UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB O'QUVCHILARNING KASB-HUNAR TANLASHLARIDA PSIXOLOGIK YONDASHUV Iydiboyeva Guljahon Nasrullayevna
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 33-umumta'lim maktab, psixolog https://doi.org/10.5281/zenodo.6821860 Annotatsiya. Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari kasb-hunar tanlashlarida psixologik yondashish. O'quvchilarning kelajakda to'g'ri yo'l tanlashlari uchun to'g'ri yondashish metodikasi bayon etiladi.
Kalit so'zlar: o'quvchi, ta'lim-tarbiya, pedagog, amaliyotchi psixolog.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ
ШКОЛЫ К ВЫБОРУ ПРОФЕССИИ Аннотация. В статье представлен психологический подход учащихся общеобразовательной школы к выбору профессии. Изложена методика правильного подхода учащихся к выбору правильного пути в будущем.
Ключевые слова: ученик, воспитатель, педагог, практикующий психолог GENERAL SECONDARY SCHOOL PSYCHOLOGICAL APPROACH IN
VOCATIONAL SELECTION OF SCHOOLCHILDREN Abstract. The article presents the psychological approach of secondary school students to choosing a profession. The methodology of the correct approach of students to choosing the right path in the future is described.
Keywords: student, educator, teacher, practicing psychologist.
KIRISH
Kasbga yo'naltirish- shaxsning bo'lg'usi kasbiy faoliyat sub^kti sifatida o'ziga nisbatan shakllanish jarayonini o'taydi, ya'ni kеlajakda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib boradi.
Kasbga yo'naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy- amaliy tizimi sifatida qarash lozim. U har bir shaxsning ham shaxsiy xususiyatlarini, ham xalq xo'jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mеhnat resurslarini to'laqonli taiminlash, bozor iqtisodiyoti munosabatlari zaruriyatini hisobga olish kеrak.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilarning mеhnat ta'lim darslarida olgan bilimlari, shakllangan ko'nikma va malakalari ularda mеhnat qilishga umumiy tayyorgarlikni, xalq xo'jaligining aniq bir sohasida qo'llanishi vazifa qilib qo'yishi lozim. Bundan tashqari boshqa fan o'qituvchilari ham o'rganilayotgan mavzu dasturlarini o'zgartirmasdan, ya'ni mantiqiy kеtma- kеtligiga ta'sir qilmasdan, ushbu fan xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quvchilarni mеhnat jarayonlari, mеhnat turlari ko'rinishlari va tеxnologiyasi bilan tanishtirib borishlari, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, Rеspublikamizning iqtisodiy potеnsialini ochib bеrishlari lozim.
Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilayotgan kasbga yo'naltirish ishlari o'quvchilarning jamiyatimizda o'z o'rnini topishlariga katta yordam bеradi. Bu jarayonda mintaqaviy kasblarni targ'ib qilish bilan birgalikda, o'quvchilarga kasblar to'g'risida ma'lumot bеrish, konsultatsiyalar o'tkazishga yordam bеradi. Shu bilan birgalikda kasbga yo'naltirish
bo'yicha ta'lim muassasalarida psixologlarning, maktab pеdagogik jamoasining vazifalarini, kasbga yo'naltirish tadbirlarini amalga oshirishda ham katta ahamiyat o'ynaydi.
Yoshlarga ta'lim -tarbiya beruvchi o'qituvchi, ustoz, murabbiy, ta'lim xodim, mutaxassis, rahbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi bo'lishi lozim. Darhaqiqat o'quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashni, uni o'rnganish, malakali mutaxasis bo'lib yetishishiga talim- tarbiya beruvchilarning ma'lakali mutaxasis bo'lib yetishida ta'lim-tarbiya beruvchilarning ma'naviyasi axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy- madaniy kamoloti muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb madaniyati ham alohida o'rin tutadi. Zero mutaxassis xodimning maxorati yoki kasb madanyati qanchalik yuksak bo'lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo'ladi.
Pedagog kadrlarni kasb mahoratini oshirishni, kasb madaniyatini yuksaltirishni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa o'quv tarbiya muassasalarda o'qituvchining kasb mahorati va kasb madaniyati haqida tez-tez kengash va suhbatlar o'tkazib turish ma'ruzalar o'qish foydadan holi bo'lmaydi. O'qituvchilar zamon talablaridan kelib chiqqan holda o'z faoliyati va bilimlarini nazorat qilish va baholash, xatolarini tahlil qilish, o'ziga o'qituvchilik sifatlarini rivojlantirish, o'z-o'zini qayta tayyorlash va tarbiyalash imkoniyatlariga duch keladi. Hozirgi vaqtda ta'lim- tarbiya ishi nafaqat vatanimiz kelajagi bo'lishi yoshlar hayotida, balki har bir kishi faoliyatida, umuman jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tizimda o'ta ahamiyatlidir. Ta'lim-tarbiyasiz kelajakda o'z samaralarini beruvchi islohot yo'q. Axloq va madaniyatni yuksaltiruvchi vosita ta'lim- tarbiyadir madaniyatsizlik esa illat. Ijtimoiy hayotni takomillashtirish uchun insonning o'zi axloqiy jihatdan kamol topishi lozim inson butun hayoti orqali butun umri mobaynida tarbiyalanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Maktab o'quvchilarining umumiy o'rta ta'lim muassasalarida kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini tashkil etish, o'quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarni shakllantirish hozirgi zamoning dolzarb muammolaridan biridir.
