Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TASHXISLASH ASOSLARI'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TASHXISLASH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1509
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbga yo„naltirish / tashxislash / motivatsion / kognitiv / tarbiya / tezkor diagnostika / omillar / usullar / tizimli yondashuv / kasb-hunar / axborot / baholash / bashorat / rivojlanish / kasbiy ma‟lumot berish / kasbiy tashxis / individual traektoriya / onlayn platforma. / career guidance / diagnosis / motivational / cognitive / educational / rapid diagnostics / factors / methods / systematic approach / occupation / information / assessment / forecasting / development / professional information / professional diagnosis / individual trajectory / online platform

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saodat Abdurashidovna Toshtemirova, Feruza Shokirovna Ilmurodova

Mazkur maqolada o`quvchilarni kasbga yo`naltirish tizimida mavjud muammolar, qiziqish va mayilliklar asosidagi kasbga yo`naltirishni tashxislash, uning vazifalari, asosiy yo`nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari keltirib o`tilgan. O`quv-bilish faoliyatini tashxislash orqali kasbga yo`naltirishning tajribaviy metodikalari ko`rsatib o`tilgan, kasbga yo`naltirishga ta‟sir ko`rsatuvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari taqdim qilingan hamda bu bo`yicha taklif va tavsiyalar tizimi taqdim etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the existing problems in the system of vocational guidance of students, the diagnosis of vocational guidance based on interests and inclinations, its tasks, main directions and mechanisms for its implementation. Experimental methods of vocational guidance through the diagnosis of educational activities are presented, the factors influencing vocational guidance and methods of their elimination are presented, and a system of suggestions and recommendations is presented.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TASHXISLASH ASOSLARI»

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TASHXISLASH

ASOSLARI

Saodat Abdurashidovna Toshtemirova

TVCHDPI dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD)

Feruza Shokirovna Ilmurodova

Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani 275-sonli maktabi Tarix fani o'qituvchisi

Mazkur maqolada o'quvchilarni kasbga yo'naltirish tizimida mavjud muammolar, qiziqish va mayilliklar asosidagi kasbga yo'naltirishni tashxislash, uning vazifalari, asosiy yo'nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari keltirib o'tilgan. Oquv-bilish faoliyatini tashxislash orqali kasbga yo'naltirishning tajribaviy metodikalari ko'rsatib o'tilgan, kasbga yo'naltirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari taqdim qilingan hamda bu bo'yicha taklif va tavsiyalar tizimi taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: kasbga yo'naltirish, tashxislash, motivatsion, kognitiv, tarbiya, tezkor diagnostika, omillar, usullar, tizimli yondashuv, kasb-hunar, axborot, baholash, bashorat, rivojlanish, kasbiy ma'lumot berish, kasbiy tashxis, individual traektoriya, onlayn platforma.

This article describes the existing problems in the system of vocational guidance of students, the diagnosis of vocational guidance based on interests and inclinations, its tasks, main directions and mechanisms for its implementation. Experimental methods of vocational guidance through the diagnosis of educational activities are presented, the factors influencing vocational guidance and methods of their elimination are presented, and a system of suggestions and recommendations is presented.

Keywords: career guidance, diagnosis, motivational, cognitive, educational, rapid diagnostics, factors, methods, systematic approach, occupation, information, assessment, forecasting, development, professional information, professional diagnosis, individual trajectory, online platform.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2022

