GLOBALLASHUV VA YOSHLARNING MA'NAVIY XAVFSIZLIGINI
TA'MINLASH MASALALARI
B. N. Boboyorov
f.f.b falsafa doktori (PhD), dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali, Toshkent, O'zbekiston
boss.boboyorov@mail .ru
Shohjahon Boboyorov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma'naviy xavfsizligini ta'minlash masalalari alohida tadqiqot ob'ekti sifatida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: g'oyaviy qarama-qarshilik, ma'naviy xavfsizlik, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonuniylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya, sog'lom turmush tarsi, ma'naviy immunitet
ABSTRACT
The article analyzes the issues of ensuring the spiritual security of young people as a separate object of study at a time of increasing globalization.
Keywords: ideological conflict, moral security, national values, patriotism, civic feeling, tolerance, legality, protection of national and universal values, protection from ideas of violence and cruelty, healthy lifestyle, spiritual immunity
KIRISH
Hozirgi davr - dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo'lib borayotgan davrdir. Bugungi kunda halqaro munosabatlarda eng dolzarb va olamshumul muammolardan hisoblangan xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik masalalariga e'tibor tobora kuchayib bormoqda. Dunyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy taraqqiyoti va rivojlanishi aynan shu muammolarning qay darajada yechilishiga bog'liqdir. Hozirgi globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir davrda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikning, shuningdek, yoshlarning ma'naviy xavfsizligini
June, 2022
119
ta'minlanishi va ularni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, hayotda o'zlarini munosib o'rinlarini topish uchun zarur shart-sharoitlaririi yaratish berish mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala bo'lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirishni taqozo etadi.
O'zbekistonning jadal rivojlanishi, keng qamrovli islohotlar istiqboli, xalqning farovon bo'lishi yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmorni imzoladi.Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda. To'rtinchi ustuvor yo'nalish-adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning 70-maqsadi: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish deb nomlanib, unda:
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
Yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash;
Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish;
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash;
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish;
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda
rag'batlantirish;
June, 2022
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
YosЫaгda sog'lom tuгmush tamga intilishni shakllantiгish, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlaгini mazmunli tashkil etish va yosh^ sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yosh oilalami ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharaitlami yaгatish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Yoshlarning huquqlari va eгkinliklaгini гo'yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi vazifalar qo'yilgan [1; 2].
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mavzuning dolzarbligini quyidagicha asoslash mumkin:
Birinchidan, globallashuv sharoitida mafkuraviy tajovuzlardan himoya qilishda, Ma^aziy Osiyo xalqlaгi ma'naviy va ijtimoiy hayotini ana shu xatarii tahdidlardan himoyalanishi, har bir davlat va har bir halqning turli tahdidlarga bardosh bera olish xususiyatlarini namoyon bo'lishi bugungi kunning dolzaTb xususiyatlaridan biridir;
Ikkinchidan, xalqlaг hayotiga salbiy ta'siг ko'гsatib kelayotgan nomaqbul ko'rinishlami va odatlami anglash, ulami bartaraf etish yoki ulaг keltiгadigan noxush holatlarning oldini olish bugunning zarurati hisoblanadi, chunki ular millat va jamiyatni ichdan kemiruvchi illatlardir;
Uchinchidan, globallashuv jarayonining mintaqaviy muamшolaгga ta'siri, uning o'zgaгtiгuvchilik kuchi hoziгgi dunyoning dolzaTb muammosiga aylandi. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biгiga bog'liqligini, o'zaгo ta'sirini oshiгadi, milliy-ma'naviy va g'oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi;
To'rtichidan, bugun nafaqat ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi, balki kishilik jamiyatining baгcha sohalaгidagi o'zgaгish va yangilanishlaг tomushimizga goh ijobiy, goh salbiy ta'sn ko'гsatmoqda.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqani holda, globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan Ыг paytda yoshlarning ma'naviy xavfsizligini ta'minlash masalalaгi alohida tadqiqot ob'ekti sifatida o'гganish dolzaгb ahamiyatga ega.
