Научная статья на тему 'TERROR VA TERRORIZM'

TERROR VA TERRORIZM Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2203
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Terror / terrorizm / kiber terrorizm / terror va terrorizmning farqli jihatlari / davlat qarsh yoki davlat himoyasidagi terrorizm / ozodlik terrorizmi / iqtisodiy / siyosiy / mafkuraviy / psxologik / diniy / guruhlashgan / individual terrorizm shakllari / terrorizm ta’riflari / terroristik harakatlar. / Terrorism / terrorism / cyber terrorism / different aspects of terrorism and terrorism / terrorism against the state or state protection / terrorism of freedom / economic / political / ideological / psychological / religious / group / individual forms of terrorism / definitions of terrorism / terrorist acts.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ravshanov, Fazliddin Ravshanovich, Azimov, Habibullo Yakubovich

Bugungi kunda terrorizmga berilgan ko’plab ta’riflarga duch kelinadi. Mazkur maqolada terrorizmsiyosiy maqsadlar uchun, jamiyatning qarashlari va harakatlariga qarshi, qonun ustivorligi va davlat hokimiyatini inkor etish, zaiflikdan kuchlilikka evrilish, qarama-qarshilikni rivojlantirib hukmronlik qilish, qurquvda ushlab turish orqal boshqarsh, milliy, iqtisodiy, biznes, mafkuraviy, mavqe, sinfiy va boshqa kuplab sabablarni o’zida birlashtiruvchi insonni mavh etishga qaratilgan ijtimoiy, siyosiy, harbiy, aqliy, individual va global halokatli harakatlarni umumlashtiruvchi tushuncha sifatida dalillar asosda tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERROR AND TERRORISM

There are many definitions of terrorism today. This article deals with terrorism for political purposes, against the views and actions of society, the rule of law and the denial of state power, the transition from weakness to strength, the development and rule of conflict, intimidation, national, economic, business, ideological, status, class and the evidence is fundamentally analyzed as a generalization of social, political, military, intellectual, individual, and global destructive actions aimed at the destruction of man, which unites many other causes

Текст научной работы на тему «TERROR VA TERRORIZM»

Scientific Journal Impact Factor

TERROR VA TERRORIZM

Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, O'zbekiston Respublikasi "Agrobank" ATB Bosh ofisi O'quv bo'lim

boshlig'i, s.f.d., prof., Azimov Habibullo Yakubovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchsi, mustaqil tadqiqodchi

Annotatsiya. Bugungi kunda terrorizmga berilgan ko'plab ta'riflarga duch kelinadi. Mazkur maqolada terrorizm - siyosiy maqsadlar uchun, jamiyatning qarashlari va harakatlariga qarshi, qonun ustivorligi va davlat hokimiyatini inker etish, zaiflikdan kuchlilikka evrilish, qarama-qarshilikni rivojlantirib hukmronlik qilish, qurquvda ushlab turish orqal boshqarsh, milliy, iqtisodiy, biznes, mafkuraviy, mavqe, sinfiy va boshqa kuplab sabablarni o'zida birlashtiruvchi insonni mavh etishga qaratilgan ijtimoiy, siyosiy, harbiy, aqliy, individual va global halokatli harakatlarni umumlashtiruvchi tushuncha sifatida dalillar asosda tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar. Terror, terrorizm, kiber terrorizm, terror va terrorizmning farqli jihatlari, davlat qarsh yoki davlat himoyasidagi terrorizm, ozodlik terrorizmi, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, psxologik, diniy, guruhlashgan, individual terrorizm shakllari, terrorizm ta 'riflari, terroristik harakatlar.

Abstract: There are many definitions of terrorism today. This article deals with terrorism for political purposes, against the views and actions of society, the rule of law and the denial of state power, the transition from weakness to strength, the development and rule of conflict, intimidation, national, economic, business, ideological, status, class and the evidence is fundamentally analyzed as a generalization of social, political, military, intellectual, individual, and global destructive actions aimed at the destruction of man, which unites many other causes.

