XAVFSIZLIK MASALALARI, MUAMMOLARI VA ULARNING KELIB
CHIQISHI
Soliyev Orifjon
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro huquq fakulteti
magistranti, e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqola xavfsizlik tushunchalari, mohiyati, xalqaro xavfsizlik, xavfsizlik kategoriyalari, xavfsizlik subyektlari va obyekti, ularning hayotiy muhim manfaatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, xavfsizlik subyektlarining manfaatlarini ta 'minlash muammolari va ularning kelib chiqishi o'rganiladi.
Kalit so'zlar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy xavfsilik, milliy xavfsizlik, davlat xavfsizligi, tahdidlar, regionalizm, geopolitika, terrorizm, strategiya, globallashuv.
ABSTRACT
The article analyzes the concepts, essence of security, international security, security categories, security subjects and objects, including their vital interests. Also, the problems of ensuring the interests of security entities and their origins are studied in this article.
Keywords: international security, regional security, national security, state security, threats, regionalism, geopolitics, terrorism, strategy, globalization.
KIRISH
Xavfsizlik kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti hisoblanadi. Normativ yoki moddiy nuqtai-nazardan u davlatlarning yuzaga kelishi, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar va NNT (nodavlat notijorat tashkilot)lar tashkil topishida, shartnomalarning imzolanishi, qonunlar va konsepsiyalar qabul qilinishida, tahdidlarga qarshi kurashishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqishda namoyon bo'ladi. Uni ishtirokchilar tomonidan ustuvor yo'nalish sifatida tan olingan va yo'naltiruvchi ijtimoiy munosabatlarning asosi, dastlabki sharti sifatida baholash mumkin. "Biz avvalo tub negizida "O'zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak" degan g'oya mujassam bo'lgan O'zbekistonning tinchlik va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy yo'lini izchil davom etttiramiz. Hozirgi o'ta notinch va murakkab zamonda bebaho boyligimiz bo'lgan tinch va osoyishta hayotni ko'z qorachig'idek saqlash, jamiyatimizda millatlar dinlararo hamjihatlik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat
muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi"1 — deya ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev.
O'z navbatida, uning amaliy tomoni mazkur holatning nazariy jihatlarini belgilab beradi. Xavfsizlik nazariyasida tadqiq etilayotgan kategoriya asosiy tushuncha sifatida xizmat qiladi. U tadqiqot predmeti - ijtimoiy munosabatlar va huquqiy ta'sirning obyekti - xavfsizlik sohasini mohiyatini tushunish va talqin etishda boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Xavfsizlik tushunchasining falsafiy-ijtimoiy va siyosiy-huquqiy mazmunini har tomonlama, chuqur tahlil etish xavf va tahdid, obyekt va subyekt, xavfsizlik sohasi va tizimi kabi tushunchalar tabiatini anglashda asos bo'lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA NATIJALAR
"Xavfsizlik" atamasi so'zning o'z o'zidan anglashilganda "biror bir xavfning mavjud emasligi", "xavfdan himoyalanganlik" yoki "tinch holat" ma'nosi aks etadi.
"Xavfsizlik - muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir"2 -deb, ta'rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt doimiy mavjud bo'lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu - xavfsizlik va tinchlikdir.
Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo'lsak, uning mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so'zlarni ko'rib chiqish lozim. Xavfsizlik so'zining umumiy ma'nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o'ringa chiqadi. "Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon yetkazishi, moddiy va ma'naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga kelishiga, taraqqiyot yo'lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy (yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf - bu biror-bir zarar yetkazish, ya'ni xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o'zgartirish orqali uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir"3.
Yuqoridagi tushunchada xavf ma'lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy va ma'naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi.
1 Mirziyoyev Sh. M. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz". "O'zbekiston". NMIU, -2017. -B.19.
2Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты исследования. -B.1.
3Bobokulov I. I. Xavfsizlik. Lug'at. - T.: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2011. - B.53 .
378
Tahdid - aniq reallikka aylanib borayotgan, lekin to'liq shakllanib ulgurmagan xavfsizlik obyektlari va subyektlariga moddiy va ma'naviy ko'rinishda zarar yetkazishi mumkin bo'lgan shart-sharoitlardir.
"Tahdid deganda, inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo'naltirilgan ijtimoiy strukturani, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin"4. Bu fikrda tahdid muammoli bir vaziyat ya'ni aniq hozirda muqarrar mavjud bo'lgan holat sifatida tavsiflannoqda.
