Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TARBIYASIGA TA’SIR ETUVCHI MEDIA VOSITALARI'

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TARBIYASIGA TA’SIR ETUVCHI MEDIA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mediata’lim / mediasavodxonlik / axborot / kommunikatsiya / internet / ta’lim-tarbiya / медиаобразование / медиаграмотность / информация / коммуникация / Интернет / образование

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shaxnoza Xamrokulova

Globallashuv jarayonida yosh avlod tarbiyasiga ahamiyat qaratish jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko’plab ta’rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo’lgan o’zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi “Garvard biznes revyu” jurnalida e’lon qilingan maqolasida qo’llanilgan edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В условиях глобализации ориентация на образование молодого поколения является одной из важных задач, стоящих перед нашим обществом. В настоящее время существует множество определений глобализации и этого процесса. Термин «глобализация» впервые был использован в статье американского учёного Т. Левитта в 1983 году в журнале «Harvard Business Review» как фактор, вызвавший изменения в экономической сфере в начале 80х годов ХХ века

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TARBIYASIGA TA’SIR ETUVCHI MEDIA VOSITALARI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TARBIYASIGA TA'SIR

ETUVCHI MEDIA VOSITALARI

Shaxnoza Xamrokulova

O'zMU katta o'qituvchisi

Saydullo Patidinov

O'zMU talabasi

ANNOTATSIYA:

Globallashuv jarayonida yosh avlod tarbiyasiga ahamiyat qaratish jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.

Kalit so'zlar: mediata'lim, mediasavodxonlik, axborot, kommunikatsiya, internet, ta'lim-tarbiya

АННОТАЦИЯ:

В условиях глобализации ориентация на образование молодого поколения является одной из важных задач, стоящих перед нашим обществом. В настоящее время существует множество определений глобализации и этого процесса. Термин «глобализация» впервые был использован в статье американского учёного Т. Левитта в 1983 году в журнале «Harvard Business Review» как фактор, вызвавший изменения в экономической сфере в начале 80-х годов ХХ века.

Ключевые слова: медиаобразование, медиаграмотность, информация, коммуникация, Интернет, образование

ABSTRACT:

In the process of globalization, focusing on the education of the young generation is one of the important tasks facing our society. Currently, there are many definitions of globalization and this process. The term globalization was first used in the 1983 article by the American scientist T. Levitt in the Harvard Business Review magazine as a factor that caused changes in the economic sphere in the early 80s of the 20th century.

163

May 2024

Keywords: media education, media literacy, information, communication, Internet, education

Globallashuv jarayonida internet manbalari va ommaviy axborotvositalarining ijtimoiy hayotdagi o'rni tobora mustahkamlanib, shaxsning siyosiy savodxonligini shakllantiruvchi asosiy omil bo'lmoqda. Ushbu maqolada globallashuv bosqichida insonlarning yashash tarzi, turmush jarayoni va ularning noto'g'ri ong ta'siriga tushib qolmasliklari haqida fikr mulohazalar qisqacha yoritilgan.

Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.

Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.

Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.

Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Hozirgi kunga kelib ishtimoiy tarmoqlar rivolanishi sababli insolar hayotida garmanal o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, bu garmonlardan biri baxt garmoni bo'lib dafamin modasi hisoblanadi.

Dofamin - inson organizmidagi zavq beruvchi gormon bo'lib, u xotira, kayfiyat, uyqu, o'rganish, konstentratsiya va boshqa funksiyalarni nazorat qilishda rol o'ynaydi. Dofamin miqdori kamayishi esa kishida stress, ish va o'qishda sustkashlik, hatto insonlar bilan muloqotga ham salbiy ta'sir o'tkazadi.

Dofaminni oshirish uchun meditatsiya, hobbi bilan shug'ullanish, jismoniy mashqlar, oqsil iste'moli, yetarlicha uyqu yordam beradi

Baxt gormonlari faolligi odatda kunduzgi soat 12:00 da yuqori nuqtaga chiqadi. Ularning ishlab chiqarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar ham bor. Bular:

• Stress

• Spirtli ichimliklar

May 2024

164

• Noto'g'ri ovqatlanish

• Antidepressantlar

• Infeksion va virusli kasalliklar

• Insonning o'ziga nisbatan past baho berishi

• Jismoniy faollikning yo'q ekanligi

Bugungi kun yoshlari orasida internetdan foydalanmaydigon yoshlar bo'lmasa kerak yoshlarning kundalik hayotida inertenga ajratadigon vaqt sitatistikaga ko'r 1-soatdan 4 -soatgacha yetishi mumkun bazi kunlari damolsh kunida bu ko'rsatgichlar 6-7 soatgacha kotariladi bunday holarda jismoniy foalashuv bo'lmaydi.ishtimoiy tarmoqlar tamonida qoyilgan kontet yoki vidiolar salbi tasir ko'rsatadi deb hisoblashadi. Bunday salbiy voqeyalar yoshlar hayotiga hav solishi yoki stress shok holatlarga olib kelishi mukin deb hisoblanadi,

Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi.Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:

M. Gandining quyidagi so'zlari orqali ifodalaymiz: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman"1 [https://bigasia.ru 2019. 20.06.]. Maxatma Gandining uzoq yillar oldin aytilgan yuqoridagi fikridan hozirgi dunyoda kechayotgan "globallashuv" jarayonning mohiyatini anglab olish mumkin. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, globallashuv jarayoni stixiyali tarzda yuzaga kelgan hodisalar oqibati emas. ijtimoiy -siyosiy va texnologik taraqqiyot ta'siri natijasida uning mohiyati o'zgacha ko'rinishga ega bo'ldi. Mana shunday tahlikali davrlarda yoshlarning o'z yo'lini adashmasdan to'g'ri topib olishi uchun ularni yoshligidan ma'naviy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratmoq zarur, deb o'ylaymiz. Hammaga ma'lumki, ma'naviy tarbiya deganda, insonning har tomonlama komillikka erishuvi tushuniladi va vatanparvarlik g'oyasi bu tushunchaning o'zagini tashkil etadi.

165

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

Globallashuv jarayonida mediata'limning yoshlar tarbiyasidagi o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tish joiz. Dunyoning ko'plab davlatlarda mediatalim umumiy talimning majburiy, doimiy komponentiga aylandi. O'zbekistonda mediatalimni rivojlantirish, bolalar, o'smirlar va yoshlarning axborot savodxonligini shakllantirish xamda onlayn muxitdagi xavfsizligini taminlash masalasi kun tartibida turibdi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy mediamakondagi real vaziyat, axborot-psixologik kurashlar kontekstida mediata'limning paydo bo'lish tarixi va shakllanish bosqichlari, ilmiy-nazariy, amaliy, metodologik asoslari va konsepsiyalari, ilgor xorijiy tajribani o'rganishga zarurat sezilmoqda. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasini to'ridan-to'gri ko'chirmasdan, ilmiy tadqiqotlar orqali milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan, milliy ta'lim tizimi, mentalitetdagi o'ziga xosliklarni, sharqona tarixiy, ma'naviy negizlarni inobatga olgan xolda mediata'limning «o'zbek modeli"ni yaratish dolzarb axamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2021-yil 26-iyundagi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida «Bugun avlodlar, ijodiy maktablar, an'analar, tushuncha va tasavvurlar yangilanmoqda. Internet zamoni o'z talab va qoidalarini ilgari surmoqda. Ana shunday murakkab o'tish davrida milliy jurnalistikamiz ilgari kuzatilmagan turli sinov va qiyinchiliklarga xam duch kelayotganini e'tirof etish va ularni birgalikda bartaraf qilish xaqida o'ylashimiz lozim» degan fikrlari orqali zamonaviy mediamakondagi xozirgi vaziyatga baxo berdi. Yangi O'zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish xamda xayotning barcha soxasini liberallashtirish, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, so'z erkinligini ta'minlash, raqamli iqtisodiyotni joriy etishga aloxida e'tibor qaratilmoqda. Medianing o'sib kelayotgan yosh avlod ongi va tafakkuriga ko'rsatayotgan kuchli ta'sirini xamda yuqorida keltirilgan faktlar va fikr-muloxazalarni inobatta olib, talim turlari, fanlar kesimida ilmiy-amaliy izlanishlarni yo'lga qo'yish - davr talabidir.

Mediata'limning bugungi dolzarbligi va zarurati ta'limdagi rivojlanish bilan bog'liq mavzulardan biridir. O'zbekistonda mediata'limning ta'lim tizimiga integratsiyasi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mediata'limning barcha ta'lim muassasalariga integratsiyasi, mediata'limning o'quvchilarga o'qitish va o'rganish jarayonlarida to'liq qo'llanilishi zarur. Bu esa mediata'limning samaradorligini oshirish va o'zbekistonning ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

REFERENCES:

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko'taramiz-Toshkent: "O'zbekiston" NMIU,2017.-461-462 b.

166

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

National University of Uzbekistan Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

2. Азимова, З. Э., & Муллаахунова, Н. М. (2023). РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ 6 КЛАССА УЗБЕКСКИХ ШКОЛ СРЕДСТВАМИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИСКУССТВА НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 638-641.

3. Ф. А. Бабашев (2023). МЕДИАСАВОДХОНЛИК ВА ЁШЛАР АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU conference 3), 7-10.

4. Ф. А. Бабашев (2021). УЗБЕКИСТОНДА МЕДИАТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 199-203.

5. Фархад Айтмуратович Бабашев (2024). ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ИМИЖИ ШАКЛЛАНИШИ ОМИЛЛАРИ ВА PR-ФАОЛИЯТ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 1), 6-10.

6. Gimush R.I. Innovatsion menejment. - T.:O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 10 b.

7. To'xliev N. Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotlarning innovatsion rivojlanishi muammolari. Ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyot: global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar. T.: 2015, 26-bet

167

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.