O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ational^niversity^fUzbekistan^^^^^^^^^MediaeiHi
TA'LIM VA TARBIYANING UYG'UNLIGI SHAROITIDA "TARBIYA" FANINING DOLZARBLIGI MASALALARI
Amir Darmenbaevich Jumabaev
O'zbekiston Milliy Universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA:
Maqolada ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi, ushbu jarayonda o'quvchi yoshlarga akademik bilimlar bilan birga ijtimoiylik va axloqiy ko'nikmalarning ham zarurligi va Tarbiya fani maqsadlariga erishishda e'tibor berish lozim bo'lgan holatlarga to'xtalingan.
Kalit so'zlar: akademik bilim, ijtimoiylik, axloqiy ta'lim, yumshoq va qattiq ko'nikmalar, ta'lim va tarbiya jarayoni
АННОТАЦИЯ:
В статье акцентируется внимание на гармонии образования и воспитания, необходимости социальных и нравственных навыков в этом процессе наряду с академическими знаниями, а также ситуациях, на которые следует обратить внимание для достижения целей науки об образовании.
Ключевые слова: академические знания, социализация, нравственное воспитание, мягкие и твердые навыки, образовательно-тренировочный процесс.
ANNOTATION:
The article focuses on the harmony of education and upbringing, the need for social and moral skills in this process, along with academic knowledge, and the situations that should be paid attention to in order to achieve the goals of the science of education
Keywords: academic knowledge, socialization, moral education, soft and hard skills, education and training process
Albatta, XX asrdagi kasblar uchun zarur bo'lgan qimmatli ko'nikmalar asosan qattiq ko'nikmalar (hard skills) bo'lsa-da, agar biz farzandlarimiz katta bo'lishiga va jamiyatda o'z o'rnini topishida ko'mak berishni istasak, ushbu atributlar to'liq emasdek tuyuladi. O'quvchi yoshlarning portretini yanada kengroq, to'liqroq suratga olish uchun, keling, ishimizni vizualizatsiya qilib ko'ramiz. Maktab hovlisidagi arqon sakrayotgan yosh qizaloq yoki har kuni darsga kechikib kelayotgan bolaga e'tibor bering. Ularni, huddi o'sha tasvirni 15 yoki undan ko'proq yil oldinga loyihalashtirishingizni so'raymiz va ushbu bolakaylar ertaga jamiyat a'zosi, kimidir
May 2024
107
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ational^niversity^fUzbekistan^^^^^^^^^Mediaeiui
qo'shni, askar, menejer, advokat, tibbiyot xodimi, siyosatchi va ota-ona sifatida faraz qilaylik. Keyin esa ulardan o'zlari yashaydigan ko'p sonli rollarda to'g'ri ishtirok etishga va mas'uliyatni qo'lga olishga tayyor bo'lishi uchun zarur ko'nikmalar, fazilatlar va xususiyatlarning rasmini yaratishni harakat qiling. Albatta, dastavval, ro'yxat asosan yuqoridagi qattiq ko'nikmalar qatoridagi so'zlarni tashkil etadi, ammo unda empatik, g'amxo'r, topqir, ishchan, prinsipial, diqqatli, ishtiyoqli, jasur, ijodiy, fikr yurituvchi, mehnatsevar, muammoni hal qiluvchi, chidamli va hokazo kabi so'zlar ham mavjud. O'ylaymanki, ushbu ko'rinish asosan Tarbiya fanining o'z oldiga qo'ygan yakuniy natijalarga qaratilgan faoliyatini ushlab turadigan mayoq bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim tasvirdagi ikkala holat uchun ham bevosita mas'uldirlar. U o'quvchi yoshlarning akademik bilimlarini egallashlarini, o'quv standartlarini o'zlashtirishlarini ta'minlashi kerak, ammo shu bilan birga "kognitiv bo'lmagan" ko'nikmalar ham bundan mustasno emas. Aytish kerakki, bu ko'nikmalar o'quvchi yoshlarning hayotdagi hal qiluvchi muvaffaqiyatlari uchun zarurdir. Bugungi kunda ko'pchilik tarafidan his-tuyg'ular, ko'nikmalar, ruhiy holatlarimiz singari bu kognitiv bo'lmagan xususiyatlar birgalikda rivojlantirilmaydigan, balki alohida-alohida narsalar sifatida ko'riladi. Bu muammoli, chunki o'quvchi yoshlar o'z his-tuyg'ularini uyida, yoki maktabdan tashqarida qoldirib kelishlari mumkin emas. Ular sinf xonalariga to'la yurak va ongga ega bo'lgan butun tana sifatida kiradilar. Demak, bolani qo'llab-quvvatlash va to'liq oziqlantirish ta'lim faoliyatining markazida bo'lishi kerak. "Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi."[1,3].