Keywords. Terrorism, terrorism, cyber terrorism, different aspects of terrorism and terrorism, terrorism against the state or state protection, terrorism of freedom, economic, political, ideological, psychological, religious, group, individual forms of terrorism, definitions of terrorism, terrorist acts.

Аннотация. Сегодня существует множество определений терроризма. В этой статье рассматривается терроризм в политических целях, против взглядов и действий общества, верховенства закона и отрицания государственной власти, перехода от слабости к силе, развития и господства конфликта, запугивания, национального, экономического, делового,

Scientific Journal Impact Factor

Идеологический, статусный, классовый и очевидный фундаментальный анализ анализируется как обобщение социальных, политических, военных, интеллектуальных, индивидуальных и глобальных деструктивных действий, направленных на разрушение человека, которое объединяет множество других причин.

Ключевые слова. Терроризм, терроризм, кибертерроризм, различные аспекты терроризма и терроризма, терроризм против государства или государственной защиты, терроризм свободы, экономический, политический, идеологический, психологический, религиозный, групповой, индивидуальные формы терроризма, определения терроризма, террористические акты.

Jahonda yuz berayotgan globallashuv, madaniyatlarning o'zaro bir biriga ta'siri va qorishuvi nafaqat inson hayoti va faoliyati, balki tabiat, jamiyat va hatto muayyan voqea-hodisalarga tegishli tushunchalar mazmunini ham o'zgartirib yubormoqda. Aytish mumkinki, bugun tegishli adabiyotlarda "terror" va "terrorizm" tushunchalari bo'yicha kelishilgan yagona ta'rif yo'q, lekin u mazmunan ta'sir ko'rsatmayotgan sohalarning o'zi qolmayapdi. O'zi mansub bo'lgan jamiyatning din, irq, iqtisodiy va ijtimoiy holatiga bog'liq bo'lib, o'z manbalarini ta'minlagan terrorizm xuddi shu shaklda jamiyatni parokanda qilish yo'lini tutdi. Jamiyat avvaldan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o'zaro kelishmovchiliklarga ega bo'lgani uchun terrorizm o'ziga mos muhitni topdi va ijtimoiy, iqtisodiy tafovutlar bor joylarda o'z harakatlarini qo'llay boshladi. Terrorchilik harakatlarining vujudga kelishi va hatto qo'llab-quvvatlanishi bir mamlakat yoki jamiyatning zaiflashtirish va yo'q qilishga qaratilgandir. Bir guruh boshqasini yoqimsiz holatga qarshi provakatsiya qilganida chalkashliklar yuzaga keladi va bu tartibsizlik muhiti terrorchi guruhlarning ishini osonlashtiradi va ular provakatsiyaga tayangan holda maqsadlariga erishadilar.

Har bir kishining o'zigagina tegishli ruhiyati borligi va bugungi kunda odamlarga tashqi ta'sirlar, hayot sinovlari va qiyinchiliklari sababli ruhiy tomondan to'la sog'lom bo'la olmasligini anglasak, terrorchilarning ruhiy xususiyatlarini o'rganishda ayrim muammolarga duch kelamiz. Shu bilan birga, avvaldan ruhiy tomondan muammosi bor odamlarning jinoyatlarga moyilligi tan olingan, xatto jinoyatchilarning ruhiy salomatligi jazoga tortilishidan oldin alohida o'rganilmoqda.

Terror va terrorizmga qaysi tomondan qarash va yondashishga qarab, bu tushunchalarga turlicha ta'rif, ma'no va mazmun berilmoqda. Soha tadqiqotchilaridan

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Beshening so'zlariga ko'ra, "terrorizm davlat va xalqaro hamjamiyatga tahdid bo'lib, doimiy tarzda kuchayib boradigan, bugunning eng tahlikali muammolaridan biri sifatida qabul qilingan, juda murakkab va keng tarqalgan hodisadir" Yuz berayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar, og'ir sharoitlar va teng taqsimlanmagan resurslar terrorizmni keltirib chiqaradigan eng katta omillardir. Sinkler esa qadimgi davrlarda terror hokimiyatni ushlab qolish uchun ishlatilgan kuch bo'lgani va uning yuzaga chiqishida 10 ta tamoyil borligini ta'kidlagan. Ularning umumiy mazmuniga ko'ra terror ba'zilar uchun qirg'in bo'lsa, boshqalar uchun maqsadlar yo'lidagi muvaffaqiyat hisoblangan.

