O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING DOLZARBLIGI
1 9
Karimjan Abduraximovich Mutalov, Movluda Karimjonovna Gulmatova
1Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagodika Instituti Tabiiy fanlari fakulteti,
biologiya kafedrasi o'qituvchisi, b. f. n.
Chirchiq Tibbiyot kolleji o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada rivojlanayotgan yangi O'zbekiatonda yoshlarni ilmli, bilimli bo'lishiga qaratilgan " Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi ma'lumotlar berilgan. Shuningdek kasbga yollash, kasb tanlash, uning ahamiyati va qo'shimcha kasblarni egallashga qaratilgan fikrlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: axborot tehnxnologiya, ahborotlar oqimi, natijadorlk, takomillashtirish, kasbiy faoliyat.
АКТУАЛЬНОСТЬ НАПРАВЛЕНИИ УЧЕНИКОВ НА ПРОФ
ОРИЕНТАЦИЮ
ANNOTATSIYA
В статье представлена информация о «Мерах по повышению качества непрерывного образования и научной эффективности в области химии и биологии», направленная на обучение молодежи новому узбекскому языку. Также есть идеи для найма, выбора карьеры, их важности и дополнительных карьер.
Ключевые слова: информационные технологии, информационный поток, эффективность, совершенствование, профессиональная деятельность.
RELEVANCE OF THE DIRECTION OF STUDENTS TO PROFORIENTATION
ABSTRACT
The article provides information on "Measures to improve the quality of continuing education and scientific effectiveness in the field of chemistry and biology" aimed at teaching young people the new Uzbek language. There are also ideas for hiring, career choices, their importance and additional careers.
Keywords: information technology, information flow, efficiency, improvement, professional activity.
Hozirgi axborotlar oqimi kuchli rivojlanayotgan bir davrda o'quvchilarimizga katta imkoniyalar berilmoqda. Fan va texnika sohasidagi yangiliklar va yaratilayotgan yangi kashfiyotlar tezda o'z o'quchisiga etib boradi. Jahonninig ko'pgina davlatlarida rivojlanishning yuqori cho'qqisiga chiqishining asosiy mezoni bo'lgan ta'lim sifatiga e'tibor berish, uning samarasi sifatida, esa ilmli ziyolilar sonini oshishi bilan bog'liqligi e'tirof etiladi. Mamlakatimizda yoshlarini tabiiy ilmiy sohalar bo'yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan chora va tadbirlar ko'lami juda keng. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 - yil 12 - avgust PQ 4805-sonli "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Qaror asosida, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch va chuqurlashtirib o'qitishga mo'ljallangan 150 ta maktablar tashkil etilishi ko'zda tutiladi [1].
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo'nalishlarda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish borasida "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Qaror ijrosini ta'minlash borasida umumiy o'rta ta'lim martablari va akademik litsey o'quvchilarini kimyo va biologiya fanlari bo'yicha chuqur, bilim olishlariga jiddiy e'tibor qaratiladi va respublikamiz aholisi zich yashaydigan hududlardagi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish orqali, hozirda yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirish orqali yoshlarimiz uchun qo'shimcha ish o'rinlari yaratish bilan xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga zamin hozirlaydi. Bunday ishlarni ro'yobga chiqarishda, eng avvalo ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan o'qitishning zamonaviy tehnologiya metodlarini milliy o'qitishning an'analari bilan uyg'unlashtirish orqali ahborot tehnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish muhim sanaladi. Shuningdek, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog'liqlik va o'zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish maqsadga muvofiqligi aytib o'tiladi. Bu borada yuqori kurs bitiruvchi talabalarini va magistrlarni ilmiy tekshirish institutlari ishlari bilan yaqindan tanishishlari uchun amaliyotlarni keng yolga qo'yilishi muhim sanaladi. Jamiyat taraqqiyoti ilmli va bilimli yoshlar bilan bog'liqligi o'ta muhim hisoblangan jarayon bo'lib, ularni tarbiyasiga eng avvalo o'quvchilarning qiziqishini bilim olishga kasb egallashga yo'naltirish ishlarni amalga oshirishga ahamiyat qaratish zarur. Hozirgi fan-tehnikaning jadal rivojlanishi, ahborot texnologiya vositalarini
turmushga kirib keishi, raqamli iqtisodiyotni hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi, kelajakda biz hali oylab kormagan kasblarni paydo bo'lishiga va rivojiga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa o'quvchilarimizni kompyuter savodxonligini yuqori darajaga ko'tarishimiz kerakligini anglatadi. O'quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi [1].
