SHAXCNING KASB TANLASHI VA KASBIY SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Usmanova Shoira Djumabekovna
O'zMU "Pedagogika va psixologiya " kafedrasi dotsenti, psixologiya fnlari nomzodi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lg'usi kadrlarni tayyorlashda kasbiy xususiyatlarni shakllantirish muammolarining kasb tanlash va kasbiy shakllanish jarayoni bilan bog'liq tomonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan va xulosalar berilgan. Kasbiy xususiyatlarning ijtimoiy psixologik aspektlari haqida fikr yuritilgan.
Tayanch iboralar: kasb tanlash, kasbiy shakllanish, Kasbiy rivojlanish, kasbiy xulk, Kasbiyjixatdan o'zinianglash.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ВЫБОРА ПРОФЕССИИ И ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО СТАНОВЛЕНИЯ В АГАРНОЙ
СФЕРЕ ЭКОНОМИКИ
Аннотация: В данной статье теоретически и практически анализируются проблемы формирования профессиональных характеристик при подготовке будущих кадров, даются выводы. Обсуждаются социально-психологические аспекты профессиональных характеристик.
Ключевые слова: выбор профессии, профессиональное становление, профессиональное развитие, профессиональное поведение, профессиональное самосознание.
PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PROFESSION CHOICE AND PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN AGRICULTURAL ECONOMY
Annotation This article theoretically and practically analyzes the problems of forming professional characteri&ics in the preparation of future personnel, and draws conclusions. The socio-psychological aspects of professional characteri&ics are discussed.
Keywords: choice of profession, professional development, professional development, professional behavior, professional self-awareness.
KIRISH. Respublikamiz aholisining aksariyati agar xo'jalik sohasi bilan shug'ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko'nikmalari va malakalari bilan bo'lg'usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo'lg'usi mutaxassisni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar talimi oldiga qo'yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo'lib hisoblanadi. O'zbeki^onning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha
- 269 -
o'rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yo'llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o'zgarishiga o'xshash muammolar qariyb o'rganilmagan1.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon 28 &andartlari darajasiga ko'tarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o'z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og'ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mu&ahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon-e'tiqodli insonlar bo'lib voyaga yetishishsin.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, o'rta maktab o'quvchilarining hammasi kasb tanlashga kelganda oqilona va to'g'ri yo'l tutadi, deb bo'lmaydi, albatta. Ulardan ba'zilari tavakkalliga ish tutsalar, ayrimlari ota-ona kasbini tanlaydilar yoki ko'zga tashlanib turgan, yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sevimli kishilari izidan borishni mo'ljallaydilar.
ASOSIY QISM. Ko'pchilik o'quvchilar ta'lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o'zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o'ylaydilar.
Maktab o'quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu niyatlari xususan kasbkorga bo'lgan qiziqishlari, motivlari, intilishlari tug'ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog'liqdir. Shaxs psixologiyasini o'rganish o'quvchilarni kasb tanlashi demakdir. O'quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo'llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to'g'risidagi hujjatlarda o'quvchilarni mu&aqil kasb tanlashga (o'z imkoniyatlarini o'zi baholash orqali) o'rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta'kidlanadi.
Shunga ko'ra psixolog olimlar, metodi&lar, tashxis markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo'l-yo'riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shoxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko'lami orttirilishi lozim. Keyingi yillarda o'tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo'llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko'rsatdi. Buni biz viloyatlar kesimida hamda Respublika bo'yicha 9-sinf bitiruvchilariga sohalar bo'yicha tavsiyanomalar berishda ko'rdik.
Darhaqiqat, maktabda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi da&labki qadamlar boshlandi. O'ylaymizki, ana shu da&labki qadam maktablarda kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o'quvchilarning kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va
1 Mirziyoev Sh.M. Qonun u&uvorligi - inson manfaatlarini ta'minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbeki&on", 2017. O'zbeki&on Respublikasining Kon&itutsiyasi. - T., 2012.
layoqatini aniqlash bilan shug'ullanadigan maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo'lishi lozim. Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko'lami, ularning saviyasi va malaka ko'rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko'p jihatdan bog'liq bo'lishi barchamizga ayondir.
O'quvchilarni mu^aqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb-hunarini o'z qobiliyatlariga yarasha to'g'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseitiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo'lishi, fan asoslarini turmush bilan bog'lab o'rganilishi, to'garak va qo'shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to'g'risida ma'ruzalar o'qilishi, suhbatlar, munozaralar o'tkazilishi zarur.