Bal terrozim atamasi birinchi marta Fransiya inqilobi davrida ishlatilganini ta'kidlab, Lakerning shunday so'zlarini keltiradi: "ekspertlar terrorizm zo'ravonlik ishlatish yoki zo'ravonlik bilan tahdid qilish va ma'lum maqsadlarga erishish uslubi yoki strategiyasidir. Terrorizm insoniyat orasida keng tarqalgan bo'lsada uni mafkura bilan tenglashtirib bo'lmaydi. U turli mafkuraga ega bo'lgan insonlar tomonidan qo'llaniladigan maqsadga erishishning bir strategik usuli yoki vositasi bo'la oladi, xolos. Terrorizm diktatura sharoitida mavjud bo'lish imkoniga ega bo'lmasa-da, liberal mamlakatni terrorizmdan himoyalanishi deyarli imkonsizdir"

Akmaral terror va terrorizmga oid barcha yondashuvlarni umumiy tarzda o'rganish yechim berishi mumkinligini aytadi. Lotinchadagi "terrere" o'zagidan olingan terrorizm umumiy olganda qo'rquv, dahshatga solish, siyosiy lug'atlarda esa, boshqaruvni qulatish yoki ijtimoiy tuzilmani o'zgartirishga harakat qilish maqsadidagi o'ldirishga qaratilgan shiddatli harakatlar, deb ta'riflanadi.

Laker o'zining "Yangi terrorizm" nomli asarida terrorizmni zo'ravonlik deya ta'riflaydi va har qanday zo'ravonlik terrorizm bo'la olmasligi, masalan uni partizanlar urushi bilan tenglashtirib bo'lmasligi, hatto ayrim bezorilar terrorchilardan ko'proq zarar berishini ta'kidlaydi. U "Terrorizm talqini" nomli maqolasida avvalo bu atamani ta'riflash kerakligini aytgan, sotsializm, fashizm ham ochiqchasiga to'liq ta'riflanmaganini qo'shimcha qilib, ushbu uch yo'nalish qaysidir ma'noda aniq belgilangan bo'lishi kerak, degan va mana shu uch yo'nalishni bir qatorga joylagan.

Lakerning fikricha, turli oqimlar o'z ta'limot va g'oyalarini terror orqali insonlarga singdirishga harakat qilmoqda. Bu jarayonda eng muhimi, terrorchi o'z nishonini tasodifiy tanlaydi. Tushunchani ta'riflashda mana shu tasodfiylikdan kelib chiqish lozimdir. Chunki, bir guruh, xalq, jamiyat yoki jamoat terrorchilik deb biladigan harakat boshqa guruh, davlat, jamiyat, odamlar yoki hamjamiyat tomonidan erkinlik, ozodlik yoki farovonlik uchun kurash sifatida qabul qilishi bilan bog'liqdir.

Scientific Journal Impact Factor

Tavlash maqolasi va Shmidning 1984 yilda nashr etilgan asarida terrorizmning 109 ta ta'rifi keltirilgan bo'lib, ularning barchasi bir-biridan farq qiladi. 1970 yillarda terrorizmni o'rgangan Markaziy razvedka boshqarmasi eksperti Mikolus Janubiy Afrika mojarosiga yondashuv va unga ta'rif berishda irqchi rejimining muxoliflari terrorchilar, deb atalgani, xuddi shu muxoliflar ba'zi uchinchi dunyo mamlakatlari tomonidan ozodlik uchun kurashuvchilar sifatida tan olinganini ma'lum qilgandi.