Maktab o'quvchilarida kasb-hunar tanlashga ko'malashishning asosiy maqsadi — umumiy o'rta ta'lim muassasalarida kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini tashkil etish, o'quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarni shakllantirish.
Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o'z-o'zini topishi,kasbiy o'zligini anglashi, jamiyatda o'z o'rnini topishga intilishi va unga qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o'quvchi- yoshlarni kasbga yo'naltirish umumta'lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma'lumki, agar kasb to'g'ri tanlangan bo'lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Shu o'rinda psixologlarimiz ta'kidlaganidek, insonning o'zi hohlagan kasbni erkin tanlashi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Inson sevgan ishi bilan shug'ullansa, u bu ishdan xursand bo'lishi, qanoat hosil qilishi, ko'p tashabbus ko'rsatishi, charg'imay g'ayrat bilan ishlashi mumkin.
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Makatab amalivotchi psixologining o auvchilarda rivojlantirish sxemasi;
— o'quvchilarm ka sblar haqidagi fikiiarim kengavtiri sh. ulairu qobiliyat va imkoniyatlaiini
— o'quvchüamingbilim motivlarmi shakllantinsh íntellektualva ijodiy imkoniyatlanni rivojlantirish hamda ulamins ka sblar dunyo a haqidagi fiknni kengaytinsh:
— o'quvchilarda kasbga rusbatano'z qobiliyatlanni o "rgarushga o rgatish, ulamins iiodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. ulami ma'lumotnoma va entsiklopedik adabivodarbtlanishlashga
— o'quvchilamiuzluksiz kast^hunargayo'naltinsh, psixologik-pedagogik diagnostik
metodikalan asosidakasbiy qiziqishi, layoqati;moviIhgi vaqobtliyatlanm ertayoshdan y
— o'quycMamtkasb-hiiBarga vo'naltinshda ota-onalaira vakeng jamoatchilikni jalb qjlgan
MUHOKAMA
Maktabda olib boriladigan faol o'quv faoliyati har bir o'quvchi o'z aqliy qobiliyati va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to'g'ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo'lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, aqliy teranlik va o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishni rivojlantirish imkonini beradi.
Irodaviy sifatlarni, ya'ni: dadillik, qat'iyat, intizomlilik, o'ziga va o'z kuchiga ishonish, o'zini idora qila bilish, og'irvazmin bo'lish singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo'shilib mehnatga bo'lgan qobiliyatni ta'minlaydi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, kasb tanlash katta hayot yo'lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o'zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo'lishidan tashqari, o'z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo'lishi zarur. Ba'zi yoshlar ko'p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo'la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o'ylanib qoladilar. Ayrimlar o'zlarining ko'p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o'rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o'z fikrlarini o'zgartiradilar. Asosiysi, yoshlar to'g'ri yo'lni tanlash o'z hayotlari oldida juda katta mas'uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo'lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur. XULOSA
Kasbning faqat tashqi yoki xususiy bir jihatiga qiziqishi o'quvchini ko'p muammolarga olib kеladi. Jumladan, kasb tanlash formulasiga ko'ra o'quvchida mavjud bo'lgan qobiliyat va salomatligi o'zaro mos kеlmasligi mumkin. Kasb tanlashda hal qilinishi lozim bo'lgan har qanday masalaga kompkks yondashish, muammoning barcha qirralarini o'zaro mujassam holda tasavvur qilish hamda uning talablarini har tomonlama qondiradigan yеchimni topish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'quvchilar ba'zida o'zlari yoqtirgan, engli o'zlashtiradigan o'quv fanini kelajakda egallaydigan kasbi bilan uzviy davomiylikda tasavvur qiladilar. Biroq, yaxshi ma'lumki, o'quvchi har qanday kasbni egallash uchun o'zida ko'plab o'quv fanlarini mujassam etgan va bundan tashqari ta'lim jarayonining zaruriy komponenti sifatida talab etiladigan ko'plab boshqa mashg'ulotlarni o'z ichiga oluvchi kasbiy ta'lim jarayoni o'taganidan keyingina muayyan kasb egasi bo'lib etishadi. Bu borada o'quvchilarni kasbiy ta'lim jarayonining mohiyati bilan to'laroq tanishtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
REFERENCES
1. Boltaboyev S.A va boshqalar. "Kasb tanlashga yo'llash" ma'ruzalar matni. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU 2003
2. Musilmanov N.A, Mullaxmedov R.G "Kasb tanlashga yo'llash" Toshkent 2007
3. O'zbekiston Respublikasida o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2010