SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
YOSHLARNI TO'G'RI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISH HAYOT SIFATINI OSHIRISHNING OMILI SIFATIDA
Abdullaeva R.M.
Nizomiy nomidagi TDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
Yoshlarni to'g'ri kasb tanlashlari va o'z sohasining yetuk mutaxassislari bo'lishlarida kasblarning inson oldiga qo'yadigan talablarini bilish muhimdir. Mazkur maqolada har qanday kasb egasi o'z sohasini to'g'ri tanlay olishi uchun qanday kasbiy va shaxsiy talabalarni bilishi lozimligi masalasi keng tarzda tahlil etilgan. Shuningdek, hayot sifatini oshirishda soha egasining o'zi bajarayotgan faoliyatidan qanchalik darajada qanoat hosil qilishi, o'z hayotidan mamnunlik darajasi ham muhim ekanligi asoslangan.
Kalitso'zlar: o'quvchi, faoliyat, kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy saralash, kasbiy moslashish.
It is important to know the requirements that professions impose on a person so that young people can choose the right profession and become mature specialists in their field. This article analyzes in detail the question of which professional and personal students should know so that any professional can choose his field of activity correctly. Also, in improving the quality of life, the sphere is based on how satisfied the owner himself is with the activity performed, and the level of satisfaction with his own life is also important.
Keywords: student, activity, professional education, professional counseling, professional qualification, professional adaptation.
Bugungi kundagi islohotlarning asosiy maqsadi ham yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilishdan iboratdir. Shu jihatdan ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy istiklol g'oyasini o'zida mujassam etgan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko'tarmoq lozim. Fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o'z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh kasb egalarini shakllantirish lozim
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
bo'ladi. Toki ular davr talablariga og'ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatparvar, iymon-e'tiqodli insonlar bo'lib voyaga yetishsin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to'g'ri yo'naltirish va ta'lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik-psixologik bilimlar, uslubiy ko'rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud bo'lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish maqsadga muvofiqdir. Kasblar to'g'risida keng malumotlar berish va kasbiy shakllanishni ta'minlashga to'siq bo'luvchi bir qator omillarni ham o'z o'rnida yoshlarga singdirib borish lozim:
1. Mutaxassislarga qo'yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o'sib borayotganligi.
2. Kasb tanlashga sabab bo'luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to'g'risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me'yorining mavjud emasligi.
3. O'spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o'zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo'nalishlari o'rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.
4. Yoshlarning mutaxassislik yo'nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo'nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi va boshqalar.
Demakki, yoshlarni kelajakda mutaxassis sifatida o'zlarini teranroq tasavvur qilishlari va egallayotgan kasbiga xos-mos sifatlarni shakllantirishda pedagoglar va amaliyotchi psixologlarning o'rni kattadir. Yoshlarga ertangi kunda o'z faoliyatlaridan qoniqish hissini paydo qilishlari hamda o'z hayotlaridan mamnun yashashlari bugungi kundagi kasbni to'g'ri tanlay olishlariga bog'liqligini anglata olishlari lozim. Shundagina har bir inson har tomonlama sifatli hayot kechirishi va mavjud to'siqlarni osonlikcha yengib o'tishi mumkin bo'ladi. Natijada sohaning rivoji ancha tezlashadi. Bu esa jamiyat ravnaqidan dalolatdir.
Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste'dodlarini ro'yobga chiqarishda har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko'nikmalarini ham shakllantirib borish ta'lim tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlashga yo'naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo'lib shaxs tomonidan tanlanadi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - maktabda kasbiy ma'lumotlar berish;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
-kasb- hunar maorifi bilan shug'ullanish:
- radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
- kasb yuzasidan maslahatlar;
- kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
- kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Kasbning mazmunini va mohiyatini tushunmaslik o'quvchilarda tanlagan kasbiga munosabatining salbiylashishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- O'quv materiallarini, umuman ta'limni hayot bilan bog'lash.
- Ma'lumotlarni o'zlashtirishda shaxsiy faollikni shakllantirish.
- O'tgan bosqichdagi faoliyatdan qoniqish va kelgusi faoliyat uchun ijobiy zamin hozirlash.
- Istiqbol rejani muvofiqlashtirish va yosh bosqichining yuqorilashuviga qarab buni takomillashtirib borish.
- O'quv-uslubiy qiyinchilik bilan shaxsiy nomurosasizlik belgilari o'rtasidagi uzviylikni yo'qotish.
- Kasbiy faoliyat hayotning muhim qismi bo'lib, ishdagi muvaffaqiyatlar o'ziga ishonishga yordam berishligini inobatga olish.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Shu boisdan ham har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish lozim bo'ladi.
Kasb maorifi - bu o'quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo'yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta'sirchan axborotlar majmuasidir. Ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko'ra xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko'rgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko'rinishlarga ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo'llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim ob'ektiv va sub'ektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o'qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas'uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy - amaliy xususiyatli yo'llanmalar berish jarayonidir.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
Maslahat o'zining maqsadga yo'nalganligi, izchilligi, ob'ektivligi, axborotlar bilan to'yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o'z oldiga qo'ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma'lum ko'nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me'zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona saralash o'tkaziladi.