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab "Kasbga yo'naltirish tizimi"ni joriy etish, 7-sinfdan boshlab o'quvchilar o'rtasida interaktiv so'rovnoma o'tkazish, 7-9 sinflar uchun har oyda "Kasblar oyligi" mavzusidagi tadbirlar tashkil qilish, kasbga yo'naltirishda "ustoz-shogird" tizimini yanada irvojlantirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Shundan kelib chiqqan holda maktablarda o'quvchilarni to'g'ri kasbga yo'naltirish tizimini oliy ta'limda pedagogika sohasida joriy etilgan klaster tizimiga intergativ asosda bog'lash orqali uni rivojlantirish maqsadga muvoifq qilib belgilandi[1]. Kasbga yo'naltirish bo'yicha mavjud yondashuvlar tub o'zgarishlarni talab qilmoqda. Kasbga yo'naltirish zamonaviy insonni bozorga to'liq yo'naltirishi va uning raqamli makonda muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur shart bo'lishi lozim. Mamlakatimizda joriy etilgan "Kasbga yo'naltirish tizimi" Bu tizim doirasida bir qator vazifalar belgilab o'tilgan, jumladan: kasb-hunarga bo'lgan qiziqishini aniqlasish va ularning ma'lumotlar bazasini yaratish; 7-sinf o'quvchilari uchun har oyda bir marta "Kasblar olamiga sayohat" mavzusida maxsus kurslar olib borish; 8-sinf o'quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida seminar-treninglar olib borish hamda o'quvchilarni kelajakda egallamoqchi bo'lgan kasblarga yo'naltirish; 9-sinf o'quvchilarining kasbiy moyilligi bo'yicha o'tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar yoki mutaxassislikka qaratilgan keying ta'limga tayyorlash bo'yicha kasb-hunar maktablarida, hamkor muassasalarda ta'lim olishi mumkin bo'lgan o'quvchilar o'rtasida kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish va hokazo.

Ta'lim sohasidagi zamonaviy tendentsiyalar va raqamli makonda kasbga yo'naltirish bo'yicha yondashuvlar O'zbekiston Respublikasining 2022-2026 -yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham takidlab o'tilgan, unda kasbga yo'naltirish, kasb berish xizmatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilingan[2]. Davlat siyosatiga singdirilgan g'oya raqamli asrning yangi sharoitida yoshlarni muvaffaqiyatli hayotga tayyorlashda kasbga yo'naltirish tizimining ahamiyatini o'zida aks ettiradi. Umumta'lim maktablaridagi o'quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, qobiliyati va qiziqishlari asosida malum kasbni shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning

May, 2022

o'z o'quvchilarini yaxshi bilishiga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo'llashiga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o'lchash g'oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar ruhiyatidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog'liq. Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida tajribaviy asosda vujudga keldi. Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879), J.Cattell (1890), H.Ebbinghaus (1891), A.Binet va V.Henri (1896), A.Binet va Th.Simon (1905) kabilarning ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o'rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo'nalish asoschisi F.Galton diagnostik testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o'lchash metodi sifatida qo'llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni, uning reaksiyalarini o'rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlarni ishlab chiqish ruhiy shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog'liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi[3].

Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv-bilish faolayatini tashxislash orqali unda keying bosqichlarda moyilligi bo'lgan kasbga yo'naltirishda bir qator tajribaviy metodikalarni tanlash va bunda quyidagilarni e'tiborga olish zarur:

a) bolaning ruhiy, motivatsion, kognitiv va ahloqiy taraqqiyot darajasini aniqlashda uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi hamda shaxs xususiyatlarini e'tiborga olish lozim;

b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan sharoitni e'tiborga olish lozim;

v) bolaning tajribaviy faoliyatga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o'rnatish xususiyatlarini inobatga olish lozim va hokazo[4].

Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor "mahsulotlar"ni bera olmaydi. Bunday ko'nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy "Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: siz boshqarmoqchi bo'lgan ruhiy hodisalarning

May, 2022

qonuniyatlarini o'rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz"[5], deya ta'kidlab o'tadi.

NATIJA VA MUHOKAMA

Psixodiagnostikaning asosiy vazifalarini ta'lim turlari uzluksizligini saqlagan holda asoslab o'tish maqsadga muvofiq. Boshlang'ich sinflarda psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: diagnostika uchun zarur ma'lumotlarni olish; ruhiy taraqqiyot o'zgarishini o'rganish uchun zarur ma'lumotlami to'plash; aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli ruhiy kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik amaliyotlarni joriy etish; bolalarda paydo bo'lgan yetarlicha o'rganilmagan yangi holatlarni tahlil qilish va x.z.

Kasb asosan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan turli xil faoliyat turlari bilan tavsiflanadi, ammo faoliyatning o'zi kasbning to'liq asosi bo'la olmaydi. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirish ishlarini amalga oshirishda bir qator kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Jumladan, kasbga yo'naltirishda tizimli bosqichma-bosqich faoliyatning yo'qligi, bu yo'nalishga o'qituvchilar, maktab ma'muriyati, bandlikka ko'maklashish markazi, tuman hokimligining jalb qilinmasligi, ota-onalarning ta'siri, o'quvchida kasbni tanlashdagi psixologik to'siqlar, unda o'ziga bo'lgan ishonchning pastligi yoki aksincha, o'zini yuqori baholash va hokazo.

