Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MILLIY HUNARMANDCHILIKGA XOS BO‘LGAN XUSUSIYATLARNI O‘RGATISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MILLIY HUNARMANDCHILIKGA XOS BO‘LGAN XUSUSIYATLARNI O‘RGATISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy hunarmandchilik / kasbiy tarbiya / kasbiy motivlar / ijtimoiy foydali kasbiy tanlov / pedagogik-psixologik yordam / kasbiy motivatsiya / народное ремесло / профессиональная подготовка / профессиональные мотивы / общественно полезный профессиональный выбор / педагогико-психологическое сопровождение / профессиональная мотивация.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы —

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarida texnologiya darslarini o‘rgatish orqali ularga kasbiy tarbiya berishni milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish vositasida bolalarning ilk kasbiy motivlarini shakllantirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kasbiy tarbiya berishga tayyorlash tizimi, kasbga yo‘naltirish ishida maktab tizimining vazifalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Fazliddin Bahriddin o‘g‘li Odinaboboyev

В данной статье представлены сведения о формировании первых профессиональных мотивов детей через развитие первичных механизмов народных промыслов, обеспечение их профессионального образования путем преподавания уроков технологии учащимся начальных классов. Также выделена система подготовки к профессиональному образованию, задачи школьной системы в профориентационной работе

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MILLIY HUNARMANDCHILIKGA XOS BO‘LGAN XUSUSIYATLARNI O‘RGATISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISH»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA MILLIY HUNARMANDCHILIKGA XOS BO'LGAN XUSUSIYATLARNI O'RGATISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISH

Fazliddin Bahriddin o'g'li Odinaboboyev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktoranti

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida texnologiya darslarini o'rgatish orqali ularga kasbiy tarbiya berishni milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish vositasida bolalarning ilk kasbiy motivlarini shakllantirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kasbiy tarbiya berishga tayyorlash tizimi, kasbga yo'naltirish ishida maktab tizimining vazifalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: milliy hunarmandchilik, kasbiy tarbiya, kasbiy motivlar, ijtimoiy foydali kasbiy tanlov, pedagogik-psixologik yordam, kasbiy motivatsiya

АННОТАЦИЯ:

В данной статье представлены сведения о формировании первых профессиональных мотивов детей через развитие первичных механизмов народных промыслов, обеспечение их профессионального образования путем преподавания уроков технологии учащимся начальных классов. Также выделена система подготовки к профессиональному образованию, задачи школьной системы в профориентационной работе.

Ключевые слова: народное ремесло, профессиональная подготовка, профессиональные мотивы, общественно полезный профессиональный выбор, педагогико-психологическое сопровождение, профессиональная мотивация.

ABSTRACT:

This article provides information about the formation of the first professional motives of children through the development of the primary mechanisms of national crafts, providing them with vocational education by teaching technology lessons to primary school students. Also, the system of preparation for vocational education, the tasks of the school system in the work of career orientation are highlighted.

Key words: national craft, professional training, professional motives, socially useful professional choice, pedagogical and psychological support, professional motivation

319

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiuiäH

KIRISH. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning yaxlit tizimini yaratish, o'quvchilarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda milliy hunarmandchilik namunalarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish, ta'limiy qadriyatlar vositasida ta'lim oluvchilarning yaratuvchanlikka oid bo'lgan kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida texnologiya darslarini o'rgatish orqali ularga ksbiy tarbiya berishni milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish vositasida bolalarning ilk kasbiy motivlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon kasbiy ta'lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning muhim yo'nalishlarini belgilash uchun imkoniyatlar yaratildi. "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida'^gi farmonda o'quvchi-yoshlarning ma'naviy barkamol shaxs bo'lib yetishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini uyg'otishda xalq hunarmandchiligi va ustoz-shogirdlik maktablarining ustuvor ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "kichik yoshdan o'quvchilarda o'qishga sog'lom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o'sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish"2 kabi vazifalar belgilanib, bu borada o'quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o'rgatish jarayonida ijodiy yaratuvchanlik kompetensiyalarini shakllantirishning mantiqiy strukturali bosqichlarni tadbiq etishning zamonaviy texnologiyalarini aniqlash, shuningdek dars va darsdan tashqari sharoitlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