Ilhan terrorizmga ancha qisqa ta'rif bergan. U terrorizm "uyushtirilgan va tartibga solinmagan zo'ravonlik", zaiflar terrorga qo'l urishi va buni ojizlar ustidan amalga oshirishi, uni shouga aylantirib, asl maqsadga harbiy operatsiyasiz erishishga intilishlarini ta'kidlaydi.

Sirim terrordagi tasodifiy nishon qo'rquv odamlar orasida osonroq tarqalishi va hech kim o'zini xavfsiz his qila olmasligiga olib borishini harakatning kulminasion nuqtai sifatida ko'radi. Yazgan ham xuddi Sirim kabi terrorizm o'z tasodifiy nishonlari vositasida maqsadga intilish usuli ekanligini e'tirof etadi.

Terrorning noaniq ta'rifi harakatdagi noaniqlikdan kelib chiqadi, noaniqlik terrorchilarning ishtiyoq bilan xuruj qilish imkoniyatidir. Terrorizm o'z maqsadiga yetishda barcha usullarni qonuniy, deb bilishi mumkin, lekin unga qarshi qancha chora-tadbirlar ko'rilmasin, kun sayin qarshi kurashish qiyinlashib bormoqda.

Terrorchilik harakatlari texnologiya bilan bog'liq ravishda rivojlanib, ijtimoiy va iqtisodiy tuzilma darajalariga chiqdilar. Bugungi kunda internet, uyali aloqa vositalari, komyuter texnologiyalari imkoniyatlari asosida terrorizm moliyaviy resurslarni qo'lga kiritish, ma'lumotlarni o'g'irlash va o'zgartirishga qaratilgan yangi harakatlar ko'rinishini ham olgan. Terroristlar manfaatlariga xizmat qiladigan bu tendensiya "Kiber terror" deb nomlandi. Kiber terrorizm tushunchasi doirasiga internet tizimidagi namoyishlar ham kiradi, chunki terrorchilar internet tizimlariga yo'l ochib, o'z tarafdorlari sonini borgan sari oshirmoqda.

Lekin terror va terrorizm o'rtasida nozik bir farq bor. Terror zo'ravonlik asosida odamlarga fikrini singdirish vaziyatini bildiradi. Terrorizm esa ta'limot va keng tarmoqli harakat asosida siyosiy tizimni o'zgartirishga qaratilgani bilan farqlanadi.

Hozirgi amaliyotda aksariyat davlatlarda mamlakat yoki jamiyatning terror tashkilotlari yoki harakatlariga qarshi turishi o'z hududida xavfsizlik muhitini yaratish orqali amalga oshiriladi. Biroq bu terrorzmga ongli qarshi turshni ifodalamaydi.

Scientific Journal Impact Factor

Terrorizmning turli manbalardagi mazmuni uch o'lchamda ko'zga tashlanadi: davlat qo'llab-quvvatlovchi tuzilma; davlatdan norozilarning amaldagi hokimiyatga qarshi keskin harakati; mafkura hosilasi.

Terrorizm turlari ikki o'lcham - shakl va mazmun jihatidan tahlil qilinishi lozim. Manbalarda terrorizmning davlatga qarshi yoki davlat qo'llab-quvvatlagan shakllari mavzuga olinadi. Davlatga qarshi terrorizm bu hokimiyat boshqaruvini ag'darish yoki mustaqillikni qo'lga kiritish maqsadida qo'llanilgan terrorizmnin g ayni shaklidir. Masalan, yaqin o'tmishda Kongra Gel (sobiq Kurdiston ishchi partiyasi) o'zlari joylashgan hududda mustaqil davlat tuzishga itilib, Turkiyaga qarshi qonli xurujlarni amalga oshirdi. Qizig'i, u Kurdiston ishchi partiyasi, deb atalganida Yevropa Ittifoqining terrorchi guruhlar ro'yxatiga kiritilmagan edi, nomini KADEK deb o'zgartirganidan keyin eski nomi bu guruhlar ro'yxatidan joy oldi. Xuddi shu holat Kongra Gelga bilan ham bo'lishi mumkin.