Shuni ham aytib o'tish o'rinliki, maktab o'quvchilari kasb tanlash borasidagi o'z qarorlarini, ko'pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning ko'pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini aloxida ta'kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub'ekt sifatida faoliyat ko'rsatishi va shakllanishi soxasidagi vazifalarni echish usullari, yullari va sharoitlarini o'rganuvchi psixologiya yunalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o'rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko'rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan quyiladigan psixologik talablarni o'rganish xamda ilmiy taxlil qilish bilan shug'ullanuvchi bo'limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulk muxim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e'tibor berilgan xolda kasbiy yutuqlarga asosiy e'tibor karatiladi.
Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to'qnashuvlar, de^ruktiv o'zgarishlar bo'lib o'tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy xolatlarga, xayotiy muxim kasbiy voqealarga bog'lik bo'ladi. Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o'z ichiga olib, u kasbiy maksadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm xamda maxorat boskichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy kontseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Asosiy tushunchalar Kontseptual qoidalar
Kasbiy shakllanish Kasbiy shakllanish - bu shaxsning kasb tanlash jarayonidagi kasbiy ta'limga tayyorlanish, shuningdek kasbiy faoliyat jarayonidagi rivojlanish xisoblanadi .
Kasbiy shakllanish bosqichlari Kasbiy shakllanish-getroxron jarayon bo'lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o'zaro alokalariga ko'ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi Bu individual to'lakonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog'lik bosqichlarga ajratish mumkin.
Kasbiy shakllanish turlari Kasbiy shakllanish yuli va tezligi bir gurux omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iktisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish Kasbiy rivojlanish - bu yunalish saloxiyat va muxim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi.
Kasbiy shakllanishining psixologik jixati. Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jixatidan o'zini topa olish uchun o'z u&ida ishlashi va turli masalalarni xal kilish uchun bor kuchini sarflash, shart-sharoitlar xamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi de&ruktiv an'analarni o'zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko'rsatish.
Kasbiy jixatdan o'zini anglash Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo'lgan jixatlarini mu&aqil anglab olishi, shuningdek ma'lum ijtimoiy-iktisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi.
Kasbiy jixatdan o'zini asray olish. Inson shaxeiga yunaltirilgan maxsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o'zini-o'zi o'zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini o'zini ruyobga chikarishi, kasbiy xayotini boshkara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda kutarilishdagi de&ruktiv vaziyatlarni engib o'tish bilan bog'liqdir.
Professionalizatsiya de&ruktsiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o'zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan ko'zatiladi.
Kasbiy o'zini-o'zi faollashtirish Shaxsning kuchini faollashtirish yuli bilan kasbiy rivojlanishni tezlashtirish, normadan ortik kasbiy faoliyatni namoyon etish, shuningdek turli xil psixotexnologiyalarda qatnashish va boshqalar.
Kasbiy ijtimoiylashuv Kasbga kirib borish va uni egallashda kasbning ijtimoiylashuvi kuzatiladi, ya'ni, kasbiy ta'rifikatsiyada o'z o'rnini topish, kasbiy imkoniyatini ishlab chikish, kasbiy identifikatsiyani shakllantirish.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, kasb psixologiyasining predmetining ta'rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatish maksadga muvofik:
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadkikot tamoyillarini, o'zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo'lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o'ziga xos uslublarini tuzish;
3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik taxlil kilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chikish;
4. Shaxsning kasbiy shakllanishi konuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inkirozlarni taxlil etish;
5. Mutaxassislikning kasbiy de^uruktsiyalarini, ya'ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo'lgan layokatini pasayishi va boshkalar;
6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagno^ik vositalarni ishlab chiqish xamda mutaxassislarni atte^atsiyadan o'tkazish;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam xamda insonning kasbiy xayoti davomida yordam berish, qullab-quvvatlash;
8. Kasbiy maslaxat, kasbiy ma'lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jixatlari, atte^atsiyadan o'tkazish, kasbiy rivojlanishpsixotexnikasi, kasbiy korrektsiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to'qnashuvlar, de^ruktiv o'zgarishlar bo'lib o'tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy xolatlarga, xayotiy muxim kasbiy voqealarga bog'lik bo'ladi. Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o'z ichiga olib, u kasbiy maksadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm xamda maxorat boskichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy kontseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. "O'zbekifton", 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun u^uvorligi - inson manfaatlarini ta'minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbeki^on", 2017. O'zbeki^on Respublikasining Kon^itutsiyasi. - T., 2012.
3. Аграшенков А.В. Психология на каждый ден: советы, рекомендации, тесты. - СПб., 2004.
4. Адизова Т.М. Психологические методы изучения личности учащегося в процессе общения. - Ташкент, 2000.