METODLAR
Bugun biz tez o'zgaruvchan, o'ta shiddatkor va murakkab bir zamonda yashayapmiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar v jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni
June, 2022
l2l
yuksak texnologiyalar asri desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
"Globallashuv" iborasi 1983 yilda amerikalik siyosatshunos olim T.Levitta tomonidan "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilgan maqolasida qo'llanilgan edi. Unda aytilishicha, "globallashuv - transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli - tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni".
Globallashuvga BMTning "Inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruza" hisobotida quyidagicha ta'rif berilgan: "Globallashuv - jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchi va fikr-kashfiyotlar oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi", deb qayd etilgan.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko'p. Lekin, uning xususiyatlarini to'laroq qamrab olgani, bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif. Unda globallashuv jarayonining uch o'lchovli ekaniga urg'u beriladi:
-globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
-globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
-globallashuv-milliy chegaralarning "yuvilib ketish" jarayoni .
B.Bandi ta'rifida keltirilgan globallashuv o'lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e'tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko'rishimiz mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o'tkazishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy ta'siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so'zlarida yaxshi ifodalangan: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman".
Globallashuv tushunchasi haqida mamlakatimiz olim va siyosatchilari ham o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Shu ma'noda, faylasuf va siyosatshunos olim S.Otamurodovning fikricha, "Globallashuv davlatlar va xalqlar hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonni
anglatmoqda"
June, 2022
Professor E.Gulmetov ushbu tushunchani quyidagicha ta'riflaydi: "Globallashuv - ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'naviy rivojlanishning XX asrga xos hodisasi-jamiyatni barcha jabhalarida "umumiy belgilar", "universallashuvning" kuchayishi va tig'izlanishidir. Globallashuv jarayoni
- iqtisodiy- texnik taraqqiyot, boshqaruv tizimi, siyosiy-huquqiy qadriyatlar, turmush tarzining barcha jabhalarini qamrab olayotgan texnologik jarayongina emas, turli kuch, guruhlar manfaati nazaridan, xilma xil vositalar yordamida ma'naviy-axloqiy ta'sir, g'oyaviy ustuvorlikka erishishga intilish hamdir. Faylasuf olimlarimizdan yana biri Abdurahim Erkayev globallashuv va uning yuzaga kelishi haqida quyidagi fikrni ilgari suradi: "Globallashuv - jahon taraqqiyotining asosiy tendentsiyalaridan biridir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g'oyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Globallashuv - iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jahon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuv va maishiy turmushda, iste'molda, shu jumladan, nomoddiy iste'molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo'lishidir"
"Hozirgi paytda uning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital tovarlar zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli madaniyat, qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi va bular borasidagi imkoniyatlarning ortishi - tabiiyki, bularning barchasi globallashuvning natijasidir"
Globallashuv dunyo hamjamiyati hayotini, jahon siyosati va halqaro munosabatlarni belgilab beruvchi yetakchi omilga aylanmoqda va alohida olingan davlat va hududlar ichki siyosatidan tarkib topgan umumdunyoviy sharoit bilan muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Xullas, globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo'lish xususiyatlari turlicha bo'lib dunyoning o'zgarishiga o'tkazayotgan ta'sirida ham yangi
- yangi imkoniyatlari namoyon bo'lmoqda. "Globallashuv" tushunchasiga mualliflar tomonidan yuqorida ilgari surilayotgan turli fikrlarga qo'shilish mumkin. Chunki har bir muallif uning turli sohalariga o'tkazayotgan ta'sirini turlicha tafakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Shu ma'noda mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar qanchalik turli-tuman bo'lsa,
June, 2022
12З
uning turli xususiyatlari va insoniyat, millat, mamlakat, jahon miqyosida o'tkazayotgan ta'sirini o'rganishning imkoniyatlari shunchalik kengayib boradi. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, globallashuv jarayoni mutlaqo yangicha ma'no-mazmundagi xo'jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
NATIJALAR
Jahonda ro'y berayotgan globallashuv o'ta murakkab jarayon bo'lib, u turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga mislsiz ta'siri o'tkazmoqda. Globallashuv jarayonlarining turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas.