Boshlang' ich sinf o' quvchilari muyyan bir kasbga moyillikni aniqlash imkoni juda past, lekin uning kasb tanlashda dastlabki asosiy komponentlarini tashxislash orqali keyingi faoliyatga yo'naltirish samarali mexanizm hisoblanadi. Shu sababli boshlangich sinf o'quvchilarini tashxislash dolzarb vazifalardan biri bo'lib, bunda o'qituvchi-amaliyotchi diagnostik usullar bilan ishlashda quyidagi qoidalardan iborat faoliyatni tashkil qilishi maqsadga muvofiq: diagnostik faoliyatdan kutilayotgan natijani belgilash; diagnostik faoliyatning ilmiy-uslubiy axborot bilan ta'minlanishi va amaliy faoliyatning keng va yetarli sharoitlariga ega maydonning yaratilishi; diagnostik faoliyat davomida amaliyot va tajriba natijalarining muntazam tahlil qilinishi; amaliy tajribalarning har qanday natijalari samaradorligi asoslanilishi va amaliyotga keng tatbiq etishga xizmat qilishi; diagnostik faoliyatni taqdim qilinadigan natijalariga ko'ra tizimli tuzatish va qayta tayyorlash mexanizmlari asosida samarali yo'lga qo'yish; pedagogik va psixologik diagnostika zaruratini o'qituvchilar, o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda bo'lajak o'qituvchilarga tushuntirish va h.z.

May, 2022

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyatidagi umumiy diagnostikasi quyidagi yo'nalishlarda tashkil qilinishi mumkin.

1. Motivatsion diagnostika nostandart vaziyatlarda bilimlarni uzatish va ulardan foydlanishda namoyon bo'ladigan o'quv faoliyatining rivojlanish darajasini nazarda tutadi.

2. Kognitiv diagnostika tasniflash, guruhlash, muammolarga nisbatan optimal yechimlarni tanlash kabilardan iborat aqliy faoliyat darajasini nazarda tutadi.

3. Tarbiya diagnostikasi bolalarda og'ishgan xulq va uning sabablarini hamda shaxslararo munosabatlarda xulq atvorning ahloqiy me'yorlarini tashxislashni nazarda tutadi.

4. Tezkor diagnostika favqulodda vaziyatlarda bolada yuzaga keladigan turli o'zgarishlarni tashxislash va uning sabablarini aniqlashni nazarda tutadi[6].

O'quvchilarning kasbiy o'zligini aniqlashga bir qator omillar ta'sir korsatadi (jadval). Bu omillar natijasida vujudga keladigan muammolar oldindan bashorat qilingan holda, uni oldini olish va bartaraf etish usullari joriy etilishi lozim. Quyida kasbiy o'zligini aniqlashga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni keltirib o'tamiz:

qiziqish layoqati (o'quvchilarda 7-sinfdan boshlab kasb-hunarga bo'lgan qiziqish va layoqatlarini shakllantirish);

ota-onalar ta'siri (oTa-onalar tomonidan o'quvchilarning kelajakdagi tanlagan kasbi bo'yicha qo'llab-quvvatlash va ularga maslahatlar berish);

qobliyat va imkoniyatlar (o'quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar tanlashlarini ta'minlash);

harakatlar algoritmi (o'quvchilar tomonidan tanlangan kasb-hunarni egallashlari uchun aniq harakatlar algoritmini shakllantirilishiga ko'maklashish);

do'stlar ta'siri (o'quvchilarning kelajakdagi kasbga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga atrofdagi do'stlarning ta'sirini kuzatish va buni to'g'ri tashkil qilish);

ma'lumotga egaligi (o'quvchilarga bugungi kundagi mavjud kasblar to'g'risida batafsil malumot berish);

kasbning nufuzi (o'quvchilar tanlagan kasblarning ahamiyati, uning afzalliklari va qulayliklari to'g'risida ma'lumot berib borish);

mehnat bozoridagi ehtiyoj (o'quvchilarga tanlagan kasblarining bugungi kundagi mehnat bozoridagi ehtiyoji hamda ravnaqi haqida ma'lumotlar berib borish) va hokazo.