ASOSIY QISM. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablaridan o'quvchilarga faqatgina bilim berish emas, balki ularni xar tomonlama rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va ularni mustaqil, tanqidiy, innovatsion fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish talab qilinmoqda. O'zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta'lim shakli innovatsion yondashuv asosida tashkil etilgan ta'limdir.

1O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5242-son farmoni. www. lex. uz.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni// Xalq so'zi. -T: 2019 yil 30 aprel. № 88 (7318).

May 2024

320

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI: Kasbiy tarbiya berish natijasida o'quvchilar kasb-hunarni mustaqil tanlashi - bu tizimli ta'lim tuzilmasidir. Kasbga yo'naltirilganlikning qaror topishi (qiziqishlar, moyilliklar, qobiliyatlar, sabablar, bilimlar, ko'nikmalar), o'zini anglash (shaxsning tanlayotgan kasbi to'g'risidagi o'z taasurotlarini o'zining imkoniyatlari bilan solishtirib ko'rish) va ijtimoiy foydali kasbiy tanlov bilan bog'liq.

Kasbiy tarbiya berishga tayyorlash tizimi uch yo'nalish bilan ta'minlanadi ( 1-rasm):

KASB TARBIYA BERISHGA TAYYORLASH TIZIMI

1. AXBOROT 2. FAOLIYATLI 3. PSIXOLOGIK

Ma'lumotlar Kasbiy ko'nikmalar komponenti Motivatsion komponent

Refleksiv komp onent Baholash komponenti

Kasbiy kompetensiyalar komponenti Belgilangan (ustanovkali) komponent

Axborot yo'nalishi ma'lumotlar va refleksiv komponenti bilan to'ldiril adi. Ma'lumotlar komponenti kasblar olamidagi kasbiy muhim sifatlarga, kasbga bo'lgan ehtiyoj to'g'risidagi axborotlarningmavjudligiga javob beradi. Refleksiv komponent olingan ma'lumotni anglab yetishga va kasbni tanlash uchun muhim bo'lgan xulosalar chiqarishga, kasbiy faoliyatga moslashuvchan strategiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Kasbiy muhim sifatlar deganda kasb faoliyatining muayyan turida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan mazkur sohaning kasb egasining sifatlarini tushunamiz.

Faoliyat yo'nalishi kasbiy ko'nikmalar, kreativlik va kasbiy kompetensiyalar komponentlarini o'z ichiga oladi. Kasbiy ko'nikmalar komponenti kasbiy muhim sifatlarni aniqlash hamda shaxsiy sifatlarni tashxislash uchun javob beradi. Shaxsiy sifatlar deb shaxsning tabiatga, insonga, jamiyatga munosabatini belgilab beruvchi xususiyatlari va xossalarini tushunamiz. Kreativlik komponent intilishlarni, kasbiy sifatlarni hamda mehnat bozorining talabini taqqoslash asosida shaxsda moslashuvchan kasbiy xulqning qaror topishiga imkon beradi. Kasbiy kompetensiyalar komponenti olingan bilim va ko'nikmalarni yangi hamda o'zgarayotgan vaziyatga mos keluvchi bilim va ko'nikmalarni o'zgartirib, kasb bozorida xulqning moslashuvchan taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Mazkur komponentni shartli ravishda umumiy ko'rinishdagi umumkasbiy kompetensiya (kasblar olami to'g'risida, shaxsiy va kasbiy sifatlar to'g'risida, kasbiy talab

May 2024

321

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

etilganlik to'g'risida) va shaxsiy kasbiy kompetensiya (kasbni egallashga ongli istak, tanlangan kasb faoliyatini turli tomonlariga moslashuvchanlik, kasbiy faoliyatda shaxsiy uslubini ishlab chiqish) sifatida tasavvur qilish mumkin.