Shimoliy Irlandiya hukmronlik qiladigan Irlandiya Respublikasi armiyasi (IRA) ham mustaqillik uchun harakat qilayotgan tashkilotlardan biri. Uning faoliyatida davlat, diniy va ozodlik maqsadlari aralashib ketganini ko'rish mumkin. Ularning haraktlarida moliyaviy manba vazifasini AQShdagi irlandiyaliklar bajarayotgani qatorda yana bir iqtisodiy manbasi Liviya ekani ma'lum. Bu holat davlatga qarshi terrorizm va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan terrorning bir vaqt va bir joyda yuz berishi mumkinligining isboti sifatida ajralib turadi.

Shuningdek, mustaqillikka erishish uchun davlatga qarshi tashkil etilgan terrorchi guruhlarga yana bir misolni Angliyaning o'zidan keltirish mumkin. 1979 yilda Ouen Glindur Uels ozodligi uchun harakatlarni boshlagan edi, garchi bu Irlandiya Respublikasi armiyasi kabi yirik tashkilot sifatida qayd etilmagan bo'lsa-da, 1992 yilda ancha shov-shuv bo'lgan portlatishlarni amalga oshirdi.

1970 yilda Italiya hukumatiga qarshi tuzilgan "Qizil Brigadalar" tashkiloti a'zolari Falastinda ta'lim olib, Italiyada qonli hujumlarni uyushtirishda qatnashgan edi. Germaniya qizil armiyasi, Falastindagi guruhlar, Fransiya tezkor guruhlari va Livanning qurolli inqilobiy guruhlari bilan yaqin aloqada bo'lgan "Qizil Brigadalar" Irlandiya Respublikasi armiyasi kabi Yaqin Sharq mamlakatlari tomonidan o'q-dorilar bilan qo'llab-quvvatlangan. Yevropadagi eng qonli terror tashkilotlaridan biri bo'lgan "Qizil Brigadalar" davlatga qarshi terrorizmdan tashqari, qotillik, talonchilik, suiqasd, odam o'g'irlash kabi jinoyatlarga ham qo'l urgan.

Germaniyada ham "Qizil armiya fraksiyasi" (RAF) va boshqa marksizm-leninizm g'oyalari tarafdori bo'lgan inqilobiy guruhlar hali ham faol bo'lib, yacheyka

Scientific Journal Impact Factor

shaklida tuzilgan bu guruhlar boshqa terroristik tashkilotlar bilan yaqin aloqalarini yashirmadi.

1970 yillardan hozirga qadar Korsika mustaqilligi uchun jang qilayotgan Korsika milliy ozodlik fronti (FLNC) davlatga qarshi bosh ko'targan va hukumatga idoralariga hujumlar uyushtirgan tashkilot sifatida gavdalanadi. U fransuz mafiyasi tomonidan moliyalashtirib kelinmoqda.

1959 yilda tuzilgan Bask ayirmachilik harakati (ETA) qurolli to'qnashuvlarda qatnashgan va o'z ichida qanotlarga bo'linib, ETA- Harbiy qanoti (ETA-M) va ETA-Siyosiy va Harbiy qanoti (ETA-PM) nomlarini olgan. Bu tashkilotning eng ko'p qon to'kkan bo'limi ETA-Harbiy qanotidir. 1979 yilda Bask o'lkasiga avtonomiya maqomi berildi, ammo bu holat ETAning to'liq mustaqil bo'lishiga to'siq sifatida qabul qilindi. 1987 yilgacha Janubiy Amerika va Sovetlar Ittifoqdan ko'mak olgan ETA bugungi kunda ETA Ispaniya tarkibidagi muxtoriyat emas, balki ozod o'lka sifatida qabul qilinishi uchun Ispaniya davlati imkoniyatlarni kengaytirishi, YeTA mahbuslarini ozod qilishi istagini bildirmoqda.