Bizning fikrimizcha, diagnostikaning informatsion usullarini an'anaviy, zamonaviy va integrativ usullarga ajratib

May, 2022

ko'rsatish lozim. Quyida shu usullar va ular asosidagi imkoniyatlar bo'yicha to'htalib o'tamiz.

An'anaviy usullar: kuzatish usuli - ayni paytdagi tabiiy jarayonga aralashuvsiz aniq bir faoliyatda bolaning ishtirokini o'rganish imkoniyatini beradi; suhbat usuli - bolaning intellektual va shaxsiy sohasini, o'ziga xos xususiyatlarini hamda unda mavjud muammolarni o'rganish imkonini beradi; anketa va so'rovnoma usuli - o'quvchilarning dunyoga, o'z-o'ziga, muhim bir faoliyatga bo'lgan ijtimoiy munosabatini o'rganish imkonini beradi.

Zamonaviy usullar: loyihaviy testlar - o'quvchilarning dunyoga, o'z-o'ziga, muhim bir faoliyatga bo'lgan ijtimoiy munosabatini o'rganish imkonini beradi; grafika va chizmali testlar - jamoaga, oilaga hamda o'qituvchi va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarga o'zaro ta'sirini o'rganish imkonini beradi; insho va kompozitsiyalar - bolaning ma'lum darajadagi intellektual qobiliyatlarini, dunyoqarashini, shaxsiy fazilatlarini hamda qadriyatlarga bo'lgan munosabatini o'rganish imkonini beradi.

Integrativ usullar bolada ham an'anaviy ham zamonaviy usullar orqali tashxislashda zarurat bo'lganda amalga oshiriladi, bunda bolaga qo'yilayotgan tashxisda murakkablik mavjud bo'lganda har ikki usuldan ham foydalanish tavsiya etiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini psixologik-pedagogik diagnostikalashda bir nechta vazifalar amalga oshiriladi va ularning o'ziga xos tarkibiy ichki vazifalari mavjud. Diagnostik axborot o'quvchi rivojlanishining nisbiy darajasini ochib berish; turli darajalardagi pedagogik ta'sirlarni o'zaro baholash; o'quvchining kelajakdagi asosiy parametrlarini aniqlashdan iborat.

Diagnostik baholash pedagogik faoliyatdagi o'zaro ta'sirlar samaradorligi bo'yicha tasavvurga ega bo'lish; pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish samaradorligini aniqlashdan iborat.

Diagnostik bashorat o'quvchilarni rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini aniqlash; o'quvchi bilan o'zaro munosabatlarni samarali tashkil etishni bashoratlashdan iborat.

Diagnostik rivojlanish o'quvchiga o'zini namoyon qilishi uchun uning imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollarini ta'minlaydigan diagnostik metodlardan foydalanish; diagnostika asosida shaxsning o'zini-o'zi anglashi, o'z-o'zini rivojlantirishi uchun sharoit yaratishdan iborat[6].

Maktabda kasbga yo'naltirish ishlariga tizimli yondashishning yo'qligi, pedagoglar jamoasi faoliyatida asosiy

May, 2022'

1035

e'tibor faqat o'quv-tarbiya jarayoniga qaratilganligi, o'quvchilarning kasbga yo'naltirish masalalaridan xabardorligining pastligi, bitiruvchilarning vaqt o'tishi bilan kasbiy jihatdan o'zini-o'zi belgilay olmasliklari o'quvchining keyingi faoliyatdagi harakatlariga katta ta'sir ko'rsatadi. O'quvchida tizimli yondashuv asosida tashkil qilingan faoliyat orqali kasbiy etuklik parametrlari namoyon bo'ladi va shunga ko'ra o'zini u o'zining keyingi faoliyatini belgilashi lozim. Shaxsning kasbiy etukligi parametrlari kasblar olamidan xabardorlik va ma'lumotni o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'lash qobiliyati; qaror qabul qilish qobiliyati; kasbiy hayotni rejalashtirish qobiliyati; qaror qabul qilishda hissiy ishtirok etish kabilardan iborat[7]. D.Super nuqtai nazaridan esa, inson kasb tanlashi: uning "Men" obrazini hisobga olgan holda sodir bo'ladi. Aynan "men" obrazi kasbiy martabalarni integratsiyalash, farqlash va tashkil etish jarayonlarini tartibga soladi. "Men" obrazi shaxsning haqiqiy qiyofasini, o'zi haqidagi fikrlash va o'zini baholash uslubini o'z ichiga oladi [8].