"Tahdid - xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid - xavfning eng oliy darajasi bo'lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish qobiliyati va tayyorlik namoyon bo'ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga ega"5. Bundan ko'rinadiki, tahdid ma'lum bir xususiyatga ega va aniq ko'rinib turgan xavfning majmuyidir, u xavfsizlik obyektiga bevosita muomalaga kirishish orqali uning mavjud bo'lishiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo'lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, kontrabanda va sh.k.).
Xavf yoki tahdid - subyektning mavjudligi va faoliyati uchun yuzaga kelgan shart-sharoitlarni anglab yetishi bilan bog'liq hisdir. Hissiyotlar har doim ham xavfsizlik subyekti tomonidan obyektiv ya'ni, ishonchli va to'g'ri natijali anglab yetilmasligi mumkin. Shu sababli agar xavf va tahdidga jamiyatda mavjud bo'lgan ziddiyatlarning mahsuli sifatida qaralsa, xavfsizlikka rahna soluvchi tahdidlar bilan kurashda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning aniqlanishi muhimligi oldingi o'ringa chiqadi. Ularni aniqlab olmasdan va bartaraf etmasdan turib, xavfsizlikni samarali ta'minlash mumkin emas. Ziddiyatlar muqim holatda emas, balki ular turli ichki va tashqi omillar ta'sirida o'z mohiyati va yo'nalishlarini o'zgartirib turadi. Bunga misol esa AQSH va SSSR o'rtasidagi o'tgan asrdagi "Sovuq urush" yoki "Qurollanish poygasi"dir. Chunki, Sobiq Sovet davlati parchalangandan keyin siyosiy-harbiy sohada bo'shlig' yuzaga keldi.
Xavfsizlik atamasi dastavval harbiy fenomen sifatida yuzaga kelgan. "Xavfsizlikning an'anaviy konsepsiyasiga nisbatan tadqiqotchilar orasida «strategik tadqiqotlar» («strategic studies») yoki «xavfsizlikning an'anaviy tadqiqotlari»
4Toshbekova M. X. "Problem of Solving Ideological Threats in the Context Globalization" 5 th International emi entrepreneurship social sciences congress june 29-30. 2020/ Gostivar-N-Macedonia. 2020 www.emissc.org 226-234-6eraap 6 (8), 2020, e-ISSN 2658-5561
5Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O'quv qo'llanmasi. - T.: JIDU, 2010. - B.32.
379
atamasi keng tarqaladi. Ekspertlar hamjamiyatida mazkur tushuncha haqida XX asrning 50-yillarida ilk bor xavfsizlikning harbiy aspektlarini mujassam etgan tor kategoriya sifatida gapirila boshlandi"6. Ikkinchi jahon urushi va "Sovuq urush" ga qadar davlatlarning siyosiy-iqtisodiy ustunligi ularning harbiy qudrati va qo'l ostidagi hudud jihatdan bo'ysundirgan birliklar va koloniyalar bilan belgilanar edi. Davlatlar o'z hududlarini kengaytirish va ta'sir doirasiga kiradigan hududlarni ushlab turishda bevosita harbiy kuchga tayanar edi. Shunday qilib, mintaqaviy xavfsizlik gegemon davlatlarning o'z xoxish irodasiga ko'ra dunyoni geografik jihatdan bo'lib olgan hududlarida harbiy-chegaraviy kuchlar yordamida bevosita ta'minlanar edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda asosan ikki kuch hukmronligi boshlandi. Bu kuchlar o'zining kapitalistik va sotsialistik g'oyalari asosida dunyoni ikki qutb sifatida shakllantirdi. Mazkur davr tadqiqotchilar tomonidan xavfsizlik sohasida "strategik tadqiqotlar"ning "oltin davri" sifatida baholanadi. Uning doirasida harbiy soha xavfsizlik muammolarini tadqiq etishning ustuvor yo'nalish, maxsus va umumiy harbiy kuch esa - milliy xavfsizlikni ta'minlashning yagona samarali vositasi (quroli) sifatida qaralgan. Shu bois, o'z g'oyalariga nisbatan "dushman timsoli" va harbiy tahdidning mavjudligi xavfsizlikning boshlang'ich elementi bo'lib xizmat qilgan. Nazariy va amaliy ma'noda xavfsizlik tahdidlarni boshqarish bilan uyg'un holda ko'rilgan. Bu davrda endilikda xavfsizlik subyektlari tizimida suveren davlat markaziy o'rin egallay boshladi. Bu o'rinda milliy xavfsizlik va davlat xavfsiligi markaziy o'ringa chiqadi.