Mazkur konsepsiyaning asosiy maqsadi sifatida "... yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko'nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat deb ko'rsatilgan" [1,3]. Ta'lim va tarbiya jarayonidagi ushbu uzviylikni ta'minlash, maktablarda o'quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlagan holda akademik ta'limni chuqurlashtirish, albatta, bugungi kundagi dolzarb masalaga aylandi. Xavfsiz, zamonaviy va qo'llab-quvvatlovchi ta'lim muhitining yaratilishi, ijtimoiylik va axloqiy ta'lim bilan birlashtirilgan akademik ta'lim, ichki motiv atsiyaga ega o'quvchi yoshlar va o'quvchi yoshlarning fikr yuritishi uchun muayyan o'quv vaziyatlarining tashkil etilishi singari qator tamoyillar konsepsiya maqsadiga yetishishda zarur deb o'ylaymiz.
108
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ational^niversity^fUzbekistan^^^^^^^^^Mediaeiui
Maktab muhiti ba'zi maktablarning boshqalaridan ko'ra ko'proq va yaxshiroq natijalar ko'rsatishida hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin. Xavfsiz va qo'llab -quvvatlovchi muhitni yaratish o'quvchi yoshlar uchun ham ijtimoiy, ham akademik jihatdan katta foyda keltirishi haqida ko'plab dalillar mavjud. "Ma'naviy yo'nalishlarimiz iqtisodiy yo'nalishlardan o'n qadam oldinda yurishi kerak. Ana shunda biz hozirda qilayotgan katta-katta rejalarimiz, dasturlarimiz amalga oshadi".[2.1] Ta'lim jarayonida xavfsiz ta'lim muhitini yaratishda quyidagi yo'llar yordam berishi mumkin:
Jamoviy faoliyat - Har bir o'quv yil o'quvchi yoshlarning bir-birlari bilan fikir almashish va muloqot qilishga undaydigan jamoa qurish faoliyati bilan boshlamoq. Ushbu tadbirlar o'quvchilarni bir-birlari bilan tanishishga, ularni umumiy maqsad atrofida birlashtirishga va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratish jarayonini boshlashga yordam berish uchun mo'ljallangan.
Turli yoshlar o'rtasidagi do'stlik dasturi - bu faoliyat maktabda g'amxo'rlik munosabatlarini o'rnatishga yordam beradi. Bular turli akademik yoki ko'ngilochar tadbirlar bo'lishi mumkin. Faoliyat katta va kichik o'quvchi yoshlar munosabatlarida muayyan rollari uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga yordam beradi va o'zaro munosabatlar ko'nikmalarini shakllantirishda tajriba vazifasini bajaradi.
Uydagi tadbirlar - bu tadbirlar to'plami o'quvchi yoshlar va ularning oilalari o'rtasidagi aloqani rag'batlantirish va uy va maktabni bog'lash uchun mo'ljallangan. Har bir faoliyat sinfda boshlanadi, uyda davom etadi va keyin yana sinfda tugaydi. Faoliyat o'quvchilarga maktab hayotini oilasi va oilaviy hayotini maktab bilan baham ko'rish imkoniyatini berish uchun mo'ljallangan.
Jamiyatni qurish faoliyati - bu komponent o'quvchilar, ota-onalar, o'qituvchilar va maktabdagi boshqa kattalarni bog'lashga yordam beradi. Faoliyatlar munosabatlarni o'rnatish va an'anaviy maktab faoliyatini qayta kashf etishga qaratilgan.
