Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH - DOLZARB
VAZIFA
Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojarolar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, terrorizm va ekstremizmga qarshi samarali kurashish masalalari keng ilmiy yoritilgan.
Kalit so'zlar: ekstremizm, terrorizm, globallashuv, diniy qarashlar, vijdon erkinligi.
This article discusses a wide range of issues related to the effective fight against terrorism and extremism in the context of modern globalization and the ongoing transformation of international and regional conflicts.
Keywords: extremism, terrorism, globalization, religious views, freedom of conscience.
В данной статье рассматривается широкий круг вопросов, связанных с эффективной борьбой с терроризмом и экстремизмом в условиях современной глобализации и происходящей трансформации международных и региональных конфликтов.
Ключевые слова: экстремизм, терроризм, глобализация, религиозные взгляды, свобода совести.
O'zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh ansambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida "Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz" deb ta'kidlagan.
Vatanimiz uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixni ko'ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qilgan xalqlar hamjihatlikda,
Akbarov Furkat Fazilovich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura tinglovchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hamdo'stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo'lgan diniy bag'rikenglikning ma'naviy asosini tashkil etadi.
Bugun ham yurtimizda diniy bag'rikenglik va osoyishtalikni ta'minlash Konstitutsiyamizda qat'iy belgilab qo'yilgan bo'lib, olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida diniy e'tiqod erkinligi sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi", - degan qoida diniy bag'rikenglik uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Ularni anglash uchun avvalo, "ektremizm", "terrorizm" qanday yuzaga kelgan degan savollarga javob topa bilishimiz kerak.
"Ekstremizm" so'zi lotincha extremis - ashaddiy, atamasidan olingan bo'lib, "keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralarga tarafdorlik" ma'nosini anglatadi1 . Olimlar "ekstremizm" iborasini siyosiy atama deb qaraydilar. Bu atamaning siyosat bilan bog'liq jihatlari shundaki, norasmiy ekstremistik tashkilot rahbarlari siyosiy masalalar yuzasidan "keskin, qat'iy choralar ko'rish yo'li bilan", ya'ni kuch ishlatish, zo'rlik bilan davlatning rasmiy hokimiyatni konstitutsiyaga xilovf ravishda o'zgartirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganligidadir. Ularning norasmiy deyilishiga sabab, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Siyosiy partiyalar", "Nodavlat notijorat tashkilotlar" hamda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi amaldagi qonun talablariga ko'ra rasman faoliyat yuritish uchun Adliya Vazirligidan ro'yxatdan o'tmaganligidadir2.
Terrorizm - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo'qotish yoki qo'rqitish, aholi o'rtasida vahima va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadidagi zo'ravonlik harakatlari (ta'qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqa3.
O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"gi qonuni4da terrorizmga quyidagicha ta'rif berilgan.
«Terrorizm» - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy
1 Узбек тилининг изошли лугати. -М.: Рус тили, 1981. -T.2. -Б. 442.
2 Ражабова М. Диний экстремизм ва террорчилик. -Т.: Янги аср авлоди, 2000. -Б. 38.
3 Каранг: Узбек миллий энциклопедияси. Т.8. - Т., 2004. - 404-б.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ob'ektlarning yo'q qilinishi (shikastlan-tirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogar-liklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar.5
Hozirgi zamonaviy hayotda qurolli tahdidlardan ko'ra ma'naviy tahdid eng nozik masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Yoshlarning hali hech qanday iflosliklar bilan kirlanishga ulgurmagan, o'z ma'naviy olamlarini himoyalay olmaydigan sof qalblari, onglariga salbiy ta'sir o'tkazish orqali minglab insonlarni to'g'ri yo'ldan og'dirib, minglab odamlarning umrga zomin bo'lmoqdalar6. Bu tug'rida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konversiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik"deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbuslarida terrorizm muammosiga katta e'tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar Respublikamiz Prezidenti.
Bu masalaning kishining doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin. Bugungi kunda ma'naviy tahdidlarning eng ko'p qamrovga ega bo'lgani ommaviy axborot vositalari tizimidir. Davlatlar, mamlakatlar boshqa hududlardan o'z chegaralari bilan ajratilgan va mustahkamlangan, lekin axborot ko'lami shunchalik kengki, u hech qanday chegara bilmaydi.
Bugungi kunda diniy omillarning siyosatlashuvi qator norasmiy oqim va yo'nalishlarining faoliyatlarida yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu esa fuqarolarning diniy oqimlar ta'siriga tushishlariga sabab bo'lmoqda7.
5Каранг: Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, -Т., 2001. № 1-2. - 15-м.