Ma'lumki, kasb tanlash insonning hayot yo'lini belgilaydigan daqiqalardan biri bo'lib, o'quvchilarda kelajakdagi kasbini to'g'ri tanlash masalasi tizimli ravishda tashxis qilinishi lozim bo'ladi. Shu munosabatdan kelib chiqqan holda klaster tizimida tashkil qilingan kasbga yo'naltirish diagnostikasi bir qator vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan va bu o'quvchilarni kasbga, hunarga va muayyan yo'nalishlarga xos keyingi ta'limiy faoliyatga yo'naltirishga yordam beradi. Kasbga yo'naltirsh diagnostikasi doirasida amalga oshiriladigan asosiy faoliyat maqsadli tashkil qilingan va aniq mexanizmlar asosida ishlaydi.

1. Kasbga yo'naltirish diagnostikasi 5-11-sinf o'quvchilarining individual xususiyatlari, qiziqishlarini doimiy tahlil qilish asosida ularning kasbiy moyilligi va imkoniyatlarini shakllantirishda malakali va tizimli yordam ko'rsatish maqsadida amalga oshiriladi.

2. Kasbiy tanlash muammolari asosan o'quvchilarning individual fazilatlari va kasbga qo'yiladigan talablar asosida kasbga yo'naltirish bo'yicha shaxsiy resurslarni rivojlantirishga qaratiladi.

3. O'quvchining hayoti va kasbiy yo'lini yanada muvaffaqiyatli qurish uchun zarur bo'lgan qobiliyatlari aniqlanadi va rivojlantiriladi.

4. Kasbga yo'naltirish diagnostikasi yiliga bir marta o'tkaziladi, har bir sinf uchun metodlar bloklari o'quvchilarning yoshi va ularning kasbiy rivojlanishi kontekstida ushbu yoshdagi shaxsiy fazilatlari, moyilliklari va qiziqishlarini tahlil qilish muhimligidan kelib chiqqan holda tanlanadi.

5. O'quvchida tashxislangan shaxsiy fazilatlar, kelajakdagi kasblarga bo'lgan moyilliklari va qiziqishlari asosida oliy ta'limga

kirish testlariga tayyorlash tizimi amalga oshiriladi.

May, 2022

Shu o'rinda kasb-hunarga ta'rif bermoqchi bo'lsak, avvalo uning quyidagi jihatlarni, unga xos omillarni aniqlash lozim bo'ladi: kasb nomi; ushbu kasbda amalga oshiriladigan faoliyat turlarining nomi; unda qo'llaniladigan vositalar; kasbning qaysi ob'yekt ustida ish olib borilayotganligi; faoliyat amalga oshirilayotgan kasbning joyi; erishiladigan maqsad va hokazo. O'quvchida kasblarga bol'gan qiziqishlarni aniqlashda shu kasbga xos qanday omillar uni ko'proq qiziqtirishiga ham e'tibor qaratish lozimligini ko'rasatadi.

Misol: O'qituvchi [kasb nomi] o'quvchiga [kasb ob'yekti] didaktik vositalar [material, vosita] asosida nutq madaniyati va pedagogik mahorati [vosita] yordamida sinfda [joy] [harakatni] bilim [maqsad] beradi va o'rgatadi. Demak, agar o'quvchi o'z faoliyatida yuqoridagi keltirilgan xususiyatlarga integrativ asosda yoki alohida individual asosda qiziqishi borligi aniqlansa, barcha xususiyatlar kombinatsiyalashgan holda o'quvchi qiziqadigan ma'lum bir kasbni keltirib chiqaradi. Kasbga xos turli xil omillarga harakatlar, asboblar, materiallar, kasblar va maqsadlar kiradi.

