mumkin».[6, 33.]
2024 yilni «Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash» yili sifatida e'lon qilinishi jamiyatimizning yetakchi qatlami bo'lgan yoshlarga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilib, ijtimoiy hayotda ular faoliyatining samaradorligini yanada ta'minlash maqsadida qilinayotgan savobli tadbirdir. Jamiyat rivojini ta'minlovchi buyuk kuchni axloqiy omillar shakllantiradi. Aynan shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: «Bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barchangiz yaxshi bilasiz. Ularga qarshi kurashishda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jacorati, jonajon O'zbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-qudrat manbai bo'lib xizmat qiladi»[4, 387.] , - degan edi. Yurtboshimizning fikrlariga asoslanib, aytish mumkinki:
Yoshlar ijtimoiy-demografik kuch sifatida davlatimizning doimiy diqqat-e'tiborida bo'lib, ularning jismoniy va ma'naviy kamolotiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda;
yoshlar kelajagimizni ta'minlaydigan buyuk kuch sifatida jamiyatni modernizatsiya va isloh qilishda markaziy o'rinda turishlari, bunda ularning qobiliyat va imkoniyatlari yetakchi omil bo'lib, ushbu jihatlarni shakllantirib rivojlantirish bugungi ziyolilarimiz zimmasidagi asosiy vazifa ekanligini chuqur his etishimiz lozim;
150
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashda yoshlarning bilimi, qat'iyatliligi, irodasi, axloqiy xususiyatlari muhim bo'lib, ushbu jihatlarga e'tibor berish kerak;
buning uchun yoshlar orasida an'anaviy-tarixiy qadriyatlarimiz targ'ibini yo'lga qo'yish, ularda milliy o'zlikni anglash hissini rivojlantirish, Vatan va xalq kelajagi uchun befarq bo'lmaslik xislatlarini yuksaltirish muhimligini bildiruvchi omillardir.
Yoshlar faoliyatida samarali natijalarini ta'minlash uchun quyidagi jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim:
«O'zbekiston Yoshlar ittifoqi» hamda yoshlar tashabbuslari markazlarining faoliyatlarini yanada jonlantirib, respublika yoshlarining yagona milliy axborot bazasini tashkil etish lozimki, yoshlar axloqining rivojida ushbu omil yetakchi mavqe kasb etadi;
ilmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish uchun turfa innovatsion grantlar bilan ta'minlash, ishlab chiqarishda band bo'lgan yoshlarni moddiy jihatdan rag'batlantirishni kuchaytirish, yosh fermer, tadbirkor, ishbilarmon va kasanachilarni imtiyozli kreditlar bilan ta'minlash;
o'quvchi va talaba yoshlar orasida mustaqil darslarda hamda yoshlarning bo'sh vaqtlarida axloqiy qirralarni targ'ib etuvchi vizual vositalardan (filmlar, tahliliy ko'rsatuvlar va h.k.) ko'proq foydalanish;
yoshlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish maqsadida o'quv muassasalari, korxona, tashkilotlar va ishlab chiqarish sohalari xodimlari orasida Respublika va xalqaro miqyosda o'tkaziladigan sport musobaqalari, badiiy ko'rgazmalar, mamlakatimizning so'lim go'shalari va diqqatga sazovor joylariga, milliy o'zlikni uyg'otib, faxr-iftixor hissini rivojlantiruvchi tarixiy obidalarga tashriflar uyushtirish;
O'zbekistonda yoshlar tashkilotlari tashabbuskorligi va Respublika tashqi ishlar vazirligi homiyligida xorijiy davlatlar elchixonalari, madaniyat markazlari va til o'rgatish markazlari bilan yoshlar o'rtasida turli madaniy tadbirlar o'tkazish;
yoshlarning voqea va hodisalarga konkret yondashuvini hisobga olib, ularning jamiyatdagi real jarayonlarga munosabatlarini aniqlash maqsadida turli mavzularda sotsiologik so'rovlar o'tkazib, natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali targ'ib qilish va h.k.
Yoshlar orasida tarixiy-ma'naviy qadriyatlarimiz namunalari, unda ajdodlarimizning Vatan himoyasi yo'lida qilgan qahramonliklarini targ'ib etish, yoshlarda milliy g'ururning uyg'onishini ta'minlashda zaruriy ahamiyatga ega. Biz yashab turgan davrda yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, xususan ular tafakkurida yot g'oyalarga qarshi immunitetni rivojlantirish kelajakdagi milliy-ma'naviy
May 2024
151
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
NatjonalUniver^
taraqqiyotimiz uchun ham muhimdir. Shu sababli, jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot rivojiga hissa qo'shib, millatimiz taqdirini o'ylab, tarix oldidagi ma'suliyatimizni chuqur his qilgan holda o'tmishimizga diqqat-e'tibor bilan nazar tashlab, ma'naviy-madaniy merosimizni, asrlar mobaynida yaratilgan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan, ma'naviy qadriyatlarimizning ijobiy namunalarini qayta tiklash -yoshlarimiz oldida turgan bugungi kunning dolzarb muammolari sifatida muhimdir. REFERENCES
1. Bo'rieva Z., Ibrohimov A. Yoshlarning demografik holati va oila //Ijtimoiy fikr. 1998. №2. - B. 129.
2. Qodirova Z.R., Sharipov A.J., Alimasov V.A., Karimova E.G., Madaeva Sh.O. Yoshlar ijtimoiy faolligi va tolerantligini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari. -T.: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2006. - B. 6.
3. Qodirova Z.R. Problemti povtisheniya sotsialnoy aktivnosti molodyoji Uzbekistana v usloviyax vsestoronnego reformirovaniya ob^estva. - T.: "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" nashriyoti, 1999. - S. 4.; Lisovskiy V.T. Sotsiologiya molodyoji. - S-Peterburg, 1996. - S. 32.; Sapelkin Ye.P. Sotsialntiy status molodyoji. - Minsk: Texnoprint, 2002. - S. 10
4. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati. - T.: Akademiya, 2007. - B. 191.
5. Falsafa qomusiy lug'ati. Tuzuvchi va mas'ul muharrir: f.f.d. Q.Nazarov. - T.: Sharq, 2004. - B. 160
6. Tulenova G. Ma'naviyatli yoshlar - mamlakat kelajagi // Jamiyat va boshqaruv. 2005 №2. - B. 33.
7. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Tom 3. - Toshkent: O'zbekiston, 2019. - B. 386 - 387.
152
May 2024