Kasbiy moslashish - yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart sharoitlariga, talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, ko'nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini o'zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Kasb tanlashga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
1) Ta'lim - tarbiya tizimida kasbga yo'llash faoliyatining mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.
2) O'quvchilarni kasb tanlashga o'rgatishda o'qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.
3) Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.
4) Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
5) Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratilib ko'rsatilishi.
6) Maktablarda, ishlab chiqarish tashkilotlarida kasb tanlashni ommaviy va keng ko'lamda yo'lga qo'yilishi.
7) Maxsus muassasalar faoliyati.
8) Kasbga oid ko'rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.
9) Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o'tkazilishi.
10) Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.
11) Mutaxassis psixologlar tomonidan kasbiy bilimlarning o'quvchilarga doimiy tarzda berilishi va ular bilan individual ishlash.
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda albatta tanlangan kasb professiogrammasini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Professiogrammada ushbu omillarga alohida ahamiyat berilishi talab etiladi:
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o'ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo'yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko'nikmalar ko'lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir - choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb bo'yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta'qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. O'zini o'zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
O'quvchilarga qanchalik o'z qiziqishlari, layoqati, xoxish-istaklari va qobiliyatlarini to'g'ri anglab yetish asosida kasb-tanlashlariga imkoniyat berilsa, shu sohaning taraqqiyotiga zamin hozirlangan hisoblanadi. Bu esa kelajakda yoshlarning o'z sohalari bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lishlariga imkon demakdir.
Umumiy o'rta maktab o'quvchilarining hammasi ham kasb tanlashga kelganda oqilona va to'g'ri yo'l tutadi, deb bo'lmaydi, albatta. Ulardan ba'zilari tavakkaliga ish tutsalar, ayrimlari ota - ona kasbini tanlaydilar yoki ko'zga tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, ba'zan esa sevimli kishilari izidan borishni mo'ljallaydilar. Ko'pchilik o'quvchilar maktab ta'limi jarayonidayoq fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o'zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o'ylaydilar. Maktab o'quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo'lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug'ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog'liqdir. O'quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo'llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bu vazifalarni bajarish uchun mutaxassislar keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb tanlashga oid yo'l-yo'riqlari va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalarini kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko'lami orttirilishi lozim.
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o'quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so'ngra kasbga
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
yo'llash lozim bo'ladi. Buning uchun oilada farzandnlarni tug'ilgan onlaridanoq uning o'ziga xos individualligini, layoqati va qobiliyatlarini o'rganish talab etiladi. Bu ishda ota-onalar ko'magidan foydalaniladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassisi yordamida bolaning rivojlanayotgan qobiliyati aniqlanadi. Boshlang'ich sinflardanoq o'quvchining qiziqish va qobiliyatlarini to'g'ri tashxislanib, kasbga yo'naltirish ishlariga asos solinadi. Yoshlarning kasb-hunar tanlashi esa asosan o'rta maktabdan boshlanadi, shunga ko'ra o'quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yosh va turli jinsdagi maktab o'quvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o'zini-o'zi namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi.
Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita kasb-hunarga yo'naltiruvchi mutaxassis va psixolog mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko'lami, saviyasi va malaka ko'rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko'p jihatdan bog'liqdir.
O'quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb-hunarini o'z qobiliyatlariga yarasha to'g'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik, pertseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo'lishi, fan asoslarini turmush bilan bog'lab o'rgatilishi, to'garak va qo'shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to'g'risida ma'ruzalar o'qilishi, suhbatlar, munozaralar o'tkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko'rgazmalari tashkil qilishlari zarur bo'ladi.
Ilk o'spirinlar va katta o'smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo'lganligidan bu jarayonda ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari, barcha pedagoglar faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko'p hollarda kattalarning maslahatlari va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat'iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin. Maktab o'quvchilari kasb tanlash borasidagi o'z qarorlarini ko'pincha har tomonlama asoslab bera olmaydilar, biroq ularning ko'pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar.
Maktab kasb-hunarga yo'naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o'quvchilarni kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma'lumotlarni to'liqroq anglab yetishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg'or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma'ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu tadbirlar o'quvchining shu kasbga bo'lgan qiziqishini yanada qat'iylashishini vujudga keltiradi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
O'spirinlar kasb tanlash to'g'risida yaqqol tasavvuriga ega bo'lmaganliklaridan ko'proq xatoga yo'l qo'yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo'lgan kasb undan qanday shaxsiy fazilatlarini talab qilishini tushunib yetmaydilar. Ular o'z layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun u yoki bu kasbni egallaganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishligini, sezish va idrok qilish xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar. Shuning uchun ham ko'proq hatolarga yo'l qo'yadilar. Biroq hozirgi davrda bunday ko'ngilsiz xolatlarning oldini olish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik -psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy tomonlarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.