Davlatning yoki mamlakatning xavsizligi to'g'risida so'z yuritilganda olimlar fikrlari o'rtasida ko'plab qarama-qarshiliklar mavjud. Bunga sabab, davlat xavfsizligiga nisbatan qaysi atamani ko'proq mos kelishi va shunga mos uning faoliyati asosiy prinsiplarini belgilab olishdan iborat. Masalan, "milliy xavfsizik" atamasi SSSR mafkurasi faoliyati uchun qarama-qarshi tushuncha edi. Chunki, "milliy xavfsizlik" - bu alohida olingan bir millatning xavfsizligini anglatib mohiyatan bir millatning manfaati ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu esa o'z tarkibiga kirgan "xalqlarning tengligi" g'oyasini ilgari surgan Sobiq Sovet davlati uchun o'zining mafkuraviy prinsiplari buzilishiga olib kelardi. V. E. Chekanov SSSRdagi "milliy xavfsizlik" tushunchasi keng tarqalmaganligini ta'kidlaydi, chunki "bu tarixiy bosqichda "milliy" tushunchasi mutlaqo boshqacha mazmunga ega bo'lib, unga ko'ra, birinchi navbatda, har bir millatning o'ziga xos xususiyatlari va o'z hududida
6 Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O'quv qo'llanmasi. - T.: JIDU, 2010. - B.7.
380
Scientific Journal Impact Factor
yashovchi etnoslarning individual o'ziga xosligi anglatgan bo'lar edi"7. Ba'zi bir olimlar esa agar davlat tarkibida turli millatlar va elatlar birga umumiy rivojlanish g'oyalari ostida birlashib farovon hayot kechirishi natijasida yagona xalq darajasiga erishsa, bu holda "milliy xavfsizlik" tushunchasi o'zining mantiqiy tarkibiga "davlat" kontekstini qabul qilib yaxlit ma'noga ega bo'ladi degan fikrlarni ilgari suradilar. Bizning fikrimizcha, bu soha uchun "davlat xavfsizligi" atamasi mos va umumiydir. Bunga sabab — davlat yoki har qanday mamlakat manfaatlar mushtarakligi asosida turli xil millat va elatlardan tashkil topgan aholisi ya'ni - fuqarolardan iboratdir. Bu fikrlarni asoslar ekan P. G. Belov shunday mazmundagi argumentni ilgari suradi: "mavjud (milliy) xavfsizlik subyektlari tizimi - shaxs, jamiyat va davlat - "mavhum va mujmal, manfaatlar esa keskin ravishda individuallashgan, o'ta subyektiv, ajratish murakkab, odatda, bir-biriga qarama-qarshi. Va, aksincha, o'z ichiga xalqlar, mamlakatlar, ularning hududlari va turmush tarzini qamrab olgan etnotizim aniq va o'ziga xosdir" Shuning uchun, xavfsizlikning asosiy obyekti normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan "shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari" emas, balki turmush tarzi va hududiga ega fuqarolar bo'lishi kerak"8.
Xavfsizlik va uni keltirib chiqaruvchi tushunchalarni ko'rib o'tdik. Endi xavfszilikning turlari va darajalarini tahlil qilib chiqadigan bo'lsak, xavfsizlik turlari sifatida u qaysi subyektlar va birliklarning manfaatlarini himoya qilishi va ifoda etishiga qarab bo'lishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladi. Demak, o'z o'zidan ko'rinib turibdiki, xavfsizlik turlariga shaxs xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va davlat xavfsizligi ko'rsatishimiz mumkin.
Shaxs xavfsizligi - shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini ta'minlovchi shart-sharoitlar majmui yoki shaxsning hayotiy muhim manfaatlarining himoyalanganlik holati sifatida ta'riflanadi. Shuningdek, doimiy barqaror tinchlik sharoitlarida o'z qonuniy huquq va erkinliklarini to'siqlarsiz yuzaga chiqarish faoliyatidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va xavfsizlikka oid qonunchiligiga muvofiq, shaxsning huquq va erkinliklari uning hayotiy muhim manfaatlarini tashkil etadi.
7 Чеканов В.Е. Некоторые проблемы законодательного обеспечения национальной безопасности Российской Федерации в современных условиях // ФСБ России. Правовое регулирование деятельности Федеральной службы безопасности по обеспечению национальной безопасности Российской Федерации : науч.-практ. комментарий / под ред. В.Н. Ушакова, И.Л. Трунова. - М., 2006, с. 212.