Hozirgi vaqtda davlatlar qo'llab-quvvatlayotgan terrorizm eng tahlikali terrorizm sifatida qabul qilinmoqda. Terrorizmdan ko'p jabr ko'rgani ortidan AQSh Kuba, Iroq, Eron, Sudan, Suriya Liviya va Afg'onistonni terrorizmni qo'llab-quvvatlagan davlatlar, deb e'lon qildi va masalan, Eronni faqatgina AQShning sa'y -harakatlari bilan to'xtatish mumkin emasligini, boshqa davlatlar ham bu borada yordamchi bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

Davlatga qarshi va davlat qo'llab-quvvatlagan terrorizm haqida gapirganda radikal islomiy guruhlardan ham so'z ochish kerak bo'ladi. Islomiy xatti-harakatlarning haddan tashqari kuchayib ketishi natijasida islomiy terrorizm paydo bo'ldi. Geografik nuqtai nazardan dunyoning katta qismiga tarqalgan islom terrorizmni qo'zg'atadigan omil sifatida qabul qilina boshladi.

Bugungi kunda islomiy terrorizm, islomiyat va islomiy davlatlarni qanday va qay darajada murosaga keltirish imkoniyatlari turli muhokamalar masalasidir. Yaqin Sharqda faol ta'sir ko'rsatgan islomiy terrorizm oxirgi yillarda AQSh va Yevropaga ham tarqaldi. 2001 yilning 11 sentabr kuni AQShdagi Egizak minoralar va Pentagonga uyushtirilgan hujumlar islomiy terrorizm chegaralarni buzib o'ta boshlaganini ko'rsatdi.

Egizak minoralardan ortidan Madridda uyushtirilgan portlashlar islomiy terrorning AQShdan keyin Yevropaga kirib kelganidan dalolat beradi. Yevropa terrorchilik xurujlari uyushtirilishi mumkin bo'lgan hududlarni aniqlashga harakat

Scientific Journal Impact Factor

qilayotgan bir paytda, islomiy terrorchi guruhlar bu gal Istanbuldagi sinagoga, Britaniya konsulligi va bankka qilingan hujumlar bilan o'zini ko'rsatdi.

Terrorizmning mazmuni haqida gap ketganida, terrorizmning qanday tarqalishi tushuniladi. Yadroviy terror va kiber terror terrorizm tarqalishining ikkita muhim usuli hisoblanadi. Kompyuter tizimlari, tarmoqlari va ma'lumotlarning xavfsizligini hamda maxfiyligini ta'minlash hamda tarmoqlarga kirish orqali amalga oshiriladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida imzolangan Yevropa Kengashi shartnomasi amalda hech qanday natija bermayapdi:

Terrorizmning o'lchovlarini asosan ikki qismda ko'rib chiqish mumkin: bular psixologik va sotsilogik o'lchovlardir. Psixologik o'lchov misolida aytish mumkinki bir paytlar mantiqsiz odamlar keltirib chiqargan hodisalar, deb qaralgan terrorchilik faoliyatlari vaqt o'tishi bilan, aslida terrorchilarning mantiqli va tizimli ravishda ish yuritadigan kimsalar ekanini ko'rsatdi. Jo'mardo'g'li ham xuddi shu shaklda terrorchilarning psixologik muammolari yo'qligi, ular paranoid, shizofreniyaga mansub emasligini tushunib yetganini qayd etadi.

Jandansayarga ko'ra, muhokama qilinayotgan namunalar bir xil bo'lmaganligi sababli terrorchilarni guruhlarga va toifalarga ajratish juda qiyin masaladir. Bularning barchasiga qo'shimcha ravishda, terrorchilik tadqiqotlar sohasida bir tomonlama va noxolis xarakaterga mavzu bo'lgan va hech qachon ob'ektiv nuqtai nazardan ko'rib chiqilmagan.