6 Захарцев С. И. Оперативно-розыскная деятельность в XXI веке / С.И. Захарцев, Ю.Ю. Игнащенков, В.П. Сальников. - М.: Норма, 2015. - 400 а
7 Каранг: Матчанов и др. Деятельность ОВД по предупреждению и расследованию терроризма. Учебно -практическое пособие. - Т.: Академия МВД Республики Узбекистан, 2013. - 72 с.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Buning oldini olish uchun mamlakatimizda turli huquqiy va ma'naviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarning norasmiy diniy oqimlarga tushib qolishidan qisman himoya qilmoqda. Ammo fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi turli oqimlar faoliyati takomillashuviga ham olib kelmoqda. Ular nafaqat turli g'oyaviy targ'itbotlar bilan cheklanib qolmasdan, balki inson ruhiyatiga turli usul va vositalar yordamida ta'sir etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu xavflarning ta'sirini kamaytirish uchun fuqarolar, ayniqsa, yoshlar psixologik yordam asoslarini bilishlari, fuqarolarning psixologik qiyofasini yarata olish, fuqarolar bilan muloqot qilishning o'ziga xos xususiyatlarini chuqur o'zlashtirish kabi mas'uliyatli vazifalar oldimizda turibdi.
Hozirgi globallashuv zamonda ekstremizm va terrorizm butunjahon miqyosida xavfli kuchga aylanmoqda. Afsuslar bo'lsinki, hatto o'z ichimizdan bu yo'lga kirib, vataniga, oilasiga xiyonat qilgan minglab yoshlar soni ortib bormoqda. Mafkuraviy bo'shliq va eng zararli bo'lgan loqaydlik va beparvolik. Beparvo odam dushmandanda xavfliroq ekanligini donolarimiz azal-azaldan kelajak avlodlarga o'qtirib kelmoqdalar.
Ekstremistik va terroristik tashkilotlar o'zlarining g'arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta'limotining ayrim g'oya va tamoyillarini mazmun-mohiyatan tamomila yoki bir yoqlama o'zgartirib, o'zlaricha talqin qilib odamlarni to'g'ri yo'ldan - hidoyat yo'lidan adashtirishga urinmoqda. Markaziy Osiyo hududida yashovchi aholining aksari, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari ham necha asrlarki mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo'lgan xanafiy va motrudiya aqidalariga rioya etishadi. diniy ekstremistlar esa ana shu mazhab va aqidalarni rad etgan holda aholi ongiga siyosiylashtirilgan islom g'oyalarini singdirishga urinmoqdalar. Bu urinishlardan ko'zlangan yagona maqsadlari "xalifalik" yoki "islom amirligi" davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. Kishilarning osoyishtaligi va xavfsizligiga taxdid soladigan terrorning barcha kurinishlari buzg'unchilik, fasod ishlardan sanaladi.
Qur'onda («Bakara» surasi 205-oyatidagi) «Allox esa buzg'unchilik- fasodni sevmaydi» degan oyat tushunchasi islomning terrorga bo'lgan o'ta salbiy munosabatini belgilaydi. Mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilik odatda begunox odamlarning qoni to'kilishiga olib keladi. Qur'oni Karim oyatlarida bunday xolatlar «Biror jonni o'ldirmagan yoki yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o'ldirgan odam xuddi xamma odamlarni o'ldirgan kabidir» deya qat'iy qoralangan. Ming -minglab begunoh musulmonlarning qonini to'kib, go'yoki bu bilan o'zlariga jannatni naqd qilib qo'ymoqdamiz, deb xom xayolga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
berilayotganlar, aslida Allohning la'nati va g'azabini yuklab olmoqdalar. Dunyo shiddat bilan o'zgartirib barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Bugun terrorizm umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan va o'zaro hamkorlik aloqalariga ega bo'lgan yirik terrorchilik guruhlaridan iborat tizim sifatida shakllanganini, sodda qilib aytganda, xalqaro terrorizmga aylanganini ta'kidlash zarur. Hozirgi kunda ayrim arab mamlakatlarida diniy harakatlar niqobida insoniylikka zid qabihliklar etilayotganidan habarimiz bor, albatta.Birgina misol, necha yilki Iroq va Suriyada davom etayotgan o'zaro nizo,fuqorolik urushi ayrim diniy ekstramestik guruxlar uchun ayni muddao, ya'ni o'ziga xos "palegon" vazifasini bajarayotgani xech kimga sir emas. Ayni shu ziddiyatlar va to'qnashuvlar natijasida hozirgi butun dunyoga xaf