8 Ьйр8://суЪег1еп1пка.ги/аг11с1е/п/погта11упое-оЬе8ресЬеп1е-па181опа1поу-Ье7ора8по811-го8811-о18епка-8081оуап1уа-1-prioritety-modernizatsii-chast-2
Scientific Journal Impact Factor
Jamiyat xavfsizligi - jamiyatning ma'naviy va moddiy qadriyatlarini saqlanishini hamda muhofaza etilishini ta'minlovchi shart-sharoitlar majmuidir. Jamiyat xavfsizligi jamoat tashkilotlari, huquqiy normalar hamda tegishli shart-sharoitlarni shakllanishini kafolatlovchi taraqqiy topgan ijtimoiy ongni va ijtimoiy sherikchilikni taqazo etadi. Xavfsizlik subyektlari uchligida - shaxs, jamiyat va davlat - hamda ularning manfaatlari tizimida jamiyat xavfsizligi milliy xavfsizlikning nisbatan subyektiv-individual va asosan kollektiv elementi sifatida namoyon bo'ladi.
Davlat xavfsizligi to'g'risida gap ketganda esa, eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi nuqtayi nazardan yondashadigan bo'lsak: "Davlat xavfsizligi — O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro'yobga chiqarilishini ta'minlaydi"9.
Davlat xavfsizligi - ushbu atama ikki xil ma'no kasb etadi. Hozirgi zamon xavfsizlik tadqiqotlarida davlat xavfsizligi tor ma'noda, ya'ni milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Ushbu mazmunda davlat va uning xavfsizligi, shaxs va jamiyat xavfsizligi bilan bir qatorda, milliy xavfsizlikning asosiy uch elementidan biri sifatida belgilanadi hamda u suverenitet, hududiy yaxlitlik va konstitutsiyaviy tuzum (davlatning hayotiy muhim manfaatlari)ning tashqi va ichki xavflardan himoyalanganlik holati sifatida ta'riflanadi. Keng ma'noda davlat xavfsizligi atamasi davlatning umumiy xavfsizligini anglatadi.
Xavfsizlik obyekti sifatida esa shu yuqorida sanab o'tilgan subyektlarning manfaatlar yig'indisi tushiniladi. Shaxs xavfsizligining obyekti uning asosiy manfaatlarini yuzaga chiqaruvchi huquq erkinliklaridir. Jamiyat xavfsizligi uchun obyekt sifatida jamiyatning birligi, barqarorligi va asosiy tan olingan moddiy-ma'naviy qadriyatlari yig'indisi bo'lib xizmat qiladi. Davlat xavfsizligining obyekti sifatida uning konstitutsion tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va strategik ilgari surilgan manfaatlari hisoblanadi. "Bu obyektlar konstitutsion normalarni yoki konkret mexanizmlashgan va realizatsiya qilingan normalarning uch subyektning qaysi manfaatlari chegaralanishi kesimida sun'iy ravishda ajratib olinishi mumkin"10—
9"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI TO'G'RISIDA"GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI/4-modda/ https://www.lex.uz/docs/-3610935
10 РОГОВ АЛЕКСАНДР СЕРГЕЕВИЧ, ФЕДОТОВА ЮЛИЯ ГРИГОРЬЕВНА "ГОСУДАРСТВЕННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ: ЭЛЕМЕНТ ИЛИ СОДЕРЖАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ". Учредители: Редакция журнала "Власть" (Москва). ISSN: 2071-5358eISSN: 2071-5366https://elibrary.ru/item.asp?id=21026027
deya, Aleksandr Rogov va Yuliya Fedotova "Davlat xavfsizligi: Rossiya Federatsiyasining milliy xavfsizligining elementlari va tarkibi" nomli maqolalarida ta'kidlab o'tadilar.