Globallashuv jarayoni - kishilik davlatlardagi mahalliy axamiyatga molik madaniy, axborot, iqtisodiy, geosiyosiy hududlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir. "Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas".
Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo'lgan turli xil noan'anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta'sir o'tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan odob-axloq, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta'sir ko'rsatadigan ma'naviy tahdidlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma'naviy tahdid muammosiga alohida e'tibor qaratib, "Avvalambor, "Ommaviy madaniyat" ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta'lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni unutmasligimiz kerak. Bu borada biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy ma'naviy meroslariga tayanamiz", - deb ta'kidlaydi [2; 6].
Xalqimiz ma'naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodni turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, globallashuv jarayonida kishilarni, ayniqsa yoshlarni turli xil ko'rinishdagi mafkuraviy xurujlar
June, 2022
124
ta'siridan asrashda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratish zarur:
-mustaqil fikrga ega, sog'lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, turli diniy oqim va yo'nalishlar ta'siri hamda aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish;
-mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo'lib yashash, internet tizimida diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ'ib qiladigan saytlardan yoshlarni muhofaza qilish;
-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish;
-axborot madaniyatini shakllantirish;
-kishilarda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ta'minlash bo'yicha tushuntirish, targ'ibot ishlarini olib borish;
-diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashda huquq-tartibot idoralarini faoliyatini takomillishtirish.
Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonida har bir davlat o'zligini saqlab qolgan holda, eng ustuvor vazifa sifatida o'z xavfsizligini ta'minlash masalasi turadi.
Hozirda mamlakatimiz o'ta qaltis, notinch va murakkab dunyo bilan aloqaga kirishib bormoqda. Jamiyatimizda yoshlarni ruhiy-ma'naviy jihatdan xavfsizligini ta'minlash zaruriyatining sabablaridan biri shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti chet el sarmoyalari, zamonaviy texnika va texnologiya, bozorni shakllantirish usullari bilan bir qatorda mamlakatimizga o'zining madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi va tasavvurlarini ham olib kirmoqda. Bu tabiiy jarayon, albatta va uni hech qanday to'siq bilan to'xtatib ham bo'lmaydi. Mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarga ham aynan shunday xarakter xos bo'lganligi uchun ham keyingi paytda jamiyatimizga ayrim noxush va zararli mahsulotlar kirib keldi va keng tarqala boshladi.
Ta'kidlash kerakki, mamlakatimiz yoshlarini bunday ta'sirlardan ma'muriy yo'l bilan saqlab ham to'xtatib ham bo'lmaydi. Bunday yo'l tutilgudek bo'lsa, yoshlar orasida mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarga nisbatan qiziqish kuchayib, ularni yoshlar dunyoqarashiga ta'sir etish quvvati yanada oshib boradi. Bunday sharoitda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, endilikda "fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda" .
Shuni alohida aytish kerakki, ma'naviy va mafkuraviy tahdid ob'ekt hamda sub'ektning ijtimoiy o'zaro ta'siri oqibatida vujudga keladi hamda madaniy va ijtimoiy asoslarning yagona ijtimoiy turdagi to'qnashuvi asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bugungi kunda ma'naviyatni himoyalash hamda zid, begona, beqarorlashtiruvchi
June, 2022
125
ma'naviyatdan himoyalanish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo'lmoqda.
Global mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarning xavfi - ularning mamlakatimizga kirib borishidagi yo'llarining deyarli ochiqligidadir. Axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligi, yo'ldosh aloqalarining katta imkoniyatlari mazkur muammoni yanada chigallashtirishga olib kelmoqda.
O'zbekistonda milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruriyatining bir necha sabablari bor. Bular qatorida:
-tashkil topgan yosh suveren davlatlarni yana eski usuldagi "yaxlit mamlakat" tarkibiga qaytarishga;
-xalqlarning milliy ongi va milliy o'z-o'zini anglashlarining shakllanishiga tajovuz qilishga;
-mavjud tabiiy qiyinchiliklardan foydalanib, davlat barqarorligini beqarorlashtirish, xalqimiz imon va e'tiqodi oyoq osti qilib, (masalan IShIDga o'xshash) yagona Islom davlatini qurishga harakat qilayotgan turli siyosiy, diniy, ekstremistik kuchlar mavjudligini ta'kidlash lozim.