O'quvchilarning kasga yo'natiltirishda psixologik-pedagogik diagnostikaning bir qator asosiy vazifalari mavjud, jumladan:

diagnostik axborot: o'quvchi rivojlanishining nisbiy darajasini ochib berish; turli darajalardagi pedagogik ta'sirlarni o'zaro baholash; o'quvchining kelajakdagi asosiy parametrlarini aniqlash;

diagnostik baholash: pedagogik faoliyatdagi o'zaro ta'sirlar samaradorligi bo'yicha tasavvurga ega bo'lish; pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish samaradorligini aniqlash;

diagnostik bashorat: o'quvchilarni rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini aniqlash; o'quvchi bilan o'zaro munosabatlarni samarali tashkil etishni bashoratlash;

diagnostik rivojlanish: o'quvchiga o'zini namoyon qilishi uchun uning imkoniyatlari va rivojlanish istiqbolarini ta'minlaydigan diagnostik metodlardan foydalanish; diagnostika asosida shaxsning o'zini-o'zi anglashi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish va b.

Klaster tizimida kasbga yo'naltirish diagnostikasini tashkil qilish uning asosiy yo'nalishlarini ham belgilab olishni talab qildi. Demak, kasbga yo'naltirish diagnostikasining asosiy yo'nalishlari quyidagilar:

1-4 -sinflar: boshlang'ich sinf o'quvchilarining kasbiy o'zini o'zi belgilash orqali o'quvchining xususiyatlarini, kasblarga

May, 2022

bo'lgan qiziqishlarini aniqlash va kasblar dunyosi bo'yicha tafakkurini faollashtirish;

5-7 -sinflar: o'quvchilarga istiqbolli kasblar uchun poydevor bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalar berish hamda turli kasbiy yo'nalishlar, istiqbolli soha va mutaxassisliklar to'g'risida bilimlarni mustahkamlash;

8-9 -sinflar: o'quvchilarning kasbiy moyilligi bo'yicha o'tkazilgan tahlillar asosida 8-9 -sinfdan so'ng kelgusida aniq kasblar bo'yicha ta'lim olishi mumkin bo'lgan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish;

10-11 -sinflar: o'quvchilarni variativ o'quv reja asosida kasb-hunarga yo'naltirish, shuningdek, kasb-hunar o'rgatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarda vaucher tizimi asosida yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga o'rgatish.

Zero, boshlang'ich sinf o'quvchilari muayyan bir kasbga moyillikni aniqlash imkoni juda past, lekin uning kasb tanlashda dastlabki asosiy komponentlarini tashxislash orqali keyingi faoliyatga yo'naltirish samarali mexanizm hisoblanadi. Shu sababli kasbga yo'naltirish diagnostikasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining motivatsion, kognitiv va tarbiya darajalari tashxislash dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

5-7-sinflar o'quvchilarining kasbiy o'zini o'zi belgilashining asosiy maqsadi o'quvchining xususiyatlarini aniqlash va kasblar dunyosi mavzusidagi tafakkurini faollashtirishdan iborat bo'lib, har bir davrda kasbga yo'naltirishning o'ziga xos hususiyatlarni aniqlash lozim. 5-sinfda kasbiy yo'naltirish diagnostikasi o'smirlarning muayyan kasbiy faoliyatga bo'lgan qiziqishlari va moyilligini hamda tarkibiy qismlar bo'yicha farqlangan intellekt turini aniqlashga qaratilgan. 6-sinfda esa, kasbga yo'naltirish diagnostikasi qiziqish doirasi va tarkibiy qismlar bo'yicha farqlangan shaxs turini aniqlashga qaratilgan. 7-sinfda kasbga yo'naltirish diagnostikasi fikrlash turi, aql-zakovati va etakchi faoliyat turlarini aniqlashga qaratilgan.

8-11-sinflar o'quvchilarini kasbiy yo'nalish diagnostikasining asosiy maqsadi o'quvchining kasbiy moyilligi va xususiyatlarini aniqlash, kasbiy o'zini o'zi belgilashning individual trayektoriyasini qurish va takomillashtirish, kelajakdagi nufuzini belgilashga qaratilgan keyingi trayektoriyani belgilashdan iborat.

8-sinfda kasbga yo'naltirish diagnostikasi kelajakdagi profil turini va kasbiy moyilliklarni aniqlashga qaratilgan bo'lsa, 9-sinfda kasbga yo'naltirish diagnostikasi kelajakdagi kasbiy yo'nalishini, o'quvchining profili va ixtisosligini aniqlashga qaratilgan. 10-sinfda esa, kasbga yo'naltirish diagnostikasi o'quvchi shaxsining sifatlarini va uning temperamentini hamda

professional niyatlarni aniqlashga qaratilgan. 11-sinfda kasbga

May, 2022

yo'naltirish diagnostikasi o'quvchining kasb tanlashga tayyorligini, kasbiy yo'nalishini aniqlashga hamda yakuniy qaror qabul qilishga qaratilgan.

