Научная статья на тему 'ILK O’SPIRINLARNI KASBGA YO’NALTIRISHNING AYRIM PSIXOLOGIK MASALALARI'

ILK O’SPIRINLARNI KASBGA YO’NALTIRISHNING AYRIM PSIXOLOGIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9307
414
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbga yo’naltirish / ijtimoiy muhit / psixologik ta’sir / “Men” tabiati / kasb tanlash / faoliyat / kasbiy motiv / kasb tasavvurlari / kasbiy yo’nalganlik / kasbiy qobiliyat. / career orientation / social environment / psychological impact / “I” concept / career choice / activity / professional motivation / career ideas / professional orientation / professional abilities.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilrabo Sheralieyvna Norqo’ziyeva

Maqolada ilk o’spirinlarni kasbga yo’naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir – birini to’ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo’naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF PROFESSIONAL ADMINISTRATION OF EARLY TEENAGERS

The article discusses the issue of orientation of adolescents to the profession, which is not only a social, but also a psychological problem, these two points of view always complement each other, as well as the possibilities of individual psychological characteristics of vocational guidance.

Текст научной работы на тему «ILK O’SPIRINLARNI KASBGA YO’NALTIRISHNING AYRIM PSIXOLOGIK MASALALARI»

ILK O'SPIRINLARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING AYRIM PSIXOLOGIK

MASALALARI

Dilrabo Sheralieyvna Norqo'ziyeva

Qo'qon davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada ilk o'spirinlarni kasbga yo'naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir - birini to'ldirib kelishligi, shuningdek, kasbga yo'naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit sozlar: kasbga yo'naltirish, ijtimoiy muhit, psixologik ta'sir, "Men" tabiati, kasb tanlash, faoliyat, kasbiy motiv, kasb tasavvurlari, kasbiy yo'nalganlik, kasbiy qobiliyat.

ILK O'SPIRINLARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING AYRIM PSIXOLOGIK

MASALALARI

Dilrabo Sheralievna Norkozieva

Qo'qon davlat pedagogika instituti

ABSTRACT

The article discusses the issue of orientation of adolescents to the profession, which is not only a social, but also a psychological problem, these two points of view always complement each other, as well as the possibilities of individual psychological characteristics of vocational guidance.

Key words: career orientation, social environment, psychological impact, "I" concept, career choice, activity, professional motivation, career ideas, professional orientation, professional abilities.

KIRISH

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb - hunar sirlarini o'rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta'lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda.

Kasbiy yo'nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Bugungi kunda kasb tanlashga turli nuqtai nazarlar asosida qarash mumkin bo'lgan jarayondir.

www.scientificprogress.uz

Birinchidan, yoshlarning biror-bir kasbga yo'naltirishda ijtimoiy muhitning roli asosiy omil sifatida qaralsa, ikkinchidan esa, individning o'z qiziqishlari va layoqatlari asosiy imkoniyat sifatida namoyon bo'ladi. Bu ikki nuqtai nazar har doim bir - birini to'ldirib keladi.

Aynan ilk o'spirinlik davri hayotiy kelajagi, rejalarini tuzadigan, o'z kelajagini yaratishga qadam qo'ygan asosiy yosh bosqichi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Endigina o'sib kelayotgan o'spirin o'quvchilar kasbga qanday yondashadilar? Bu muammo ko'pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan, turmush tajribasidan ma'lumki, odatda ilk o'spirinlik yoshidagi o'g'il - qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to'g'risida aniq, asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli, kasb tanlash davrida oqilona va to'g'ri yo'l tutishni bilmay dovdirab yoki tavakkaliga ish tutadilar.O'zlarining imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo'ladilar. Natijada, noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. Yuqori sinf o'quvchilarining ba'zilari kasb tanlashda yaqqol ko'zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar va o'zlarida biror bir maqsadga yo'nalgan g'oyalar mavjud emas. Aynan atrofdagi xatti - harakatlarning xuddi shunday ta'siri ularda biror bir kasbni tanlab, shu borada o'quv faoliyatini amalga oshirayotgan davrda o'zi tanlagan kasbkorlikka nisbatan ikkilanishlar, umidsizliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham yoshlarni kasb tanlashda pedagog va ota - onalardan ularning qobiliyatlari, layoqatiga qarab, ya'ni individual xususiyatlaridan kelib chiqib kasbga yo'naltira olishni talab qiladi. Bugungi fan texnika va ijtimoiy taraqqiyot davrida yoshlarni jamiyatni barpo etishda ishtirokini ta'minlash bugungi kun maktabini har qachongidan ham muhim vazifasidir.