Xavfsizlik darajasi - xavfsizlikning mustaqil iyerarxik drajalanishi bo'lib, u ko'proq xavfsizlikning alohida ta'sir doirasini va ma'lum bir ketma-ketligini tashkil etadi. Bundan kelib chiqib, o'ziga xos guruhni tashkil etuvchi milliy (mahalliy), mintaqaviy (submintaqaviy), xalqaro va global xavfsizlik darajalariga bo'linadi. Xavfsizlikning har bir darajasi barqaror, ahamiyatli hamda mohiyatan mustaqil bo'lgan xavfsizlik muammolariga ega. Xavfsizlik dinamikasi, ya'ni muayyan xavfsizlik darajasi doirasidagi rivojlanish va o'zgarish, ular uchun xususiyatli bo'lgan omillar ta'sir ostida yuz beradi. Biroq, nisbatan alohidalik boshqa xavfsizlik darajalaridan mutlaq mustaqil yoki ajratilganlikni anglatmaydi. Xavfsizlik - bir-biriga bog'liq zanjirlashgan hodisadir, ya'ni muayyan bir davlatning xavfsizligi mintaqaviy yoki xalqaro xavfsizlikdan ayri holda tushunilishi va samarali ta'min etilishi mumkin emas. Bu esa, ularning har biri manfaatlariga oid bo'lgan umumiy tuzilmalar asosida uyg'unlashishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida yuridik fanl ar doktori, professor I. I. Bobokulov shunday asoslaydi: "Xavfsizlik darajalari markazida universal tashkilot - BMT bo'lgan xavfsizlikning umumiy tizimini shakllantiradi"11. Xuddi shunday fikrni olim V. P. Panin ham keltirib o'tadi: " hozirgi zamon sharoitida umumiy xalqaro xavfsizlikni ta'minlovchi institutlarni aytib o'tganda eng avvalo - BMT oldingi o'rinda eslab o'tiladi"12. Haqiqatda ham milliy va davlat xavfsizligi uning ichki xavfsizlik shuningdek, muhofaza qiluvchi organlarining hamkorligi, strategik, ilmiy, taktik amaliyoti asosida xavfsizlik ta'minlansa, mintaqaviy darajada esa, avvalo hududiy-chegaraviy qo'shni davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar amaliyoti muhim hisoblanadi. Xalqaro xavfsizlikda esa, davlatlar va asosan xalqaro tashkilotlar faoliyati oldingi o'ringa chiqadi.
Bu esa, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarni aniqlash va ularni yo'q qilish konseptual poydevorini asoslashga bag'ishlangan faoliyatni talab etadi. Shu bilan birga, tahlilning ko'p o'lchovli xususiyatini ta'kidlash muhim, chunki mintaqaviy xavfsizlikning tendensiyalari va tahdidlarining harbiy, geosiyosiy va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Bu yo'nalishda xavfsizlikni ta'minlashda asosiy kategoriyalar tahlil etilganda, mintaqa, mintaqaviylashuv, regionalizm, mintaqaviy
пВоЬоки1оу I. I., итагоу X. Р. Xavfsizlik asoslari. О^иу qo'llanmasi. - Т.: ЛБИ, 2010. - В.29.
12Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты
исследования. -С.4.
xavfsizlik, xavfsizlikning mintaqaviylashuvi kabi masalalar va ularning xususiyatlari ko'rib chiqilishi muhimdir. XULOSA
Xulosa qilib aytganda, xavfsizlik - xavfsizlik subyekti manfaatlarining bevosita hech qanday to'siqlar va tahdidlarsiz ta'minlanish jarayonidir. Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizlik tizimi juda murakkab hodisa bo'lib unda uch toifa faktorlar muhim rol o'ynaydi. Dastlab, asosiy kuchni o'zida jamlovchi hali to'liq anglab yetilmagan ichki faktor muhim o'rin tutadi, chunki mintaqa davlatlari xavfsizligi qo'shni davlatlar xavfsizligi demakdir. Zanjir nazariyasi mohiyatidan kelib chiqilsa, mintaqa davlatlari hududlarida yechilishi mumkin bo'lgan ichki faktorlar yig'ilib chegaralaridan tashqariga chiqishi natijasida ikkinchi toifa ya'ni mintaqaviy faktorni ya'ni o'zaro ishonchni mustahkamlash orqali va chegara masalalarini hal etilishi orqali ta'minlanishini taqozo etadi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. M. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz". "O'zbekiston" NMIU, -2017. -B.490.
2. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI TO'G'RISIDA"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. https://www.lex.uz/docs/-3610935
3. Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O'quv qo'llanmasi. - T.: JIDU, 2010. - B.179.
4. Bobokulov I. I. Xavfsizlik. Lug'at. - T.: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2011. - B.147.
5. Toshbekova M. X. "Problem of Solving Ideological Threats in the Context Globalization" 5 th International emi entrepreneurship social sciences congress june 29-30. 2020/ Gostivar-N-Macedonia. 2020 www.emissc.org
6. Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты исследования. -B.6.
7. Чеканов В.Е. Некоторые проблемы законодательного обеспечения национальной безопасности Российской Федерации в современных условиях // ФСБ России. Правовое регулирование деятельности Федеральной службы безопасности по обеспечению национальной безопасности Российской Федерации : науч.-практ. комментарий / под ред. В.Н. Ушакова, И.Л. Трунова. -М., 2006, с. 591.
8. https://cyberleninka.ru
9. https://elibrary.ru