9-sinf kasbga yo'naltirishning asosiy bosqichi bo'lib, bu davrda o'quvchida aniq belgilangan kasbga moyillik aniqlanadi. Shu sababli 9-sinf o'quvchilari bilan kasbga yg'naltirish ishlarini olib borishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:

kasbiy ma'lumotlar berish: o'quvchilarga zamonaviy ishlab chiqarishning turlari, mehnat bozori haqida tushunchalar berish hamda kasblarning odamlarga qo'yadigan talablari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish; kasb-hunar ta'limi muassasalari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashning asoslarini yaratish;

kasbiy maslahatlar berish: o'quvchilarni qiziqishlari, moyilligi, qobiliyati, ko'nikmalari, oilaviy muhit, hududiy shart-sharoitlar, o'quvchi va ota-onalarning istak va xohishlari, kasbga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, malakali kasbiy maslahatlar berishni tashkil etish asoslarini ishlab chiqish;

kasbiy tashxislash: shaxsning individual psixologik va fiziologik xususiyatlari, yoshi, bilim darajasi, ko'nikma va malakalarini hisobga olgan holda yakuniy tashxis qo'yish, o'quvchining kasbiy moyilligini aniqlash, shaxsning yo'nalganlik darajasini baholash;

kasbga yo'naltirish: jamiyat ehtiyoji va mehnat bozori talablari asosida ularning o'z qobiliyatlari va sog'liqlariga mos bo'lgan kasb-hunarlarni tanlashlariga ko'makla-shish; o'rnatilgan me'yoriy talablar asosida shaxsni o'zi tanlagan aniq bir kasbga loyiqlik darajasini aniqlash;

kasbiy moslashuv: shaxsning mutaxassis bo'lib etishishi, kasbiy sifatlarning shakllanishi, faol ijodiy mehnat qilish hamda yuqori kasbiy malakaga erishishiga imkon yaratuvchi tadbirlar tizimini yaratish, turdosh kasblar ichidan shaxsga maqbul bo'lgan kasbni tanlashida ko'maklashish.

O'quvchilarni kasbga yo'naltirish tizimida xalqaro tajribalarni qisqa tahlil qiladigan bo'lsak, o'quvchi yoshlarga mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirib borish maqsadida Rossiyada "Texnologiya" fani o'quv dasturi mazmuniga "Konstruksion buyumlardan materiallar yasash" (22 soat), "Chizmachilik va grafika" (10 soat) kabi mavzularni o'qitish orqali kasbiy ko'nikmalari shakllantirilsa, Belarus maktablarida "Veb-saytlarni yaratish va konstruksiyalash" (6 soat), "Tadbirkorlik asoslari" (10 soat) kabi mavzular, Qozog'istonda "Yog'ochga qo'lda ishlov berish" (7 soat), "Metallarga qo'lda ishlov berish" (8 soat) kabi mavzularni o'qitish orqali kasbga yo'naltirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimizda esa, "Texnologiya" fani 8-9-sinflar uchun

May, 2022

haftasiga 1 soatdan o'qitish yo'lga qo'yilgan bo'lib, 10-11-sinflarda esa joriy etilmagan.

Rivojlangan xorij mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib, O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim tizimida 10-11-sinf o'quvchilari uchun "Texnologiya" fanini kiritish hamda unga haftasiga kamida 2 soatdan jami 136 soat ajratish, o'quv dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Xulosa va takliflar. Mintaqaviy ta'lim klasterida ta'lim sub'yektlari o'rtasidagi uzviylikka, ijtimoiy buyurtma ta'minlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi, muammolarni tezkor va optimal holatda bartaraf etishning eng qulay vositasi bu ta'lim tizimida muassasa, shahar va viloyat boshqaruvining yagona mobil axborot maydoni - ochiq ta'lim kontenti yaratish zarurati mavjud [9]. O'quvchilarni kasbga yo'naltirish tizimini yanada takomillashtirish, diagnostik usullar orqali ularning qiziqishlari va iqtidorlariga ko'ra kasblarga moyilliklarini aniqlash va to'g'ri yo'naltirish yuqoridagi onlayn kontentlar orqali ham yanada tezkor amalga oshirilishi mumkin. Onlayn kontent vositasida kasbga yo'naltirish diagnostikasini rivojlantirishning bir qator afzalliklari mavjud:

kasbga yo'naltirish diagnostikasining usullari orqali o'quvchilar qiziqishlari, qobiliyati va moyilliklarini erta yoshdan aniqlash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o'quvchilarga zamonaviy va an'naviy kasblar to'g'risida ma'lumot beruvchi infografikalar orqali ularni kasblarga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish;

mamlakatda mavjud oliy ta'lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, texnikumlar to'g'risida ma'lumotlar bilan tanishish;

o'z qobiliyatlari bilan muvaffaqiyatlarga erishgan o'quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar orqali kasbga bo'lgan motivlarini oshirish;

o'quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixoloigya va diagnostik maslahatlar berib borish;

qo'shimcha kasb berish bo'yicha rejalar va loyihalar taqdim qilish va hokazo [10].

XULOSA

Demak, yuqoridagi dolzarb ahamiyatga ega muammoning yechimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqish va ularni doimiy takomillashtirib turish lozim. O'quvchilarni to'g'ri kasbga yo'naltirish bo'yicha dastlabki taklif va tavsiyalarni taqdim qilamiz: kichik yoshdagi bolalarni qo'llaridan keladigan faoliyat turlari bo'yicha dastlabki mehnat ko'nikmalariga ijobiy shakllantirish; zamonaviy ishlab chiqarishning turlari, mehnat bozori, talab va ehtiyojlari hamda har bir kasbning insonga

May, 2022'

1040

qo'yiladigan talablari (kompetensiyalar) haqida tushunchalar berish; o'quvchilarga qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o„z o'rnini topishlariga, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishga sharoit yaratish; faqat nufuzi va o'rni yuqori bo'lgan kasblar emas, haqiqatdan ham talab va ehtiyoj katta bo'lgan kasblar va ularning afzalliklari haqida ko'proq ma'lumot berish; o'quvchi uddalay oladimi yoki yo'qmi buni real sharoitda tushunish, kasb vakillari bilan ochiq suhbatlar tashkil qilish va hokazo.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ozbekistonning yangi taraqqiyot davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni, Toshkent, 2020-yil 6-noyabr, PF-6108-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-son farmoni, 2022 yil 28 yanvar. lex.uz

3. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S. Psixodiagnostika va eksperementai psixologiya / o'quv qollanma. -T.: "Tafakkur-Bo'stoni". 2011. 304 bet.

4. Абдуллаева, Г. О. Диагностика в современной профориентации: проблемы и тенденции развития/ Вестник Кабардино-Балкарского государственного университета: Журналистика. Образование. Словесност. - 2021. - Т. 1. - № 1. - C. 84 - 94.

5. Асмолов А.Г. Как проектироват универсалные учебные действия: от действия к мысли / Под ред. А.Г. Асмолова. - М., 2008.

6. Toshtemirova S.A. Oquvchilarni kasbga yonaltirishda tashxislash amaliyotining ahamiyati // INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE: a collection of scientific works of the International scientific online conference (24th MAY, 2022) -BELARUS, MINSK: "CESS", 2022. Part 86-93 p.

7. Чернявская А.П. Психологическое консультирование по профессиональной ориентации. - М.: Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 2001. - 96 с.

8. Super, D. E. (1957). The psychology of careers. -New York: Harper & Brothers. Библиографических список.

9. Toshtemirovа S. A. (2022) Ta'lim kksteri fаoliyatidа ochiq ta'lim kontentining zаrurаti / Образование и инновационные исследования № 3. -Б. 158-162.

10. Mardonov Sh.Q., Toshtemirova S.A. Klaster tizimida "kasbga yo'naltirish diagnostikasi"ni tashkil qilishning integrativ asoslari // "Yangi O'zbekistondа Pedаgogik tа'lim innovаtsion klаsterini rivojlаntirish istiqbollаri" mаvzusidаgi

хаЦаго ilmiy-аmаliy аnjumаn mаteriаllаri. 2022 y. 20-21-may. -B. 3536.

May, 2022

1041

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.