Ma'lumki, kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini, shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta'minlash zarurligini inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to'g'ri yonaltirish shaxsning hayotida to'ri yo'lni to'ishga imkon beradi. O'quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o'zlarining qobiliyatlariga yarasha to'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituivchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo'lishi, kasblar bilan bog'liq fan to'garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb - hunar to'risidagi ma'ruzalarni tashkillash o'z natijasini beradi, shuningdek, maktablarda " Kasbim faxrim", "Kasbim kelajagim dasturi" kabi mavzularda seminar - trening mashg'ulotlari, suhbatlar va munozaralar o'tkazilishi, uchrashuvlar, kasb - hunarga oid ko'rgazmalar tashkil etilishi, o'quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini uyg'otadi. Umumta'lim maktablarida o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish ishlari

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy psixologi, kasbga yo'naltiruvchi mutaxassislar va o'qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

MUHOKAMA

Kasbga yo'naltirish borasida asosan maktab psixologi faoliyat olib borib, o'quvchilarning avvalo, qaysi kasbga nisbatan qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash maqsadida diagnostikani o'tkazish va uning statistik tahlilini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqotlarimiz davomida yoshlarning iqtidorining yo'nalganligini, faoliyat va kasb - hunar sohalarini aniqlash maqsadida rus psixologi E. A. Klimovning " Professional - diagnostik so'rovnomasini" 8-9 -sinf o'quvchilardan iborat 60 ta sinaluvchilarda otkazdik. Sinaluvchilar guruhida o'tkazilgan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilindi.

Professional - diagnostik so'rovnomasi boyicha natijalar tahlilini jadval ko'rinishi

Sinaluvchilar (T)-tabiat (T)-texnika (O)- odam (B)-belgilar (I)- ijodiy obraz

8 - 9-sinf 18,2% 23% 18,8% 22% 18%

Metodika bo'yicha natijalar tahlili shuni ko'rsatadiki, kasblarga nisbatan yo'nalganlik shkalasi ko'proq bizning sinaluvchilarimiz o'g'il bolalarni tashkil etganligi sababli texnika va belgili simvollar bilan bog'liq bo'lgan yo'nalishlarda nisbatan yuqori natijani ko'rsatdi. O'quvchilarning ma'lum bir kasbni tanlashida ularning individual xususiyatlari ham asosiy o'rinni egallaydi. Xususan, o'quvchilarning xarakter va temperament tiplariga xos xususiyatlari kelejakda ular tanlagan kasbkorliklarida o'zini namoyon qilishlarida muhum rolni taqozo etadi.

NATIJA

Zero, atrofdagi yaqinlarini ko'magida tanlangan kasbga intilish davomida, o'quv faoliyati jarayonida ko'pchilik yoshlarda tanlangan kasbdan qoniqmaslik xissi paydo bo'ladi. Kasbga yo'naltirish - shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash - hayot mazmuni haqidagi o'ylari va shaxsiy "Men" tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Katta yoshdagi maktab o'quvchilarida biror o'quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlagan kasbni o'zlashtirish bilan bog'liq fanga qiziqish ham ortadi. Natijada qiziqqan faniga oid ma'lumotlarni o'qish, to'garak mashg'ulotlarida qatnashish tug'iladi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, bu esa pedagog va ota - onalardan ham mas'uliyatlik bilan yondashish, teranlikni talab qiladi.

www.scientificprogress.uz

Yuqori sinf o'quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste'dodlari asosida tanlagan kasblarga to'g'ri yo'naltirish o'spirinlar uchun katta hayotiy masaladir.

Kasb - hunarga har xil munosabatlar hosil bo'lishining asosiy sababi maktabda, o'qish davrida kasb tanlash bo'yicha turli xil niyatlar paydo bo'lishidir.

Rus psixologi V.A.Krutetskiy o'spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ta'kidlaydi:

A) biror o'quv faniga qiziqish;

B) vatanga foyda keltirish istagi (o'ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); shaxsiy qobiliyatni ro'kach qilish;

G) oilaviy an'analarga rioya etish (vorislik) do'stlari va o'rtoqlariga ergashish;

D) ish joyi yoki o'quv yurtining uyiga yaqinligi;

E) moddiy ta'minlanish;

J) o'quv yurtiga joylashish osonligi kabi.

Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to'g'risidagi ma'lumoti, o'zining sihat -salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyatlari va hokazolar ham bo'lishi mumkin.

O'spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvurlar bo'lmasligi sababli, ular xatolarga yo'l qo'yadilar. Tanlangan va tanlanishi zarur bo'lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. Biroq, bunday ko'ngilsizliklarni oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud bo'lib, bu omillarni quyidagicha keltirish mumkin:

-kasblarni o'rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va ifoda etish; -psixologlarning kasblar bo'yicha tashviqot ishlari olib borishi, o'quvchilarga kasblar yuzasidan maslahatlar berishi;

-psixolog va ota - onalar bilan birga kasbga yo'naltirish tadbirlirini ko'rib chiqishi; -o'spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish;

-mehnat ta'limi darslarida yuqori sinf o'quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg'otish;

-kasb tanlash usullarini amaliyotga tadbiq qilingan psixodiagnostik usullarini ishlab chiqish;

-kasbga yo'naltirish yuzasidan o'spirinlar orasida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish va psixologik tayyorlash kabi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'spirinlarni yangi hayotga qadam bosayotgan, kelajagini yaratayotgan davrda ularga alohida e'tibor berishlikni, ularning individual

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

xususiyatlaridan kelib chiqib, kasbga yo'naltirishni talab etadi. Zero, o'spirinlar tanlagan kasblaridan kelajakda qoniqish hissini hosil qilishsin.

REFERENCES

1. Klimov E. A. Puti v professionalizm. - M.: Filinta, 2003.

2. Karimova V. M. Psixologiya.- T. : 2000.

3. Nishonova Z. T. , Alimbaeva M. V. Psixologik xizmat. -T.: Fan va texnologiya markazi, 2014.

4. G'oziev E.E. Psixologiya. Toshkent, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.