Ana shunday tahdidlarning oldini olish yo'lida O'zbekistonda, eng avvalo, mafkuraviy va ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash lozim.
Mafkuraviy va ma'naviy tahdidlar haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo, diqqat va e'tiborimizni XX asr oxiriga kelib kuchaygan umumsayyoraviy muammolarga qaratmog'imiz lozim. Hozirgi kunda ana shunday muammolar qatorida terrorchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi illatlarni alohida ta'kidlash mumkin. Ilmiy muomilaga nisbatan yangi kirib kelgan "Ma'naviy tahdid" tushunchasiga turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori G.Tulenovaning «O'zbekistonda ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash muammolari" maqolasida mafkuraviy tahdidlar, jumladan terrorizm, aqidaparastlik va diniy ekstremizm ma'naviy tahdid sifatida qaralgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, bugun dunyoda 500 dan ortiq terrorchilik tashkilotlari mavjud. Hozirda ular 60 ta davlat hududida o'z tarmoqlarini yoyishga muvaffaq bo'lgan. Ayni davrda ular tomonidan 84 ta davlat fuqarolariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqdalar.
Darhaqiqat, terrorizm ko'pgina davlatlarda jiddiy xavfga aylanib, xalqaro miqyosdagi muammo bo'lib bormoqda. Bu yovuzlikka qarshi samarali kurash olib borish uchun kurashning yangi, noan'anaviy shakllari va usullarini ishlab chiqish zarur. Demak, hozirgi kunda davlatimiz kelajagi haqida qayg'urayotgan har bir inson chet eldan kirib kelayotgan mafkuraviy va ma'naviy tahdidlar bilan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni jismoniy va ruhiy jihatdan zaharlantirishga
befarq qaramasligi lozim.
June, 2022
MUHOKAMA
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta'minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O'zbekiston yetakchi o'rinni egallaydi [3; 8].
Bugungi kunda barchamizga ma'lumki, katta boylikka ega bo'lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayonlarining rivojlanib borishi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlash muammolarini yanada murakkablashtirmoqda. Buning asosiy sababi mintaqada yangi ko'rinishdagi xavf va tahdidlar yuzaga kelmoqda va ular o'zining ko'lami jihatidan transchegaraviy ahamiyat kasb etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga nisbatan boshqa davlatlar tomonidan bo'ladigan an'anaviy harbiy tahdidlar o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda va uning o'rniga transchegaraviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash bugungi kunning eng muhim muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero xavfsizlikning ta'minlanishi har bir mamlakat taraqqiyotining asosiy sharti hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi transchegaraviy tahdidlardan yana biri bu - mintaqada noqonuniy qurol-yarog' savdosi bilan bog'liq bo'lgan muammolardir. Markaziy Osiyoda bu kabi tahdidlarning kelib chiqish sabablari mintaqada uzoq yillar davomida shakllangan siyosiy vaziyat bilan ko'p jihatdan bog'liq. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda noqonuniy qurol-yarog'larning tarqalishi mintaqa xavfsizligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy tahdidlardan biri bo'lib qoladi. Bu omil mintaqadagi oddiy berqaror vaziyatni keng ko'lamli qarama-qarshiliklarga o'zgarishiga sababchi bo'lishi mumkin.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlikka ta'sir ko'rsatuvchi omillardan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan muammolar alohida ahamiyatga ega [4; 9].
Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo'lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinmoqda.
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog'larni noqonuniy yo'llar bilan olib o'tish va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun dunyo havfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
June, 2022
12?