Umuman olganda, terrorizm ko'p jihatdan murakkab tuzilishga ega bo'lganligi sababli uni tadqiq qilishda hali-hanuz muvaffaqiyatli natijalar ko'zga tashlanmaydi. Buning sababi ma'lumotlar yo terrorchilardan yoki davl atdan olinadi va ancha cheklangani uchun tadqiqotchi mavzuga sub'ektiv yondashishi kerak bo'ladi. Tadqiqotlarda qo'llaniladigan ma'lumotlarning aksariyati davlat tomonidan moliyalashtiriladigan terrorizm muammolari bilan shug'ullanadigan tashkilotlarniki bo'lib, psixologlar va psixiatrlar fikrlari asosida shakllantirilmagandir. Shunga ko'ra terror va terrorizm tushunchalarning quyidagi mohiyatlari hali yetarli o'rganilmay kelmoqda:

Terrorizm ta'limot bo'lishi mumkin, u davlat, nodavlat va yoki xususiy tuzilma sifatida uyushgan guruhlar va ularning maqsadlariga xizmat qiluvchi, sun'iy yoki tabiiy guruh ham bo'lishi mumkin;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Terror amalda shaxs yoki guruhning bevosita faoliyati sifatida qaraladi, lekin u davlat, jamiyat, partiya, uyushma, markaz va boshqalarning aksiyasi bo'lishi mumkinligi o'rganilmagan.

Terrorizmning inson jamiyatiga nisbatan sinfiy, tabaqaviy, moliyaviy, iqtisodiy, ma'naviy, diniy, falsafiy, hududiy, milliy va boshqa jihatlari asosli tadqiq etilmay kelayapdi va shu sababdan unga berilgan ta'riflarning barchasi taxminiyligicha qolib kelmoqda. Terrorizmda psixologiya, shaxsning jamiyatdagi mavqei, intellektual salohiyat, umumlashtiruvchi maqsadlari inson joniga qasd qilinishi nuqta nazaridan bir tomonlama baholab kelinadi, uning ijtimoiy hodisa sifatidagi tavsifi haligacha shakllamagan. Zero, inson ijtimoiy hodisa bo'lgani kabi ko'pchilik birlashib amalga oshirgan faoliyat ham ijtimoiy asoslardan kelib chiqishiga ahamiyat qaratish zaruriyati mavjud. Jamiyat avvaldan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o'zaro kelishmovchiliklarga ega bo'lgani uchun terrorizm o'ziga mos muhitni topdi va ijtimoiy, iqtisodiy tafovutlar bor joylarda o'z harakatlarini qo'llay boshladi.

Mahalliy va mintaqaviy imkoniyatlar yoki imkonsizliklarni ham terrorizmni keltirib chiqaradigan omillar qatoriga qo'shish mumkin. Rivojlangan, sanoatlashgan va turmush tarzi yuqori bo'lgan mintaqalar yoki mamlakatlar terroristik tashkilotlar tomonidan ekspluatatsiya qilinishi va bu imkoniyatga ega bo'lmagan mahalliy aholini qo'zg'atishi mumkin bo'lgan sabablar qatoriga kiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES):

1. Alexander, Y., & Pluchinsky, D. A. (Eds.). (1992). European Terrorism- Today & Tomorrow. New York: Brassey's.

2. Cranston, A. (1986). The Nuclear Terrorist State. Netanyahu, B. (Ed.), Terrorism, How The West Can Win (1st ed.) in (177-181). Toronto: Collins Publishers.

3. Demirel, E. (2000). Dünyada Terör (3. Baski). Istanbul: IQ Kültür Sanat Yayincilik.

4. Gilbert, P. (1994) Terrorism, Security and Nationality (1st ed.). London: Routledge.

5. Azimov, H. Y. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4), 92-97.

6. Qaglar, A. (1997). Terör ve Örgütlenme. Amme idaresi Dergisi, 30 (3).

Scientific Journal Impact Factor

7. Azimov, H. Y. (2021). Emergence Of New Threats To Turkey's National Security During The Syrian Crisis:"Euphrates Shield" Movement. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(01), 42-48.

8. Schmid, A. P., & Crelinsten, R. D. (Eds.). (1993). Western Responces To Terrorism (1st ed.). England: Frank Cass And Company Limited.

9. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 280-285.

10. Akmaral, K. (2004). Anti-Teroristin El Kitabi (1. Baski). Istanbul: Bilge Karinca.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.