1. Kasblarni o'rganish metodlarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va oddiy qilib ifodalash.
2. Psixolog va o'qituvchilarning kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlari olib borishlari, o'quvchilar bilan kasbga doir individual maslahatlar uyushtirishi, o'spirin va uning ota-onasi bilan kasbga yo'naltirish metodikalari natijalarini birgalikda ko'zdan kechirish, tahlili asosida maslahatlashish.
3. O'spirinlarni kasbning asosiy guruhlari, turlari bilan yaqindan tanishtirish; muayyan kasb oldiga qo'yiladigan shaxsning fiziologik, psixologik fazilatlari hamda kasb o'rganishning yo'llari bilan tanishtirishni tashkil qilish.
4. Mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarda dastlabki kasbiy tayyorgarlikni yuzaga keltirish va unga nisbatan mehr-muhabbat uyg'otish.
5. Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.
6. Joylarda zamon talabiga javob beradigan kasb tanlash markazlarini jihozlash.
7. Kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o'spirinlarni ommaviy ax borot vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jihatdan tayyorlash kabilar.
Muammolarning bugungi kundagi ahamiyatini aniqlash maqsadida biz ham o'quvchilar hamda talabalarda o'z tadqiqot ishlarimizni olib bordik. Yoshlarning individualligini aniqlaydigan metodikalardan foydalandik. Natijalar asosida esa quyidagi xulosalar qilindi:
- Bugungi kunda o'quvchilarning aksariyati kasb tanlashda mustaqillikdan ko'ra, ota-onaning tavsiyasini afzal bilishmoqda. Sababi o'zining qiziqish va qobiliyatlarini to'liq anglamagan, kelajak to'g'risidagi tasavvurlari yetarli emas;
- Maktab davridagi tanlagan kasbi bilan, oliy ta'limdagi mutaxassislik yo'nalishining bir-biriga nomutanosibligi yoshlarda sohaga nisbatan sovuqqonlik muhitini shakllanishiga olib kelmoqda;
- talabalik davrida o'zi kutganidek imkoniyatning yetarli emasligi, o'z
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
sohasining kelajagini aniq his qilolmayotgani, o'zining qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini namoyon qilmasligi, ularning hayotga nisbatan befarq bo'lishlariga sabab bo'lmoqda;
- tanlagan kasbiy yo'nalishidan qanoatlanmagan yoshlarda, mustaqil oilaviy hayotga nisbatan ham ikkilanishlar kuzatilishiga sabab bo'lmoqda.
Demakki, kasbiy faoliyatidan va shaxsiy hayotidan qanoatlangan insonnning o'zini baxtiyor his qilishi g'oyasining mazmun-mohiyati yoshlar tomonidan to'liq anglanilmaganligi aniqlandi. Umuman yoshlarni kasbga yo'llash jarayonida shaxsning individual - tipologik xususiyatlari va his - tuyg'ularini, layoqat, qobiliyatlarini hisobga olish va psixologik savodxonligini oshirish, ularning kasb-hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga qo'yiladigan psixografik, professiogrammali talablarga moslashishga imkon beradi.
Yoshlarni o'z vaqtida individualligi asosida to'g'ri kasb tanlashlari ta'minlansa, ularda hayotning mazmuni anglanadi va sohaning bardavomligi asoslanadi. Bu esa hayotning sifatini oshirib, jamiyatimizning ertangi kuniga ishonch tuyg'usini shakllantiradi. Yoshlarimizni kasbiy faoliyatidan va shaxsiy hayotidan qanoatlanib yashashlari uchun bugundanoq har birimiz o'z salohiyatimizdan kelib chiqib to'g'ri yo'naltirishimiz lozim, zero ular tanlagan yo'lining to'g'riligiga ishonch hosil qilishsin va o'z hayotlaridan mamnun bo'lishsin. O'zining "Men" idan qanoatlangan shaxsning har tomonlama imkoniyatlari kengayib, kasbiy kamolotda va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishishi tabiiydir.
REFERENCES
1. "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida" (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli Qarori. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022 y., 09/22/425/0712-son)
2. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to'plami. Amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo'llanma.T.2003 yil.
3. Khimmataliev D.O., Khakimova M.F., Beknazarova Z.F., Abdullayeva R.M., Minlishev R.Z. Formatuon of professional competence of students of technical universities through interdisciplinary integration. University Press Journals. November 21, 2019.422-424.
4. Abdullayeva R.M. REQUIREMENTS FOR CHOOSING A PROFESSION. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
DOI: 10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. 21502153.
5. F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova. Kasb psixologiyasi . Darslik. T. 2018. 176 b.
6. Matyoqubovna, A. R. (2022). YOSHLARNI TO'G'RI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISH IJTIMOIY VOQELIK SIFATIDA. BARQARORLIK VA YETAKCHITADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 2(11), 436-438.