Afg'oniston nafaqat mintaqaviy, balki dunyoviy xavfsizlik tizimiga ulangan. Bu mamlakat hududi xalqaro terrorning tayanch markazi, o'ta jangari va buzg'unchi kuchlarning mashq maydoni, jahon bozoriga narkotik yetkazib beradigan asosiy hudud bo'lib qoldi. Bu mintaqaviy beqarorlik bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni o'rnatish borasida O'zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan amaliy takliflar quyidagilardan iborat bo'ldi:
-nizolarni hal qilishning bosqichma-bosqichliligi, BMT Bosh kotibining mahsus vakili vositaligida bugun Afg'onistonda bir-biriga qarshi kurashayotgan ikki asosiy kuch o'rtasida o't ochishni to'xtatish, harbiy asirlarni ayriboshlash, Afg'onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun yo'llarni ochish va ichki to'siqlarni olib tashlash to'g'risida bitimlar tuzish, dastlabki zaruriy bosqich bo'ldi.
-barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok etishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
Bu jarayonda BMT, YeXHT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol ishtirok etishi va homiylik qilishni ta'minlash, ular ishtirokida Afg'onistondagi mojaroni bartaraf etish, qochoqlarni qaytarish, hududni minalardan tozalash, qurolsizlanish va shu kabi boshqa masalalar to'g'risida qarama-qarshi tomonlar o'rtasida umumiy bitim qabul qilishga erishish darkor.
Afg'on muammosini hal etish borasidagi O'zbekistonning qat'iy pozitsiyasi jahon hamjamiyati tomonidan qo'llab quvvatlanmoqda.
O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: "Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta'minlashning muhim shartidir", deb alohida qayd etgan hamda Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun quyidagi takliflarni ilgari surgan edi: Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borish, Muzokaralar afg'onistonliklarning o'zlari hal qiluvchi o'rin tutadigan holda, Afg'oniston hududida va BMT shafeligida o'tishi lozim, donishmand afg'on xalqi o'z taqdirini o'zi mustaqil hal qilishga haqlidir, O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo'shmoqda va bundan keyin ham hissa qo'shadi, Afg'oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo'lishi lozim [5; 10].
Bugungi kunda O'zbekiston ko'plab xalqaro siyosiy muammolarni hamjamiyatlikda yechish, mamlakatdagi va
June, 2022
128
umuman mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish bilan birgalikda ko'plab nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirmoqda.
Ushbu hamkorlikni asosiy maqsadi a'zo davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta'lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhafaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham hamkorlikni asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, hozirgi paytda globallashuvning o'tkir va keng qamrovli ta'sirini barcha sohalarda namoyon bo'layotganligi, ayniqsa, bu davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik masalalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalarning tez kirib kelishi, kapital va tovarlar, ishchi o'rinlarining yaratilishi unda ishchi kuchining erkin qulayliklarning vujudga kelishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi, bu imkoniyatlarning ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv ta'siri natijasida erishilmokda. Globallashuv jarayonining yana bir o'ziga xos jihati shundaki, zamonaviy axborot texnologiya va kommunikatsiyaning, ilm-fan yutuqlarining tez tarqalishi ham taraqqiyotga xizmat qilmoqda, shu bilan birgalikda yovuz kuchlar o'z g'arazli maqsadlariga erishishda internetda qulay mafkuraviy ta'sir o'tkazishning o'tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlar mafaatiga xizmat qilayotganini kuzatish mumkin. Bunday sharoitda yoshlarni ma'naviy xavfsizligini ta'minlashda axborot va kiberxavfsizlik xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi [6; 11].
REFERENCES
1. Каранг: "2022 — 2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг таравдиёт стратегияси тугрисида"ги Узбекистан Республикаси Президентининг Фармони, 28.01.2022 йилдаги ПФ-60-сонХех.^, 29.01.2022
2. Ш.Мирзиёев.Янги Узбекистан Стратегияси.Тошкент, "Узбекистан", 2021.Б-457.
3. Каранг: Марказий Осиё: кеча, бугун, эртага. Ишонч. 2001 йил 29-декабр.
4. Алимов Р. М. Центральная Азия: общность интересов. - Т.:Шарц , 2005. - 148 бет.
5. Каранг: Шавкат Мирзиёев БМТнинг 72-сессиясида илгари сурган 5 ташаббусдан 4таси амалга ошди — ТИВ вакили.Интернет манба: Kun.uz. 22:46 / 27.08.2020.
6. Normatovich B. B., Boboyorov S. B. O. Cybersecurity and Information War //2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). - IEEE, 2021. -С. 1-5.
June, 2022
129