Biz o'quvchi yoshlarimizni ilmli va bilimli bo'lishlarini rivojlantirish bilan birga ularni kasb hunarga yo'llash ishlarini birga qo'shib olib borishga e'tiborni kuchaytirisimiz va eng avvalo ularni bilimli, bo'lishiga ahamiyat berishimiz zarur. Bugungi kunda o'quvchini tarbiyasiga jiddiy e'tibor berib ularni, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, o'ta muhim va dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Cunki maktablarda, ayniqsa yuqori sinf o'quvchilarini ta'lim-tarbisi bilan qiziqib, ularni kuzatganimizda, ular bilan suhbatlashganimizda, qunt bilan bilim olisghga nisbatan oquvchilarimizni internet va boshqa qiziqishlariga yo'llovchi omillar yetarlicha ekanligi ma'lum bo'ldi. Ular: telefon,internet, telefondagi har hil o'yinlar, hatto kechki ko'ngil ochar kafelarda o'quvch yoshlarimizni qatnashishi, ota va onalarning farzand tarbiyasiga e'tiborining kamligi, yoshlarimizga ko'chadagi tengdoshlarining aks ta'siri, shuningdek,yoshlikdan balog'at yoshiga o'tish davridagi fiziologik, psixologik o'zgarishlar va boshqa bir qancha omillar o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin. Tarbiya jarayonining davomiyligi va o'ta murakkabligi, inson tarbiyasi bilan sug'ullanishning qiyinligi, shaxsning ruhiy holatining murakkabligi kabi xilma-xildir, bu esa tarbiya ishlarida ham har- xil usullardan foydalanishni talab qiladi [1;3]. Bu borada maktab, ota-ona, mahalla hamkorligi samarali natijalarni berishi mumkin. O'quvchilarni kasbiy moyilligi bo'yicha o'tkaziladigan pedagogik psixologik tashis natijalari shuni ko'tsatadiki -kasblar haqida to'liq ma'lumotlarni to'plab, shundan keyin Kacôga yo'naltirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda, birinchi navbatda har qanday kasbning jamiyat hayotidagi tutgan o'rni, uning zarurligi, uni sevish kerakligi, insonni sevgan kasbi, unga shon shuhrat keltirishi, haqida, to'liq ma'lumot berib, ongli ravishda tanlab, unga qiziqishini uyg'otish zarur. Zero to'gri tanlangan kasb insonni butun hayoti davomidagi muhim tanlovi bo'lib, shu kasb uning daromad manbai, ko'ngil hotirjamligi, umri mazmuniga aylanib qolishi mumkin [4;5].
O'quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Fan asoslarinini o'zlashnirish
qiyin kasblami egallash ko'pincha iqtidorli va qiziquvchi o'quvchilarda osonroq kechadi. Kasb tanlashga yordam berish hamma vaqt maktab va ota -onalarning oldida turgan, dolbzarbligini yo'qotmaydigan muhim mavzu bo'lib kelgan. Ayniqsa, axborot texnologiya vositalari shiddat bilan rivojlanayotgan yangi O'zbekistonda barcha umum ta'lim muassasalari bitiruvchilari o'z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi mehnat bozorida munosib o'rnini topishi va kasbiy faoliyatida muvoffaqiyatga erishishi uchun o'zi qiziqqan kasb egasi bo'lishga harakat qilishi zarur.
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagodika Instituti Tabiiy fanlar fakultetida talabalarga qo'shimcha kasb berish maqsadida "Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va tadbirkorlik" o'quv kursi tashkil etildi . Kursning asosiy maqsadi biologiya o'qitish metodikasi bo'yicha bilimga ega bo'lgan mutaxassisni katta hayotga tayyorlashda, o'z yo'lini qiynalmay topib olishlarida, ozlari tanlagan fanlardan bilim berishi olgan bilimlarini amaliyotda , qo'llay olishi -darsdan bo'sh vaqtlarda o'z tom orqa xo'jaligida issiqhona qurib, sabsavot, gul manzarali ekinlar m yetishtirib, qo'shimcha daromadga ega bo'lishi va o'z-o'zini band etib ishsizlikdan qutilish imkoniga ega bo'lish muhim sanaladi. Axir hayot davomoda inson tanlagan kasbidan ko'ngli to'lmagan xollarda -turmushda moddiy etishmovchilik bo'lganda u qo'shimza kasbga exytiyoj sezadi. Kasb tanlash xar bir kishning xayoti davomida o'zi uchun bir umrlik tanlovi bo'lib qolishi mumkin. Yoshlar tomonidan to'g'ri tanlangan kasbi uning xayotda yashsashi, daromad topish manbayi, orzu armoni. Qolaversa, umrining mazmuniga aylanishi mumkin.
REFERENCES
1. R.Mavlonova., N.Raxmankulova ., N.Vohidova. "Pedagogika nazariyasi va tarixi." Darslik. -Т.: Fan va texnologiyalar. 2010.
2. K. A. Mutalov., B.R.Ramazonov., D.U.Zokirov. Izuchenie rastitelnosti pustin na urokax botaniki. Bosma Trudf Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferentsii «V Orazovskie chteniya: Vklad tyurkskoy sivilizatsii v razvitie nauki i obrazovaniya». Chimkent 2019. 458-462.b. 4 bet.
3. K.A.Mutalov.,K.Mamedov.,Z.Sherdanov . Qishloq xo'jalik fanlarini o'qitish metodikasining asoslari (uslubiy qo'llanma) Bosma.,O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi Vazirligi ToshDAU 2004 yil, Toshkent,132 bet. .
4. ttps://kun.uz/news/2020/08/06/kasb-tanlashda-nimalarga-e'tibor-qaratish-kerak.
5. У. https : //www.google. com/search.