solib turgan yovuz tashkilot-IShID dunyoga keldi. "Iroq va Shom islom davlati " atamasining qisaqartmasidan olingan bu atama ortida jihodiy yo'nalishidagi terrorchi guruxlar turibdi. Yaqin Shardqagi bir qancha guruhlarni birlashtirgan bu tashkilot 2006-yilda Iroqda tuzilgan. Suriyada kechayotgan ichki nizolarga bevosita qurolli ko'shin bilan aralashgan mazkur tashkilot,o'z siyosiy manfaatlari doirasidagi Suriyani ham qo'shib oldi va bosh maksadi - xalifalik tuzish yo'lida qonli, buzg'unchilik harakatini boshladi. Uch yil davomida Suriyada 200 ming nafarga yaqin tinch aholi qurolli to'qnashuvlar qurboni bo'ldi.U yerlarda kechayotgan urush manzaralari, kishilarning ojiz holatlarini ko'rib qaysi odam zotining qalbi o'rtanmaydi? Ular qanday musulmon bo'lishdiki, hatto yosh go'daklarning chirqirashlari, begunoh ayollarning dardli nidolarini eshitishmasa? Insof qani, qani adolat? "Qur'on" oyatlari, muborak hadislar va alloma ajdodlarimiz asarlarida ekstremizm va terrorchilikka qanday munosabat bildirganidan xabardormi ular? Islom bayrog'i ostida buzg'unchilik qilayotgan bu guruhlarni tinchliksevar bashariyat la'natlamoqda. Ming afsuslar bo'lsinkim, bu tashkilotlar orasida o'zbek" degan nomga dog' tushirib, yurtiga, xalqiga, o'z oilasiga xiyonat qilayotgan "iblis"larning nag'malariga uchib, dahshatli jinoyatlarga qo'l urayotgan yurtdoshlarimiz ham borligi achinarlidir. Ularni "yurtdosh" degani uyaladi kishi.
Bu xavfli illatlardan soqit bo'lish uchun biz qanday yo'lni tanlamog'imiz kerak. Qanday chora-tadbirlar bilan bu xatarli botqoqdan zararsiz o'tib olish mumkin? Buning uchun biz, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ko'rsatgan yo'l biz uchun katta namunadir. Ularning BMT ning 72 sessiyasida ilgari surilgan g'oyalari «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» rezolyusiyasini ahamiyati beqiyosdir. Ma'rifat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
orqali inson ilmga va tafakkuri rivojlanadi, ilm va tafakkurli inson albatta diniy ekstrimizm va terrorizmning maqsadini va oldiga qo'ygan manfaatlarini yaxshi tushunadi va unga qarshi ilm tafakkur orqali kurashadi. Xalqimizda ma'naviy xayotida bo'shliq, boshqalar salbiy chirkin g'oyalarini singdira olishlari mumkin bo'lgan hollardan o'zimizni saqlashimiz kerak.
Hozirgi ochiq axborot tizimi davrida, avvalo, yoshlarda har qanday axborotga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilish, chetdan kelayotgan turli xil axborotlarni qabul qilishda analiz-sintez qila olish qobiliyatini shakllantirish lozim. Chunki hozirda qurolli hujumlardan ko'ra ma'naviy hujumlar havfli tus olib bormoqda, bunda esa axborot ularga juda qo'l keluvchi vositaga aylandi. Eng axborot tez o'z ta'sirini o'tkazuvchi qatlam yoshlar, yoshlar esa yurtimiz kelajagi. Ularda bunday illatlarni oldini olish uchun yurtimizda juda ko'plab ijobiy targ'ibotlar amalga oshirilmoqda. Joylarda, ilm dargohlarida din bilimdonlari tomonidan diniy terrorizm va ekstremizm balosi nima ekani va u qanday ta'sir kuchiga ega ekani haqida ma'ruzalar, tadbirlar uyushtirildi. Dindan niqob sifatida foydalana olmasliklari uchun, birinchi o'rinda, xalqning diniy savodxonligini oshirish, din nimaligi, uning mazmun mohiyatini yaxshi anglab yetish kerak. Har birimiz atrofimizda sodir bo'layotgan voqeliklardan xabardor bo'lishimiz, beparvolik, bepisandlik bilan o'zimizni chohga itarishdan saqlanish, insonlarni ogohlikka da'vat qilib yashashimiz kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent "0'zbekiston".-2020.
2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi https://www.lex.uz/actsZ111453
3. A.U.Anorboyev. Kiberjinoyatchilik, unga qarshi qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqbollari; monografiya, toshkent 2020 y
4. Extiyot bo'ling, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik\ http: //www.qo shrabot.uz/oz/node/661
5. Sh.M.Mirziyoyevni O'zLDPning X qurultoyida so'zlagan nutqi. https://uznews.uz/posts/2030-iilgaca-savkat-mirziyoev
6. Sh.M.Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza. Uz,30.12.2020
XULOSA