Pedagogik yo'nalishi motivatsion, baholash va belgilangan (ustanovkali: muayyan faoliyatni bajarishga tayyorlash, undash) komponentlarni o'z ichiga oladi.

1.Kasb tanlashda motivatsion komponent kasbga qiziqishning paydo bo'lishiga va qaror topishiga imkon berib, kasbni tanlash motivlari uchun javob beradi.

2.Baholash komponenti kasbga yo'naltirish ishi va kasbga bo'lgan qiziqishni ta'minlovchi, o'quvchiga individual kasb tanlashga bosqichma-bosqich o'tishni baholash imkonini beradi.

3.Belgilangan (ustanovkali) komponent individual, bosqichma-bosqich kasb tanlash shaxsiy sifatiga ega bo'lgan shaxsda qat'iy kasbiy qiziqishning mavjudligi haqida darak berib, u o'z navbatida shaxsning intilishlarini, imkoniyatlarini, kasbning talablarini va kasbning jamiyat tomonidan talab qilinishini sintez qiladi. Aynan shu sintez ijtimoiy foydali tanlovni amalga oshirishga imkon beradi.

4.Ijtimoiy foydali kasbiy tanlov deganda quyidagi muhim shartlar bilan belgilanuvchi yo'nalish - shaxsning kasbiy qiziqishini, mazkur kasbiy faoliyat soxasida shaxsning imkoniyatlarini, kasbning talablarini hamda jamiyatning mazkur kasbga bo'lgan talabi tushuniladi.

O'quvchilarni kasbga yo'naltirish ishlari bo'yicha olib borilgan tahlillar, bu jarayonning mutlaqo yangi modelini yaratishga asos bo'ldi. Jamiyatning bir qismi bo'lgan ta'lim tizimi va jamiyatning a'zosi bo'lgan shaxs manfaatdordir, ta'lim faqat kasbni egallash vositasi emas, balki hayotning mazmunini anglash, uning mukammalligini va undan qanoatlanishni his etish vositasi ham bo'lishi kerak.

TAHLIL VA NATIJALAR:

Kasbiy tarbiya berishni amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimi dastlabki bosqichlardan hisoblanadi. Kasbga yo'naltirish ishida maktab tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:

- shaxsning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo'lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;

- politexnik va boshlang'ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan bo'lg'usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;

- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muyyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.

O'quvchilarga kasbiy berishda maktab xodimlari va maktab ma'muriyatining vazifalari o'quvchilarni kasbga yo'naltirishga oid yo'riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni o'rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni o'rganish va o'z ishlarida foydalanishdan iborat.

May 2024

322

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

Sinf rahbarining vazifalari avvalo o'quvchining shakllanayotgan shaxsini, uning mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama o'rganishdan iborat. Bu sohada unga fan o'qituvchilari, ota-onalar bilan, savol varaqasini to'ldirish va o'quvchining shaxsiy varaqacha- tavsifnomasini to'ldirgan holda uni muntazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari o'quvchi shaxsini o'rganish negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga yo'naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg'ulotlardan va ekskursiyadan foydalaniladi. Kasbga yo'naltirish ishi o'quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam aloqada o'tkaziladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda biz o'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga o'rgatishda har tomonlama chuqur yondashmoqimiz lozim. Ayniqsa, umumta'lim maktab o'quvchilarning kasb-hunar tanlashiga pedagogik-psixologik yordam ko'rsatish orqali ularda kasbiy motivatsiyani uyg'otish, ularni kasbga sadoqatli, o'z bajarayotgan ishidan zavq topadigan mutaxassis kadrlar tayyorlashga zamin yaratamiz. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirib kasbiy tarbiya berishda quyidagilarini tavsiya qilamiz:

1. O'quvchilarni kabsiy tarbiya berish orqali kasb-hunarga yo'naltirishda erkin, ijodiy davra suhbatlarini tashkil etish;

2. Maktablarda o'qituvchilar boshchiligida insonparvarlik, vatanparvarlik, do'stlik, birodarlik kabi ma'naviy tarbiya kompetensiyalarini shakllantirish orqali kasb tanlashga o'rgatish;

3. Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilar yoshiga mos turli pedagogik-psixologik tashxislash metodikalarini qo'llash;

4. Kasbiy motivatsiyani oshirish orqali axloqiy kompetensiyalarni shakllantish;

5. Tarbiyaviy soatlarda ajdodlarimiz ilmiy-ma'naviy merosidan foydalanish orqali ularning kasb-hunarni tanlashga bo'lgan qiziqishini orttirish;

O'quvchi-yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma'naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya'ni barcha o'quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.

REFERENCES:

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5242-son farmoni. www. lex. uz.

323

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti National University of Uzbekistan

O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni// Xalq so'zi. -T: 2019 yil 30 aprel. № 88 (7318).

3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston xalq ta'limi tuzilishi va 2030 yilgacha rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5712-son farmoni.

4.Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch.Toshkent: Ma'naviyat ,2008.

5. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - Toshkent: O'zbekiston, 1999.

6. Ablaev E.A. Trudovoe vospitanie v pedagogicheskoy teorii praktiki rabot shkol Uzbekistana (1917-1945 gg.) Avtoref. dis... kand. ped. nauk. - T.:, 1995. str146 2

7.Anshev B. Narodnbie traditsii i ix ispolzovanie v trudovom vospitanie starsheklassnikov (Na materialb Kirgizii). Avtoref. dis... kand. ped. nauk. - M., 1974. - 18 s.

8.Amonaliev N.A. Soderjanie i organizatsii ob^ego razvitiya mladshix shkolnikov v usloviyax vneklassnbix rabot: Avtoref. dis... kand. nauk. - Tbilisi, 1977. - 18 s.

9.Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak saon'ati. - T.: Mehnat, 1991. - 381 b.

10.Bahodirov O. Yangicha an'ana va urf-odatlar hayotga. - Toshkent: O'zbekiston, 1985. - 42 b.

11.Davletshin M.G. Boshlang'ich ta'limning psixologik omillari. Xalq ta'limi tizimida boshlang'ich sinf o'qituvchilarning yangi avlodini tayyorlash muammolari. -Toshkent: TDPU, 1996. - B. 132 - 134. s.

12.Yo'ldosheva D. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida ta'lim maqsadini belgilashning didaktik asoslari: Pedagogika fanlari nomzodi... diss. -T., 2007. -124 b.

13.Igamov S.S. Umumta'lim maktablarining texnologiya darslari jarayonida xalq hunarmandchiligini o'rganishdagi ayrim muammolar va yechimlar //Xalq ta'limi jurnali - T:2021, №6. 73-75 b

14.Kazakevich V.M. Teoretiko-metodicheskie osnovb informatsionno-texnologicheskogo modelirovaniya obucheniya trudu: Avtoref. dis... d-ra ped. nauk / V.M. Kazakevich. - M., 1997. - 43 s.

15.Tolipov O'.Q., Sharipov Sh.S., Egamov X., Qo'ysinov O.A. Mehnat va kasb ta'limida uzviylikni ta'minlash muammolari // Uzluksiz ta'lim jurnali. - T: 2001.-№ 2. -B. 101-111.

16.Xudaykulov X.J. Pedagogika. -T.: Innovatsiya-Ziyo. 2022 y.

17.Urazova M.B. Teoriya i praktika sistembi podgotovki budu^ego pedagoga k proektivnoy deyatelnosti (na primere napravleniya professionalnogo obrazovaniya). -

T: Kamalak, 2012. - 142 s.

May 2024

324

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.