Dars mazmuniga mos vaziyatlarni yoki jamoalarni jalb etish - har bir darsda o'quvchilarda bir-birlari bilan muloqot qilish uchun sharoitlar yoki muayyan ijtimoiy ko'nikmalar ustida ishlash imkoniyati yo'q. Agarda fanda o'tilayotgan ijtimoiy ko'nikmalarning samaradorligini ko'rishni istasak, unda ushbu ko'nikmalari qo'llash uchun haqiqiy imkoniyatlar zarur. O'qituvchi bilishi kerakki, agar o'quvchilar dalillar yordamida tezislarini asoslashni o'rganayotgan bo'lsa, u boshqa o'quvchilar ham bir -birining fikrlashiga qarshi chiqish imkoniyati paydo bo'ladi. Ushbu bahs nafaqat akademik bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatini beradi, shuningdek hurmat bilan rozi bo'lish va yoki muayyan fikrga to'g'ri qo'shilmaslikni o'rganish uchun haqiqiy amaliyot vazifasini ham o'tab beradi.
109
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
National^niversity^fUzbekistan^^^^^^^^^Mediaei^
Shuningdek, fanning yoritilishi lozim bo'lgan juda ko'p tarkibiy qismlari mavjud. Ko'pincha o'qituvchilar ushbu akademik bilimlarni yetqazib berish uchun va mustahkamlash uchun darsning to'liq qismidan foydalanishadi. Bu esa ijtimoiy rivojlanishning chetda qolishiga yoki qisman chetda qolishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir dars so'nggida o'qituvchi talabalardan o'sha kun qanday o'tgani haqida fikr yuritishni so'raydi, bu esa o'quvchi yoshlarda yuqorida aytganimizdek, muayyan fikrga hurmat bilan qo'shilish toki qo'shilmaslik imkoniyatini beradi. Bu holatda o'qituvchi: "Guruhdan (yoki ularning sherigidan) o'zgacha fikrga ega bo'lishda nima qiyin bo'lishi mumkin ekan?", yoki "Bugungi mavzu holatida harakat qilganimizda aynan qaysi nuqtalar ishladi?" singari savollar berishi mumkin. "Shunday qilib, guruh rahbari ham tarbiyaviy faoliyatini uyushtiruvchisi, ham talabalarning murabbiysi."[4,285].
Axloqiy tarbiya faqat maktab madaniyati va o'qituvchining axloqiy roli bilan cheklanmaydi. Ko'pgina mualliflar o'quv dasturiga yo'naltirilgan maqsadlar va o'qitish jarayonlari axloqiy tarbiyada xuddi shunday muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Ta'limning axloqiy va ijtimoiylik vazifasini kuchaytirish uchun ko'plab ijtimoiy va siyosiy dalillarni hisobga olgan holda, muayyan sinf amaliyotlarini ko'proq tadqiq qilish zarur.[3,2]
Xulosa qilib shuni aytamizki, yuqoridagi ta'lim va tarbiya uyg'unligini o'quv materiallarini va o'qitish strategiyalarini sinchkovlik bilan tanlash va o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishini doimiy qo'llab-quvvatlash orqali amalga oshirish mumkin. Tarbiya fani o'qituvchilari ushbu jarayonda fanning akademik va axloqiy jihatlarini to'g'ri anglay olishi va o'quvchi yoshlarga tog'ri yetkaza olishi eng asosiy va muhim nuqta hisoblanadi.
REFERENCES:
1. "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29 dekabr kuni milliy kino san'ati va kinoindustriyani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda so'zlagan nutqidan. Kun.uz. 13:43 / 30.12.2018
3. Азимова, З. Э. (2018). Олий укув муассасаси маънавий-маърифий ишларининг педагогик назария ва амалиётда тутган урни. Современное образование (Узбекистан), (2), 26-35.
110
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
4. Azimova, Z. (2023, May). FACTORS THAT HAVE IMPACT ON LANGUAGE ACQUISITION. In International Conference" Modern Pedagogical and Philological Education Sciences" (Vol. 1, No. 2, pp. 15-17).
5. Ergashevna, A. Z., & Ummataliyevich, A. K. Socio-philosophical Problems Of Preparing Young People For Marriage And Family Relationships. JournalNX, 7(06), 361-364.
6. Saidova, N. (2022). Abdulla Avloniy asarlarida ta'lim va tarbiyaga oid qarashlar. Science and Education, 3(2), 562-567.
7. SAIDOVA, N. (2024). INKLYUZIV SINFDA BOSHQARUV: MUOMMOLAR VA YECHIMLAR. News of UzMU journal, 1(1.1. 1.), 195-199.
8. Schuitema, Jaap, Dam, Geert Ten and Veugelers, Wiel (2007) 'Teaching strategies for moral education: a review', Journal of Curriculum Studies, 1- 21
111
May 2024